Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307263 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 33 B


Sakina  20 Avgust 2008, 11:05:31

Surning (ichilgan suvdan qolgani) hukmlari

Oz miqdordagi suvdan biror bir jonzot ichganidan so‘ng qolgani sur deb ataladi va u to‘rt qismga bo‘linadi.

1. Toza va tozalovchi. Otdan qolgan suvning pok bo‘lishi go‘shti halol bo‘lgani tufaylidir. Imomi Azamga, rahmatullohi alayh, ko‘ra ot go‘shtining yeyilmasligi nopok bo‘lganligi uchun emas, balki harbiy vosita bo‘lgani uchun, unga ehtirom tufaylidir. Shunday bo‘lgach, aslida pok bo‘lgan hayvonning go‘shtidan vujudga kelgan so‘lagi ham pokdir va u aralashgan suvni ham iflos qilmaydi. Demak, otning qoldig‘i har uchala mazhab rahbarining ittifoqi bilan ham toza va tozalovchidir. Go‘shti istemol qilinadigan hayvondan qolgan suv toza va tozalovchi sur hisoblanadi.

2. Najas, istemol qilish mumkin bo‘lmagan sur: it, to‘ng‘iz, bo‘ri yoki arslon kabi yirtqich hayvonlardan qolgan suvning hukmi ana shunday.

3. Toza suv borligida qo‘llash makruh bo‘lgan sur. Bu mushuk, qarovsiz qolgan tovuqdan, lochin, shunqor, kalxat kabi yirtqich qushlardan, sichqon va shunga o‘xshagan jonzotlardan qolgan suvdir.
Chayonning qoldig‘i bunga kirmaydi.

Izoh: Mushukdan qolgan suv iflos emas, makruh bo‘lishi xususida Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: "Mushuklar orangizda (uyingiz ichida) doim o‘ralashib yurishiga siz to‘sqinlik qila olmaydigan hayvonlardir ". Qarovsiz tovuqdan qolgan suv uning doim notoza joyda yurib, suv ichayotgan paytda tumshug‘i nopok bo‘lgani uchun makruhdir.

4. Tozalovchi ekani shubhali bo‘lgan sur. Bu xachir yo eshakdan qolgan sur. Bundan boshqa suv topilmasa, mana shu suvda tahorat olib, so‘ng tayammum ham qilib, namoz o‘qiladi.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 11:08:22

Idishlar va kiyimlarning tozasini tanlash

Ko‘pi toza, ozi nopok bo‘lgan idishlar bir-biriga aralashib ketganida, tahorat uchun ham, ichish uchun ham idishlarning tozasini topishga harakat qilish kerak. Agar ularning ko‘pi nopok bo‘lsa, tahorat qilish uchun tozasi qidirilmaydi, tayammum qilinadi.

Nopok va toza kiyimlar bir-biriga aralashib ketsa, xoh ularning ko‘pi nopok bo‘lsin, xoh toza bo‘lsin, tozasini topishga harakat qilish kerak.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 11:20:50

Quduqlar va ularni tozalash

a) Kichik quduqlar: Suvini tortib tugatish mumkin bo‘lgan quduqqa qon yoki aroq kabi najasning tomchisi tushsa, uning barcha suvi chiqarib tashlanadi. Shuningdek, bunday quduqqa to‘ng‘iz (cho‘chqa) tushib ketib, og‘zi suvga tegmay tirik chiqsa ham yoki ichida it, qo‘y, inson o‘lib qolsa yoki kichik bir hayvon tushib o‘lib, shishgan bo‘lsa, quduqdagi barcha suv chiqarib tashlanadi. Shundan so‘ng chiqqan suv toza bo‘ladi.
Mazkur holatlarda suvini tortib tugatib bo‘lmaydigan quduqlardagi suv necha paqir ekani ikki mutaxassis tomonidan belgilanadi va undan shuncha suv chiqarib tashlanadi. Tovuq, mushuk kattaligidagi hayvon quduqga tushib o‘lsa va shishmagan bo‘lsa, qirq paqir va yana yigirma paqir suv chiqarilishi kerak.
Sichqon yoki sichqon kattaligidagi hayvonlar quduqqa tushib o‘lgan va shishmagan bo‘lsa, yigirma paqir va yetsa o‘n paqir suv chiqarilsa, toza bo‘ladi. Shu yo‘l bilan quduq, paqir, ip va suv tortuvchining qo‘li ham poklangan bo‘ladi.

