Jaloliddin Rumiy. Masnaviydan ibratli hikoyatlar  ( 53189 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:48:59

Karning bemor ziyorati


Oqqo‘ngil bir kar odam kasal qo‘shnisi holidan xabar olmoqchi bo‘ldi. Uzicha:
"Qo‘shnim kasal ekan. Uni borib ko‘rishim, hol ahvolini so‘rashim kerak, Ammo men karman, u esa xasta, ovozi chiqmaydi. Lekin kasaldan odatdagi savollar so‘raladi va ma’lum javoblar olinadi. Men qandaysiz desam, u yaxshiman, rahmat deydi. Nima ovqatlar yeyapsiz deb so‘rayman, albatta, bir taomning nomini aytadi. Men esa osh bo‘lsin deyman. Tabiblardan kim kelyapti, desam, biron tabibning ismini aytadi... Men unga yaxshi tabib, deb aytaman", deb o‘yladi.
Kasalning yoniga kirib bosh tomoniga o‘tirdi:
— Yaxshimisiz?  deb ahvol so‘ragan bo‘ldi. Kasal ingragan holda:
— O’lyapman  deb javob berishi bilan kar odam:
— Voy, voy, juda xursand bo‘ldim  dedi. Xasta:
— Bu nima degani? Birovning o‘limiga ham xursand bo‘ladimi  deb g‘azablandi.
Kar yana so‘radi:
— Nima eyapsiz?
Xasta achchiq qilib:
— Zahar, — dedi. Kar uning bir taom nomini aytganini o‘ylab: "Osh bo‘lsin!" deb javob qaytardi. Kasalbutunlay aqddan ozayozdi.
Kar odam so‘rashda davom etdi:
— Davolash uchun tabiblardan kim kelyapti?
— Qani, yo‘qol bu yerdan! Azroil kelyapti,  deb javob qaytardi. Kar:
— Juda bilimdon, tajribali tabib. Xudo xohlasa, yaqinda davosini topadi deganida, kasal chiday olmay:
— Daf bo‘l deb baqirdi.
Kar esa qo‘shnilik haqqini ado etganidan juda xursand bo‘lib xayrlashdi.


Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:50:00

Ko‘ngil oynasi

Sulton saroyida xitoy rassomlari:
— Biz turk rassomlaridan ancha ilgor va mohirmiz, deb iddao qildilar. Bunga javoban turk rassomlari:
— Yo‘q, biz ulardan ustunroqmiz. Bizning san’atimiz yuksak,  deb bu da’voga qarshi chiqdilar. Bu bahsdan xabar topgan sulton rassomlarni imtihon qilishga qaror berdi.
Har ikki mamlakat rassomlari tayyorlansin, bir biriga qaragan ikki xonaga chiqarilsinlar!
Xitoy rassomlari o‘zlariga berilgan xona devorlarini turli rangli rasmlar bilan bezadilar. Turk rassomlari esa xona qarshisidagi o‘z xonalarining devorlarini faqat jilolab, oyna kabi yaltiratdilar. Shunda xitoy rassomlarining chizgan rasmlari turk rassomlari xonalarining devorlarida yanada yaltiroq bir ko‘rinish bilan aks etdi.
Sulton oldin xitoylik rassomlar xonasiga kirdi, ularning ishlari yoqdi. Oxirida turk rassomlarining xonasiga kirgan payt ,xuddi ulug' shamlarni ancha yorqin, ancha go‘zal ko‘rib, turk rassomlarini taqirladi.
Shu zaylda, turk rassomlari rasm chizmasdan, faqat xitoy rassomlarining asarlarini ming bir hunar bilan jilolantirganlari devorda aks etgirganlari uchun juda mohir deb tan olindilar.

Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:52:35

Darvesh va muttaham xizmatchi


Bir darvesh sayohatga chiqdi.Aylanib borib darveshlar xonaqosida qo‘noq bo‘ldi.
Uning eshagini xizmatchilar og‘ilxonaga bog‘ladi, darveshni ham xonaqoning to‘riga o‘tqizdilar. Maroqli suhbat bo‘ldi, so‘ngra dasturxonlar yig‘ildi. Darvesh shu payt juda sevadigan, zahmatkash eshagini esladi va xizmatchiga eshagini yaxshi parvarish qilib, unga yem berishlarini aytdi. Xizmatchi:
 "Lahavla, bu nima deganingiz. Albatta bu mening vazifam, parvarish ham qilaman, arpa ham beraman",dedi.
Darvesh, ko‘ngli to‘lmay qayta: "Aybga buyurma, u sening ishing ekanini bilaman. Faqat eshagim biroz qarigan, tishlari ham sog‘lom emas. Avval arpani ivit, biroz yumshasin, keyin somon bilan aralashtir".
Xizmatchi yana:
 "La havla...",  dedi.
Qisqasi darvesh qaysi payt ish buyursa, xizmatchi La havla..." ni qayta-qayta aytar, ammo eshakka na somon, na bir hovuch arpa berardi. Bechora eshak och, suvsiz, og‘il xonada bazo‘r tong ottirdi. Darvesh esa xizmatchidan ko‘ngli to‘q, xotirjam uyquga ketdi.
Tushida xaddidan oshgan bir bo‘ri eshagiga hamla qilayotganini ko‘rdi va shu zahoti ko‘zini ochdi.
"Ishkilib, yaxshilikka bo‘lsin!" deb, yana uyquga ketdi. Bu safar eshagining yotib qolganini ko‘rdi. Shu tariqa tunni ming bir vasvasa bilan o‘tkazdi.
Tong paytida xizmatchi eshakni eslab, og‘ilxonaga bordi. Qarasa, eshak ochlik va suvsizlikdan paripyun bo‘lib yerda uzanib yotardi. Xizmatchi qo‘liga tayoq olib eshakni ura ketdi. Eshak bazo‘r oyoqqa turdi. Xizmatchi tezda eshakning to‘qimini to‘g‘rilab, qayishini bog‘ladi. So‘ng xonaqo oldiga olib bordi. Darvesh mezbonlar bilan xayrlashdi, so‘ng eshagini niqtadi.
Eshak bir oz yo‘rg‘alagach qoqilib erga yiqildi ko‘rganlar yugurib kelib darveshni ham, eshagini ham turg‘izdilar. Ammo, eshak yana yotib oldi. Kimdir eshakning bo‘ynidan tortdi, kimdir qulog‘ini bukdi. Foydasi bo‘lmadi... Darveshga: "Bu ne hol? Eshagingni bir dardi bordirki, yotib qoldi", dedilar.
Darvesh holatni tushundi va bunday dedi: "Kechasi bilan "la havla..." yegan eshak yursa, shuncha yuradida. Ozig‘i kechasi "la havla..." bo‘lsa, tasbeh o‘girib tursa, kunduzi mana shunday sajda qiladi..."


Qayd etilgan


mutaallimah  15 Avgust 2008, 13:53:38

  Zolimning xayri...

Podshoh juma kuni masjidga ketayotgan edi. Soqchilar ko‘chada to‘plangan xalqqa bir tarafdan yo‘l  bo‘shating deb baqirar, bir tarafdan tepib, tayoq bilan urib, yo‘l ochayotgan edi. Ojiz bir kambag‘al soqchilardan o‘n darra yedi. Boshi, ko‘zi qontalash bo‘ldi. Zulmga chiday olmadi. Qo‘llarini ochib podshohning orqasidan shunday baqirdi:
— Qilgan oshkora zulmingni qara  Alloh saqlasin. Masjidga boryapsan, go‘yo  yaxshi ish qilyapman deb o‘ylaysan. Yaxshi ishing shu bo‘lsa, yomonliging qanday, kim bilsin?

