Jaloliddin Rumiy. Masnaviydan ibratli hikoyatlar  ( 56562 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


mutaallimah  16 Avgust 2008, 09:53:35

Keling, ko‘ring, eshak ketdi...

So‘filardan biri yo‘lning ustidagi xonaqohga mehmon bo‘ldi. Mezbonlar so‘fining eshagini og‘ilga, so‘fini esa bosh chodirga olib kirdilar. Xonaqohda o‘tirgan darveshlar bir burda nonga muhtoj, yo‘qsil kishilar edi. Xonaqohlariga tushgan mehmonning ham qorni och. Nima qilsinlar? Yig‘ilishib bir qarorga keldilar: Mehmonning eshagini sotib, uning puliga yegulik olib, samo raqsini tashkillashtirmoqchi bo‘ldilar. Suhbat boshlanadi. Shu tariqa xonaqohlarga tushgan Tangri musofirining ko‘nglini ko‘garadilar. Tong otgach esa Alloh karim...
Eshak tez sotildi. Puliga har xil yeguliklar olib kelindi. Shamlar yoqildi. "Bu kecha xonaqohga kelgan mehmon sharafiga ziyofat bor. Samo raqsi bo‘ladi", deya hamma yoqqa xabar berdilar. Haqiqatdan ham tunda katga majlis bo‘ldi.
So‘fi xursand, o‘ziga ko‘rsatilgan iltifot, siylov tufayli boshi osmonda, chapak chalar, goh oyoqqa turib samo raqsiga berilar edi. Majlis oxirida sozandalar va xonandalar: "Eshak ketdi, eshak ketdi" deya ohangli bir naqorat ayta boshladilar! Mehmon so‘fi ham ularga qo‘shilib baqirar, hatto, ovozi ularnikidan balandroq chiqardi.
Shundan keyin charchab, hammasi tarqalishdi. Tong otganda so‘fi yo‘lga chiqishga tayyorgarlik ko‘rdi. Ashyolarini to‘plab og‘ilxonaga tushdi. Ne ko‘z bilan korsinki, eshak yo‘q. Og‘il bo‘m bo‘sh.
"Balki eshagimni sug‘orish uchun tashqariga chiqargan bo‘lsa kerak, birozdan keyin olib kelishadi", deya o‘yladi. Xizmatkor kelganda so‘fi:
— Eshak kaerda? deya so‘radi. Xizmatkor kulib dediki:
— Qaysi eshakni so‘rayapsan? So‘fi hayron:
— Qaysi eshak bo‘lardi? Kecha senga o‘z qo‘lim bilan topshirgan eshaknida. Senga bergan edimku? Inkor qilsang, mana mahkama!
Xizmatkor bo‘yin egdi va:
— Kecha tunda darveshlarning hammasi meni qistovga olib, eshagingni qo‘limdan oldilar, olib borib sotdilar. Men nima ham qila olardim?  dedi.
So‘fi:
— Yaxshi, ammo.nega xabar bermading? Agar menga aytsang, eshakni kim olgan bo‘lsa, undan qaytarib olardim,  deganida, xizmatkor chiday olmadi va:
— Vallohi, senga aytish uchun necha marta keldim, sen: "Eshak ketdi, eshak ketdi" deya baqirayotganding, xursand holda qarsak chalayotganding. Men bu shodon holingni ko‘rib rozi ekanda, deb o‘yladim va orqamga qaytdim.
So‘fining aqli joyiga keldi va:
— Ularning hammasi yoqimli kuylayotgandi. Mening ham zavqim kelib, qo‘shilib aytdim. Haqiqatdan bunday bo‘lganini bilmagandim  deya qayg‘uga botdi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 09:55:01

