Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307255 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 33 B


Sakina  24 Avgust 2008, 17:37:31

Takrorlash uchun savollar

1. Tahoratni tariflang. Poklanish joiz bo‘lgan suvlar haqida gapirib bering.
2. Ikki xil sifati bo‘lgan suyuqliklar qachon tabiiy suvni o‘zgartirgan bo‘ladi? Sifati yo‘q suyuqliklarchi?
3. Qoldiq suvni tariflab, uning turlarini, har bir turining hajmlarini aytib bering. Aksar qismi toza bo‘lgan suv idishlari hukmi bilan nopok va toza kiyimlarning aralashib ketishi orasidagi farqni bayon qiling.
4. Najas tushib ketganida, katta quduq bilan kichik quduq orasidagi farqni aytib bering. Qo‘y va tuya qumalog‘i bilan quduq suvi qanday holatlarda iflos hisoblanadi?
5. Quduq suvi inson najosatidan qancha tushsa iflos bo‘ladi? Agar suvga xachir, eshak go‘ngi, so‘laklari tushsa, hukmi qanday bo‘ladi?
6. Istinjo qachon sunnat, qachon vojib, qachon farz bo‘ladi? Erkak bilan ayol istinjosi orasidagi farqni ayting, istinjoda qo‘llash makruh bo‘lgan narsalarni bayon qiling.
7. Tahoratning ruknlari, sabablari, hukmi, uni vojib qiladigan hollar, durustligining shartlari va makruhlarini tushuntirib bering.
8. Tahorat qachon farz, qachon vojib va qachon mustahab bo‘ladi?
9. Tahoratni buzadigan va buzmaydigan narsalardan beshta-beshtasini aytib bering.
10. G’uslni vojib qiladigan hamda vojib qilmaydigan narsalarni aytib bering.
11. G’uslning farz va sunnatlarini bayon qiling.
12. G’usl qilish odobi, makruhlarini va g‘usl qachon sunnat, qachon mustahab bo‘lishini bayon qiling.


Qayd etilgan


Sakina  24 Avgust 2008, 17:55:18

Tayammum

Tayammumning durust bo‘lishi uchun quyidagi shartlar lozim:

1. Niyat. Niyatning mohiyatiga tayammum qilinmoqchi bo‘lgan narsaga qalban bog‘lanish bo‘lsa, vaqti tayammum qilinadigan narsa ustiga qo‘llar urilgan paytdir.
Niyat durust bo‘lishining uchta sharti bor:
a). Niyat qiluvchining musulmon bo‘lishi.
b). Niyat qilgan ibodatini, boshqa ibodatlardan ajrata olish.
v). Kishi niyat qilgan ibodatining mohiyatini (yani farz, vojib yoki sunnat ekanini) bilish.

Tayammum qilib namoz o‘qishning ham shartlari bor:

— tayammum qilib tahorat olishni niyat qilish;
— namoz o‘qishni o‘ziga halol etishni niyat qilish (chunki tahoratsiz yoki tayammumsiz namoz o‘qish haromdir);
— tahoratsiz ado etish mumkin bo‘lmagan janoza namozi yo tilovat sajdasi kabi mustaqil bir ibodatga niyat qilish.
Faqat tayammum qilishni niyat qilib tayammum qilgan bo‘lsa yoki Qur'oni karim tilovati uchun qilingan tayammum bilan namoz o‘qib bo‘lmaydi.

2. Tayammumni muboh qiladigan quyidagi holatlardan biri yuz berishi:

a) shahar joyda bo‘lsa ham, suvdan to‘rt ming qadam (uch km.) olisda bo‘lishi;
b) suv ishlatish mumkin bo‘lmagan biror kasallikka chalinishi;
v) havoning bazi azolarga zararli yoki kasallikka sabab bo‘ladigan darajada sovuq bo‘lishi;
g) ozgina suv bor bo‘lib, unga ham xamir qorish ehtiyoji bo‘lganida (sho‘rva kabi unchalik zaruriy bo‘lmagan taomlar pishirilishi ehtiyoj hisoblanmaydi);
d) quduqdan suv tortish uchun (paqir, arqon kabi) zarur jihozlarning yo‘qligi, tahorat qiladigan bo‘lsa, janoza yoki hayit namoziga borishidan yo kelgan joyidan ulgura olmasligy malum bo‘lsa.

