Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 178551 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 33 B


Sakina  21 Avgust 2008, 14:58:39

G’uslni vojib qiladigan narsalar

Quyidagi barcha hollarda g‘usl qilish farz:

1. Jimo (jinsiy aloqa) bo‘lmasada, maniyning o‘rnidan shahvat bilan ajralib vujud tashqarisiga chiqishi.
2. Hashafaning (erkaklar jinsiy azosining sunnat qilingan qismi) tirik insonning ikki (old va orqa) yo‘lidan biriga kirishi.
3. (Harom bo‘lsa ham) hayvon yoki o‘lik bilan qilingan jinsiy aloqada maniy kelishi.
4. Uxlamasdan avval jinsiy azo tarang bo‘lmasada, uyg‘ongach (kishiing avrat joylarida yoki ichki kiyimida), quyuq suv bo‘lishi.
5. Mastlik yoki hushidan ketganidan so‘ng o‘ziga kelgach, (ichki kiyimida) maniydan namlik bo‘lsa.
6. Hayz.
7. Nifos.

Sahih hukmga ko‘ra, yuqorida sanab o‘tilgan sabablar kishining Islomni qabul qilishidan avval sodir bo‘lsa ham, musulmon bo‘lganidan so‘ng g‘usl qilishi lozim. Yani bir kishi Islomni qabul qilmasidan avval bu sabablardan birini bajardi, so‘ng musulmon bo‘ldi. Uning g‘usl qilishi farzdir.
Mayitni yuvmoq farzi kifoyadir.

Qayd etilgan


Sakina  21 Avgust 2008, 15:11:00

G’uslning hikmatlari

Yer yuzida hech qanday din, hech qanday tuzum tozalikka Islom dini kabi katta ahamiyat bermagan. Qur'oni karimda insonlar pok bo‘lishga chaqirilgan ko‘plab oyatlar mavjud. Tozalikning ahamiyatini, poklanishning turli shakllarini, tozalikka qattiq rioya etgan musulmonlarning Alloh nazdidagi etibor va darajalari g‘oyat kuchli va ta’sirli jumlalar bilan ifoda qilingan hadislar shu qadar ko‘pki, mo‘tabar hadis to‘plamlarida ularga alohida bo‘limlar ajratilgan. Mashhur mazhab imomlari ham ushbu poklanish shakllari masalasida eng ko‘p bahs yuritishgan. Har bir musulmonning qilishi yoki qilmasligi zarur bo‘lgan harakatlarini aniqlab berish uchun buyuk olimlar tomonidan talif qilingan fiqh kitoblarida tozalik doimo dastlabki, eng katta mavzu hisoblanadi.

Islomiyatda deyarli hech qanday ibodat yoki amal yo‘qki, unga tegishli bir tozalik odobi zikr qilingan bo‘lmasin. Taom yeysizmi, avvalo qo‘llaringizni yuvishingiz kerak, dasturxondan turgach, yana qo‘llaringizni yuvasiz. Qur’oni karimni qo‘lga olib, o‘qimoqchimisiz? Buni tahoratsiz yo junub holda qilsangaz, gunohkor bo‘lasiz.

Har kuni besh vaqt namozni faqat tahoratli holda o‘qishingiz mumkin. Yaxshi mo‘min bo‘lsangiz, har hafta juma namoziga bormasdan avval, junub bo‘lmasangaz ham yaxshilab yuvinib olasiz.

Safarga chiqmoqchimisiz, darhol tahorat qilib olishingiz kerak. Uxlamoqchi bo‘lsangiz, tahoratli holda yotoqqa kirishingiz go‘zaldir. Hatto, qo‘lingizdan kelsa, hech qachon tahoratsiz yurmasligingiz lozim. Junub bo‘lgan holda masjidga kirish joiz emas. Junub holda katta uzr bo‘lsagina, shunda ham, tahorat olib, qo‘llarni yuvib, og‘izni chaygach, ovqat yeyishga ruxsat berilgan.

Hajga bormoqchimisiz? Ihromga kirmasdan avval g‘usl qilishingiz, agar iloji bo‘lmasa, tahorat olishingiz zarur. Kabani betahorat tavof qila olmaysiz, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, muborak qabrlarini tahoratli holda ziyorat qilishingiz mumkin. Liboslaringiz, taomingizni, namoz o‘qiydigan joyingiz, yostig‘ingiz ko‘zga ko‘ringan va ko‘rinmaydigan barcha harom, najaslardan pok bo‘lishi Alloh taoloning turli oyatlarida takror-takror bandalariga eslatib o‘tgan buyruqlaridir! Oyatda aytilganidek, "Alloh taolo pokdir va pok bo‘lganlarni sevguvchidir".