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 08:56:47

Kampir bilan shayton


Yuzini ajin bosgan, yoshi to‘qsonlardan oshgan bir kampir qayta erga tegish savdosiga tushdi. Oyna oldiga o‘tirib, yuzini bo‘yadi, ammo burushgan yuz bo‘yoq ushlamasdi. Ajinlarni yopish uchun Qur’oni karim sarlavhalaridagi zarhallarni olib yuziga yopishtirdi. Ammo zarhallar ham to‘kilaverdi. Ularni tupigi bilan yonoqlariga qayta yopishtirdi. Yana to‘kildi. Shunda u:   hop seni ko‘r shayton, la’nat bo‘lsin  deya ming‘irladi. Buni eshitgan shayton tezda kamggarga ko‘rinib, shunday dedi:
— Ey shum kampir... Sening bu qilig'ing umrim bo‘yi xayolimga ham kelgan emas. Qur’ondagi zarhallarni olib, yuziga yopishtirish kimning ham aqliga keldi? Nega meni ayblaysan? Sen hiyla va yovuzlikda yuz shaytonga dars berasan. Menga tuhmat qilma...

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 09:01:52

Adolat mushti


Xasta bo‘lgan bir odam shifokorga:
— Tomir urishimni tekshirib, dardimni aniqla dedi.. Shifokor bemorni tekshirib ko‘rdi.. Hech umid yo‘q. O’limi yaqin edi. Bemorga:
— Bor, ko‘ngling nima tusasa shuni qil. Parhezga ehtiyoj yo‘q, dedi.
Bemor xursand, ko‘ngli xohishiga ko‘ra daryo bo‘yiga bordi. Qarasa, bir darvesh yuz qo‘lini yuvyapti. Taqir boshini ko‘rishi bilan bir tarsaki urgisi kedtsi. Aslida shifokor ham: "Ko‘ngling nima xohlasa shuni qil", degan edi. Shunday qilmasa, dardi og‘irlashadi. Qo‘lini ko‘tarib, taqir boshiga bir tarsaki tushirdi. Darvesh achchiqlandi, joyidan sakrab turdi. U ham bemor odamga musht bilan javob bermoqchi bo‘ldi. So‘ngra e’tibor bersa, eti suyagiga yopishgan bir jasad... Ursa yiqilib o‘ladi. Tegmadi, ammo, bemorni qozining huzuriga olib bordi. Shikoyatini aytdi:
— Bu odam hech bir sababsiz meni urdi. Jazo berishingizni so‘rayman. Qozi bir darveshga, bir bemorga qaradi. Bemorning oyoqda turadigan holi yo‘q... Ichi achidi. shikoyatchiga:
— Ko‘rmayapsanmi, bu odamning eti suyagiga yopishib qolgan, bunaqalar o‘lik hisoblanadi. Men tiriklarga hukm chiqaraman. Voz kech bu da’voyingdan,  dedi.
Darvesh da’vosida qatiy turdi:
— Mening hech bir gunohim yo‘q ammo urgani aniq, o‘lik bo‘lsin, tirik bo‘lsin, men adolat istayman,  dedi.
Qozi:
— Yaxshi, unday bo‘lsa  deb, bemor odamdan so‘radi:
— Oz bo‘lsa ham puling bormi? Bemor javob berdi:
— Olti dirham pulim bor. Boshqa hech narsam yo‘q Qozi hukm chiqardi:
— Yaxshi, uch dirhami o‘zingda qolsin. Uch dirhamini bu odamga ber. U bechora ham yo‘qsul..
Qozining bu hukmiga bemor g‘azablandi. Aslida qozining ham tumshug‘iga bir musht tushirgisi bor edi. Chiday olmadi. Modomiki bir tarsakining jazosi uch dirham ekan, qolgan uch dirhamni ham qoziga beraman deb o‘yladi va o‘rnidan turib qozining tumshug‘iga bir musht tushirdi.
Qozi g‘azab bilan sapchib o‘rnidan turdi. Shu payt bemor odam:
— Qozi janoblari, nega qizishasiz? Sizning hukmingiz adolatga tayanadi. O’zingiz uchun ravo ko‘rmagan hukmni birovga qanday ravo qo‘rasiz? Shu olti dirhamni oling, ikkingiz bo‘lishing,  deya mahkamadan chiqib ketdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 09:41:08

