Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 187539 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 33 B


Sakina  20 Avgust 2008, 12:25:01

Tahorat olishga sabab va uning hukmi

Faqat tahoratli holda bajarilishi zarur bo‘lgan amal tahorat olishning sababidir. Bu tahoratning dunyoviy hukmi. Uxroviy hukmi esa, oxiratda savob olishdir.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 12:29:32

Tahoratning vojib bo‘lish shartlari

Tahorat vojib bo‘lishining yettita sharti bor:

1. Aqlli bo‘lmoq (chunki telbalar ilohiy buyruqlarga masul emaslar).
2. Balog‘atga yetganlik, chunki shariat buyruqlarini mukallaf bo‘lganlar bajarishga masuldirlar.
3. Musulmon bo‘lmoq, chunki kofirlar namoz o‘qish kabi vazifalar bilan emas, imon keltirish bilan mukallaf bo‘ladilar.
4. Tahoratda yuviladigan barcha azolarni yuvishga yetadigan suvga ega bo‘lmoq.
5. Tahoratsiz bo‘lmoq, chunki tahoratning ustiga tahorat olish farz emas, mustahab amaldir.
6. Hayz va nifosdan pok bo‘lmoq.
7. Vaqt torligi. Tahorat qilish majburiyati malum vaqt avvalida erkin ado etilsa, vaqt toraygach, darhol bajarilishi shart bo‘lib qoladi. Chunki oxirgi vaqtda ham bajarilmasa, ortiq uni ado qilishga imkon qolmaydi.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 12:31:54

Tahoratning durust bo‘lish shartlari

Tahorat durust bo‘lishi uchun uch shart mavjud:

1. Tahoratda yuvish lozim bo‘lgan azolarning toza suv bilan to‘la yuvilishi (igna uchi qadar joy quruq qolsa ham, tahorat komil, durust bo‘lmaydi).
2. Tahorat qilayotganida unga zid bo‘lgan hayz, nifos yoki siydik kabi narsalardan pok bo‘lish (tahorat paytida siydik tomchilari yoki tahoratni buzuvchi boshqa holatlar yuz bersa, tahorat durust bo‘lmaydi).
3. Tahoratda yuvish lozim bo‘lgan azolarning sham, yog‘ (yog‘li bo‘yoq) kabi teriga suv yetib borishiga to‘sqinlik qiluvchi narsalardan pok bo‘lishi.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 12:34:57

Tahoratning komil bo‘lishiga doir hukmlar

Qalin soqolning o‘zini yuvish, siyrak soqollarning tagiga, terisiga suv yetkazishi kerak. Soqolning o‘sib, yuzning doirasidan o‘tgan qismini va labning og‘iz yumilganida ko‘rinmaydigan ichki qismlarini yuvish shart emas.

Orasiga suv tegmas holda bir-biriga yopishgan barmoqlar orasini ochib yuvish, barmoq uchlarini yopib qo‘ygan uzun tirnoqlar va yopishib qolgan xamir, asal mumi, yog‘li bo‘yoq kabi narsalar ostiga suv yetkazish lozim.

Barmoqlardagi tor uzuklar, ayollarning sirg‘alarini tagiga suv yetishi uchun qimirlatib qo‘yish vojib. Oyoqlarning dori surilgan yoriq, yara joylarini yuvish zararli bo‘lsa, dori ustidan ohista yuvish kifoya. Tahorat olganidan so‘ng, ustara tekkizilgan joylarni takror yuvish, (bosh kabi mash tortiladigan joylarni) mash qilish, olingan tirnoq va mo‘ylab o‘rnini yuvish shart emas.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 12:39:26

Tahoratning sunnatlari

Tahoratning o‘n sakkizta sunnati bor. Ular quyidagilar:

1. Tahoratning avvalida qo‘lni oshiqlari bilan yuvmoq.

2. Allohning nomi bilan boshlamoq (ya’ni, "Bismilloh" demoq).

3. Tahoratning avvalida misvok yoki cho‘tka bilan, u ham bo‘lmasa, o‘ng qo‘l barmoqlari bilan tishlarni tozalash.

4. Og‘izni uch marta chayqamoq.

5. Burunga uch marta suv tortib qoqish ya’ni, istinshoq.

6. Ro‘za tutmaganlar uchun yaxshilab mazmaza va istinshoq qilish.

7. Qalin soqolni qo‘lni yangidan ho‘llab, barmoqlar bilan ostidan hilol qilish.

8. Qo‘l va oyoq barmoqlari orasini hilol qilmoq.

9. Har bir azoni uch martadan yuvmoq (birinchi yuvish farz, qolganlari sunnat).

10. Boshning hammasiga bir marta mash tortish.

11. Quloqlarga mash tortish.

12. Azolarni ishqalab yuvish.

13. Azolarni uzluksiz, ketma-ket yuvmoq.

14. Niyat qilmoq.

15. Qur’oni karimda belgilangan tartibga rioya qilmoq (avval yuzni, so‘ngra ikki qo‘lni yuvgach, boshga mash tortmoq, eng oxiri oyoqlarni yuvmoq. Mazkur tartib asosida tahorat qilmoq Abu Hanifaga ko‘ra sunnat, Shofeiyga ko‘ra farz).

16. Juft azolarni yuvishni o‘ngdagisidan boshlamoq.

17. Qo‘l va oyoqlarni barmoq uchlaridan boshlab yuvish.

18. Boshga peshonadan boshlab mash tortish, bo‘yinga mash tortish. (Halqumga mash tortish sunnat emas).

Oxirgi to‘rt sunnatni mustahab deganlar ham bor.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 12:44:39

Tahorat odobi

Tahoratning o‘n to‘rt odobi bor:

1. Suv sachramaydigan baland joyda tahorat qilmoq.

2. Qiblaga yuzlanmoq.

3. Tahorat olishga yordam talab qilmaslik (uzrlilar yordam olishlari mumkin).

4. Tahorat qilayotganida dunyoviy so‘zlar aytmaslik.

5. Qalban qilgan niyatni til bilan aytish (faqat qalban niyat qilish sunnat).

6. Har bir azoni yuvayotganida (Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam va sahobalardan rivoyat qilingan) manzur duolarni o‘qimoq.

7. Har bir azoni "Bismilloh" deb yuvmoq.

8. Quloqlarning ichki qismini iligcha barmog‘i bilan tozalamoq.

9. Keng uzukni qimirlatmoq (tor uzukni tagiga suv yetishi uchun qimirlatish farz).

10. Og‘iz va burunga o‘ng qo‘l bilan suv olmoq.

11. Chap qo‘l bilan mishirmoq.

12. Uzrli bo‘lmaganlar uchun namoz vaqti kirmasdan avval tahorat qilmoq.

13. Tahorat olgach, shahodat kalimasini aytmoq.

14. Tahorat olgach, tik turgan holda ortib qolgan suvdan ichmoq va "Allohummaj'alniy minattavvobin, vaj'alniy minal mutatohhirin" (Allohim, meni ko‘p tavba qilguvchilardan va gunohlardan poklanguvchilardan aylagin), deb duo qilmoq.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 12:58:57

Tahorat olayotgaida quyidagi olti holat makruhdir:

1. Suvni isrof qilmoq.

2. Suvni haddan ziyod (mash tortayotgandek) oz ishlatmoq.

3. Suvni yuzga urmoq (sepmoq).

4. Tahorat olayotganida dunyoviy so‘z aytmoq (gapirmoq).

5. Uzrsiz, boshqa kishidan yordam so‘ramoq.

6. Qo‘lni qayta-qayta ho‘llab, boshga uch marta mash tortish.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 13:09:06

Tahorat turlari

Tahoratning uch turi mavjud: farz tahorat, vojib tahorat, mustahab tahorat.

1. Farz bo‘lgan tahorat: tahorati bo‘lmagan odam har qanday namozni o‘qish uchun, janoza o‘qish uchun, tilovat sajdasi qilish uchun, Qur’oni karimning bir baytini bo‘lsa ham qo‘lga olmoq uchun tahorat qilishi farz.
2. Vojib bo‘lgan tahorat: Ka’bani tavof qilish uchun tahorat olish vojibdir.
3. Quyidagi hollarda tahorat qilish mustahab:

1) Uxlash oldidan.
2) Uyqudan uyg‘onganida.
3) Doimo tahoratli yurish uchun.

Izoh: Hazrati Biloldan, roziyallohu anhu, rivoyat qilingan hadisga ko‘ra, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bir kecha tushlarida jannatda takunya (tahorat uchun yog‘och poyafzal) kiygan Hazrat Bilolning qadam tovushlarini eshitganlarini aytdilar. Uyg‘ongach, Hazrati Biloldan qaysi xayrli amali uchun bunday martabaga erishganini so‘radilar. Bilol Habashiy bunga javoban shunday dedi: "Har qachon, tahoratim buzilsa, darhol tahorat qilib, ikki rakat namoz o‘qir edim ".