Darbadar odam va tuyakash


Uysiz, joysiz butunlay darbadar bir odam zindonga tushdi. Puli yo‘q, kimning qo‘lida non ko‘rsa, qo‘lidan tortib olar, qaerda yegulik, ichgulik topilsa, o‘sha yoqqa borardi. Zindondagilar bu odamdan bezor bo‘lib, soqchiga shikoyat qila boshladilar:
 Tezda salomimizni qoziga yetkaz, bu pastkash odamdan ranjiganimizni, bezor bo‘lganimizni ayt. Bu ochofat, yeb to‘ymas pashsha kabi tong otmasdan har yegulikka qo‘nadi. Oltmish kishinyng taomi unga yetmaydi. Jonimizga tegdi. Bizni bu odamdan qutqarsin!.
Soqchi mahkumlarning tilagini qoziga yetkazdi. Qozi odamni zindondan chaqirtirdi. Surab surishtirdi. nixoyat mahkumlarning haq ekani aniq bo‘ldi. Darbadarga qarab:
— Tez zindondan yo‘qol . Bor, uyingga ket, ko‘zimizga ko‘rinma deya xaqoratladi. Yuzsiz odam qoziga:
— Agar meni zindondan haydasang, ochliqtan o‘laman. Mening na uyim, na mol mulkim bor. Zindon menga jannat. Men g‘irt darbadarman, dedi. Qozi yana surishtirib chiqdi. Haqiqatdan ham bu odamning hech kimi yo‘qligi, firibgar bir darbadar ekani ma’lum bo‘ldi.
Jarchilarni chaqirtirib shu amrni berdi:
— Bu odamni shaharda aylantiring, bu ahmoq va muttaham darbadardir" deya e’lon qiling. Hech kim unga qarz bermasin, narsa sotmasin.
Jarchilar odamni mahkam bog‘ladilar. Uni shu yerdan o‘tayotgan bir o‘tinchining tuyasiga mindirdilar. Tuyakash:
— Rahm kdlinglar, mening ishim bor, desa ham hech kim quloq osmadi, eshitmadi.
Tuyaning tizginini qo‘liga berdilar. Jarchilar dovul chalib, shaharni aylandilar. Xalqqa:
"Ey odamlar, shu tuyaga mingan odamni yaxshi tanib oling. Bu odam hiylagar, mutgaham, darbadardir. Unga nasiyaga narsa sotmang, qarzga pul bermang. Hatto sizga, sotish uchun ho‘kiz keltirsa ham ishonmang. Agar aldanib, bu odamdan da’vo qilsangiz, hech qanday jazoga tortilmaydi, zindonga ham tashlanmaydi. Yaxshilab ko‘rib, tanib oling!" deya e’lon kilishardi. Shu holatda maydonlarni, ko‘chalarni kezdilar. Qorong‘u tushgach, odamni tuyadan tushirib qo‘yib yubordilar. Tuyakash darhol darbadar odamning yoqasiga yopishdi:
 Hoy qayoqqa ketyapsan? Kechgacha seni bekorga aylantirdimmi? Insofing bormi? Hech bo‘lmasa tuyamning somon pulini berib ket...  dedi.
Darbadar odam tuyakashga shunday dedi:
— Ey, senda o‘zi aql bormi? Biz kechgacha nima deb aylandik... Qulog‘ing tom bitganmi? Dovul chalib jarchilar tomoqlarini yirtdilarku. "Bu odam darbadar, puli yo‘q, aldanmang", deya yetti qavat osmonga eshittirdilar. Ajabo, sening qulog‘ing ta’magirlik bilan to‘lganmi? Ta’magirlik insonni ham kar, ham ko‘r qiladi
Tuyakash turgan joyida qotib qoldi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 09:57:08

  "Agar..."li uy

Bir odam uy izlayotgandi. Do‘stlaridan biri uni o‘z mahallasidagi vayrona uyga olib bordi. Do‘sti:
— Agar bu uyning shifti bo‘lsa, menga qo‘shni bo‘lib yasharding. Agar biror xonasi bo‘lsa, bola chaqang bilan osoyishta yasharding,  deya uzoq vaqt "agar" deb suhbatlashdi.
— Ha, do‘stlarga qo‘shni bo‘lib yaqin uyda yashamoq yaxshi, faqat "agar" deb yashash bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydida, dedi uyga talabgor kishi.

