Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307121 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 33 B


Sakina  16 Avgust 2008, 10:36:53

Abul Ixlos Hasan al-VAFOIY SHURUNBILOLIY
Abu Zayd SHIBLIY


NURUL IZOH



"Nurul izoh" shariy hukmlarning sodda va ixcham bayon etilishi bilan etiboringizni tortadi. Bu kitobdan Islom dinimizdagi asosiy ibodatlarga oid deyarli barcha savollarga javoblar topishingiz mumkin. Shuningdek, kitobga "Aqida asoslari", "Nikoh va taloqqa oid hukmlar", "Imomi A’zam hayoti" kabi boblar ham ilova qilindi.


Tahrir hayati:
Abdurashid qori BAHROM
Abduqodir MARDON
Yusufjon ISHOQ

 
 To‘plovchi:
Muxtor ABDUJABBOR

Movarounnahr
   2003 y.

MUNDARIJA

Qayd etilgan


Sakina  19 Avgust 2008, 01:14:23

So‘zboshi

Butun olamlarning Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin! Faqat Alloh taolo hamdu sanolarga loyiqdir. Payg‘ambarlarning so‘nggisi Hazrati Muhammadga, sollallohu alayhi va sallam, u zotning pok oilalariga, barcha sahobalariga salovot va salomlar bo‘lsin.
Pok va behojat Parvardigorga muhtoj, hanafiy mazhabiga mansub Abul-Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy aytadi: ba’zi do‘stlarim, — Alloh menga va ularga lutfu karami bilan muomala qilsin, - mendan ibodatlar haqida xossatan, fiqh ilmi bilan yangi shug‘ullana boshlaganlar uchun katta kitoblarda tarqoq holda berilgan masalalarni sodda, ixcham shaklda to‘plab boshlang‘ich bir kitob yozishimni so‘raydilar. Alloh taolodan yordam so‘rab, savob umidida mazkur talablarni qabul qildim va amalga oshirdim. Ushbu kitobga faqatgina tanlash vakolatiga ega bo‘lgan olimlar to‘g‘ri deb qattiy qaror qilgan masalalarni jamladim. Uzundan-uzun, ortiqcha tafsilotlarga kirishmadim. Bu kitobni "Nurul izoh va najotul arvoq" deb nomladim. Parvardigorimdan bu kitobni bandalariga foydali qilishini va bu foyda qiyomatgacha davomli bo‘lishini so‘rayman.

Abul Ixlos Hasan al-VAFOIY SHURUNBILOLIY

Qayd etilgan


Sakina  19 Avgust 2008, 01:20:07


Butun olamlarning Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin! Hamdu sano faqat Alloh taologa maxsusdir. Taqvodorlarning eng sharaflisi Hazrati Payg‘ambarimizga va u zotning oila azolariga, sahobalari hamda qiyomatgacha u zotning yo‘llaridan borganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.
"Nurul izoh va najotul arvoq", ibodatlar haqidagi uzun kitoblarda berilgan tarqoq masalalarni fiqh ilmi bilan yangi shug‘ullana boshlaganlar uchun sodda va ixcham shaklda bir joyga to‘plagan risoladir. Bu hajmi jihatidan kichik, ammo ko‘p to‘g‘ri hukmlarni qamrab olgan juda foydali kitobdir.
Ushbu kitob juda sodda, ochiq jumlalar bilan yozilgan bo‘lsada, yangi boshlovchilarga maqsad va ma'nilarni tushunishni yanada osonlashtiruvchi izohtalab qilinar edi.
Alloh taolo meni mana shu maqsad va ehtiyojlarga javob bera oladigan, juda ham foydali, hajmi kichik bo‘lishiga qaramay, qamrab olgan masalalari jihatidan kattagina sharh yozishga muvaffaq qildi. Unga "Al-Miftoh sharhu Nurul izoh" deb nom berdim. Kitob yanada foydali bo‘lsin deb unga haj va zakot haqida yozgan "Manohatul fattoh" nomli risolamni ham ilova qildim. Shu tufayli endi o‘quvchilar va ilm talabida bo‘lganlar barcha ibodatlarga oid masalalarni bir muqova ichida topishlari mumkin. Parvardigordan ushbu kitobni mo‘minlarga foydali qchlishini so‘rayman. U duolarni qabul qiluvchi va umidlarni ro‘yobga chiqaruvchi Zotdir.

