Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307135 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 33 B


Robiya  18 Aprel 2009, 13:07:44

Azon va takbirning hukmlari

Muqimliqda va safarda bo‘lsin, xoh yolg‘iz, xoh jamoat bo‘lib farz namozlarini o‘z vaqtida yoki qazosini o‘qish oldidan erkaklarning azon va takbir aytishlari sunnati muakkadadir. Ayollarga esa makruhdir.

Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bilan sahobalar bir kuni musulmonlarga namoz vaqti kirganini bildirish uchun biror usul yo vosita topish xususida suhbatlashib, eng ma’qul usulni izlashga kirishadilar. Barcha o‘z fikrini ayta boshlaydi. Kimdir zang (qo‘ng‘iroq) chalinsin, dedi. Payg‘ambarimiz "bu nasroniylar odatidir", debradqildilar. Kimdir "karnay (quvur) chalaylik" dedi. "Bu yahudiylar odatidir", dedilar Alloh Rasuli. Ba’zi sahobalar nog‘ora chalishni taklif qildilar. Payg‘ambarimiz: "Bu Bizans (sharqiy Rum) odatidir ", dedilar. Ba’zilar olov yoqaylik dedi. Sayg‘ambarimiz: "Bu majusiylar odati", debqabul qilma-dilar. Kimdir "masjid tomiga bayroq. tikaylik, ko‘rganlar namoz vaqti bo‘lganini bilsin " dedi. Bu fikr ham Payg‘ambarimizga yoqmadi. Aniq bir fikrga kelmasdan tarqalishdi. Abdulloh ibn Zayd ham ularning oralarida edi. O’sha kunni eslab shunday deydi: "O’sha tunda shunday xayol tushunchalar bilan uyquga yotdim. Uyqu va bedorlik aralash holatda chiroyli kiyingan bir kishini ko‘rdim, Devor ustida qo‘liga zang ushlagan holda menga tikilib o‘tirardi. Unga: "Qo‘lingdagini menga sotasanmi?" dedim.
—   Nima qilasan ? — dedi.
—   Namoz paytida u bilan musulmonlarni masjidga chaqiraman, dedim.

Bundan chiroyliroq usulni o‘rgataymi? — dedi va o‘rnidan turib, bizga ma’lum jumlalar bilan azon aytdi. Biroz o‘tirganidan so‘ng yana turib, bizga ma’lum shaklda takbir aytdi. Ertalab uyg‘ongach, darhol Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, huzurlariga borib, tushda ko‘rganlarimni so‘zlab berdim. Shunda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, "O’sha yashil libosli kishi sizga o‘rgatgan jumlalarni Bilolga o‘rgating, bizga aytib bersin. Uning ovozi chiroylidir ", dedilar. Biroz o‘tgach, Hazrati Umar, roziyallohu anhu, kelib, vaziyatdan xabar topgach: "Xuddi shunday tushni men ham ko‘rdim, lekin Abdulloh ibn Zayd biroz ertaroq, Harakat qilibdi ", dedilar. Bu orada bir necha sahobalar ham kelib xuddi shunday tush ko‘rganlarini aytadilar. Bu xususda Nayg‘ambarimizga ham alohida vahiy kelgan edi. Bir rivoyatga ko‘ra, Xazrati Umar, roziyallohu anhu, ko‘rgan tu-shini aytish uchun, erta tong Payg‘ambarimizning huzurlariga yuguradilar. U zot, sollallohu alayhi va sallam, o‘zlariga ham shunday vahiy kelganini aytadilar.


 Demak, azon bugungi jumlalari bilan arab tilida ba’zi sahobalarga tush, Payg‘ambarimizga esa, vahiy orqali o‘rgatilgan. Shu bois azon lafzlarini o‘zgartirish, boshqa tilda aytish, tush va ilhom orqali ma’lum qilingan ilohiy maqsadga zid bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  18 Aprel 2009, 13:08:54

Azon

Azon avvalida to‘rt, oxirida ikki marta takbir (Allohu Akbar) deyiladi. Shahodatlar "Ashhadu alla ilaha illalloh" va "Ashhadu anna Muhammadar rasululloh" lafzlarida tarji’ (ya’ni, jumlalarni baland ovozda aytishdan avval ichida aytib olish) qilinmaydi (tarji’ Shofe’iy mazhabida sunnat, Imomi A’zam mazhabiga ko‘ra, makruhdir).

