Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307296 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 33 B


Robiya  19 Aprel 2009, 10:24:21

Yalang‘och kishilarning namozi
 
Yalang‘och kishilar oyoqlarini qibla tarafga uzatib, namozini o‘tirgan holda o‘qishi, ruku va sajdalarni bosh ishorasi bilan ado etishi mustahabdir. Yalang‘och kishi tik gurgan holda namoz o‘qiydigan bo‘lsa, ruku va sajdalarni bosh ishorasi bilan yoki to‘liq ado etishi durustdir.

Avrat. Erkakning avrat joyi kindik ostidan tizzasining ostigachadir. Joriyalarning esa, bunga qo‘shimcha qorni va orqasi ham avratdir. Hur ayollarning yuzi, qo‘llari va qadamlaridan tashqari butun vujudi avratdir.

Avrat joylarning ochilishi. Avrat joylardan birining to‘rtdan bir qismi ochilsa, namoz durust bo‘lmaydi. Alohida-alohida avratlardan biroz-biroz ochilib, to‘plami eng kichik avrat joyining to‘rtdan biriga teng bo‘lsa ham, namoz durust bo‘lmaydi. Agar kam bo‘lsa, namozga mone’ emas.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:24:58

Qiblaga yuzlanish


1.   Kasalligi tufayli yoki mingan hayvonidan tusha olmasligi yoki biror dushmandan qo‘rqqani uchun qiblaga yuzlana olmaydigan kishining qiblasi kuchi yetgan va u xotirjam bo‘lgan tarafdir.
2.   Namoz o‘qiydigan kishi qibla tomondan shubha qilsa-yu, yonida aytib beradigan kishi yoki mehrob bo‘lmasad izlanadi va qalbi qaysi tomonga moyil bo‘lsa, o‘sha tomonga qarab namoz o‘qiydi.
3.   Keyinchalik yanglish tomonga yuzlanganini anglasa ham, namozini takror o‘qimaydi.
4.   Agar namoz davomida xato qilganini anglasa, to‘g‘ri tomonga yuzlanib, namozni davom ettiradi.
5.   Qiblani surishtirmay namozni boshlagan bo‘lsa, namozni tugatgach, qiblani to‘g‘ri topgani aniq bo‘lsa, namozi durust bo‘ladi.
6.   Qiblani surishtirmay, izlamay namoz boshlab, to‘g‘ri topganini namoz davomida anglasa, namozi buziladi. Shuningdek, qiblani to‘g‘ri topganini aslo bilmaganida ham namozi fosid bo‘ladi.
7.   Korong‘u joyda bir jamoatdan har bir kishi o‘zicha qiblani qidirib, qalbi moyil bo‘lgan tomonga yuzlanib jamoat bilan namoz o‘qisa, ular imomning qaysi tomonga yuzlanganini bilmasalar ham (imomdan oldinga o‘tib ketganlaridan boshqa, barchasining) namozi durustdir.

Izoh: Bu xususda Amr ibn Uqba shunday deydi: "Qorong‘u bir tunda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bilan birga edik. Hamma qalbi moyil bo‘lgan tomonga yuzlanib, namoz o‘qirdi. Ertasiga bu holatni Alloh Rasuliga eslatdik. Shunda, "Qaysi tomonga yuzlansangiz, Allohni o‘sha tomonda topasiz " mazmunidagi oyati karima nozil bo‘ldi.
Qiblani qidirib, to‘g‘ri tarafga yuzlanish, iflos suv idishlari ichidan tozasini yoki iflos kiyimlar orasidan tozasini qidirishga o‘xshamaydi. Libos va suv idishlarini toza deb tanlab olinganidan so‘ng, iflos ekani ma’lum bo‘lsa, ular bilan o‘qilgan namozlarni takror o‘qish shart bo‘ladi. Ammo qibla bunday emasdir. Qibla islomiyatning dastlabki yillari Baytul Maqdis edi. Keyinchalik Ka’ba qibla bo‘ldi, Baytul Maqdisning hech bir fazilati bo‘lmaganida Alloh taolo musulmonlarning namozda u tomonga yuzlanishlariga ruxsat berarmidi?Demakki, qiblaning asosi ma’lum bir tomonga yuzlanish emas, balki o‘sha tomonlarning Yaratuvchisi va haqiqiy egasi Allohga yuzlanishdir.


Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:25:34

Namozning vojiblari


Namozning o‘n sakkizta vojiblari bor:
1.   Fotiha surasini o‘qish.
2.   Farz namozlarining ikki rakatida, vitr vojib va nafl (sunnat) namozlarning barcha rakatlarida, Fotiha surasidan so‘nt qisqa bir sura yoki uchta qisqa oyat o‘qish.
3.   Farz namozlarning birinchi va ikkinchi rakatlarida qiroat qilish. Farz namozlarning ikki rakatida qiroat qilish farz bo‘lsa, birinchi va ikkinchi rakatda qiroatni qilish vojib.
4.   Fotiha surasini zam suradan avval o‘qish.
5.   Sajdada peshona bilan birga burunni yerga tekkizish.
6.   Har rakatning ikkinchi sajdasini namozning boshqa rukniga o‘tmasdan avval qilish.
7.   Namozning ruknlarini itmi’non bilan (o‘rinlatib, shoshmay) ado etish.
8.   Uch va to‘rt rakatli namozlarda qa’dai uula — oldingi qa’dani bajarish.
9.   Oldingi qa’dada tashahhud o‘qish.
10.   Oxirgi qa’dada tashahhud o‘qish.
11.   Dastlabki qa’dada tashahhud o‘qigach, darhol uchinchi rakatga turmoq.

Izoh: Birinchi tashahhuddan so‘ng, uchinchi rakatga turmasdan, namoz ruknlaridan birini bajara oladigan miqdorda kechiksa, farz bo‘lgan turishni kechiktirgani uchun sahv sajdasi qilish zarur. Faqihlar, kishi birinchi tashahhuddan so‘ng, "Allohumma solli ‘ala Muhammad... "desa, farzni kechiktirgan hisoblanadi va sahv sajdasi qilishi lozim deganlar.

12.   Namoz so‘ngida salom berish.
13.   Vitr namozida Qunut duosini o‘qish.
14.   Hayit namozida vojib takbirlarni aytish.
15.   Barcha namozlarni "Allohu akbar" bilan boshlash.
16.   Hayit namozining ikkinchi rakatida ruku takbirlarini aytish.
17.   Jamoat bilan o‘qilgan jum’a, hayit va Ramazonda tarovih, vitr namozlarining har rakatida, bomdod, shom hamda xufton namozlarining dastlabki ikki rakatida jahran (baland ovozda) qiroat qilish.
18.   Jamoat bilan o‘qilgan peshin va asr namozlari-ning barcha rakatida, shom namozining uchinchi hamda xufton namozining uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida, kunduzi o‘qilgan xufya nafl (sunnat) namozlarning har rakatida xufya, faqat o‘zi eshitadigan darajada qiroat qilmoq. Yolg‘iz namoz o‘qigan kishi imom jahran o‘qiydigan (bomdod, shom va xufton) namozlarida nafl namoz.o‘qigan kishidek, xohlasa xufya, xohlasa jahran qiroat qiladi.

Xufton namozining birinchi va ikkinchi rakatlarida zam surani tark qilgan kishi, uchinchi va to‘rtinchi rakatlarda Fotihadan so‘ng jahran zam sura o‘qiydi, ammo faqatgina Fotihani tark etgan bo‘lsa, oxirgi rakatlarda uni takrorlamaydi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:26:13

Namozning sunnatlari


Quyidagilar namozning sunnatlaridir:
1.   Takbiri tahrima uchun erkaklar va joriyalarning qo‘llarini quloqlarining yumshoq joyigacha va ozod ayollarning qo‘llarini yelkalarigacha ko‘tarishlari.
2.   Takbiri tahrima uchun qo‘llarni ko‘tarayotganida barmoqlarni o‘z holicha erkin tutish.
3.   Imomga iqtido qilgan kishining takbiri tahrimani imomdan so‘ng darhol aytishi.
4.   Erkaklar uchun takbiri tahrimadan so‘ng qo‘llarini yonlariga tushirmay, o‘ng qo‘lining bosh va kichkina barmoqlarini chap bilakka halqa shaklida o‘tkazish va o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘lining ustiga qo‘yib, kindik ostida tutish.
5.   Ayollarning o‘ng qo‘l kaftini chap qo‘l kafti ustiga qo‘yib, ko‘kraklari ustida tutishlari.
6.   Dastlabki rakatda sano o‘qish.
7.   Dastlabki rakatda sanodan so‘ng Fotihani boshlashdan avval taavvuz aytish.
8.   Har bir rakatda Fotihadan avval "Bismilloh" aytish.
9.   Fotihadan so‘ng yashirin "Omin" demoq.
10.   Imomga iqtido qilgan va yolg‘iz namoz o‘qigan kishining "Sami’allohu liman hamidah" degach, tahmid — "Robbana lakal hamd" aytishi.
11.   Sanoni, taavvuzni, Bismillohni, Fotihadan so‘nggi Ominni va tahmidni xufya aytish.
12.   Takbiri tahrima aytayotganida boshni egmay tik turish.
13.   Imomning takbirlar va "Sami’allohu liman hamidah"ni jahran aytishi.
14.   Qiyomda ikki oyoq orasini to‘rt barmoq kengligida tutish.
15.   Muqim kishi uchun bomdod va peshin namozlarida tivoli mufassaldan, asr va xufton namozlarida avsati mufassaddan, shom namozida qisari mufassaldan zam sura o‘qish.