Tuya va qo‘yning bir-ikki qumaloqlari quduq suvini harom qilmaydi. Ammo ular ko‘p bo‘lsa, quduq suvi iflos hisoblanadi. Kaptar, chumchuq kabi go‘shti halol qushlarning go‘ngi suvni iflos qilmaydi.

Baliq, qurbaqa kabi qoni oqmas, chivin, pashsha, ari, chayonga o‘xshash qoni yo‘q jonivorlar suvda o‘lsa, suv harom bo‘lmaydi. Badanida najas bo‘lmagan odam, go‘shti halol hayvon quduq suviga tushib, tirik chiqsa, quduq suvi harom bo‘lmaydi. Go‘shti yeyilmaydigan xachir, eshak, lochinga o‘xshash yirtqich qushlar yoki bo‘ri, maymun kabi yovvoyi hayvon ham suvga tushganida, badanida najas bo‘lmasa, chiqishi bilan so‘lagi suvga tushmasa, suv harom bo‘lmaydi. So‘lakning pok, harom, makruh va shubhali ekaniga, qarab hukm qilinadi.

Quduqdan qachon tushib ketganligi nomalum, shishib ketmagan hayvon o‘ligi topib olinsa, bir kecha kunduz, agar shishib go‘shtlari titilib ketgan bo‘lsa, uch kecha kunduz avvaldan etiboran quduq suvi iflos bo‘lgan hisoblanadi. Bu muddat ichida o‘sha suvdan tahorat olib o‘qilgan namozlar qayta o‘qiladi va g‘usl qilingan bo‘lsa, yangidan g‘usl qilinadi.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 11:37:44

Istinjo

Erkaklar tahorat ushatganlaridan so‘ng yurib, yo yo‘talib, yo egilib yoki shunga o‘xshash turli harakatlar bilan o‘zlarini najas yo‘lida qolgan siydik tomchilaridan, qalban ishonch hosil qilingunicha, tozalanishlari istibro deyiladi.
Payg‘ambirimiz, solladlohu alayhi va sallam: "Qabr azobining aksariyati bavl (siydikdan saqlanmaslik) tufaylidir", deganlar. Hadisi sharifdagi bavldan maqsad, kichik tahorat ushatilgach, orqasidan kelgan siydik tomchilaridir. Bu tomchilardan poklanmay tahorat qilgan kishining tahorati hisobga o‘tmaydi, Chunki bu tomchilar yaxshilab ketkazilmasa, turganidan so‘ng tomib, badan va kiyimni iflos qiladi va tahoratsiz namoz o‘qilgan hisoblanadi. Shu bois siydik tomchilarining aniq to‘xtaganiga qalban ishonch hosil qilmaguncha, tahorat qilish joiz emas.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 11:41:32

Istinjoning hukmi

Old va orqa yo‘ldan chiqqan najosat yuqini badanidan suv yoki tosh (kesak) va shunga o‘xshash narsalar bilan ketkazish istinjodir.

Old va orqa yo‘l atrofini bulg‘agan najosatni ketkazish sunnatdir.

Najosat chiqqan joyi atrofiga tarqalib, dirham miqdoricha bo‘lsa, uni suv bilan yuvib poklanish vojibdir. Najas quyuq bo‘lsa, og‘irligi dirham bilan, suyuq bo‘lsa, kengligi kaft kengligi bilan o‘lchanadi.

Agar najosat tarqalgan miqdor bir dirhamdan (ochiq qo‘l kaftining suv turadigan qismi) ko‘p bo‘lsa, u yerni suv bilan yuvish farzdir.

Kishi junub bo‘lganidan so‘ng hamda hayz va nifosdan toza bo‘lgan ayol poklanish uchun g‘usl qilishdan oldin istinjo joyida suv bilan istinjo qilishi, najosat oz bo‘lsa ham, farzdir.