Takbir xuddi azon kabi aytiladi. Faqat bomdod namo-zining azonida "Hayya alal falah" jumlasidan so‘ng, "As-salotu xoyrum min an-navm" va barcha farz namozlarning takbirlarida ikki marta "Qod qomatis solah" deyiladi. Azon jumlalari alohida-alohida cho‘zib aytilsa, takbir juft-juft qilib, tezroq aytiladi.

Qayd etilgan


Robiya  18 Aprel 2009, 13:09:37

Arabchadan boshqa tilda azon aytish


Ma’nolarini to‘la ifoda qilsa ham, azon va takbirni arabchadan boshqa tillarda aytish joiz emas.

Qayd etilgan


Robiya  18 Aprel 2009, 13:10:29

Muazzinga oid mustahab amallar

Muazzinning solih kishi bo‘lishi.

Azonning sunnatlarini va vaqtini bilish.

Azonni tahorat bilan aytish.

Azonni tahorat bilan va qiblaga yuzlanib aytish (faqat musofirning miniladigan hayvon yoki transport vositasi ustida bo‘lishi bundan mustasno).

Azon aytayotganida ovozning uzoqroqqa ketishi uchun barmoqlar bilan quloqlarni berkitib olish.

"Hayya alas-solah"ni aytganida yuzini o‘ngga va "Hayya alal-falah"ni aytganida chapga burishi yoki minoradan boshini chiqarish.

Mustahab bo‘lgan vaqtga rioya qilish bilan birga jamoatning namozga yetishuvini o‘ylab azon bilan takbir orasida ozroq kutib turish.

Shuningdek, shom namozida uch qisqa oyat o‘qiladigan yoki uch qadam bosadigan darajada kutiladi.

Qayd etilgan


Robiya  18 Aprel 2009, 13:11:52

Azonning makruhlari

Azon kalimalarini noto‘g‘ri talaffuz qilish yoki qo‘shiqqa o‘xshati` aytish (talqin).
Tahoratsiz azon va takbir aytish.
Junub holatda azon aytish.
Balog‘atga yetmagal bolaning, telba, mast, ayol, fosiq (gunohi kabira qilib, shariat amrlarini bajarmagan kishi) va o‘tirgan shaxslarning azon aytishlari ham makruhdir. Bunday hollarda azonni takror aytish mustahabdir. Takbir takror aytilmaydi. Juma kuni (uzr bilan juma namozini qazo qilganlar) peshin namozi uchun azon va takbir aytishlari makruhdir.

Qayd etilgan


Robiya  18 Aprel 2009, 13:12:12

Qazo namozlarida azon


Qazo namozlarini o‘qish ubhun aron va takbir aytiladi. Bir necha qazo namozini bir vaqtda o‘qish uchun dastlabkisida azon va takbir aytihadi. Qolganlarida azon tark qilinsa ham, takbirni tark qilish makruhdir.

Qayd etilgan


Robiya  18 Aprel 2009, 13:12:53

Azon eshitilganida nima deyiladi?


Azon aytilganida to‘xtab, uni eshitish, azon jumlalarini taqrorlash odobdandir. Faqat Hayya alas-solah" va "Hayya alal-falah"dan so‘ngra (La havla vala quvvata illa billah) hamda bomdod namozida ("As-solatu xoyrum min an-navm") jumlalaridan so‘ng, "Sodaqta va barorta" (to‘g‘ri aytding) yoki "Mashaalloh", (Alloh xohlagan narsa bo‘ladi) deqdi. Azon tamomlagach, muazzin va eshitgan kishilar quyidagi vasila duosini o‘qiydilar:

Allohumma robba hazihid-da’vatit-tammah. Vas-solatil qoimah, ati Muhammadanil variylata val faziylah. Vab’ashu maqomam mahmudanidlaziy va’adtah. Varzuqka shafa’atahu yavmal qiyamah. Innaka la tuxliful mi’ad!

