Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307253 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 33 B


Sakina  06 Sentyabr 2008, 20:15:54

Boshqa holga o‘tish bilan poklanish

Iflos bir narsa chirishi yoki yonib kul bo‘lishi bilan mohiyati o‘zgarsa, poklangan hisoblanadi. Libos yoki badanda qurib qolgan maniy qirib tashlansa, pok bo‘ladi. Agar qurimagan bo‘lsa, yuvib tozalanadi.


Qayd etilgan


Sakina  06 Sentyabr 2008, 20:20:08

O’lik hayvonlarning terisi va shunga o‘xshash narsalarning poklanishi

Inson va to‘ng‘izdan boshqa, go‘shti yeyilmaydigan o‘lik hayvonlarning terisi achchiqtosh, tuz va shunga o‘xshash dorivorlarni sepish orqali haqiqiy manoda, tuproq surish yoki quyoshda quritish orqali esa hukmiy manoda oshlash bilan hisoblanadi.

Izoh: O'lik fil terisi ham oshlansa, halol. Chunki fil hukman vahshiy hayvonlar sarasiga kiradi. Zero, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, fil tishidan yasalgan taroq qo‘llagan edilar.

Go‘shti yeyilmaydigan hayvonlarning terilari, shariy so‘yish ("Bismilloh" aytish) bilan pok bo‘ladi. Go‘shtlari esa shariy so‘yilsa ham, halol bo‘lmaydi.
Qon bormaydigan soch, tirnoq, shox va yog‘i bo‘lmagan suyakka o‘xshash azolar, hayvon o‘lgach, nopok hisoblanmaydi. Ammo asab tolalari nopokdir. Kiyikning mushk xaltasi, mushkning o‘zi kabi pokdir, yeyilishi joiz. Yovvoyi mushukning mushki ham pok bo‘lib, uning xushbo‘y hididan sepgan kishining namozi durustdir.


Qayd etilgan


Sakina  06 Sentyabr 2008, 20:26:10

Takrorlash uchun savollar

1. Hayz, nifos va istihoza orasidagi farqni, har birining eng kam va eng ko‘p muddatlarini ayting.
2. Ikki hayz orasidagi eng qisqa va eng uzun poklik muddati qancha?
3. Hayz va nifos paytida bajarilishi harom bo‘lgan amallarni bayon qiling. Poklik holati qay tarzda to‘liq bo‘ladi, hayz va nifosda bo‘lgan ayol namoz va ro‘zani qazo qiladimi?
4. Junub va tahoratsiz bo‘lgan kishiga bajarish harom bo‘lgan amallarni bayon qiling.
5. Istihoza va shunga o‘xshash holatlarning hukmini tushuntirib bering.
6. Kishi qachon uzrli hisoblanadi? Uzrning davomiylik sharti bilan nihoyaga yetish shartini ayting. Uzrli kishi qanday tahorat qiladi va qanday hollarda tahorati buziladi?
7. Najosatning turlarini ayting, har biriga bittadan misol keltiring. Qancha miqdordagi najosat namozga mone hisoblanmaydi?
8. Ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan najosatlar qanday tozalanadi? Libos va badandagi najosat nima bilan poklanadi? Mahsi va shunga o‘xshash narsalar qanday tozalanadi?
9. O’lik hayvonlarning terisi nima bilan poklanadi? O’lim tirnoq va suyaklarning iflosligiga sabab bo‘ladimi?Kiyiklarning mushk xaltasi pokmi yo nopok?



Qayd etilgan


Sakina  06 Sentyabr 2008, 20:29:51

Namoz kitobi

Vojib bo‘lishining shartlari

Kishiga namoz o‘qish farz bo‘lishining uchta sharti bor: Islom, balog‘at, aql. Lekin yetti yoshga to‘lgan bolalar namoz o‘qishga buyuriladi. O’n yoshga to‘lganida ham namoz o‘qimasa, o‘rgatish maqsadida faqatgina qo‘l bilan uriladi, tayoq bilan urilmaydi.

Izoh: Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam "Farzandlaringiz yetti yoshga to‘lgach, namoz o‘qishga buyuringlar, o‘n yoshga kirganida ham namoz o‘qimasalar (engil) uringlar va yotoqlarini ajratinglar ", deb marhamat qilganlar.


Qayd etilgan


Sakina  06 Sentyabr 2008, 20:32:50

Vojib bo‘lishining sababi

Vojib bo‘lish sababi namoz vaqtlarining kirishidir. Namozning avvalgi vaqti kirishi bilan butun vaqtning bir qismida uni ado etish vojibdir.

Izoh: Namoz lug‘atda duo degan manoni anglatadi. Shariatda esa boshlanishi iftitoh takbiri, oxiri salom bo‘lgan maxsus harakat va lafzlardan iborat ibodatdir. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, hijratlaridan bir yarim yil avval, Meroj kechasida farz qilingan.

