Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307205 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 33 B


Sakina  28 Avgust 2008, 02:05:09

Mahsiga mash tortishning joiz bo‘lish shartlari

Mahsiga mash tortishning joiz bo‘lishi uchun yettita shart bor:

1) Mahsi tahorat qilib, oyoqlar yuvilganidan so‘ng kiyilgan bo‘lishi kerak. Oldin oyoqlarni yuvib, tahoratni tamomlamasdan mahsini kiyish ham mumkin. Bu holda tahorat tamomlangunicha tahoratni buzuvchi hech bir amal sodir etmasligi kerak.
2) Mahsi oyoqlarni to‘pig‘i bilan qo‘shib yopishi zarur.
3) Mahsi o‘rtacha odimlab kamida bir farsah (taqriban 80 km) beto‘xtov yo‘l bosishga imkon berishi lozim. Shu bois shisha, taxta va temirdan qilingan mahsilarga mash tortish joiz emas. Chunki bunday mahsilar insonga aziyat beradi.
4) Mahsining to‘piqdan pastki qismida uchta barmoq sig‘adigan yirtig‘i bo‘lmasligi kerak.
5) Mahsilar hech qanday bog‘ichsiz oyoqda turadigan darajada qalin bo‘lishi zarur.
6) Mahsi oyoqqa suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak.
7) Har bir oyoqning oldi tarafida uch barmoq miqdori mash tortiladigan qismi bo‘lishi zarur. Bunga ko‘ra, oyog‘ining barmoqlar tarafi yo‘q kishi, tovon tarafi bo‘lsa ham, mahsiga mash torta olmaydi.

Izoh: Agar oyog‘i to‘piq ostidan kesilgan bo‘lib, tahoratda yuvilishi farz bo‘lgan qismi qo‘lning uch barmog‘i enidan oz qolgan bo‘lsa, sog‘lom oyog‘ining mahsisiga mash torta olmaydi. Chunki kesilgan oyoqning qolgan qismi mash qilinadigan miqdordan oz qolgani uchun, unga mash tortish joiz emas. Sog‘lom oyoqqa mash tortiladigan bo‘lsa, yuvish va mash tortish birgalikda bajariladiki, bu ham nojoizdir).

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:11:12

Mashning muddati

Mashning muddati muqim uchun bir kechayu bir kunduz, safardagilar uchun uch kechayu uch kunduz, ya’ni 72 soatdir. Muddat mahsi kiyilganidan so‘ng, tahorat buzilgan vaqtdan etiboran boshlanadi.
Muqim kishi mash muddati o‘tmay, safarga chiqsa, mash muddatini safardagilar kabi tamomlaydi. Safar niyati bilan mash tortgach, bir kecha-kunduzdan so‘ng, qayta muqimlikka niyat qilsa, darhol mahsisini yechadi. Agar bir kecha-kunduz to‘lmagan bo‘lsa, bu muddatni to‘ldiradi.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:16:57

Mashning farzi

Mashning farzi har bir oyoqning ust qismiga mahsi ustidan qo‘lning uchta kichik barmog‘ichalik miqdorda mash tortishdir.

Izoh: Hadisda aytilishicha, Payg‘ambarimiz Muhammad, sollallohu alayhi va sallam, tahorat qilayotib, mahsilarini yechgan bir kishini ko‘rdilar va uni ohista turtdilar. So‘ngra mahsi ustiga mana bunday mash tortish buyurildi deb, oyoq uchidan boshlab to‘piqlarigacha qo‘llarining uchta barmog‘ini moydirgan holda mash tortish kerakligini unga ko‘rsatib berdilar.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:18:01

Mashning sunnatlari

Mashning sunnati qo‘lni (suv olib tashlagach) barmoqlarni ochiq holda mahsining ustiga qo‘yib, oyoqlarning uchidan boshlab mahsining qo‘njigacha tortishdir.


Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:19:51

Mashni buzuvchi sabablar

Tahoratni buzadigan narsalar, yana quyidagilar mashni buzadi:

- mahsini yechish, oyoqning yarmidan ko‘prog‘ini yechish maqsadida mahsining qo‘njigacha chiqarish;
- mahsiga suv kirib, bir yoki ikki oyoqning yarmidan ko‘prog‘ini ho‘l qilish;
- mash muddatining tugashi. Tahorat qilsa shiddatli sovuqqa oyoqlar muzlashidan qo‘rqsa, mash muddati xavf o‘tgungacha cho‘ziladi. Mahsini yechish, suv kirib ketishi, mash muddati tugashi bois mash buzilsa, faqat oyoqlar yuviladi.
Boshdagi salla, quloqchin, ro‘mol, qo‘lqop va shunga o‘xshash narsalar ustidan mash tortish joiz emas.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:27:14