Ma’nosi: "Ey ushbu komil da’vat (azon) va namozning hapiqiy egasi bo‘lgan Allohim! Muhammadga, sollallohu alayhi va sallam, shafoatchilik salohiyatini va oliy martabani bergin. Va u zotni O’zing va’da qilgan Mahmud - jannatidagi eng go‘zal maqomga erishtirsin!



Qayd etilgan


Robiya  18 Aprel 2009, 13:23:44

Namozning shartlari


Namozning durust bo‘lishi uc`un quyidagi shartlar lozimdir:
1. Hadas (tahoratsizlik, junub, hayz va nifos)dan poklanish.
2. Vujud, libos va namoz o‘qiladigan joyning namoz durustligiga mone’ bo‘luvchi najosatlardan pok bo‘lishi, oyoq, qo‘l, tizza va peshona qo‘yiladigan joylarning toza bo‘lishi ham shart.
3. Avrat joylarning to‘silgan bo‘lishi. Yoqa yoki etakdan (avrat joylari) ko‘rinib qolishining zarari yo‘q.

Izoh: Boshqa bir narsa bilan aloqasi, bog‘lanishi bo‘lgan narsa o‘sha boshqa narsaning ichida bo‘lsa, rukn deb ataladi. Masalan, namozda ruku qilish kabi. Agar u o‘sha boshqa narsaga hech bir ta’sir ko‘rsatmay, faqat unga olib boruvchi bo‘lsa, sabab deb nomlanadi. Masalan, namozning farz bo‘lishi uchun vaqtning kirishi kabi. Agar unga olib boruvchi narsa o‘sha boshqa narsaga tayangan bo‘lsa, u shart deb ataladi. Masalan, namozga tahorat qilish kabi. Agar unga tayanmagan bo‘lsa, alomat deyildi. Masalan, namozga azon aytish kabi. Demak, shart narsaning tashqarisida bo‘lib, o‘sha narsaning mavjudligi unga tayangan sababdir. Rukn esa, har qanday bir narsaning ichida bo‘lib, o‘sha narsaning mavjudiyati unga tayangan sababdir.
4.Qiblaga yuzlanish. Makkada Ka’bani ko‘rib turganlar uchun Ka’baning o‘ziga, ko‘ra olmaganlar uchun Ka’ba tomonga yuzlanish farzdir.
 5. Namoz vaqtining kirishi.
 6. Vaqt kirganiga qanoat hosil qilish.
 7. Niyat qilmoq.
 8. Niyatdan so‘ng darhol takbiri tahrima qilish.
9. Takbiri tahrimani tik turgan holda rukuga egilmasdan avval qilish.
10.Niyatni iftitoh takbiridan oldin kilish.
 11.Iftitoh takbirini o‘zi eshitadigan darajada balandroq aytish.
 12. Iqtido qilgan kishining (namozga niyat qilish bilan birga) imomga iqtido qilishga ham niyat qilishi.
 13. Qaysi vaqtning farz yoki vojib namozi o‘qilishini niyat qilish.
 14. Nafl namozlardan boshqa (farz va vojib) namozlarni tik turgan holda o‘qish.
 15. Farz namozlarining ikki rakatida, vitr va nafl namozlarining barcha rakatlarida, Kur’ondan bir oyat bo‘lsa ham qiroat qilish.
 16. Jamoat qiroat qilmaydi. Imom jahran o‘qiganida eshitadi, maxfiy o‘qiganida esa jim turadi. Iqtido qilgan kishining qiroat qilishi tahriman makruhdir.
17.Ruku qilish.
 18. Peshona botib ketmaydigan joyga sajda qilish. Paxta, somon, guruch, tariq va shunga o‘xshash narsalar ustiga sajda qilish durust emas. Chunki bunda peshona barqaror bo‘lmaydi. Agar bu narsalar maxsus qopga joylangan bo‘lsa ham, sajda qilayotganida peshona bilan burunning qattiq joyini yerga tekkizish vojibdir. Faqat burunning o‘zini yerga qo‘yish, peshonada biror uzb bo‘lmasa, joiz emas.
 19. Sajda qilinadigan joyninf oyoqlar turgan joydan yarim ziro’daf (taqriban 25 sm) baland bg‘lmaslhgi. Yarim ziro’dan baland joyga sajda qilish joiz emas. Faqat joy torligi tufayli ayni namozni o‘qiyotgan boshqa kishining yelkasiga sajda qilish mumkin.
20.Sahdada iiki qo‘l kaftini, ikki tizzani, ikki oyoq barmoqlari uchini yerga qo‘yish, (oyoqlarning (yoka oyoq barmoqlapining) ustini yerfa tekkizish joiz emas)
21.Rukuni sajdadan avval qilish.
 22. Birinchi sajdadan so‘ng boshini ko‘tarib, o‘tirishga yaqin holda oz fursat turish.
 23. Ikkinchi sajdani ado etish (ikkinchi sajda ham birinchi sajda kabi farzdir).
 24. Namoz so‘ngida "Attahiyyatu" (tashahhud o‘qish miqdoricha o‘tirish.
Izoh: Bu hukm Ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, Payg’ambarimizdan, sollallo`u alayhi va sallam, rivoyat qilgan hadisi sharifdan chiqarilg`n, ya’fi, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sall!m, Ibn Mas’udga, roziyallohu anhu, "Attahiyyatu "ni o‘rgatgach, "Buni o‘tirib o‘qiganingdan so‘ng namoxingni tamomlaean bo‘lasan", deb namo:ni tamomlash tashahhud o‘qishiga yoki shuncha miqdor o‘tirishga bog‘liq ekanini bayon qiladilar.
25.Namozning barcha arkonlarini uxlamay ado qilish.
26.Namozning sqnnat va farzlarini bir-biridan `jpata bilish, uning shakl va harakatlarini bilish. Farz namozining farr ekaniga ishonish, toki farz namozni naf; sifatida o‘qimasin.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:22:27