Mato o‘g‘irlagan tikuvchi



Bir zamonlar Jigaro‘g‘li  ismli gapdon, o‘g‘ri, hiylakor tikuvchi bo‘lgan ekan. Mijozlarining gazlamalarini o‘g‘irlardi.
Sodda bir odam:
— U mendan hatto oddiy ip ham o‘g‘irlay olmaydi. Agar bir parcha gazlama o‘g‘irlasa, so‘z beraman, shu otim sizniki bo‘lishiga..Agar o‘g'ir1ay  olmasa, sizdan bir ot olaman.. Men bilan bahslashadigan bormi  deya maqtana ketdi.
O’rtoqlari:
— Voz kech bu bahsdan, o‘zingga ishonma.  U qancha oqillarni mot qilgan, seni ham mot qiladi, desalar ham so‘zida turib oldi. Ilojsiz bahs boyladilar.
Ertasi kuni sodda odam bir to‘p atlas gazlamani qo‘ltiqlab shaht bilan Jigaro‘g‘lining do‘koniga kirdi. Tikuvchiga savol berdi. Usta darhol kulimsirab o‘rnidan turarkan:
— Marhamat, hush kelibsiz,  dedi. joy ko‘rsatdi. Hol ahvol so‘radi. Bulbul kabi sayray ketdi. Sodda odam birpasda yumshab qoldi. Titroq ovoz bilan:
— Shu Istanbul atlasidan menga bir yaktak tikib bersang. Beldan pasti keng, ust tarafi tor bo‘lsin. Shunday tikkinki, menga yarashsin,  dedi.
Tikuvchi odatga ko‘ra sharbat berishga usta edi.
— Aziz mijozim, senga o‘zi nima yarashmaydi . Kiyim degani sening ustingda tursinda. Amring bosh ustiga  deya gazlamani olib o‘lchadi va sodda odamni gapga tutishni boshladi. To‘xtamasdan gapirib, qiziqarli hikoyalar aytdi. Gap orasida qaychisi bilan gazlamani bicha boshladi. Har bir hikoyani aytganda mijozi qahqaha otib kular, tikuvchi esa har safar unga sezdirmasdan bir parcha matoni kursisi ostiga yashirardi.
Sodda mijoz:
— Xudo haqqi, yana bir latifa ayt. Juda ma’qul bo‘ldi,  dedi.
Tikuvchi aytdi, odam kularkan kesilgan mato bo‘laklarini etak ostiga yashirardi.
Sodda odamning iltimosiga binoan tikuvchi yana bir latifa aytdi. Sodda odam o‘rtoqlari bilan o‘ynagan bahsini unutdi. Qahqahaga berildi. Chalqancha yerga yiqildi. Tikuvchi o‘z ishini qildi.
Sodda odam yolvorardi:
— Tilingga asal, yana ayt, ayt.., derdi. Nihoyat tikuvchi chiday olmadi:
— Qanaqa go‘l odamsan! Yana bir latifa aytsam yaktak ustinga tor keladi, esingni yig‘. Asl vaziyatni bilsang, qon yig‘lar edyng,  dedi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 09:44:27

Ikki latifa



Yoshi ellikdan oshgan, soch soqoli oqargan odam yosh bir qizga uylanibdi, sartaroshga boribdi va unga:
— Usta, yaqinda uylandim. Senga malol kelmasa, shu sochimdagi, soqolimdagi oqlarni olsang,  debdi.
Sartarosh pinagini buzmay mijozning soch soqolini tagidan qirtishlab olibdi. So‘ng olingan sochlarni haligi kishing oldiga qo‘ydi.
— Kechirasiz, juda shoshilinch ishim chiqib qoldi.
Sizga malol kelmasa, oqlarini ajratib tursangiz, deb chiqib ketdi.