Hojat chiqargach, najas chiqqan joyni kesak va silliq tosh kabi narsalar bilan tozalash sunnat, so‘ng suv bilan yuvish mustahabdir.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 11:51:28

Istinjo qilish tartibi

Suv topilmagan joyda, er kishi xisya (tuxumdon)lari osilib turganida kesak, tosh kabi narsalarning birinchisini oldidan orqaga, ikkinchisini orqadan oldinga va uchinchisini yana oddidan orqaga tortib, istinjo qilishi kerak. Agar xisyalari tortilib turgan bo‘lsa, kesak yo toshni orqadan oldinga tortgan holda tozalashni boshlaydi.

Ayollar doimo istinjoda (toshni) oldindan orqaga tortishlari zarur. Istinjodan so‘ng kishi qo‘llarini yuvadi va suv bilan istinjo qilishda, chap qo‘li o‘rta barmog‘ining yostiqchasi bilan, suv quygan holda, najas chiqqan joyni asta ishqalab yuvadi. So‘ng ehtiyoj bo‘lsa, nomsiz va iligcha barmoqlari yostiqchalarini ham qo‘shib, u joyni yaxshilab yuvadi.

Ayollar suv bilan istinjoning avvalidayoq nomsiz va o‘rta barmoqlarini birgalikda ishlatadilar. Najas chiqqan joyni yomon hidlar qolmagunicha tozalib yuvish kerak. Ro‘zador bo‘lmaganida, suv bilan istinjo qilish payti bo‘shashib o‘tirish lozim. Batamom tozalangach, yana qo‘llarni yuvish zarur.

Ro‘zador kishi suv bilan istinjo qilgach, u joyni toza latta bilan artadi (ro‘zador bo‘lmagan kishining ham suv bilan istinjodan so‘ng latta bilan artishi mustahabdir).

Izoh: Zikr qilinayotgan "mustahab", "mandub", "nafl" va "tavattu "kalimalari sunnat manosidadir. Ular savob nuqtai nazaridan sunnatga yaqin fazilatli amallardir.

Istinjo uchun avratni ochish joiz emas. Najosat chiqqan joyidan atrofiga tarqalib ketsa, va uning miqdori, yuvmasdan namoz o‘qib bo‘lmaydigan, ya’ni dirham miqdoridan ham ko‘p bo‘lsa, uni ketkazishda boshqalarga avrat joylarini ko‘rsatmay, badani yo kiyimini najosatdan tozalashi kerak.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 11:56:09

Istinjoda qo‘llash makruh bo‘lgan narsalar

Suyak, inson va hayvon yeydigan narsalar, pishiq g‘isht, sopol, sopol idish parchalari, ko‘mir, shisha, ohak, ipak, paxta, bo‘z (latta) parchasi va uzrsiz o‘ng qo‘l bilan old va orqa yo‘llarni tozalash makruhdir.

Izoh: Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "Xachir, ot, eshak go‘ngi va suyaklar bilan istinjo qilmangiz, chunki suyaklar birodarlaringiz jinlarning taomidir. Ular suyaklarni xuddi go‘shtlari ajratilmagandek holda topadilar va go‘nglar ularning hayvonlariga arpa, somon bo‘ladi. Bularning har ikkisi ham faqat oxirzamon Payg‘ambariga maxsus mo‘jizaning dalilidir ", degan manoda hadislari bor.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 12:07:13

Hojatxona odobi

Kishi hojatxonaga chap oyog‘i bilan kiradi va kirmasdan avval "Auzu billahi min ashshaytonir rojim" deydi.

Izoh: (Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "Hojatxonaga kirganingizda jinlarning ko‘zlari bilan odam zotning avrat joylari orasidagi parda kishining (kirishdan oldin) "Bismilloh"deyishidir ", ma’nosidagi hadislariga ko‘ra, Hojatxonalar jin va shaytonlar mavjud bo‘lgan joylardir. "Inson u yerga kirgach, jinlar, erkak va urg‘ochi shaytonlarning yomonligidan (sharridan) Allohdan panoh so‘rasin, hadisiga ko‘ra hojatxonaga kiradigan odam, avval, "Bismillah" deyishi, so‘ngra "auzu " aytishi sunnatdir.