Suv tanqis va noyob bo‘lgan sahrolar yurti Arabiston yarim orolida vujudga kelgan Islom dinining salkam bir yarim ming yil avval ham tozalikka bu qadar katta ahamiyat bergani hammani hayratga soluvchi mo‘jizadir. Holbuki, Islol kelganidan yuz yillar keyin ham daryolar, ko‘llar, dengizlarga boy bo‘lgan Ovrupada iflosliklar tufayli vabo, ichterlama kabi o‘ta yuqumli kasalliklardan odamlar qirilib ketar edi.

Insoniyat dunyoga kelganidan to bugungacha, Islomning go'zalikka benazir etibori tufayli u kirib borgan mamlakatlarning hech birida ifloslik sababli ommaviy o‘lim hodisalari kuzatilgan emas.

Islom dinida barcha ibodatlar moddiy va manaviy poklik ka yetaklovchi vositalardir.

Zakot mol-dunyoga berilishdan, xasislikdan qalbni tozalash bilan birga, uni Alloh yo‘lida mol-mulkidan xolis; fidokorlik qilishga o‘rgatadi.

Ro‘za tutish nimaligini bilmaydigan nafsning iroda bilan, qisqa muddat bo‘lsa ham, jilovlanib, iflos va jirkanch joylardan qutulish sari tashlangan qadamdir.

Besh vaqt namoz insonni Allohdan uzoqlashtiruvchi, qalb va fikrni bulg‘ovchi narsalar zangini ketkazishning umrboqiy rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirishga o‘xshaydi.

Haj esa tor fikr va g‘arib tuyg‘ular, dunyoviy hislar illatidan poklanish uchun islomiyatning billurdek sof, shonli o‘tmishini yodga olish, muborak diyorlarga borib, Baytullohni tavof etish, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, ravzalarini, qahramon sahobalarni ziyorat qilishdir. Haj qalbni Allohdan boshqa narsalarga bog‘lanish dog‘idan tozlovchi eng oliy ibodatdir. Xulosa qilib aytsak,

Islom tozalikni sevadiganlar, zohiri va botini pok bo‘lganlarning dinidir.

Islomda hech bir ibodat ko‘z-ko‘z qilish yoki o‘zini yaxshi ko‘rsatish, riyo uchun bo‘lmaganidek, poklik ham kishini boshqalarning pok, chiroyli, deb maqtashlari uchun emas.

Mo‘min kishi boshqalarga chiroyli ko‘rinish uchun emas, balki nafsini tahlil qilish va dinimiz buyurgan amrlarga itoat qilish uchun poklanadi. U faqat zohiran pok ko‘rinib, boshqalarni aldashni katta gunoh deb biladi. Tahoratli va junub bo‘lmagan mo‘min bilan betahorat, junub, dinsiz kishini yonma-yon qo‘ysinlar. Ularning tashqi ko‘rinishida katta bir farq sezmaysiz. Lekin mo‘min junub holida juda ham bezovta va behuzur bo‘ladi, hatto, yotog‘ida ham uxlay olmaydi, faqat g‘usl qilganidan keyingina ko‘ngli tinchlanadi.

Qayd etilgan


Sakina  21 Avgust 2008, 15:16:27

Junub bo‘lgach, nima uchun g‘usl qilamiz?

Janobatning sababi bo‘lgan maniy vujudning har tomonidan sizilib kelaroq tashqariga chiqadi, butun tanamiz "mahsuloti" bo‘lgan bu najosatdan poklanish uchun vujudni batamom yuvishdek aqlga mos boshqa qanday amal bo‘lishi mumkin? Tibbiyotda aniq isbot qilinganki, janobatga sabab bo‘ladigan harakatlar, ichki va tashqi azolarning juda ham tezkor faoliyati, xuddi inson o‘z shuurini yo‘qotib qo‘yadigandek bir junbushga kelishi natijasida yuz beradi. Tana juda katta kuch sarflaydi, qon aylanishi va nafas olish tezlashadi. Shuning uchun ham maniy ajralib chiqqach, inson charchoq, darmonsizlik his qiladi. Shu bois azolarni avvalgi mo‘tadil holatiga qaytarish, toza havo bilan taminlash uchun dinimiz boshdan-oyoq yuvinishni buyuradi.

Bugun ham salomatlik mavzuidagi kitoblarda, janobatdan so‘ng yuvinish juda foydali ekani ko‘p takidlanadi.