* * *

Bir kishi tepakal odamni ko‘rib qoldi va tog‘oraga o‘xshagan boshiga urgisi keldi; sharaqlatib bir urdi. Shapaloq yegan odam o‘qdek joyidan uchib ketdi. Uni urgan kishi:
— To‘xta, yonimga kelma. Senga do‘stona bir savolim bor, javob ber, mayli keyin meni istaganingcha ur. Sening boshinga urganimda "qars" degan bir ovoz chiqdi. Ajabo, bu shapaloq ovozi mening qo‘limdan chiqdimi yoki sening boshingdanmi? Shu savolimga javob ber.
Shapaloq egan odam uning savoliga javob bermadi. Yoniga keldi va bu odamga ham bir shapaloq tushirdi va shunday dedi:
— Do‘stim, og‘riqdan men hali qutulolmadim, qanday qilib o‘ylashim mumkin? Endi bu ovoz qaerdan chiqqanini o‘ylash navbati senda.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 09:47:18

   Vahima falokat keltirar


Maktab talabalari ustozlaridan bezor bo‘lishibdi, ko‘p o‘qish, yozish, uy vazifalari ularni juda charchatibdi. Ko‘chada o‘ynashni istashibdi. Bir chorasini o‘ylashibdi. Nima qilib bo‘lsa ham, ma’lum vaqt ustozni maktabdan uzoqlashtirishga qaror qilishibdi. Oralaridagi eng kichkina, ammo juda ziyrak bir o‘quvchi, shunday dedi:
— O’rtoqlar, o‘qituvchimizning hech qaeri kasal emas.Qani endi bir necha hafta xastalansayu, biz ham dam olsak. Qanday bo‘shash uchun   harakat qishsh kerak.Do‘stlari unga;
— Qanday qilib soppa sog‘ odam kasal bo‘lishi mumkin? dedilar. Haligi bola:
— Bo‘ladi,   dedi. Men bir hiyla o‘yladim. Ertaga dars boshlangandan so‘ng sinfga birinchi kirgan bola ustozimizga: "Ustoz, tinchlikmi! Yuzingiz ancha so‘lg‘in, sarg‘ayibdi, beholmisiz? Allohshifo bersin", deb xasta bo‘lganini aytadi. Ustoz, bu gaplardan vahimaga tushadi.
Talabalar o‘zaro maslahat qilishdi va ertasi kun ertalabdan sinfga ilk kirgan o‘quvchi:
— Tinchlikmi ustoz  Alloh shifo bersin. Yuzingiz sap-sariq.Mazangz yo‘qmi? dedi.
Ustoz:
— Valdirama, kasal emasman, bor joyingga o‘tir, deb qo‘rslik bilan javob berdi.
Sinfga kirgan ikki uch o‘quvchi ham ustoziga:
— Alloh shifo bersin,  deb yuzining sarg‘ayib ketganini aytdi.
Ustozni vahima bosdi. O’z-o‘ziga: "Xotinimning aqli joyida emas, yuzimning so‘lganligini, vujudimning titraganiny qaerdan ham bilsin. Uning dardi mei emas. O’ziga oro berishdan boshqa narsani o‘ylamaydi", deb gapirdi.
Bu orada o‘quvchilar go‘yo darsni takrorlagan bo‘lib, shovqin suron ko‘tara boshlashdi. Ustoz vahima ichida shovqin surondan boshi og‘rib uyiga ketdi. Eshikni ochgan xotiniga:
— Ey sen xotin, ko‘rmisan, holimga bir qara  yuzimning so‘lg‘inligini hamma ko‘rdi, nega sen ko‘rmading, begonalar mening dardim bilan qiziqishadi, sen men bilan bir uyda yashab nahotki  isitmam chiqqanini bilmading. Men kasalman, tez yotog‘imni tayyorla,  dedi.
Xotini uni
— Ey xo‘jayin, sizda xastalik alomati yo‘q, xohlasangiz oyna keltiraman, sizda shunchaki bir vahima bor, dedi. Unga javoban eri:
— Vujudim dir-dir titrayotganini ko‘rmayapsanmi, menga boshimning og‘rig‘i yetadi. Bor, yotog‘imni tayyorla, dedi.
Xotini noiloj o‘rin joy' tayyorladi. Eri oh uf qilib, o‘zini to‘shakka otdi. Boshini bog‘lab ustma  ust ko‘rpa yopdi.
O’quvchilar sevinib uy uylariga tarqaldilar. Onalari bolalarining bunday vaqtli qaytganlaridan hayron bo‘ddi. Bolalar: "Ustozimiz kasal bo‘lib qoldilar, bizga ham ta’til bo‘ldi",  dedilar. Bu payt ustozning uyiga yaqinlari, qo‘ni qo‘shnilar kelishar, ustoz qavat qavat ko‘rpa tagida terga botib yotardi.
— Sog‘ayib keting ustoz, qanday qilib kasal bo‘lib qoddingiz, hech xabarimiz yo‘q, deganlarga:
— O’zim ham bexabar edim, baraka topgur bolalar aytishdi. Shunday og‘ir xastaligimni sezmay qolibman, deb javob berardi.
Ha, ustoz o‘zining kasalligiga batamom ishongan edi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 09:49:19