Namozning ruknlari

Yuqorida azon qilingan shartlardan quyidagilari namozning ruknlari hisoblanadi:
1.Qiyom (tik turmoq).
2.Qiroat
3.Ruku.
4.Sajda.

Izoh: Namoz ibodatlarning eng fazilatlisi bo‘lsa, sajds namozning eng muhim ruknidir. Payg‘aibarimiz, sollallohu alayhi ta sallam, sajda haqida shunday deydilar: "Banda ning Parvardigoriga eng yaqin bo‘lgan payti sajda holatidir Sajda qilgan holda Allohga ko‘p-ko‘p duo qilinglar". Sajds holida jonfing manmanlik va ustunlik da’volarini tashlab, kamtarinlik ramzi bo‘lgan tuproqqa teng joylashuvi Alloh huzurida e’tiborlidir. Ibodatlarninc eng muhimi bo‘lgan, namoz, insonning nafs va shayton vasvasa qilayotgan manmanlik va kibr-havo tuyg‘ularidan qutulib, buyuk Parvardigory xuzurida o‘zining ojiz va zaif banda ekanini tan olishidir. Namoz mo‘minning me’rojidir va uning eng fazilatlisi xushu’-xuzu’, ichida tavoze’ bilan ado qilinganidir.
5.Oxirgi qa’dada kamida tashahhud o‘qish miqdoricha o‘tirish.
Izoh: Namoz shartlarining bir qismi (tahorat qilish, avrat joylarini yopish, qiblaga yuzlanish, vaqtning kirishi, niyat, iftitoh takbiri kabi) namozni boshlashning durustligi shartlari, qolgani esa namozni davom ettirish durustligining shartlaridir.