Izoh: Hujurot surasidan Buruj surasigacha tivoli mufassal; Buruj surasidan Bayyina surasigacha avsati mufassal, Bayyina surasidan Qur’oni karimning oxirigacha bo‘lgaya suralar qisari mufassal deyiladi.
Musofirlar xohlagan surani o‘qiyveradilar.

16.   Bomdod namozining ikkinchi rakatida birinchi rakatdagidan ko‘ra qisqaroq zam sura o‘qish.
17.   Ruku qilayotganida takbir (Allohu akbar) aytish.
18.   Rukuda uch marta "Subhanna robbiyal azim" deyish.
19.   Rukuda tizzalarini qo‘llari bilan ushlamoq.
20.   Erkaklarning rukuda tizzalarini barmoqlar orasini ochiq tutgan holda, ayollarning esa barmoqlar orasini ochmay ushlashlari.
21.   Rukuda erkaklarning tizzalarini to‘g‘ri tutishlari (ayollar biroz egib turadilar).
22.   Rukuda orqani tekis tutish.
23.   Rukuda boshni to‘g‘ri, orqa bilan bir tekisda tutish.
24.   Rukudan turish.
25.   Rukudan tik bo‘lgach, a’zolar halovat topgunicha biroz turmoq.
26.   Sajdaga borishda avval tizzalarni, so‘ngra qo‘llarni, so‘ng esa yuzni yerga qo‘yish.
27.   Sajdadan turishda buning aksini qilmoq.
28.   Sajdaga borishda takbir aytish.
29.   Sajdadan turishda takbir aytish.
30.   Ikki qo‘lning orasiga sajda qilmoq.
31.   Sajdada uch marta tasbeh (Subhana robbiyal a’la) aytish.
32.   Sajdada erkaklarning qornini sonlardan uzoqroq tutishlari.
33.   Sajdada erkaqlarning tirsaklarni yonlaridan uzoq-roq tutishlari.
34.   Erkaklarning sajdada bilaklarni yerdan uzoq tutishlari.
35.   Ayollarning sajdada qo‘llarini yonlariga, qorinlarini sonlariga tekkizib turishlari.
36.   Sajdadan bosh ko‘tarish.
37.   Ikki sajda orasida o‘tirmoq.
38.   Ikki sajda orasidagi o‘tirishda qo‘llarni tashahhuddagidek tizzalar ustiga qo‘ymoq.
39.   Ikki sajda orasidagi o‘tirishda va tashahhud o‘qishda erkaklarning chap oyoqlarini yoyib, o‘ng oyoqni barmoqlar uchini qiblaga qaratib, tik tutgan holda, chap oyoq ustiga o‘tirishlari.
40.   To‘rt rakatli farz namozlarining uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasini o‘qish.
41.   Qa’dai oxirda Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot aytish.
42.   Salavotdan so‘ng Qur’on va hadis lafzlariga o‘xshash jumlalar bilan duo qilish.
43.   Salom berishda boshni avval o‘ng, keyin chap tomonga burish.
44.   Imomning har ikki tomonga salom berayotganida jamoatni, himoya qiluvchi farishtalarni va solih jinlarni niyat qilish.
45.   Iqtido qilgan kishining, imom o‘ng tomonda bo‘lsa, o‘ngga bergan, chapda bo‘lsa, chapga bergan, oldida bo‘lsa har ikki tomonga bergan salomida imomni, jamoatdagi birodarlarini, himoya qiluvchi farishtalarni va solih jinlarni niyat qilishi.
46: Yolg‘iz namoz o‘qigan kishining salomlarda faqat farishtalarni niyat qilish.
47.   Imomning ikkinchi salomni birinchisiga nisbatan pastroq ovozda berishi.
48.   Jamoat salomini imomning salomiga ergashtirishi.
49.   Salomni o‘ngdan boshlamoq.
50.   Namozga kech kelgan masbuq kishining imom namozdan chiqishini (ikkinchi salomni ham berishini) kutishi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:26:30