4) Tahorat ustiga olingan tahorat.
5) G’iybat qilganidan so‘ng.
6) Yolg‘on so‘zlagach.
7) Gap tashuvchilik, ya’ni odamlar orasini buzish, fitna chiqarish uchun chaqimchilik qilganidan so‘ng.
8 ) Qandaydir bir yomonlik qilgach.
9) Yomon ma’noda (qabih) she’r yozgach.
10) Qahqaha otib kulgach (namozdan tashqarida).
11) Mayitni yuvish uchun.
12) Janoza (mayitni) ko‘targanidan so‘ng.
13) Har bir namoz vaqti kirgach.
14) Junub bo‘lsa, g‘usl qilmasdan avval.
15) Junub bo‘lgan kishi yeyish, ichish, uxlash yoki takror qo‘shilishni xohlaganida.
16) G’azablangan paytda (chunki tahorat g‘azab otashini so‘ndiradi).
17) Qur’on tilovati va hadis rivoyati uchun.
18) Fiqhiy ilm o‘qish yoki o‘qitish uchun.
19) Azon va takbir aytish uchun.
20) Xutba o‘qish uchun.
21) Ravzai mutahharani (Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam  qabrlarini) ziyorat qilish uchun.
22) Arafotda vuquf uchun.
23) Safo va Marva orasida say (yugurish) uchun.
24) Tuya go‘shti yeganidan so‘ng.
25) Mujtahidlar o‘rtasidagi xilofli masalalardan chiqish uchun begona ayolga tegib ketgach (ya’ni, har ikkisining ochiq azolari bir-biriga tekkanida), tahorat qilish mustahabdir.

Qayd etilgan


Sakina  21 Avgust 2008, 14:51:14

Tahoratni buzadigai narsalar

1. Olddan va orqadan chiqqan narsalar (najosat).
2. Hech qanday qon ko‘rinmasa ham, tug‘ish.
3. Old va orqadan boshqa, vujudning istalgan joyidan oqqan qon va yiring kabi narsalar.
4. Xoh ovqat, xoh suv yoki quyuq qon yoki safro bo‘lsin, og‘iz to‘la qusmoq. Og‘iz to‘laligi, sahih naqlga ko‘ra, qiynalib qoladigan darajadagi to‘lalikdir. Bitta sabab tufayli qusish oz-oz bo‘lib, jami og‘izni to‘ldiradigan bo‘lsa, u ham ayni hukmdadir.
5. Og‘izdan tupurgiga teng yoki undan ham ko‘p qon oqishi.
6. Oyoqlar ustiga o‘tirgan holda, chalqancha yoki yuztuban yotgan holda, maqadni batamom yerga tekkizmasdan uxlamoq.
7. Tamakkun etgan holda (maqadni batamom yerga tekkizib) uxlagan kishining yiqilmasa ham, uyg‘onmasdan maqadini yerdan ko‘tarishi.
8. Hushidan ketmoq.
9. Jinni bo‘lmoq (aqldan ozmoq).
10. Mast bo‘lmoq.
11. Balog‘atga yetgan va uyg‘oq kishining rukuli va sajdali holda namozda qahqaha bilan kulishi, namozdan chiqish maqsadida bo‘lsa ham.
12. Erkak jinsiy a’zosi ayol jinsiy a'zosiga (ichki kiyim) kabi hech qanday to‘siqsiz tegishi tahoratni buzadi.

Qayd etilgan


Sakina  21 Avgust 2008, 14:54:14

Tahoratni buzmaydigan narsalar

Quyidagi narsalar tahoratni buzmaydi:

1. Chiqqan joyidan yon-atrofiga yoyilmagan qon.
2. Qotgan yaraning qon oqmagan holda ko‘chib tushishi, asosan, sigirlar, ba’zan insonlar terisida ham uchraydigan qurt (irqi madaniy, nukra).
3. Yaradan, quloq va burundan qurt chiqishi.
4. Jinsiy azoni ushlash.
5. Og‘zi to‘lmagan holda qusmoq.
6. Ko‘p bo‘lsa ham, balg‘am tashlamoq.
7. Ochiq qavlga ko‘ra, maqadi joyidan ajralmasdan uxlayotgan kishining joyidan o‘ngga, chapga burilishi.
8. Rukuda bo‘lsa ham, namoz o‘qiyotgan kishining uxlashi.
9. Sunnatga mos tarzda, sajda holida bo‘lsa ham, namoz o‘qiyotgan kishining uxlashi.
Muvaffaqiyat Allohdandir.

Qayd etilgan