Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307270 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 33 B


Sakina  28 Avgust 2008, 02:40:09

Poklanish nima bilan tamomlanadi

Hayzning (o‘n kun), nifosning (qirq kun) muddati o‘tgach, g‘usl qilmasdan jinsiy aloqa qilish joizdir.
Hayz va nifosning eng ko‘p muddati o‘tmay turib, ayolning doimiy odati bilan qon to‘xtasa, g‘usl yo tayammum qilib, namoz o‘qimagunicha yoki namoz uning zimmasida farz bo‘lmagunicha, jinsiy aloqa qilishi mumkin emas. Buni shunday tushunish kerak: ayol hayzi to‘xtagach, g‘usl qilib namoz o‘qishi uchun yetarli yo oshiqcha vaqt kechsa ham g‘usl yoki tayammum qilmay shuncha vaqt o‘tkazganidan so‘ng eri bilan jimo qilishi mumkin.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:41:28

Farzlarning qazosi

Hayz yoki nifos qoni to‘xtagach, ayol (Ramazonda bo‘lsa) ro‘zasining qazosini tutib beradi. Qazo bo‘lgan namozlarini o‘qimaydi.


Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:46:39

Junub kishiga harom bo‘lgan amallar

G’usl qilguncha beshta narsa harom bo‘ladi:

1. Namoz o‘qish.
2. Qur’oni karimdan bir oyat (bo‘lsa ham) o‘qish.
3. Qur’onni yo biror oyati karimani g‘ilofsiz ushlash.

Izoh: G’ilof Qur’oni karimga yopishgan bo‘lmay, faqat uni muhofaza qilish uchun qo‘llanadigan sumka, mato, xaltachaga o‘xshash narsalardir. Bular Qur’oni karimga yopishmagani uchun, ular orqali Qur’oni karimni ushlash joiz. Ammo Qur’onning jildi Qur’oni karimdan bo‘lgani uchun, uni g‘ilofsiz ushlash joiz emas).

4. Masjidga kirish.
5. Ka’bani tavof qilish.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:47:40

Tahoratsiz kishi uchun harom bo‘lgan amallar

Tahoratsiz kishiga quyidagi uch amalni qilish haromdir:

1. Namoz o‘qish.
2. Qur’onni yoki bir oyati karimani g‘ilofsiz ushlash.
3. Ka’bani tavof qilish.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:51:20

Istihoza va shunga o‘xshash narsalarning hukmlari

Istihoza burundan to‘xtovsiz qon oqishi kabi holat bo‘lib, namoz o‘qish, ro‘za tutish va jinsiy aloqa qilishga Monelik qilmaydi. Istihozali ayol xuddi siydigini tuta olmagan yoki davomli ichi ketayotgan kishidek uzrli hisoblanib, har bir namoz vaqti kirgach, tahorat qiladi va xohlaganicha farz yoki nafl namoz o‘qishi mumkin. Uzrli kishilarning tahorati namoz vaqti chiqishi bilan buziladi,

Izoh: Bu hukm Imomi Azam, roziyallohu anhu, va Imom Muhammadga ko‘radir. Yani uzrli kishi bomdod namozi uchun qilgan tahorati bilan faqat bomdod namozini o‘qiydi. Tahoratni buzuvchi boshqa sabab bo‘lmasa ham, quyosh chiqishi bilan uning tahorati buziladi. Imom Abu Yusufga ko‘ra, uzrli kishining tahorati namoz vaqti kirishi bilan ham, chiqishi bilan ham buziladi. Bunga ko‘ra, uzrli kishining quyosh chiqqanidan so‘ng qilgan tahorati peshin vaqti kirishi bilan buzi ladi.
Imomi Azam va Imom Muhammadga ko‘ra esa, uzrlining, tahorati namoz vaqti kirishi bilan buzilmaydi. Imom Zufarga ko‘ra, uzrlining tahorati faqat namoz vaqti kirish bilan, ya’ni bomdod namozi uchun qilgan tahorati, quyosh chiqishi bilan emas, balki peshin namozi vaqti kirishi bilan buziladi.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:52:07

Odam qachon uzrli hisoblanadi?

Uzrga sabab bo‘lgan holat boshlanganidan so‘ng to‘la bir namoz vaqti o‘tgunicha hech to‘xtamay davom etsa, kishi uzrli hisoblanadi.


Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:53:19

Davomiylik sharti

Uzrning davomiylik sharti dastlab boshlangan paytda bir namoz vaqtini to‘la qamrab olgach, keyingi namoz vaqtida bir marta bo‘lsa ham yana ro‘y berishidir. Uzrning nihoyasiga yetishi, yani uzrli holatdan chiqish sharti, bir; vaqt namoz muddatida to‘liq uzrdan xoli bo‘lish, ya’ni uzrsiz o‘tkazishdir.

Qayd etilgan


Sakina  28 Avgust 2008, 02:58:11

Najosat va najosatdan poklanish

Najaslar ikki xil bo‘ladi: najasi g‘aliza, najasi xafifa.

Aroq, oqqan qon, o‘lib qolgan hayvon go‘shti va oshlanmagan teri, go‘shti yeyilmaydigan hayvonlarning siydigi it va yirtqich hayvonlar axlati, so‘lagi, tovuq, g‘oz hamda o‘rdak axlati. inson vujudidan chiqqan tahoratni buzuvchy (qon, maniy, maziy, vadiy kabi) narsalar najasi g‘aliza hisoblanadi.
Ot va go‘shti yeyiladigan hayvonlarning siydigi hamda go‘shti yeyilmaydigan (lochin, kalxat) qushlarning axlati kabilar najasi xafifa deyiladi.
Najasi g‘alizaning dirham miqdori quyuq najosatlarda 3,2 gr. va suyuq najosatlarda esa ochiq qo‘l kaftining suv turadigan qismiga teng miqdor yoyilishidir. Najasi xafifa kiyim va badanning to‘rtdan biridan oz miqdoriga yoyilsa, namozga mone emas. Igna uchi qadar mayda bo‘lgan siydik tomchisining ham zarari yo‘q.
Harom to‘shak yoki tuproqqa yotgan kishining terisi yoki oyog‘ining nami bilan ho‘l bo‘lib, oyoq yoki badanda najosat asorati ko‘rinsa, badan va oyoq harom bo‘ladi. Aks holda harom bo‘lmaydi. Siqilganida suv chiqmaydigan darajada nam bo‘lgan harom kiyimga o‘ralgan pok va quruq kiyimlar ham harom bo‘lmaydi.
Quruq, iflos joyga yoyilgan nam kiyimlar ham yer undan nam bo‘lib qolsada, nopok bo‘lmaydi. Najas narsa ustidan esayotgan shamol kiyimga tegsa ham, uni iflos qilmaydi. Faqat kiyimda biror asorati qolsa, iflos bo‘ladi.

Qayd etilgan


Sakina  06 Sentyabr 2008, 20:11:29

Najosat tekkan narsalar qanday tozalanadi?

Qonga o‘xshash ko‘rinib turgan najas bir marta yuvib tashlash bilan ketkaziladi. Batamom ketkazish qiyin bo‘lib, narsalarda najosat asorati (rang, hid kabi) qolsa, zarari yo‘q. Siydikka o‘xshash aniq ko‘rinmaydigan najosatlar uch marta yuvish va har bir yuvishdan so‘ng siqib tashlash bilan ketkaziladi.
Libosga, badanga tekkan najaslar suv, sirka, gul suvi kabi suyukdiklar bilan yuvib poklanadi.
Mahsi va shunga o‘xshash narsalar unsurli najosatdan nam bo‘lganida ham yerga yoki tuproqqa surtish bilan, qilich (pichoq) va unga o‘xshash narsalar esa, artib tozalash bilan poklanadi.
 

Qayd etilgan


Sakina  06 Sentyabr 2008, 20:15:15

Yerning tozalanishi

Iflos bo‘lgan yer yuzasi quyosh yoki shamol tasirida Qurib, ustidagi najosat asorati yo‘qolgach, poklangan hisoblanadi. Bunday joyda namoz o‘qish joiz. Faqat u tuproqqa tayammum qilib bo‘lmaydi. Zero, tayammumda tuproq (najosatdan) pok bo‘lishi shart. Shuningdek, yerda o‘sib turgan daraxt va o‘tlar ham ustidagi najosat qurib yo‘qolgach, toza hisoblanadi.


Qayd etilgan