Xaloda chap oyog‘iga og‘irligini solgan holda o‘tiradi. Zarurat bo‘lsagina, gapiradi. Hojat ushatganida bino ichida bo‘lsa ham, oldini va orqasini qibla tomonga qilishi tahriman makruhdir.

Izoh: Inson oldi yo orqasini qiblaga qilgan holda hojatxonada o‘tirganida makruh ekanligi esiga tushib qolsa, darhol yo‘nalishini o‘zgartiradi. Hadisi sharifda ifoda qilinganiga ko‘ra, bunday harakat tufayli iison juda buyuk savobga ega bo‘ladi. Mazkur hadis quyidagichadir: "Dastlab unutgan holda tahorat ushatish uchun qiblaga qarab o‘tirgan inson, so‘ngra qiblaga bo‘lgan hurmati tufayli esiga tushgach, boshqa tomonga o‘girilsa, u yerdan bu xususdagi barcha gunohlari kechirilgan holda chiqadi ".

Quyoshga. oyga va shamol esayotgan tomonga qarab tahorat ushatish, suvga, soyaga, yer yoriqlariga, yo‘llarga, qabristonga, mevali daraxt tagiga yozilish yoki siyish makruhdir.

Izoh: Payg‘ambarimiz, solishyuhu alayhi va sallam, "Sizlardan biringiz aslo turg‘un suvga bavl (siydik) qilmasin ", deganlar. Bu xususda qisqacha shuni aytishimiz mumkinki, oz miqdordagi turg‘un suvga bavl qilish, u suvni mutlaqo iflos qiladi. Pok narsani hech qanday majburlovchi sababsiz, qasddan iflos qilish esa haromdir. Turg‘un suv ko‘p bo‘lgan taqdirda, unga bavl qilish haromga yaqin makruhdir. Oqayotgan suvga bavl qilish esa tanzihan makruhdir, ya’ni juda katta zarari bo‘lmasa ham, hayot manbai bo‘lgan suvni ezozlab, tozalik tuyg‘usini ham nazarda tutgan holda, bunday nojo‘ya harakatlardan saqlanish lozim. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarda (holatlarda) bavl qilish o‘rniga katta tahorat ushatishning hukmi ham shunday, hatto undan ham jirkanch va nojo‘ya harakatdir.
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, "Lanatga uchraganlardan qochinglar", deganlar. Sahobalar: "Lanatga uchraganlar kimlar, yo Rasulolloh!" deb so‘raganlarida, u zot bunga javoban: "Serqatnov yo‘llarga bavl qilib, tahorat ushatganlar, boshqalarga haqsizlik qilganlardir", deb marhamat qilganlar.


Xalodan o‘ng oyoq bilan chiqiladi va "Mendan kulfatni ketkazib, ofiyat bergan Alloh taologa hamd bo‘lsin", yoki "G’ufronaka" deyiladi.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 12:09:18

Tahoratning farzlari

Tahoratning to‘rt farzi bor:

1. Yuzni, peshonaning soch chiqqan joyidan boshlab iyak ostigacha, ikki quloq yumshoqlari oralig‘ini yuvmoq.
2. Qo‘lni tirsaklari bilan qo‘shib yuvmoq.
3. Boshning to‘rtdan bir qismiga mash tortmoq.
4. Oyoqlarni to‘piqlari bilan qo‘shib yuvmoq.

Qayd etilgan


Sakina  20 Avgust 2008, 12:22:47

Tahoratning hikmatlari

Dinimiz namozga turishdan oldin, malum azolarni yuvishni (tahorat qilishni) buyurgan. Bundan maqsad faqat shu azolarni turli iflos narsalardan tozalash emas, balki moddiy tozalik bilan bir qatorda, o‘sha azolar vositasida qilingan gunohlarni manaviy, ko‘rinmaydigan kir va dog‘larni tavba. istig'for suvi bilan poklash hamdir. Bu jihatdan tahoratda azolarning yuvilish tartibida hayratomuz teran hikmatlar mavjud. Bunda katta hikmat shuki, eng avval Allohning amrlariga isyon qilib, shaytonga itoatda peshqadam bo‘lgan azolar, so‘ngra unga ergashib gunoh ishlar qiluvchi boshqa azolar navbati bilan yuviladi.