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 09:57:59

Tadbirkor bog‘bon



Bog‘bon bog‘iga uchta o‘g‘ri kirganini ko‘rib qoldi. Bularning biri xalqqa fatvo beradigan faqih (olim), ikkinchisi payg‘ambar avlodidan ekanini aytuvchi bir zot,uchinchisi esa shayxga ko‘p   yillar murid bo‘lgan so‘fi edi. Bog‘bon o‘zicha o‘yladi. Hozir bularni tutib eplab bo‘lmaydi, kuch birlikta. Yaxshisi, bu uchlikni tarqatib, ularni alohida alohida jazolash lozim. Shu niyatda ularga jimgina yaqinlashdi. Bog‘iga xush kelganlarini aytdi, so‘ngra so‘figa:
— Mening uyim shu yaqin atrofda. malol kelmasa, borib bir sholcha olib kel, daraxtning tagiga to‘shab o‘tiraylik,  deb iltimos qildi.
So‘fi ketgach, faqih bilan sharifga qarab:
— Sizlar ulug‘ insonlarsiz. Biringiz fatvo bilan yo‘l ko‘rsatasiz, yana biringiz bilan faxrlanamiz. Bu mechkay, xasis so‘fi kim bo‘libdiki, sizdek ulug‘ zotlar bilan hamtovoq bo‘lsa? Uni kelishi bilan daf  iling, qaerga ketsa ketsin. Sizlar esa bog‘imda eng aziz mehmonlarim bo‘lib yeb ichasizlar,  dedi.
Bu taklif ularga ma’qul keldi. So‘fini: "ket bu yerdan, sen bilan do‘st bo‘lishni istamaymiz", deb haydashdi. So‘fi uzoqlashgach, bog‘bon uni tutib oldi va:
— Hoy, sen ko‘ppak Bog‘imga kirishga qanday jur’at etding, senga bu yo‘lni qaysi shayx ko‘rsatdi  deya uni rosa do‘pposladi.
Bog‘bon boqqa qaytdi. Endi sharifga qarab: aziz do‘stim. Hoynahoy ochqagandirsan. Senga kichkina bir xizmat; mening uyimga bor. Xizmatkorimga ayt  yupqa non bilan qazi bersin. Olib kelsang, uchchalamiz qorinni to‘ydiramiz,  dedi. Og‘zidan so‘lagi oqqan sharif bog‘bonning uyiga ravona bo‘ldi. Bu orada bog‘bon fakihga:
— Mana bu sharif deganingiz bema’ni odam. O’zini payg‘ambar avlodidan deb da’vo qiladi. Onasi qanday ayol bo‘lgan, kim biladi? Sen aqlli, bilimli, ko‘pni  ko‘rgan odam bo‘lsang, qanday qilib, unga ishonib, yoningda olib yuribsan?   deyishi bilan faqihning ichiga go‘yo bir qurt o‘raladi. Sharif kelar kelmas so‘ka boshladi:
— Hoy yolg‘onchi, bu boqqa seni kim chaqirdi?O’g‘rilik senga kimdan meros qolgan? Arslon bolasi, arslonga o‘xshar. Qani menga aytchi, sen payg‘ambarga qaysi tomondan o‘xshaysan? dedi va yana bir qancha achchiq gaplar aytdi. Uni oldiga solib haydadi.
Bog‘bonning istagani bo‘ldi  faqih yolg‘iz qoldi. Ta yoqni qo‘liga oldi va:
— Ey noshud faqih sening fatvong boqqa ruxsatsiz kirishmi? Buni qaysi huquq kitobida, qaysi qonunda o‘qiding?  deb faqihni ura boshladi.
Bog‘bon gapirib urar, urib gapirar edi. Bechora faqih boshiga har tayoq tushganda:
— Ur, uraver, fursat g‘animat... Do‘stlaridan ayrilganning kuni shu, haqqi esa tayoqtir. Ur.., deya ingrardi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 09:59:50