Abu Zayd SHIBLIY

Qayd etilgan


Sakina  19 Avgust 2008, 01:21:58

Fiqhning ta’rifi

"Fiqh" so‘zining lug‘aviy ma’nosi "idrok etmoq", "anglamoq", "tushunib yetmoq"dir. Istilohda esa bu so‘z, ochiq dalillar bilan buyurilgan amallar, ya’ni bevosita etiqodga tegishli bo‘lmagan namoz, ro‘za, zakot kabi masalalarga oid shariy hukmlarni o‘rganish ilmini anglatadi.

Qayd etilgan


Sakina  19 Avgust 2008, 01:24:14

Foydalari:

— Alloh taoloning rizoligiga mos amallarni to‘g‘ri ado etishni o‘rgatadi;
— dunyoda baxtli, saodatli bo‘lish, jaholat jarligidan bilim cho‘qqisiga yuksalish yo‘lini ko‘rsatadi;
insonlarga foydali va zararli bo‘lgan narsalarni bayon qilish imkoniyatini beradi; oxiratda esa, do‘zaxdan saqlanib, jannatdagi abadiy ne’matlarga yetishuvimizga sabab bo‘ladi.

Qayd etilgan


Sakina  19 Avgust 2008, 01:26:15

Shariy hukmlarning qismlari
 
Shariy hukmlar quyidagi qismlarga ajratilgan:
 
1. Farz Farz qat'iy, ochiq shariy dalil bilan bajarilishi amr etilgan amaldir. Besh vaqt namoz, ro‘za, zakot kabi.

Qayd etilgan


Sakina  19 Avgust 2008, 01:53:18

Farzning hukmi

Farzni inkor qilgan kishi kofir bo‘ladi. Ishonib, amal qilmagan kishi fosiq bo‘lib, Alloh taolo tomonidan belgilangan jazoga loyiq bo‘ladi.
Farz ham ikki qismdir: farzi ayn va farzi kifoya.

a) Farzi ayn mukallaf har bir kishi bajarishi shart bo‘lgan farzdir. Besh vaqt namoz, ro‘za, zakot kabi.
Mukallaf har bir kishi bu amallarni shaxsan o‘zi bajarishi zarur. Bir qism odamlarning farzi aynni bajarishi boshqalar zimmasidan bu masuliyatni soqit qilmaydi.

b) Farzi kifoya ba’zi musulmonlar bajarishi bilan boshqalar zimmasidan tushadigan farzdir. Masalan, janoza namozini o‘qish kabi.
Farzi kifoyani hech kim ado etmasa, barcha gunohkor bo‘ladi.

2. Vojib
Ochiq bo‘lmagan shariy dalillar bilan bajarilishi takidlangan amal (Ramazon va Qurbon hayiti namozlari, namozda (zam suradan avval) Fotiha surasini o‘qish kabi).
Hukmi Bajarilishi lozim (vojib) bo‘lib, uni inkor etgan kishi kofir bo‘lmaydi. Vojibni bajargan kishi savob oladi. Tark qilgan kishi esa, jazoga loyiq bo‘ladi.

3. Sunnat
Sunnat ikki qismga bo‘linadi:

a) Sunnati muakkada: Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, har doim bajarib, juda kam holatlarda tark qilgan sunnatlaridir Tahoratda og‘zini suv bilan chayish kabi.

b) Sunnati g‘ayri muakkada: Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, ba’zan bajarib, ba’zan tark qilgan sunnatlaridir.
Hukmi Sunnat amalni bajargan kishi savobga erishadi. Uni tark qilish karih va zararlidir.

4. Harom
Qattiy, ochiq shariy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal. Zino, o‘g‘rilik qilmoq kabi.
Hukmi Harom ishni qilgan kishi do‘zax azobiga giriftor bo‘ladi. Tark qilgan kishi esa, Allohning amriga itoat qilgani uchun savobga erishadi, haromni inkor qilgan odam kofir bo‘ladi.