Qavilmagan kiyimning bir tarafi harom bo‘lsa, ikkinchi toza tarafini to‘shab, ustida namoz o‘qish joizdir.
Namoz o‘qiyotgan kishi sallasining ikki uchidan biri iflos bo‘lsa, uni pastga osiltirib, toza tomonini boshida qoldirsa, harakatlanganida toza tomonning iflos uchy qimirlamasa, (bunday salla bilan o‘qilgan) namoz joizdir. Agar bunda sallaning iflos uchi ham qimirlasa, u bilan namoz o‘qish joiz emas. Chunki toza tomoni harakatlanganida sallaning iflos uchi qimirlasa, u sallaning asosiy qismidan hisoblanadi. Kishining libosida namozga mone’ bo‘ladigan miqdorda najosat bo‘lib, uni ketkazishga suv yoki biror boshqa suyuqlik topa olmasa, o‘sha holatda namoz o‘qiydi. Suv topilsa, namozni qayta o‘qishi shart emas.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:23:44

Avrat joylarini yopa olmagan kishining namozi

"Avrat" so‘zining lug‘aviy ma’nosi ayb, kamchilik demoqdir. Boshqalarga ko‘rsatish yoki ularga qarash jirkanch va uyat bo‘lgani uchun insonning ba’zi joylari avrat deyiladi.

Avrat joylarni belgilashga ko‘ra insonlar uch qismga ajratiladi:
1.Xoh ozod, xoh qul bo‘lsin, erkaklarning kindigidan tizzasining ostigacha bo‘lgan qismi avratdir. Tizzasining ko‘zi ham avrat hisoblanadi.
2.Joriyalarning, erkaklarda avrat hisoblangan joylari bilan bir qatorda, qorni va orqasi ham avratdir.
3.Ozod ayollarning yuzi, qo‘li va oyoqlaridan (to‘piqdan pasti) tashqari butun vujudlari tamomi avratdir. Kiyim ostidan tananing rangi ko‘rinib tursa, avrat berkitilgan hisoblanmaydi. Olimlarning fikriga ko‘ra, avrat joylarning avratligi ularning egasi uchun bo‘lmay, balki boshqalar uchundir. Masalan, namoz davomida boshqalar qarashi harom bo‘lgan a’zoga kishining nazari tushsa, namozga Hech zarar yetmaydi.

Izoh: Rivoyat qilishlaricha, Oyisha, roziyallohu anho, shunday degan ekanlar: "Shuncha yil birga hayot kechirib, na men u zotning avrat joyini ko‘rdim, na u zot mening avratimni ko‘rdilar". Ajabo, bugungi kunda shunday zarofat sohibi bo‘lgan Payg‘ambarning, sollallohu alayhi va sallam, diniga mansub bo‘lganlardan necha kishi bu xususda ul zotning Haqiqiy ummati bo‘lishga loyiq ekan-a?

4.Ipak, quruq hashak yoki loy bo‘lsin, avrat joylarini berkitadigan bir narsa topa olmagan kishi, o‘sha holatda Namozini o‘qiydi va keyinchalik uni takror o‘qimaydi.
5.Biror shaxsning ruxsati bilan bo‘lsin, avrat joyini berkita oladigan to‘rtdan bir qismi toza bir narsani top-gan kishining avratini yopmasdan namoz o‘qishi joiz emas.
6.Agar u topgan narsaning to‘rtdan bir qismidan kam qismi pok bo‘lsa, xohlasa, avratini yopib, xohlasa avratlari ochiq holda namozini o‘qishi mumkin.
7.Butunlay iflos kiyim bilan namoz o‘qish yalang‘och holda namoz o‘qishdan afzalroqdir.
8.Avrat joyining bir qismini yopishga yetadigan narsa topgan kishining undan foydalanishi vojibdir. Hech bo‘lmasa, oddiy va orqasini berkitadi. Faqat bir tomonini yopishya ga yetadigan bo‘lsa, (ruku va sajdada nojo‘ya holat bo‘lgani uchun) orqasini, ba’zi olimlarga ko‘ra esa, (qiblaga qaragani uchun) oldini berkitadi

Qayd etilgan