Ahmoqning sevgisi


O’rmonda ayiqni katta bir bo‘g‘ma ilon bo‘g‘ar, belidan o‘rab olib siqardi. Ayiq esa jon holatda baqirardi. Shu payt o‘tib ketayotgan o‘tinchi ayiq holini ko‘rdi va tezlik bilan qilichini chiqarib, ilonni ikkiga bo‘lib tashladi. Shunday qilib, o‘tinchi ayiqni o‘limdan qutqarib qoldi.
Ayiq endi o‘tinchining orqasidan qolmas, o‘ziga qilingan yaxhlikka javoban o‘tinchi bilan bo‘lishni, unga xizmat qilishni istardi. O’tinchi ayiqqa necha marta orqasidan yurmaslikni aytsa ham, ayiq ahdidan voz kechmas, sodiq bir itdek uyining eshigi oldida
uni kutardi. Buni ko‘rgan qo‘ni qo‘shni o‘tinchiga:
— Ey baraka topgur, ayiqning do‘stligiga ishonib bo‘lmaydi. Ahmoqning do‘stligi dushmanliqtan battardir. Hamjinslaring qolib, ayiqqa ishonma. Uni daf qil, ketsin...  dedilar. O’tinchi o‘zicha: "Meni ayiqtan qizg‘anishyapti, mening baquvvat yordamchim borligiga hasad qilishyapti. Har holda, bir birlari bilan kelishib olib ayiqtan meni sovutmoqchi bular", deya o‘ylab ularning gaplariga quloq solmadi.
O’tinchi bir kuni ayiq bilan birga o‘rmonga o‘tin kesishga ketdi. Biroz ishlagach, o‘tinchi dam olish uchun daraxt soyasiga yotdi. Ayiquning yonida qo‘riqchilik qila boshladi. Bir mahal xira pashsha kelib o‘tinchining yuziga qo‘ndi. Ayiq do‘stiga yaxshilik qilish uchun pashshani quvladi, lekin pashsha o‘tinchining yuziga qayta qo‘ndi, ayiq uni yana quvladi. Pashsha havoda bir doira chizib uchgandan so‘ng yana o‘tinchining yuziga qo‘ndi. Ayiq qancha urinmasin pashsha o‘tinchidan aslo uzoqlashmasdi. Ayiqning jaxdi chiqti. "Pashshani o‘ldirishdan boshqa chora yo‘q", deb o‘yladi va yugurib borib kattakon bir toshni olib, pashshani o‘ldirish uchun bor kuchi bilan o‘tinchining yuziga otdi. Tosh o‘tinchining yuzini majaqlab yubordi...


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 10:00:51

Juho va uning otasi



Mahallada bir odam qazo qilibdi, jasadi tobutga solinib, mozorga olib ketilarkan, tobutning orqasidan bir bola ham yig‘lab, ham baqirib:
— Otajonim, sizni qaerga olib ketishyapti? Sizni tuproqqa ko‘mmoqchilar, oh otajonim, bu yer shunday qorong‘u va tor bir joyki, bu yerda na nur, na deraza, na sholcha, na bir burda non bor... Hatto, ovqat hidiyam yo‘q...
Bolaning bu hayqirishlarini shu yerda turgan Juho (arablarning Nasriddin Afandisi) eshitib, otasiga:
Otajon, qarang, marhumni bizning uyga olib ketishyapti, dedi.
Shunda otasi Juhoga:
— Ey nodon, nega endi biznikiga olib borishadi?  deya so‘radi.
Juho javob berdi:
— Otajon  eshiting, bola nima deyapti? Marhumni shunday birjoyga olib ketishyaptiki, u erda na sholcha, na nur, na taom va na deraza... Hech narsa yo‘q. Axir bu bizning uy bo‘lmasdan qaer?

