Jaloliddin Rumiy. Masnaviydan ibratli hikoyatlar  ( 53206 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:30:49

Yaxshilik ko‘ngil oydinligidir



Bir qishloqlik kishi shaharlik kishi bilan do‘st tutinibdi. Shaharga kelsa do‘stining uyida mehmon bo‘lar, kunlab, haftalab qolib, yeb ichardi. Shaharlik kishi do‘stining hamma ehtiyojlarini so‘zsiz qondirar, gapini ikki qilmasdi. Do‘sti har kelganida:
— Ey do‘stim, sen hech qaerga chiqmaysanmi? Sen ham bola chaqalaringni olib bizning qishloqqa bor. Bahorda qishlog‘imiz juda chiroyli bo‘ladi,  deya qattiq iltimos qilardi.
Bunga javoban shaharlik do‘sti ham:
— Kelgusi yil ishlardan, tashvishlardan qutulsam albatta boraman, der edi.
Shu zaylda oylar, yillar o‘gdi. Qishloqlik kishi har «kelganida do‘stinikida mehmon bo‘lar, xayrlashib ketayotganda qishlog‘iga qayta-qayta taklif qilardi. Bir kuni shaharlik kishining bolalari:
Otajon, qishloqlik do‘stingizni shuncha mehmon qildingiz, u uchun ko‘p zahmatlar chektingiz. Ularni unutib yubormang, bizni ham qishloqqa olib boring,  deyishdi.
Shaharlik kishi:
— Bolalarim, to‘g‘ri aytasizlar, lekin kimga yaxshilik qilgan bo‘lsang, o‘shaning yomonligidan qo‘rq, deganlar. Qishloqlik amakingiz bilan do‘stligimiz oxirgi darajaga yetdi. Biror narsa bo‘lib, oramiz buzilishidan qo‘rqaman,  dedi.
Bu orada qishloqlik kishi yana xabar ustiga xabar yuborib, taklif qilaverdi. Va oxir  oqibat, bahor kunlarining birida shaharlik kishi bola chaqalarini olib, xush kayfiyat bilan qishloqqa yo‘l oldi. Bir necha kundan so‘ng qishloqqa yetib keldilar. Do‘stining uyini so‘rab surishtirdilar. Eshigini qoqtilar, biroq negadir eshikni hech kim ochmasdi. Ustiga ustak yomg‘ir yog‘ardi. Usti boshlari ho‘l bo‘lib, sovqota boshladilar. Chorasiz qolib, bir boshpana topib biroz tin oldilar.
Qishloqlik do‘sti ularni tanimadi. Shu holatda bir necha soat sarson-sargardon bo‘ldilar. Oxiri shaharlik kishi qishloqlik do‘stiga qarab:
— Ey do‘stim, meni tanimadingmi, anchadan buyon ko‘rishmadik, dedi.
Qishloqlik:
— Yo‘q taniy olmadim. Kecha kunduz o‘zimni Allohga bag‘ishlaganman, mening hattoki o‘z borlig‘imdan ham xabarim yo‘q,  dedi.
Shunda shaharlik:
— Shaharga kelib dasturxonim atrofida o‘tirgan eding, oylab mehmonim bo‘lganding? Meni necha marotaba qishlog‘ingga taklif qilgan eding..., deb, hayratini izhor etdi.
Qishloqlik:
— Bilmadim, seni taniyolmayapman, ismingni ham eslay olmayapman,  dedi.
Shaharlik:
— Hammasi tushunarli. Men barcha haqlarimdan voz kechdim, faqat kech bo‘lib qoldi. Bu yog‘inli kunda boshpana ber, tong otgiraylik, dedi.
Qishloqlik kishi so‘zida qattiq turib  bog‘ chetidagi qorovul kulbasini ko‘rsatdi va:
— Yarim tunda bu kulbaga bo‘ri tushadi, agar tong otguncha kuta olsang, o‘sha joyda tunagin, dedi.
Shaharlik kishi noiloj rozi bo‘ldi. Bolalari bilan kulbaga joylashdi. Quliga o‘q yoy  olib, kuta boshladi. Bir mahal yarim tunda bir bo‘rining sharpasi sezildi. Yoyini kerib, nishonga oldi va bo‘rini otdi. Bo‘ri tepalikdan dumalab tusharkan shovqin eshitildi. Shovqindan qishloqlik "do‘st" darhol tashqriga chiqti va baqirdi:
— Ey, voh! Eshagimning xo‘tigini otibsan!
— Yo‘g‘-e, men bo‘rini otdim. Sharpasiga qaragin a!
 Yo‘q, xo‘tikni otding. Men uni shovqinidan tanidim.
Ittifoqo shaharlik chiday olmadi. Yuzing ko‘zing demay:
— Ey sen, hiylagar, nobakor... Bu qorong‘u kechada xo‘tikni bilasanu, meni qanday tanimaysan? Tunda xo‘tig‘ini tanigan odam, kuppa kunduzi do‘stini tanimas ekanmi? Yana uyalmay men orif odamman, ko‘nglimga Alloxdan boshqa hech narsa sig‘maydi, hatto o‘zimni tanimayman, deysan-a!? Sen Arshyning muhabbat sharobi emas, ayron ichibsan. Senga ishonganning o‘zi
ko‘r  va  kardir,  dedi va shaharga ravona bo‘ldi.



Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:31:51

Ishq bemori


Bir zamonlar podshohlardan biri odamlari bilan ovga chiqdi. Yo‘lda bir joriyani ko‘rib unga oshiq bo‘ldi. Joriyani katta pul evaziga sotib olib, saroyiga keltirdi. Oradan uch to‘rt kun o‘tgach, joriyaning isitmasi ko‘tarilib kasal bo‘lib yotib qoldi. Podshoh bezovtalanib butun hakimlarini to‘pladi:
"Mening hayotimning ahamiyati yo‘q. Hozir jonimning joni kasal, yotib qoldi. Kimki uning dardiga darmon topsa, butun xazinamni baxshida qilaman",  dedi.
Hakimlar: "Qo‘limizda har qanday kasallikni davolaydigan dorilar bor. Siz hech ham xavotir olmang", deya javob berdilar va davolashni boshladilar. Biroq hech bir dori foyda bermadi. Bemor kundan-kun sarg‘ayib so‘lib borardi. Hakimlarning chorasiz qolganini ko‘rgan podshoh sajdaga bosh qo‘yib, chin ko‘ngildan Allohga iltijo qilayotganda uxlab qoldi. Tushida bir pir ko‘rindi: "Senga xushxabar, ey podshoh» Tilaklaring qabul bo‘ldi. Ertaga saroyingga bir kishi keladi. U bizlardandir, uni qabul qil. Bemorni ko‘rsat!" dedi.
Podshoh hayajon bilan uygondi. Ertalabgacha darvoza oldida kutdi. Shu vaqt kutilgan odam keldi. Podshoh xursandchilik bilan qarshi oldi.
Hol ahvol so‘ragandan keyin kasalning xonasiga olib kirdi. Hakim bemorni uzoq vaqt tekshirdi va ko‘ngil xastasi ekanini anglab yetdi. Podshohga: "Hakimlar bemorni qiynab qo‘yishibdi. Hozir uyda kim bor bo‘lsa chiqsin. Bemor bilan yolg‘iz.qolishni xohlayman", dedi. Uyda hech kim qolmadi. Hakim bemorning tomirini ushlab, so‘ray boshladi:
"Qaysi yurtdansan? Qarindoshlaring kimlar? Kimlarni ko‘proq sevasan?"
Qiz butun sirlarini ochiq aytdi. Hakim bir qo‘li bilan qizning tomirini ushlab tingladi va tomir urishini diqqat bilan kuzatdi. Chunki hakim tomir kimning nomi aytilgach tez ursa, ko‘nglining istagani o‘sha ekanligiga, qizning unga oshiq bo‘lganiga qaror qilardi. Bir necha ismlar sanaldi, bir qancha mamlakat nomlari aytildi. Ammo, tomir urishida o‘zgarish bo‘lmadi.
Nihoyat Samarqand tilga olinganda, bemor tomirining kuchli urgani bilindi.
Hakim takror so‘radi va oxiri joriyaning Samarqandda bir zargarga oshiq bo‘lganini anglab yetdi. Hakim tezda podshohning oldiga borib, qizning dardini aytdi. So‘ngra zargarni olib kelib qizga uylantirishdi. Joriya qiz kasallikdan shu tariqa xalos bo‘ldi.


Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:32:53

Sen ham shishalarni ag‘dardingmi?


Attor do‘konida juda yaxshi ko‘rgan bir to‘tini boqar edi. Chiroyli to‘ti atirgul yog‘i bilan to‘la do‘kon burchagida, kelgan ketgan xaridorlarga chiroyli gapirib, ularni xushnud qilar edi.
Bir kuni attor to‘tini do‘konda qoldirib uyiga ketdi. Shu orada sichqonni quvlagan bir mushuk do‘konga kirdi. To‘ti mushuk meni ushlab olish uchun do‘konga kirdi, deb o‘ylab, jon holatda joyidan uchdi va tokchaga hatladi. Shunda atirgul yog‘i solingan shishalarni ham ag‘dardi. Qo‘rqib ikkinchi yerdan uchinchi jovonga uchib qo‘ndi. Barcha shishalar mayda-mayda bo‘ldi. Do‘kon; atir hidiga to‘ldi.
Attor kelib qarasa, hammayoq ostin-ustun... Barcha shishalar singan, atirlari yerga to‘kilib yotibdi. Bechora to‘ti esa, bir burchakda qo‘rquvdan dir-dir titrar edi... Attor buni ko‘rgach, jahli chiqdi. Bu ishni to‘tidan boshqa kim ham qilishi mumkin deb o‘ylab, bechorani ushlab, ura boshladi... To‘ti kaltaklandi. Juda qo‘rqib qoldi. Qayg‘udan tili aylanmay, patlari to‘kila boshladi.
Attorning jahli o‘tib ketdi... Sevimli to‘tisining tili aylanmay qolganini, patlarining to‘kilganini ko‘rgach, o‘zidan pushaymon bo‘ldi, tabiblarga murojaat qildi, turli dorilar berdi, biroq foydasi bo‘lmadi. Bechora to‘ti ham tilsiz, ham kal. Tuzaladiganga o‘xshamaydi, to‘ti o‘z holiga tashlab qo‘yildi.
Oradan oylar o‘tdi. Bir kun do‘konning yonidan boshi sip silliq, sochlari to‘kilgan odam o‘tdi. To‘ti bu odamni ko‘rgach, o‘z o‘ziga: "Bu ham bizdan", deb o‘ylab, bir silkindi va sochsiz boshini qanoti orasidan chiqarib tilga kirdi:
— Do‘stim, boshing nega kal? Yoki sen ham men kabi atir shishalarini ag‘dardingmi?" deb ovoz berdi.


Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:34:07

Bu kech Hindistonda...