Xoja bilan quli


Bir kishi hammomga borishga ehtiyoj sezdi. Tong payti quliga: "Sungur uyg‘on. hammom togorasini, lungi va sovun ol. Hammomga bormoqchiman", deb buyurdi.
Qul darrov hozirligini ko‘rdi. Birgalikda yo‘lga tushdilar. Shu paytda bomdod namoziga azon chaqirildi. Namozga ixlosi baland bo‘lgan qul xojasiga yolvorgansimon: dedi
— Ey mening marxamatli xojam. Siz do‘konda biroz o‘tirib tursangiz men shu ro‘paradagi masjidda namoz o‘qib olsam,  dedi.
Xojasi rozi bo‘lib, do‘konda o‘tirdi. Sungur esa masjidga kirdi. Bir ozdan so‘ng jamoat namoz o‘qib masjiddan chiqdi. Xoja qulini kutdi, lekin nimagadir qul ko'rinmasdi. Ancha paytgacha kutdi, darak bo‘lmadi. Xavotir olib masjidning eshigiga borib dedi:
— Sungur, seni kugyapman, nega tashqariga chiqmayapsan?
Sungur javob berdi:
— Xojam, menga yana biroz vaqt bering, hozir boraman.
Xoja yana kutdi. Oxiri sabri tugab yana takror aytdi:
— Hoy Sungur  kech qolyapmiz. Tugat shu namozingni tezroq. Tugatginda tashqariga chiq!
— Xojam, hozir boraman. Yana biroz...
Xojasi ortiq chidolmadi. Bu safar buyruq ohangda qulni tashqariga chorladi.
Qul yana:
— Xojam, men chiqmoqchiman, lekin qo‘yib yubormayaptilar,  dedi.
Xoja hayron bo‘ldi.
— Masjidda hech kim qolmagan bo‘lsa, seni kim qo‘yib yubormayapti?  deb baqirdi. Sungur shunday javob berdi:
— Seni masjidga kirishingga yo‘l qo‘ymayotgan meni ham ichkaridan tashqariga chiqishimga yo‘l qo‘ymayapti. Seni ichkariga kirishingga izn bermayotgan mening ham tashqariga chiqishimga mone’lik qilmoqta. Sening bu tarafga qadam bosishingga ruxsat bermayotgan mening xam tashqariga chiqishimga ruxsat bermayapti. Chiqmayotganimning sababi ana shu.


Qayd etilgan