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 10:01:49

Nafs yirtqich arslon kabndir

Kimsasiz o‘rmonda haybatli bir arslon yashar edi. O’rmondagi barcha hayvonlar undan bezor bo‘libdi. Bunday hayot kechirishdan qutulish uchun chora izlashibdi. O’ylab o‘ylab, arslonga elchi jo‘natishibdi. Elchi:
— Ey o‘rmonlar qiroli arslon... Har kun oramizdan birimizni tutib yemoqtasan. Bunga noroziligimiz yo‘q; shu sabab ovora bo‘lmasdan o‘z taxtingda o‘tir, biz senga har kuni oramizdan birini olib kelamiz. Sen esa uni maza qilib yeysan. Shunda hammamiz umrimizni huzurda o‘tkazamiz..., debdi.
Bu taklif arslonga yoqib tushibdi va qabul qilibdi.
Endi har tong bir hayvon unga taslim bo‘lar ekan. Kunlarning birida navbat quyonga kelibdi. Hayvonlar:
— Ey voh endi ne qilamiz, qismatimiz shu ekan. Barchamizning rohatimiz uchun birimiz o‘lmog‘imiz darkor. Qani, vaqt o‘tkazmasdan yo‘lga tush. Arslonning.g‘azabini qo‘zg‘atmaylik, deyishsa ham, quyon yo‘lga tushmabdi. Hayvonlar ko‘rqib, unga yalina yolvora zo‘rg‘a yo‘lga
tushirishibdi.
Quyon bemalol, vaqt o‘gkazib, shoshilmay arslonning yoniga kelibdi. Ochlikdan ko‘zi to‘rt bo‘lgan arslon o‘dag‘aylabdi:
— Qaerlarda qolib ketding? Nega kechikding? Quyon bo'lsa yolgondakam qo‘rquv bilan terlarini artibdi va bo‘ynini quyi solib debdi:
"Janobi oliylari, men sizga hurmatsizlik qilganim uchun kech qolmadim, aksincha ertalab vaqgli yo‘lga chiqdim, ammo bir arslon yo‘limni to‘sdi, uning changalidan qutulish qanchalik qiyin bo‘lganini tasavvur ham qila olmaysiz".
Arslon g‘azablanib so‘rabdi:
"Kim bo‘ldi u gustoh? Bu o‘rmonda birgina mening hukmim o‘tadi. Kim ekan u, tezroq ayt?"
Quyon mamnun holda narigi arslonni maqtabdi, buning esa battar achchig‘i kelibdi. . Arslon chiday olmabdi:
"Oldimga tush, menga ko‘rsat u pastkashni!" debdi. Yo‘lga tushishibdi. Quyon uni bir quduq tepasiga olib kelibdI: "Sultonim, u mana shu quduq ichida. Unga qarang, qanday dahshatli".
Arslon hayajon bilan quduqqa qarabdi. Suvda aksini ko‘ribdi. Quduq ichidagi aksiga karab o‘shqiribdi, aksi ham o‘shqiribdi. Quyon fursatni boy bermay:
"Ko‘rdingizmi, afandim? Sizni olishuvga chaqirayapti", debdi. G’azablangan arslon:
"Bir diyorda ikki sulton bo‘lmas, parchalab tashlayman uni", deb o‘kiribdi va o‘zini quduqqa tashlabdi.
Har narsaning oxiri bor. Quyon ko‘m ko‘k o‘tloqlarda sakrab sakrab hayvonlarga xush xabarni yetkazibdi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 10:03:48