Yer yuzidagi butun jonzotlarga hukmronlik kilgan Hazrati Sulaymonning Yamandagi saroyiga sodda bir odam shoshilib kiradi. navbatchilarga hayot mamot masalasi yuzasidan hazrati Sulaymon bilan ko‘rishmoqchi ekanini aytgach, unga izn beriladi. Sulaymon yuzi oqargan, qo‘rquvdan titrayotgan odamdan so‘radi:
— Tinchlikmi, nima bo‘ldi? Nega bunchalik qo‘rqayapsan? Darding nima?..
Odam qo‘rquvdan:
— Bu tong oldimga Azroil keldi. menga qahr bilan boqti va tezda g‘oyib bo‘ldi. mening jonimni olishga qaror qilgan ko‘rinadi.
Xo‘p nima qilishimni xohlaysan?
Odam yolvordi:
— Ey jonlar qo‘riqchisi, mazlumlar panohi Sulaymon... Sen ko‘p narsaga qodirsan. bo‘ri, qush, tog‘ toshlar  barcha barchasi sening amringda. Shamolingga buyurki, meni bu yerdan uzoq Hindiston tomonlarga eltsin... Shunda Azroil balki meni topolmas. Shunday qilib jonimni qutqargan bo‘lar eding. Madad sendan...
Sulaymon odamning ahvoliga achindi. Shamolni chaqirib: "Bu odamni darhol Hindistonga olib borib tashlab kel", deb buyruq berdi. Shamol shu zahoti shiddat bilan esib, o‘sha odamni Hindistonning uzoq bir go‘shasiga eltib qo‘yadi.
Peshinga yaqin Hazrati Sulaymon devonni yig‘ib, arzga kelganlar bilan muloqotini boshlaydi. Bir qarasa, Azroil ham jamoat ichida o‘tiribdi.
Tezda yoniga chaqirib:
— Ey Azroil... Ertalab nega u odamga g‘azab bilan qarading? Nega u bechorani qo‘rqitding?  dedi. Azroil javob berdi:
— Ey dunyoning ulug‘ Sultoni... Men u odamga g‘azab bilan emas, hayrat bilan qaradim. U noto‘g‘ri tushunib, qo‘rqib ketdi. Uni bu yerda ko‘rgach hayron qoldim. Chunki Alloh taolo menga: "Qani bor, shu odamning jonini Hindistonda ol",deb buyruq bergan edi.
Uni ko‘rib, bu odamning yuz qanoti bo‘lsa ham, bu kech Hindistonga yetib borolmaydi, bu qandoq bo‘ldi deb hayron qaradim. Men Allohning buyrug‘ini noto‘g‘ri angladimmikan, deya xavotirda edim. Unga qarashimning boisi mana shu edi. Hindistonga borib, uni o‘sha yerda topdim va jonini olib qaytdim.



Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:35:03

Tilshunos va qayiqchi

Bir qun mag‘rur tilshunos sohilda turgan qayiqqa minib narigi qirgoqka o‘tmoqchi bo‘ldi. Sohilda yo‘lovchi kutib turgan qayiqchilardan biriga yuzlandi. Qayiq yaqinlashdi. Olim qayiqqa o‘tirdi. Dengizni tomosha qilib ketayotgan olim qayiqchidan so‘radi:
— Sen hech nahv (grammatika) o‘qiganmisan?
Yo‘q men johil bir qayiqchiman.
Olim:
— E voh, juda xafa bo‘ldim. Demak yarim umring behuda o‘tibdi,  deya achinib qayiqchiga qaradi.
Shuvaqt dovul turdi.Keyin dengazning o‘rtasida chayqala boshladi, qayiqchi butun kuchi bilan xavfdan qutulish uchun harakat qildi. Bo‘ron borgan sayin kuchayar, qayiq esa cho‘kish arafasida edi. Shu vaqt qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan olimdan qayiqchi so‘radi:
— Ey, har narsani bilgan olim do‘stim. Suzishni bilasanmi?
Yo‘q javobini olgan qayiqchi:
— Voh, voh, sen umringni behuda sarflabsan. Hozir butun umring ketdi. Chunki birozdan keyin qayig‘im cho‘kadi. Yaxshi bilginki, bu yerda hozir nahv (grammatika) emas, mahv ilmi lozim. Agar mahv ilmini bilsang, qo‘rqmasdan dengizga sakra  dedi.


Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:36:01

Ovga chiqqan ovlangay

Arslon, bo‘ri va tulki o‘rtoq bo‘lishdi, ov qilish uchun o‘rmonga ketishdi. Kechgacha ho‘kiz, echki va bir quyonni ovlagan uch o‘rtoq ularni sudrab g‘orga olib kelishdi. Dasturxonga o‘tirdilar. Arslon bo‘riga yuzlanib:
— Aziz do‘stim. Bu o‘ljalarni shunday taqsimlaki, qornimiz to‘ysin,  dedi. Bo‘ri qimtinib ulushlarini ajrata boshladi:
— Ey ulug‘ sultonim Shu katta ho‘kiz sizning ulushingiz. Siz eng katta va epchilsiz... Ruxsatingiz bilan yovvoyi echki meniki bo‘lsin. Do‘stim tulki semiz quyonlarni yaxshi ko‘radi. Quyon uniki...
Arslonning bu gustohlikdan jahdi chiqdi:
— Sen bu yerda kimsan o‘zi... unutmaki, o‘rmonlar qiroli huzuridasan. Men borman, menga ulush bo‘lib berish sening ishingmi?   deb zarba berdi; notavon bo‘ri ergacho‘zilib qoldi.
So‘ngra arslon qo‘rquvdan dir-dir titrayotgan tulkiga yuzlandi:
— Nega qarab turibsan!? O’ljalarni sen taqsimla!
Falokatni sezib turgan tulki o‘rnidan turib, ta’zim qilib shunday dedi:
— Ey ulug‘ sultonim... Ulush taqsimlash mening haqqim emas, ammo siz munosib ko‘rganingiz uchun gapiraman. Bu quyon sizning nonushtangiz, echki tushligingiz uchun nafis yaxna bo‘ladi. Ho‘kizni esa kechqurun eysiz,  dedi.
Arslon juda xursand bo‘ldi va tulkidan so‘radi:
— Bunday okilona taqsimotni qaerdan o‘rganding?
Tulki bo‘ynini egib, jonsiz yotgan bo‘riga qarab qo‘ydi va:
— Mana bu hadsini bilmagan bo‘rining holidan...,  deb javob berdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:37:09

Kazvinlik bilan rassom


Kazvinliklarning eski bir odati bor. Tanalariga, qo‘l va yelkalariga igna bilan ko‘k naqshlar chizdirar edilar.
Kazvinlik teriga rasm chizadigan rassomning oldiga keldi:
— Ko‘ksimga igna bilan bir rasm sol. Faqat jonim og‘rimasin,  dedi.
— Xo‘p. Nimaning rasmini chizay?
— Mening burjim arslon. O’kirayotgan bir arslon rasmini chiz. Tezroq bo‘l, ammo rasm yaxshi chiqsin.
— Bo‘pti  deya kazvinlikning ko‘ksiga igna sancha boshladi. Joni og‘rigan kazvinlik:
— Hoy usta!.. Nima qilyapsan, jonimni og‘ritdingku,  deya qichqirdi.
— Nima qilay, arslon rasmini sol deding, uning rasmini chizyapman.
— Qaeridan boshlading?
— Dumidan boshladim.
— Qo‘y bu dumini, jonim og‘riyapti. Mening arslonim dumsiz bo‘la qolsin.
Usta "Yaxshi!" deya ishida davom etdi.
— Voy, jonim og‘ridi, bunisi qaeri?
— Qulog‘i.
— Qo‘y, quloqsiz bo‘la qolsin. Quloqni ham chizma.
Rassom boshqa bir joiidan boshladi. Kazvinlik faryod qildi.
— Qaerini chizyapsan?
— Gavdasini.
— Bo‘ldi qil, mening arslonim gavdasiz bo‘la qolsin, juda yomon og‘ritding. Bu holda hushimdan ketaman.
Rassomning sabri tugadi. Qo‘lidagi ignani qo‘yib dedi:
— Men senday odam ko‘rmadim. Dumsiz, quloqsiz, gavdasiz arslon ham bo‘ladimi? Alloh taolo bunday arslon yaratmagan, qani, yo‘lingdan qolma!
Rassom kazvinlikni do‘kondan haydab yubordi.


Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:38:06

Namozda gaplashgan hindlar


To‘rtta musulmon hindi masjidda namoz o‘qiy boshlashdi. Ittifoqo, ichkariga muazzin kirdi. ibodat mahali gaplashish, o‘ngga chapga qarash namoz qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo ulardan biri yonidagi do‘stidan so‘radi:
— Ajabo muazzin azon aytdimi yoki namozga hali vaqt bormi?
Do‘sti namoz o‘qiy turib o‘zini tutolmay javob berdi:
— Jim bo‘l, namozda gaplashilmaydi! Namozing buziladi.
Uchinchi hind ikkinchisiga tanbeh berdi:
— Nega gapga aralashasan? Aslida o‘zingga qara. Sen ham gapirding, sening ham namozing buzildi.
To‘rtinchisi luqma tashladi:
— Namozlaring buzildi. Xudoga shukrki, men jim turdim.
Aslida to‘rttalasining ham namozi buzilgan edi.


Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:39:03

Qarilikdan

Keksa bir odam kasal bo‘lib qoldi. Qo‘ni qo‘shni zudlik bilan tabib chaqirdi. Tabib bemorning tomir urishini tekshirdi, isitmasini o‘lchadi, yurak urishini eshitdi. Birozdan so‘ng bemordan: "Nima bo‘ldi?" deb so‘radi.
 Oh, so‘ramang tabib! Xotiram pasaygan.
— Aslida tashvishlanadigan hech gap yo‘q, qarilikdan,  dedi tabib.
— Ko‘zim oldi qorong‘ulashadi, ba’zan ko‘rmay qolaman.
— U ham hech narsa emas, qariliqtan.
— Oh tabib, yegan taomim hazm bo‘lmayapti.
— Oshqozon kuchsizligi ham qarilikdan.
— Ba’zan nafsim   hapradi.bu ham qarilikdanmi?
— Ha, bu ham qarilikdan! Inson qariganida yuz xil dardi, shikoyati bo‘ladi.
Bemorning jahli chiqti:
— Qanaka tabibsan? Boshqa gaping yo‘qmi? Senga faqat shuni o‘rgatishdimi? Alloh har bir dardga darmon bergan, shuni bilmaysanmi? Hayf senga  Tabib ohista bir tarzda javob berdi:
— Ey yoshi o‘tgan, ishi bitgan inson, bu jahldorlik bilan qahr g‘azab ham qarilikdandir...


Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:42:02

O’zini telba ko‘rsatgan oqil



Bir kimsaning
"Aqlli odam izlayapman, muammo chiqib qoddi. Undan maslahat olmoqchi edim", deb so‘rayotganini eshitgan bir kishi unga:
"Bizning shaharda o‘zini telbalikka solib yurgan bir kishi bor. Tayoqni ot qilib minadi, bolalar bilan o‘ynaydi. Eng oqil odam shu. U telba qiyofasiga kirgan
olim bir kishidir", dedi. Bu gapni eshittan haligi kishi o‘sha shaharga ketdi. So‘ray so‘ray 'Telba" ni topdi:
— Ey "ot" mingan odam. Bir daqiqaga "ot"ingni bu yoqqa hayda,  deb chaqirdi. Telba yugurib keldi:
— Tezroq gapir "Ot"im juda asov, tepadi
— Uylanmoqchi edim. Qanday qizni tanlaganim ma’qul? Telba bunday dedi:
— Dunyoda uch xil ayol bor. Biri dard, ikkinchisi mehnat, uchinchisi ziynat Birinchisi senga aslo yor bo‘lmas. Ikkinchisining yarmi seniki, yarmi sendan ayri qoladi. Uchinchisi esa senga vafoli bo‘ladi.
— To‘xta, shoshma, Xudo xayringni bersin! Shuni yaxshilab tushuntir! Bu uch turli ayollar kimlar?
Telba "ot"ining "jilovi"ni tortib, bunday javob berdi:
— Birinchisi, bolali beva xotindir. E’tiborini birinchi eridan bo‘lmish farzandiga qaratadi.Xayolida bolasi bilan eri bo‘ladi. Ikkinchisi bolasiz beva xotin. Yarmi seniki, yarmi oldingi erinikidir. Uchinchisi bokira qiz. U tamomila senga mulk bo‘ladi.
Telba bularni aytgandan keyin "ot"ini niqtab bolalar orasiga ketayotgan edi. Haligi odam uni to‘xtatib:Ey ulug‘ inson! Yana bir savolim bor. Javob ber, so‘ngra ketasan,  dedi.
— Nima deysan? Vaqtim ziq. Bolalar bilan o‘yinga kechikyapman.
— Bu qadar aql farosat egasi ekansan. Nega o‘zingni telbalikka solib yuribsan?
Qari olim shunday javob berdi:
— Hokim meni shaharga qozi qilishga qaror berdi. Rad etdim, qabul qilmadilar. Sendan oqilrog‘ini topolmaymiz dedilar. Shuning uchun o‘zimni telba, devona ko‘rsatyapman. Qoziliqdan ko‘ra telba bo‘lish afzalroqdir.


Qayd etilgan