Jinsiy aloqa farzand dunyoga kelishining bir sababidir. Farzand din va jamiyat uchun foydali, yoki aksincha zararli inson bo‘lishi ham mumkin. Shu bois farzandni dunyoga keltirish ulug‘, ayni paytda, juda katta masuliyatdir. Farzand solih odam bo‘lsa, o‘tib ketgan ota-onasining amal daftariga davomli savob yozilib turishi Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, hadislarida zikr qilingan. Bunday avloni voyaga yetkazish ham dunyoda, ham oxiratda juda katta baxtdir. Ammo farzand dinga, jamiyatga zarar keltiradigan bo‘lsa, avvalo, ota-onaning ko‘p yuragi siqiladi.

Shuning uchun ham janobatdan so‘ng g‘usl qilgan musulmon er-xotin Alloh taologa shunday yolvorayotgandek bo‘ladilar: "Yo Rabbiy, hozirgina ketgan hirsiy holatimizdan qutulib, Senga yuzlanamiz. Senga faqat pok holdagina yuzlana olamiz. Agar bu qo‘shilish farzand tug‘ilishiga sabab bo‘lsa, dinimizga, insoniyatga va bizlarga xayrli avlod bo‘lishini so‘raymiz. Sen hamma narsaga Qodir Zotsan!"
Alloh barchamizni zohiran va botinan pok musulmonlardan qilsin! Omin...

Qayd etilgan


Sakina  23 Avgust 2008, 01:38:47

G’uslni vojib qilmaydigan narsalar

Quyidagi hollarda g‘usl qilish vojib emasdir:

1. Maziy, ya'ni jinsiy lazzat olmasdan, shahvat paytida kelgan quyuq suv.
2. Vadiy, ya’ni bavl qilmasdan avval yoki undan so‘ng, bazan og‘ir narsa ko‘targanida, keladigan oq suyuqlik. (Maziy va vadiy tahoratni ketkazsa ham, g‘usl qilish shart emas. Ikkalasi ham siydik hukmidadir).
3. Ehtilom bo‘lgandek uyg‘onsayu, maniy chiqmasa, ichki kiyimda namlik ko‘rilmasa, g‘usl qilish shart emas.
4. Inzol (ehtilom) bo‘lmagan holda, hayvonlar bilan jinsiy aloqa qilish (Shofeiy mazhabida bu g‘uslni vojib qiladi).
5. Juda jirkanch va harom ish bo‘lsa ham, hukm jihatidan) inzol yuz bermagan holda o‘lik bilan jinsiy aloqa qilish (bunday nomaqbul aloqada shahvoniy lazzat kuchli bo‘lmaganidan inzol yuz bermaydi).
Ayollar bilan aloqa qilinganida maniy kelmasa ham, g‘usl vojib bo‘ladi.
6. Inzol yuz bermasdan va qizlik iffatini buzmagan holda yaqinlik qilish (chunki qizlik iffatining buzilmasligi junub bo‘ladigan darajada jinsiy aloqa sodir etmaganidan dalolatdir).


Qayd etilgan


Sakina  23 Avgust 2008, 01:52:16

G’uslning farzlari

G’uslning uchta farzi bor.

1. Og‘izni yuvmoq.
2. Burunni achishtirib chaymoq.
3. Butun tanani ishqalab yuvmoq.


Qayd etilgan


Sakina  23 Avgust 2008, 02:02:35

Quyidagilar g‘uslning vojiblaridir:

1. Qiyinchiliksiz ochiladigan, sunnat qilinmagan terining ichini yuvish.
2. Kindik chuqurchasining ichini yuvmoq.
3. Quloqdagi sirg‘a taqiladigan teshikcha ichini yuvish.
4. Erkaklarning o‘rilgan sochlarini yechib yuvishi, ayollar o‘rilgan sochning ostiga suv yetkazishsa, kifoya.
5. Qalin bo‘lsa ham, soqol tublarini yuvish.
6. Mo‘ylab tublarini yuvish.
7. Qoshlarning ostilarini yuvish.
8. Ayollarning farj va maqadni, erkaklarning esa maqadning tashqi qismini yuvishi.

Izoh: G’uslda ayollar o‘rilgan sochlarini yechishlari shart emasligiga quyidagi hadisi sharif dalildir: "Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, zavjalaridan Ummu Salama, roziyallohu anho, rivoyat qiladilar: "Men Rasulullohdan, sollallohu alayhi va sallam, yuvinayotganimda o‘rilgan sochlarimni yechishim lozimmi, deb so‘radim. Ul zot, sollallohu alayhi va sallam, "Boshingga uch marta suv quyishing, so‘ngra vujudingning qolgan joylariga suv yetkazib poklanishing kifoyadir ", deb javob berdilar ".



Qayd etilgan


Sakina  23 Avgust 2008, 02:05:44

G’uslning sunnatlari

G’uslning o‘n ikkita sunnati bor.