Qayd etilgan


Sakina  06 Sentyabr 2008, 20:35:46

Namoz vaqtlari

Bir kecha-kunduzda farz namozlarning besh vaqti bor:
1. Bomdod namozining vaqti subhi sodiqdan boshlab, quyosh chiqqunigachadir. Sharqdan yoyila boshlagan oppoq yorug‘lik bomdod namozining vaqti kirganini bildiradi.
2. Peshin namozining vaqti quyoshning zavolidan har bir narsaning soyasi o‘zidan ikki marta uzun bo‘lgunichadir.
3. Asr namozining vaqti narsalarning soyasi o‘zidan ikki marta uzun bo‘lgan vaqtdan boshlab, quyosh botgunigacha davom etadI.
4. Shom namozining vaqti quyosh botganidan so‘ng boshlanib, qizil shafaq yo‘qolgunicha davom etadi.
5. Xufton va vitr namozlarining vaqti qizil shafaq yo‘qolgan paytdan boshlanib, subhi sodiq kirgunigacha davom etadi. Vitr namozi hech qachon xufton namozidan avval o‘qilmaydi.

 

Qayd etilgan


Sakina  06 Sentyabr 2008, 20:36:59

Ikki farz namozning birga (jam) o‘qilishi

Ikki farz namozni bir vaqtda o‘qish (yani, jam qilish) uzr tufayli bo‘lsa ham, joiz emas. Faqat Arafotda ihromda bo‘lish va hojilar rahbari yoki uning vakiliga iqtido qilish sharti bilan peshin, asr namozlari peshin vaqti ichida, Muzdalifada esa shom va xufton namozlari xufton vaqti ichida jam qilib o‘qiladi, Muzdalifaga ketayotib, yo‘lda shom namozini o‘qish joiz emas.

 

Qayd etilgan


Sakina  06 Sentyabr 2008, 20:38:57

Mustahab bo‘lgan namoz vaqtlari

1. Erkaklar uchun bomdod namozini so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qish.
2. Peshin namozini yoz paytida jazirama issiq yo‘qolgunigacha kechiktirish, qish paytida esa tezroq o‘qish, faqat havo bulutli bo‘lganida biroz kechiktirish.
3. Asr namozini, quyoshga qaralsa, ko‘z qamashmaydigan paytdan biroz avvalgi vaqtgacha kechiktirish, lekin havo bulutli kunlarda tezroq o‘qish.
4. Shom namozini havo ochiq kunlarda tezroq (vaqt avvalida), havo bulutli kunlarda biroz kechiktirib o‘qish.
5. Xufton namozini tunning uchdan bir qismi o‘tgunigacha kechiktirish, havo bulut kunlari tezroq o‘qish. Uyg‘onishiga ishonganlarning vitr namozini tunning so‘nggi vaqtigacha kechiktirib o‘qishi. Bu hukmlar soati bo‘lmaganlar Uchundir.


Qayd etilgan


Robiya  18 Aprel 2009, 13:05:11

Namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar


Quyidagi uch vaqgda na farz va na bu vaqtlar kirmasidan avval zimmaga vojib bo‘lgan namozlarni o‘qish joiz emas.
1. Quyosh chiqishidan boshlab, ko‘tarilgunigacha bo‘lgan vaqtda.

Quyosh tik ko‘tarilib (qiyomga kelib), g‘arb sari mayl qilgunigacha bo‘lgan vaqtda.

Quyosh sarg‘aygan paytdan boshlab, botishigacha bo‘lgan vaqtda.

Faqat quyosh botayotgan paytda o‘qilayotgan asr namozish tamomlash, shu vaqtda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajda sini qilish hamda hozir bo‘lgan mayitning janoza namozini o‘qish karohat bilan joizdir.

Qayd etilgan


Robiya  18 Aprel 2009, 13:06:12

Nafl va sunnat namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar

Ikkinchi fajr (fajri sodiq) kirgach (bomdod namozining sunnatidan tashqari).
Bomdod namozining farzidan so‘ng.
Asr namozining farzidan so‘ng.
Shom namozining farzidan avval.
Juma kuni imom xutba o‘qishga chiqishidan boshlab, juma namozi o‘qib bo‘lingunigacha.
Bomdod namozining sunnatidan tashqari, qaysi namoz bo‘lmasin, muazzin takbir aytayotganida.
(Xoh uyda, xoh masjidda bo‘lsin) hayit namozidani avval, hayit namozidan so‘ng (faqat masjidda).
Arafot va Muzdalifada jam’ qilib o‘qilgan ikki namoz orasida.
 Farz namozining vaqti juda kam qolganida (chunki nafl o‘qiladigan bo‘lsa, farz qazo bo‘lib qolishi mumkin).
 Kichik yoki katta hojat tang qilib turganida.
Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida.
Namozdan chalg‘ituvchi narsalarning yonida nafl namoz o‘qish.

Qayd etilgan