  To‘tiqushning hiylasi

Bir savdogar uyida ovozi yoqimli, gapiradigan, quvnoq to‘giqushni parvarish qilar va u bilan ko‘nglini yozardi.
Bir kuni tijorat uchun Hindistonga yo‘l tadorigini ko‘ribdi. Uydagilarning har biridan alohida alohida: "Aytinglar Hindistondan sizga nimalar olib kelayin? Nima xohlaysiz?" deb so‘rabdi. Har kim o‘z  istagan narsasini aytibdi va navbat to‘tiqushga kelibdi.'" Savdogar:
— Ey go‘zal to‘tiqushim, so‘yla, nima istaysan, keltiraman istagan narsangni, debdi.
To‘tiqush bo‘ynini xam qilib:
— Madomiki Hindistonga ketayotgan ekansan, u yerdagi to‘tiqushlarni ko‘rsang, mening holimni atroflicha tushuntir. Aytginki, sizning hasratingizda yongan bir to‘tiqushim bor. Bizning uyda qafasga solingan. Sizga salom aytdi va sizdan yordam istadi. Qismat ekan, men bu yerda, g‘urbat  yerlarda hasrat chekayotirman, siz esa yashil manzaralar, daraxtlar orasida gul bog‘lar qo‘ynida, sayr etayotirsiz. Do‘stlar vafosi shunday bo‘ladimi, deb ayt,  debdi.
Savdogar:
— Yaxshi, aytganlaringni yetkazaman,  deb yo‘lga tushibdi. Hindiston hududiga kirishi bilan daraxt shoxlarida bir gala to‘tiqushni ko‘ribdi. Otini qo‘yib, ularga to‘tiqushi aytgan gapni oqizmay tomizmay yetkazibdi. Bu gaplarni eshitgan to‘tiqushlardan biri titrashni boshlabdi. Birozdan so‘ng nafasi qaytib, yiqilib o‘libdi. Savdogar bu holdan qattiq iztirobga tushibdi:
— Afsus, bir jonning boshiga yetdim. U har holda mening to‘tiqushimni sevgilisi yoki qarindoshi edi. Koshki gapirmasaydim, xabar bermasaydim. Bechoraning joniga zavol bo‘ldim,  deb o‘ylabdi. Shu zaylda Hindistonga kiribdi va tijorat ishlarini bajarib, sovg‘alarni olibdi. So‘ng mamlakatiga qaytibdi.
Uydagilariga hadyalarni tarqatar ekan, to‘giqush ovoz chiqarib so‘rabdi:
— Men bechoraga hech qanday sovg‘ang yo‘qmi? Hindistonda nimalar ko‘rding, u yerdagi to‘tiqushlarga nelar so‘zlading?
Savdogar, garchand ko‘rganlarini aytishni xohdamasada, to‘giqushi undan qayta qayta so‘rayvergach:
— Ayta olmayman. Ahmoqlik qilib qo‘ydim, sendan ularga xabar yetkazdim, endi esa bu ishimdan qattiq afsusdaman,  debdi.
—Xo‘sh, nega afsusdasan? Bu tashvishingning sababi nima? Iltimos, so‘zla...
"Voqeani eshitgach, to‘tiqushim qanday holga tusharkin?" deb o‘ylabdi savdogar va oxir oqibat majburan so‘zlashni boshlabdi:
Sening holingni ularga yetkazdim. Ulardan birining joniga jabr etdim. Oralaridan biri so‘zlarymni eshitgach, titrab yiqildi va jon taslim qildi. Hozir men qattiq afsusdaman. Vijdon azobida qoldim. Lekin bo‘lar ish bo‘ldi...
To‘giqush bu so‘zlarni eshitgach, titray boshlabdi. Birozdan so‘ng dami qaytibdi. Savdogar bu holni ko‘rar ko‘rmas: "E voh!" debdi. "Ey go‘zal to‘giqushim, ey yoqimli ovozligim, ey qalbim nash’asi, senga nima bo‘ldi? Eh, afsus", deb nola chekibdi.
To‘giqushni qafasdan chiqaribdi. Shunda to‘giqush banogoh qanot yozib uchib ketibdi. Savdogar hayron bo‘lib to‘tiqushga debdi: "Ey bu ne hol? Nimalar bo‘lyapti?" To‘tiqush quvnoq ohangda javob beribdi: "Hindistondagi to‘tiqush o‘z harakati bilan menga nasihat berdi. Aytdiki: gapirishni, sayrashni qo‘y. Chunki sen qafasdasan. So‘ng o‘zingni o‘lganga solib, Men qilgan ishni qil. Men kabi o‘zingni o‘lganga solsang, qafasdan qutulasan", demoqchi bo‘lgan". To‘tiqush shu gaplarni aytib, uchib ketibdi.


Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 10:08:36

Bir ko‘za suv



Cho‘lda faqir bir sahroyi xotini bilan birga yashar ekan. Bir kuni kechasi xotini:
— Barcha kambag‘allik va jafoni biz cheknpmiz, boshqalar umrini rohatda o‘tkazmoqda. Faqat biz faqirmiz.
— Nonimiz yo‘q, boshqa ozuqalarimiz ham kam. Ko‘zamiz yo‘q, suvimiz esa ko‘z yosh. Kunduzi kiyimimiz quyosh, kechasi ko‘rpa to‘shagimiz oy nuri. Oyni non deb o‘ylab osmonga intilamiz. Bizning holimiz bundan buyon qanday kechadi?  deb dardini so‘zlabdi.
Sahroyi:
— Ey xotin, qachongacha dunyo molini istab yurasan? O’zi qancha umrimiz bor. Aqlli inson boylikka ruju qo‘ymaydi. Yoshligingda anchayin qanoatli eding, endi esa boylikka hirs qo‘yding, oltin istaysan, holbuki, o‘zing oltin kabi eding. Senga nima bo‘ldi?  debdi. Xotini bu gaplarga quloq osmas, iddaosi kuchayib borardi.
— Ey nomusdan boshqani bilmagan! Sening na’sihatomuz so‘zlaringdan to‘ydim. Undan ko‘ra ahvolimizdan uyalgin. Menga qanoatni o‘rgatyapsan. Qancha paytdan beri shu hol, yana qanchagacha davom etadi, axir?! Sen qachongacha qanoat ila jon saqlamoqchisan? O’zingga kel va bu holdan voz kech
— Sen xotinmisan yoki balomisan? Kambag‘alligim bilan men faxrlanaman. Boshimni ko‘p qotirma. Mol mulk boshdagi kuloh singaridir. Kulohga yukingan kaldir... Boyning barcha ayblari moli bilan yopiladi. Kambag‘allik sen aytayotgan narsa emas, unga past nazar bilan qaramagin. Mening birovga hasadim yo‘q. Qalbimda qanoat deb atalguvchi bir bebaho olam bor. Ey xotin noshukrlikni, shikoyat va janjalni bas qil, hech bo‘lmasa, meni o‘yla. Men yaxshi bilan ham, yomon  bilan ham janjal qilmayman, janjal bilan ishim io‘q. Urush u yoqta tursin, yuragim tinchlikdan ham qo‘rqyapti. Jim bo‘lsang, jim bo‘lding, bo‘lmasa hozir uyni tashlab, bu erdan bosh olib ketaman.
Xotin erining g‘azabini ko‘rgach, yig‘lay boshlabdi. O’zini go‘yo  pushaymondek ko‘rsatibdi va shunday debdi:
— Men sening oyog‘ing tuprog‘iman. Jismim, jonim senikidir, hukm ham senda, farmon ham... Kambag‘allik sabab sabrim tugab nolisam ham, o‘zim uchun emas, sen uchun noliyman. Sen yomon kunlarimda dardimga davo bo‘lding; muhtoj bo‘lishingni xoxlamayman. Faqat sen men haqimda yomon fikrga borma. Mana, insofga keldim. Qalb va ko‘ngil hukmiga bo‘yin egaman...
Sahroyi xotinining ko‘zyoshlariga chiday olmadi va aytganlaridan pushaymon bo‘ldi.
— Ne qilayin, senga tanbeh berdim xotin, chunki seni sevaman va sendan ajrashni istamayman,  dedi.
Xotin fursatni boy bermay:
— Rostdan meni sevasanmi? Yoki...
— Xudo haqqi, seni sevaman.
— U holda senga bir tilagim bor. Bag‘dod shahrida xalifa yashaydi. Undan yordam so‘rashing mumkin. Iqbol soxiblarining do‘stligini qozonganlar iqbolga erishadilar. Shuning uchun sen ham Bag‘dodga bor, u podshohni top Yaxshi, lekin men bechora, faqir bir sahroyiman. U buyuk sulton huzuriga qanday boraman. Buning uchun biror sabab kerak, sababsiz ziyorat bo‘lmaydi.
Xotin eriga shunday nasihat berdi:
— Ko‘zamizda tiniq yomg‘ir suvi bor. Bor molu mulkimiz ham shu. Shu ko‘zani ol, borib podshohlar sardorining huzuriga kir, sovg‘ani taqdim et. Aytginki: "Bizning bundan boshqa molu  mulkimiz yo‘q, cho‘lda bundan ham yaxshisi topilmas... Podshohimizning xazinalari
bo‘lsa ham, bunday suvi yo‘q. Bunday suv kam topiladi.
Bechora xotin Bag‘dodning o‘rtasidan suvi shirin Dajlaning oqib o‘tishini qaerdan bilsin, bundan bexabar o‘z  ko‘zasidagi suvni maqtardi.
Eriga ham bu gap ma’qul keldi:
— Kimning bundanda ortiq sovg‘asi bo‘lishi mumkin . Chindan ham bizning ko‘zamizdagi tiniq yomg‘ir suvi faqat podshohlarga loyiq..., dedi.
Sahroyi ko‘zasining og‘zini mahkam bog‘ladi. Saharlab Bag'dodga yo‘lga tushdi..Ko‘zani sinmasin,o‘g‘rilar o‘g‘irlamasin deb kecha kunduz ko‘z qorachig‘iday asradi. Kunlar, haftalar o‘tib, Bag‘dodga  yetib keldi. So‘ray so‘ray xalifaning saroyini topdi. Eshikka suyandi. Soqchilar undan maqsadini so‘rashdi. Sahroyi:
— Ey yuzlaridan ulug‘lik nishonasi porlagan.  Ey podshohlar sardorining axloqi bilan bezangan kishilar. Men g‘arib bir sahroyiman. Poddyuhdan lutf ilinjida sahrodan kedim. Bu sovg‘ani sultonga olib boring, podshohtan  lutf  tilaganning ehtiyojin qondiring. Bu totli va lazzatli suv... Ko‘zam ham chiroyli va yap-yangi...
Xalifani  odamlari bu sof ,toza yurakli sahroyini  sovgasini jon deb qabul qilishdi. Sahroyi saroyning ortida shildirab oqqan Dajladan hamon bexabar edi.
Sahroyining bir ko‘za suvi xalifaga olib borilgandan so‘ng xalifa bundan juda mamnun bo‘ldi, sahroyini huzuriga chorladi. Ko‘nglini oldi, yangi kiyimlar kiydirdi. so'‘ng odamlariga:
— Ko‘zani oltin bilan to‘ldirib bering. Qaytayotganida uni kema bilan Dajladan olib o‘ting. U cho‘l yo‘lidan kelibdi. Dajla yo‘li yurtiga ancha yaqin, bu yerdan mamlakatiga qaytsin..., deya amr berdi.
Sahroyi kemaga chiqqach, Dajlani ko‘rib lol qoldi.
Asl hayrati esa suvi mo‘l ko‘l Dajla daryosi bo‘la turib, xalifaning cho‘l suvidan yig‘ilgan bir ko‘za suvni qabul qilgani bo‘ldi.
Va Allohga shukrlar qildi...