1. G’uslni "Bismilloh" bilan boshlamoq.
2. Niyat qilmoq.
3. Qo‘llarni oshig‘i bilan yuvmoq.
4. Badanga najosat tekkan bo‘lsa, avval uni tozalamoq.
5. Avratlarini yuvmoq.
6. G’usldan avval tahorat qilmoq (xuddi namozga tahorat qilgandek, a’zolarini uch martadan yuvadi va boshga mash tortadi, faqat oyoqlari ostiga suv to‘planadigan bo‘lsa, oyoq yuvishni g‘usl oxiriga qoldiradi).
7. Har bir a’zoga uch martadan suv quymoq, oqava suv yoki uning hukmidagi suvda sho‘ng‘ib cho‘milsa, (tahorat va g‘usl qilishga ketgan muddat miqdoricha suvda qolsa) sunnat bajarilgan bo‘ladi.
8. Suv quyishni boshdan boshlamoq.
9. So‘ngra o‘ng yelkadan quymoq.
10. So‘ngra chap yelkadan quymoq.
11. Birinchi quyishda badanni ishqalamoq.
12. Barcha a’zolarni beto‘xtov, ketma-ket yuvmoq.

Qayd etilgan


Sakina  23 Avgust 2008, 02:08:57

G’usl odobi va makruhlari

G’usl qilish odobi tahorat olish odobi kabi bo‘lib, faqat g‘uslda qibla tomonga yuzlanmaydi. Chunki g‘uslda avrat joylar ochiq bo‘lishi mumkin.

Izoh: Nopok joy bo‘lgani uchun, yalang‘och holda, duo o‘qish uchun bo‘lsa ham, hammomda gapirmaslik mustahabdir. Avrat joylariga qarashi harom bo‘lgan kishilar ko‘rmaydigan pana joyda yuvinish ham mustahabdir. Payg‘ambarimiz, sallallohu alayhi va sallam: "Alloh taolo hayo sohibidir, yashiringan Zotdir. Shu bois hayoli va avrat joylarini yashirgan kishini sevadi. Sizlardan bir kishi yuvinayotganida odamlar ko‘rmaydigan, pana joyni tanlasin ", mazmunidagi hadislari bilan mazkur masalada musulmonlar qanday harakat qilishlarini ko‘rsatib berganlar. Ayollar ham boshqa ayollar orasida yuvinishga majbur bo‘lsalar, boshqalar ko‘rmaydigan pana joy topishlari zarur. Erkaklar orasida esa ayollar yuvinishni boshqa qulayroq vaqtga qoldiradilar. Xoli joyda g‘usl uchun yechingan odamning avratini boshqa odam ko‘rib qolganida, yuvinayotgan kishi emas, unga qaragan odam gunohkor bo‘ladi.

Tahoratdagi makruh holatlar g‘uslda ham makruhdir.

Qayd etilgan


Sakina  24 Avgust 2008, 17:22:57

Sunnat bo‘lgan g‘usl turlari

To‘rt amal uchun g‘usl qilish sunnatdir:

1. Juma namozi uchun.
2. Hayit namozlari uchun.
3. Haj va umra niyatida ihromga kirish uchun.
4. Arafotda vuquf qilish uchun.

Qayd etilgan


Sakina  24 Avgust 2008, 17:26:29

Quyidagi o‘n olti holatda g‘usl qilish mustahabdir:

1. Janobat, hayz va nifosdan pok holda Islomni qabul qilganida.
2. Yoshi jihatidan, hukman balog‘atga yetganida (15 yoshga to‘lgan o‘g‘illar va 12 yoshga to‘lgan qizlar ehtilom va hayz ko‘rmagan bo‘lsalarda, hukman bolig‘ va mukallaf hisoblanadi).
3. Mastlik va telbalik bois hushidan ketib, so‘ng o‘ziga kelganida.
4. Qon oldirganidan so‘ng.
5. Mayitni yuvishdan oldin.
6. Baroat (Shabon oyining 15-dan 16-ga o‘tar) kechasini ibodat bilan o‘tkazish niyatida.
7. Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazish maqsadida.
8. Madinai Munavvaraga kirish uchun.
9. Qurbon hayiti kuni tongda Muzdalifada turish uchun.
10. Makkai Mukarramaga ziyorat tavofi uchun kirishda.
11. Quyosh yo oy tutilganida o‘qiladigan namoz uchun.
12. Yomg‘ir so‘rab duo qilishga chiqish oldidan.
13. Biror narsadan qo‘rqqanida o‘qiladigan namoz uchun.
14. Kunduzi (tuman kabi) zim-ziyolikdan qo‘rqib o‘qiladigan namoz uchun.
15. Kechayu kunduz davom etgan qattiq shamoldan qutulish niyatida o‘qiladigan namoz uchun.
16. Har qanday gunohdan tavba qilish uchun.

Qayd etilgan