Bog‘lagich (bint), gipsga o‘xshash narsalar haqida

Azolarning biridan qon oldirilganida, biror azo yaralangan yoki singanida bint yoki gipsga o‘xshash narsalar bilan bog‘lansa va ularni yuvishga ham imkon bo‘lmasa, bog‘langan joyning aksar qismi yoki hammasi ustidan mash tortiladi.
Qon oldirilgan yoki yarador bo‘lgan azolarning bog‘lagichlar orasidan ko‘rinib turgan joylarga mash tortish kifoyadir.
Gips yoki bog‘langan joy ustidan mash tortish yuvish kabidir. Bunda mash tortishning malum bir muddati yo‘q, yani yara tuzalib ketgunicha mash tortish mumkin.
Bir kishining taxtakachlash, gipslash yoki bog‘lashni tahoratli holda bajarishi shart emas.
Ikki oyoqdan biri yarali bo‘lganida, yarali oyoqning bog‘langan joyiga mash tortib, ikkinchi oyoqni yuvish joiz.
Yara tuzalmasdan avval taxta, gips yoki bint tushib ketsa ham, ustidan tortilgan mash buzilmaydi.
Zarurat tufayli bint (va shunga o‘xshash narsalar)ni yangilash joizdir. Bu holda qaytadan mash tortish vojib emas, lekin mash tortgan afzal.
Kasallik tufayli musulmon va mutaxassis shifokor tomonidan yuvmaslik tavsiya qilingan yoki yuvilsa, zarar yetishi taxmin qilingan yarali ko‘z ham yuvilmaydi. Unga mash tortiladi.
Tirnoq siniqlariga dori, saqich, o‘t pufagi qo‘yib bog‘langan, yechib yuvish zararli bo‘lsa, unga mash tortish joizdir. Mash tortish zarar bersa, bu ham tark qilinadi.
Yarali azolarga bog‘langan bint yoki gips ustidan, tahoratda esa boshga mash tortish uchun niyat qilish shart emas.


Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:30:07

Takrorlash uchun savollar

1. Tayammumni tariflab, durust bo‘lishi uchun zarur shartlarni sanab bering. So‘ngra niyatning haqiqatini, vaqtini va durust bo‘lish shartlarini tushuntirib bering.
2. Tayammumning farzlarini, sunnatlarini, sababini va farz bo‘lish shartlarini aytib bering.
3. Tayammumni kechiktirish qachon mustahabdir? Qachon shartdir? Suvni qancha masofagacha qidirish lozim?
4. Namoz vaqti kirmasidan avval tayammum qilish joizmi? Bitta tayammum bilan faqat bir vaqt farz namozi o‘qiladimi yoki boshqa vaqtlarning farzlarini o‘qisa ham bo‘ladimi?
5. Tayammumni buzadigan narsalarni ayting, yarali kishi qachon tayammum qilishini tushuntirib bering? Bir vaqtda ham yuvib, ham tayammum qilsa bo‘ladimi?
6. Mahsiga mash tortishning hukmlarini aytib bering. Muqimning, musofirning mash muddatlari qancha?
7. Safarga chiqqan kishi (kamida 15 kun turishga) niyat Qilsa, bir kecha-kunduzlik mash muddatini qachon tamomlaydi? Farz bo‘lgan mash miqdori qancha?
8. Mahsiga tortiladigan mashning sunnatlarini, mashni buzadigan narsalarni va ustiga mashtortish joiz bo‘lmagan narsalarni bayon qiling.
9. Yara bog‘ichlarining hukmlarini tafsilotlari bilan tushuntirib bering. Mahsi va bog‘ichlar ustiga mash tortish Uchun niyat qilish shartmi?

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:32:32

Hayz, nifos va istihoza

Ayollardan uch xil qon keladi:

Hayz. Balog‘atga yetgan va iyos (hayzdan qolish) yoshiga to‘lmagan ayolning bachadonidan hech qanday kasallik yoq homiladorliksiz har oyning malum kunlarida keladigan qondir. Ayol ellik besh yoshida iyos yoshiga yetgan hisoblanadi. Hayz muddatining kami uch, ko‘pi o‘n kundir.
Nifos. Ayollardan tug‘ishdan so‘ng keladigan qondir. Muddatining ko‘pi qirq kundir, kami uchun malum chegara belgilanmagan.
Istihoza. Ayollardan hayz paytida uch kundan oz va o‘n kundan ko‘p muddatda, nifosda esa qirq kundan so‘ng ham (tomir yorilishi tufayli) keladigan qondir.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:33:33

Tuhr (hayzdan poklanish) muddati

Ikki hayz orasidagi poklanish muddati kamida o‘n besh kundir. Eng ko‘p muddati belgilanmagan. Faqat istihoza qoni kelayotganida balog‘atga yetgan ayolning hayz muddati o‘n kun, poklanish holati o‘n besh kun, nifos muddati esa qirq kun qilib belgilanadi.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:37:44

Hayz va nifos paytida qilish harom bo‘lgan amallar

Hayz va nifos paytida ushbu sakkiz amalni qilish harom:

1. Namoz o‘qish.
2. Ro‘za tutish.
3. Qur’oni karimdan bir oyat miqdoricha o‘qish (zikr, sano va duo maqsadida duo oyatlarini o‘qish joiz).
4. Qur’oni karimni yo biror oyatni g‘ilofsiz ushlash (oyat qog‘oz yoki matoga yozilgan bo‘lsa ham).
5. Masjidga kirish.
6. Ka’bani tavof qilish.
7. Jinsiy aloqa qilish.
8. Erkakning ayol kindigi bilan tizzasi orasidagi azolaridan foydalanishi.

Qayd etilgan