Qayd etilgan


mutaallimah  16 Avgust 2008, 10:10:40

Oz ta’ma ko‘p ziyon keltiradi



Faqir, soddadil bir odamning yaxshi qo‘chqori bor edi. Qo‘chqorining bo‘yniga arqon bog‘lab yetaklab ketayotgan edi. Ayyor o‘g‘ri uning iziga tushdi va arqonni kesib, qo‘chqorni olib ketdi. Quruq arqonni sudrayotgan odam to‘xtab orqasiga qaradi, qo‘chqori yo‘q. Qayg‘urib "Qo‘chqorim qaerda?" deya to‘rt tomonga yugura boshladi.
Kechgacha yugurdi, charchadi, qo‘chqor esa yo‘q. Qidiraverdi. quduq boshidagi bir odamning: "Ey, voh, deb baqirib chaqirayotganini ko‘rdi. Yoniga yaqinlashdi.
— Tinchlikmi do‘stim, sening ham qo‘chqoring yo‘qoldimi? Nega baqirib chaqiryapsan?
— Bu kimsa qo‘chqor o‘g‘risi edi.
Boshini egdi:
— So‘rama ukam. Shuncha yildan buyon yiqqan yuz oltinim bor edi. Uni bir xaltachaga qo‘ygan edim. Shu quduq tepasiga keldim. Egilib ichiga bir qaray dedim. Oltin xaltacham, ko‘ynimdan sirgalib quduqqa tushib ketdi arqon bor. Yechinib, quduqqa tushib, xaltachamni topsang, senga oltinning beshdan birini beraman...
Odam: "Yuz oltinning beshdan biri yigirma oltin bo‘ladi. Yigirma oltinga esa o‘nta qo‘chqor beradi. Bir eshik yopilgan bo‘lsa, o‘n eshik ochildi. Bir qo‘chqor ketgan bo‘lsa, Alloh menga kattakon tuya ehson qildi" , deb o‘yladi. Tezda bir qarorga keldi, ust boshini yechdi. Arqonni quduq yoniga bog‘ladi, quduqqa tushdi.
Quduqqa tushar tushmas o‘g‘ri uning kiyim boshini yig‘ishtirib, qochib qoldi.
Bechora odam ta’magirligi bois ham qo‘chqordan, ham kiyimlaridan ayrildi.


Qayd etilgan