5. Karohati tahrimiya
Ochiq bo‘lmagan dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal. Boshqa kishining savdo-sotig‘iga daxl qilib, u olmoqchi bo‘lgan molni olish yoki boshqa kishi sovchi qo‘ygan qiz yoki ayolning qo‘lini, u voz kechmasdan oldin so‘rash kabi.
Hukmi Buni qilgan odam harom ishni bajargan kabi azobga duchor bo‘ladi. Lekin inkor qilgan kishi kofir bo‘lmaydi.

6. Karohati tanzihiya
Ochiq bo‘lmagan shariy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amallar.
Hukmi Bu amalni bajargan kishiga hech qanday jazo va dashnom berilmaydi. Lekin yaxshi va fazilatli amallarning aksini qilgan bo‘ladi.

7. Muboh
Qilish yoki qilmaslikda insonlar erkin bo‘lgan amal.
Hukmi Bajarilgan paytda savob ham, tark etilgan paytda jazo ham berilmaydi.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 10:47:21

Tahorat kitobi

Tahorat qilish joiz bo‘lgan suvlar yetti qismdir:

1) yomg‘ir suvi;
2) dengiz suvi;
3) daryo suvi;
4) quduq suvi;
5) qor suvi;
6) do‘l suvi;
7) buloq suvi.
 

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 10:53:30

Suvlarning turlari

Suvlar hukmiga ko‘ra besh qismga bo‘linadi:
1. Toza va tozalovchi, tahoratda qo‘llash makruh bo‘lmagan suvlar. Bu tabiiy holdagi pok suvdir.
2. Toza va tozalovchi, lekin tahoratda qo‘llash makruh bo‘lgan suvlar. Bular: mushuk va u kabi hayvonlar (sichqon, bo‘sh qo‘yilgan tovuq, yirtqich qushlar, uyda yashovchi kemiruvchilar) tekkan idishdagi suvlardir.
3. Toza, ammo tozalovchi bo‘lmagan suvlar: tahorat yoki g‘uslda, yoki tahorati bo‘lsa ham Alloh taologa yaqinlik maqsadi bilan yana tahorat qilishda ishlatilgan mustamal suvlardir.
Suv badandan oqib uzilishi bilan mustamal suvga aylanadi.
Daraxt va mevadan siqmasdan, o‘z-o‘zidan chiqqan suvni ham tahorat qilishda qo‘llash ochiq rivoyatga ko‘ra, durust emas. Shuningdek, tozalashga ko‘mak bermaydigan biror narsa qo‘shib qaynatilgan yoki biror toza narsa tushib, tabiy holati o‘zgargan suvlarda ham tahorat qilish joiz emas.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 10:56:56

Suv tabiiy holatining o‘zgarish meyori qanday?

a) Suvga qattiq moddalar tushib, aralashganida uning oquvchanlik va yumshoqlik xususiyati yo‘qolsa, tabiy holati o‘zgargan hisoblanadi.

b) Suvga zafaron, meva va yaproq kabi narsalarning aralashishi tufayli uning hidi, mazasi, rangi o‘zgarsada, suvlik xossasi yo‘qolmasa, u bilan tahorat qilishning zarari yo‘q.

v) Suvga sut kabi ikki sifati bo‘lgan suyuqlik aralashganida, uning bir sifati suvdan ustun bo‘lsa, suvning tabiiy holati o‘zgargan bo‘ladi.

g) Suvga sirkaga o‘xshash uch sifatli suyuqlik aralashganida, uning ikki sifati suvda zohir bo‘lsa, suvning tabiiy holati o‘zgargan hisoblanadi.

d) Suvga hech qanday sifati bo‘lmagan mustamal suv kabi suyuqlik aralashganida, uning miqdori suv miqdoridan ortsa, suvning tabiiy holati o‘zgargan bo‘ladi.

4. Najas suvlar: idish yo sathi 10x10 metrdan kam maydonda to‘xtab, ko‘llab qolgan suvga najas tushsa, najasning asari bu suvda bilinmasa ham, suv najas bo‘lib qoladi. Oqar suvga najas tushib, uning asari suvda bilinmasagina, oqar suv najas hisoblanmaydi.

5. Tozalashi shubhali bo‘lgan suvlar:
Eshak va xachir suv ichgan idishdagi suvlar tozalashi shubhali suvlardir.

Qayd etilgan