1. Yuvilishi farz bo‘lgan azolarning birinchisi yuzdir, chunki inson yuzida (til) og‘iz, burun, ko‘z kabi gunoh ishlar qilishda asosiy vosita, sabab bo‘luvchi azolar bor. Masalan, harom narsalarni tishlab-chaynab, ichga yutuvchi og‘izdir. Haqoratlar, g‘iybatlar, tuhmatlar, yolg‘onlar, insonlarning orasini buzuvchi, fitnakor va adashtiruvchi fikrlar, behayo so‘zlar til orqali og‘izdan chiqadi. Demak, xoh Allohga qarshi, xoh bandalarga qarshi bo‘lsin, eng katta yomonliklarning amalga oshirilish o‘rni og‘izdir. Ko‘zlarchi! Eng sirli yomonlikni ham o‘zidan qochirmaydigan va boshqa azolarni ortidan yugurtiradigan ular emasmi? Yomonlikning hidini olib, butun vujudni o‘sha tomonga yo‘naltirgan burunning banda qilgan gunohlardagi hissasi ozmi?

Shuning uchun gunohga, taqiqlangan amallarga boshlovchilik qilib, yo‘l ochib bergan bu azolarni, yani yuzni eng avval yuvish buyurilgan. Bu azolardagi kir va iflosliklar suv bilan ketkazilganidek, ularni tavba, istig‘for va zikrulloh bilan poklash, yaxshi amallarga ishlatish zarur, toki haqiqiy musulmon bo‘lsinlar.

2. Yuzdan so‘ng yuvish navbati qo‘llarga keladi. Chunki bir yomon ishni boshlashda avval til so‘zlaydi, so‘ngra ko‘zlar ko‘rib, keyin qo‘llar vazifani bajaradi va mazkur yomonlikka sherik bo‘ladi. Shu bois shaytonga ergashishda til va ikki ko‘zdan so‘ng darhol qo‘llarning zohiriy kirlari suv bilan, botiniy iflosligi esa, Allohga tavba qilish fayzi bilan poklanishi g'oyat o‘rinlidir.

3. Tahoratning uchinchi farzi boshga mash tortishdir. Tahorat bilan jismoniy kirlarni  ketkazibgina qolmay, ko‘proq manaviy poklikka etibor berilishining yorqin misoli boshga mash tortishda ko‘rinadi. Chunki, shariy qoidaga ko‘ra, bosh doim biror narsa bilan yopilib, yani bosh kiyim kiyib yuriladi. Ochiq holatda ham qalin sochlar bosh terisini chang-to‘zonlardan yaxshi himoya qiladi. Shu bois boshni har kuni besh marta yuvishga zarurat qolmaydi. Har bir tahoratda boshni yuvish og'ir ishdir. Bu bandalariga yengillikni xohlagan Allohning g'oyasiga zid. Ammo bosh, manaviy poklanishda aslo beparvolik qilib bo‘lmaydigan azo. Har qanday gunoh xabarini olib-olmay, fikrlaydigan, reja tuzib, amalga oshirish uchun boshqa azolarga vazifalar yuklaydigan miya bosh ichidadir. Boshdagi bunday manaviy dog'larni bandaga eslatish, ularni ketkazish maqsadida mash tortish buyurilgan. Qalb ko‘zi ochiq, fikri teran insonlar buning buyuk hikmat ekanini yaxshi biladilar.

4. Tahoratning oxirgi farzi oyoqlarni yuvish. Oyoqlar vujudni gunoh ishlar qilinadigan joylarga eltib, ularni bajarishga imkoniyat yaratadi. Bu jihatdan oyoqlarning yomon ishlarga qo‘shgan hissasi oz emas. Shu bois namoz o‘qish oldidan oyoqlarning moddiy kirlarini yuvib, u sabab bo‘lgan gunohlarni ham eslab o‘tgach, mehribon va rahmli Alloh taolodan mag'firat so‘rash juda muhimdir.

Qayd etilgan