Izoh: Tahoratli holda hayit yoki janoza namozini boshlaganida, namoz ichida tahorati buzilgan kishining namozdan chiqib, tahorat yangilaganidan so‘ng, namozini kelgan joyidan davom ettirib, tamomlashi "bino qilish" deyiladi. Janoza yo hayit namozida tahorati buzilgan kishi, tahorat yangilashga ketsa, jamoat namozni tamomlashidan qo‘rqsa, tayammum qilib, namozni davom ettiradi va shu yo‘l bilan qazosini o‘qish mumkin bo‘lmagan namozlarni o‘tkazib yubormagan hisoblanadi. Janoza, hayit namozi boshlanganida ham shu hukmga amal qilinadi). Juma, besh vaqt farz namozdan birini o‘tkazib yuborishdan qo‘rqish uzr emas (chunki juma namozi o‘tib ketsa, o‘rniga peshin namozini, namoz vaqti chiqqan bo‘lsa, qazosini o‘qish mumkin).

3. Tayammum yer jinsi hisoblangan tuproq, tosh yoki qumga o‘xshash pok narsalarga qilinadi. Oltin, kumush va yog‘och materiallariga o‘xshash narsalarga tayammum qilish joiz emas.
4. Tayammumda mash qilinadigan azolarni to‘la mash qilish.
5. Tayammum mashini qo‘lning butun ichki yuzasi yoki aksar qismi bilan qilmoq.
6. Tayammumda ikki qo‘l kaftini, bir joyga bo‘lsa ham, ikki marta urish. Tayammumga niyat qilish sharti bilan, tuproqning biror vosita yordamida qo‘l kaftiga tegishi ham ikki zarb o‘rniga o‘tishi mumkin.
7. Tayammum qilayotganida hayz, nifos, tahoratsizlik kabi tayammumga zid holatlardan xoli bo‘lish.
8. Sham va yog‘ kabi tayammum mashining (teriga tegishiga) mone bo‘ladigan narsalardan poklanish.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 01:40:21

Tayammumning sabablari, vojib bo‘lish shartlari

Tayammumning sabablari va vojib bo‘lishining shartlari tahoratning sabab va shartlari bilan bir xildir.

Tayammumning ruknlari

Tayammumning to‘rtta farzi bor:

1. Niyat
2. Toza tuproqqa qasd qilmoq (qo‘lini urmoq).
3. Yuziga mash qilmoq.
4. Yana ikkinchi bor tuproqqa qo‘lini urib qo‘llarini tirsagi bilan qo‘shib mash qilmoq.

Izoh: Bu haqda Payg‘ambarimizdan, somallohu alayhi va sallam, shunday mazmundagi hadis rivoyat qilingan: "Yerga birinchi urish bilan yuz, ikkinchisida qo‘llar tirsaklar bilan qo‘shib mash qilinadi. Qo‘llarni ikki marta yerga urib tayammum qilinadi ". So‘ngra Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, odamlarga ko‘rsatib berish maqsadida ikki kaftlarini yerga urib, yuzlariga mash tortadilar, keyin yana qo‘llarini yerga urib, ham ichki, ham tashqi tomoniga mash tortadilar.
Tayammum qilishdan oldin barmoqlardagi uzuklar chiqariladi. Yuzning ikki quloq orasidagi qismi to‘la mash qilinadi.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 01:42:34

Tayammumning sunnatlari

Tayammumning yettita sunnati bor:

1. Tayammumni "Bismilloh" bilan boshlamoq.
2. Tartibga rioya qilmoq (avval qo‘llarni tirsaklari bilan qo‘shib, so‘ngra yuzni mash qilmoq).
3. Qo‘llar va yuzni mash qilish orasini uzmaslik.
4. Har ikki qo‘lni tuproqqa urgach, ularni changga pasaytirib tutib ko‘tarish (qoqish).
5. Qo‘llarni silkitmoq.
6. Tuproqqa yaxshi tegishi uchun barmoqlar orasini ochmoq.
7. Vaqt chiqmasdan avval suv topishga umid qilgan kishi tayammumni namoz vaqtining oxirigacha kechiktirishi mustahabdir.
Suv berilishi va’da qilingan kishiga, namoz qazo bo‘lishidan qo‘rqsa ham, tayammumni kechiktirish vojibdir.
Kiyim berilishi va’da qilingan yalang‘och kishi, namoz qazo bo‘lib qolishidan qo‘rqmasa, namozni kechiktirishi zarur.
Suv olish uchun paqir, arqon kabi anjomlar berish va’da qilingan holda quduq boshida kutib turgan kishiga namoz vaqti chiqishidan qo‘rqmasa, anjomlar bilan taminlangunicha tayammumni kechiktirish vojibdir.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 01:53:02

Suvni axtarish

Yaqin orada suv bor deb o‘ylagan kishi, bexatar bo‘lsa, to‘rt ming qadam masofa orasida suv izlashi vojibdir.
Kishi xalqi xasis bo‘lmagan bir joyda turgan bo‘lsa, (tayammum qilmasdan avval, suvi ko‘p bo‘lgan biror) kishidan suv so‘rashi zarur. Agar u suvni faqatgina pul evaziga beradigan bo‘lsa, suv so‘ragan kishining yeyish, ichish kabi zarur xarajatlaridan ortiqcha puli bo‘lsa, suvni sotib olishi kerak. Suv uchun juda katta haq talab qilinsa yoki uni o‘z qiymatida sotib olishga puli yetmasa, tayammum qiladi.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 01:53:39

Tayammum qilib namoz o‘qish

Tayammum qilgan kishi xohlaganicha farz, sunnat va nafl namozlari o‘qishi mumkin. Namoz vaqti kirmasidan avval tayammum qilish mumkin.


Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 01:57:54

Yarasi bor kishilar nima qiladi?

Badanining aksar qismi yoki yarmi yarali bo‘lgan kishi junub bo‘lsa g‘usl o‘rniga, tahoratsiz bo‘lsa tahorat o‘rniga tayammum qiladi. Azolarining aksar qismi sog‘lom, ozgina qismi yarali bo‘lsa, sog‘lom joylarini yuvib, yarali joylariga mash tortadi.

Izoh: Tahoratda yuviladigan azolarning aksariyati yoki yarmi yarali bo‘lgan kishining tayammum qilishi mumkin bo‘lganidek, tanasining yarmi yoki aksariyati yarali holda junub bo‘lgan kishi ham tayammum qilib, barcha ibodatlarni ado etishi mumkin. Yarali azolar kam-ko‘pligi azolarning soniga ko‘ra hisoblanadi. Agar bir kishining boshi, yuzi va qo‘llari yarali, bu yaralar ushbu azolarning ozgina qismini egallagan bo‘lib, oyoqlari sog‘lom bo‘lsa ham, u kishi tayammum qiladi. Chunki tahoratda yuvilishi farz bo‘lgan azolarning aksariyati yaralidir. Bazi fiqh ulamolari ham tahoratda yuviladigan azolarning aksariyati yarali bo‘lsagina tayammum qilinadi, deydilar. Shuningdek, qornida yoki yelkasida badaniga suv tegsa zararlanadigan yarasi bo‘lsa, tanasining aksar qismi yarali kishilardek, janobatdan poklanish uchun tayammum qiladi.

Yarali kishi yuvinish bilan tayammumni qo‘shib, birgalikda qilmaydi (ya’ni xoh g‘uslda, xoh tahoratda bo‘lsin, bazi azolarini yuvib, ayni paytda tayammum ham qilmaydi, faqat tayammum qiladi).

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 01:59:45

Tayammumni buzadigai narsalar

Tahoratni buzadigan narsalar, tayammumni ham buzadi. Tahoratda yuviladigan azolarni yuvishga yetarli suvni topish hamda suvni qo‘llashga qodir bo‘lish ham tayammumni buzadi.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:00:25

Qo‘llari va oyoqlari kesilgan kishilar
 
Agar qo‘llari va oyoqlari kesilgan kishining yuzida yarasi bo‘lsa, tahoratsiz namozini o‘qiydi, yuzidagi yarasi tuzalgach, bu namozlarning qazosini o‘qimaydi (qo‘llari va oyoqlari kesilgan kishining yuzida yarasi bo‘lmasa, yuzini yuvib namoz o‘qiydi).


Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:00:59

Mash bo‘limi

Mahsiga mash tortish

Mahsiga erkaklar ham, ayollar ham tahorat qilayotganlarida mash tortishlari mumkin.

Qayd etilgan