Namozning odoblari

1.   Erkaklarning takbiri tahrima aytishda qo‘llarini ko‘ylakning yengidan chiqarishlari.
2.   Qiyomda sajda qiladigan joyga, rukuda oyoq ustiga, sajdada burunga, qa’dalarda ko‘krakka va salom berayotganida yelkaga qaramoq.
3.   Iloji boricha yo‘talmaslikka harakat qilish.
4.   Esnash kelganida og‘izni ochmaslik.
5.   Muazzin "Hayya alas solah" deganida namozga turish.
6.   Muazzin "Qod qomatis-solah" deganida imomning namozni boshlashi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:27:11

Namoz o‘qish tartibi

Erkaklar namozni boshlamoqchi bo‘lsalar dilda uni o‘qishni niyat qilib qo‘llarini yenglaridan chiqargan holda, quloqlar yumshog‘igacha ko‘tarish bilan birga "Allohu akbar", deb tahrima takbirini aytadi (bunda takbirdagi "a" tovushlari cho‘zilmaydi. So‘ng kechiktirmay, qo‘llarini — o‘ng qo‘lini chap qo‘lining ustida tutgan holda kindigining ostiga qo‘yadi. So‘ngra sano tasbehini o‘qiydi:
Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va taa’la jadduka va la ilaha g‘oyruk.

Ma’nosi: "Allohim!Sening noming muborakdir. Shon-sharafing ulug‘dir. Sendan o‘zga iloh yo‘qdir".

Sano doimo namoz boshlanayotganida o‘qiladi. So‘ngra qiroat qilish uchun taavvuz aytiladi. Namozga kechikib kelgan kishi ham taavvuz aytishi lozim. Imom hayit namozlarida taavvuzni takbirlardan so‘ng aytadi. Chunki takbirlardan so‘ng qiroat qilinadi. Keyin xufya "Bismilloh" aytiladi. "Bismilloh" har rakatda Fotiha surasidan avval aytiladi. Fotiha surasi o‘qilgach, imom va muqtadiy ichlarida "Omin" deydilar.

Bundan so‘ng imom yoki yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi bir sura yoki uch qisqa oyat o‘qiydi. Jamoat imom jahran o‘qiyotganida, Fotiha surasi tamom bo‘lgach, yashirincha omin deydi. So‘ngra (har bir namozxon) takbir aytib, a’zolar halovat topgan holda, ruku qiladi.

Rukuda bosh bilan orqasini bir tekis tutadi, barmoqlari orasini ochgan holda tizzalarini ushlaydi va kamida uch marta — "Subhana robbiyal ‘azim", deb tasbeh aytadi.

So‘ngra xoh imom bo‘lsin, xoh yolg‘iz o‘qiyotgan bo‘lsin, "Samiallohu liman hamidah", deb rukudan boshini ko‘taradi va tik turadi.Muktadiy esa, faqatgina "Robbana lakal hamd", deydi.

So‘ngra "Allohu akbar" deb sajdaga boradi: avval tizzasini, so‘ngra qo‘llarini va yuzini, peshonasini va burnini ikki qo‘lining orasiga olgan holda yerga qo‘yadi: bu holda qaror topgach, kamida uch marta "Subhana robbiyal a’la" — deb tasbeh aytadi. Sajdada qo‘l va oyoq barmoqlarini qibla tomonga yo‘naltiradi, tiqilinch bo‘lmagan paytlarda qornini sonlaridan, tirsaklarini yonla-ridan uzoqroq tutadi. Ayollar sajda qilayotganida qo‘llarini yonlariga yopishtirib, qorinlarini sonlariga tekkizadilar.

So‘ngra "Allohu akbar" deb, boshini sajdadan ko‘taradi va a’zolar qaror topgunicha o‘tiradi. Ikki sajda orasida barmoqlari uchini tizza bilan teng holda oyoq ustiga qo‘yadilar. Keyin yana "Allohu akbar", deb ikkinchi sajdaga boradilar va xuddi avvalgidek, kamida uch marta tasbeh aytadilar. So‘ng yana "Allohu akbar", deb, avval boshini, so‘ng qo‘llarini, keyin esa tizzalarini ko‘taradilar. Turayotib, yerga tayanish yoki o‘tirib olishmumkin emas.

Ikkinchi rakat ham aynan birinchi rakat kabi o‘qiladi. Faqat sano va taavvuz aytilmaydi.


Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:27:46

Qo‘lni ko‘tarish sunnat bo‘lgan holatlar


1.   Barcha namozlarni boshlashda.
2.   Vitr namozining qunut duosi takbirida.
3.   Hayit namozining ziyoda takbirlarini aytishda.
4.   Hojilar Ka’bani ko‘rganlarida.
5.   Hajarul Asvadni istilom (ishora) qilib, qo‘llarini o‘pishda.
6.   Safo va Marvaga chiqishda.
7.   Arafot va Muzdalifada vuquf qilishda.
8.   Minoda birinchi va o‘rtanchi aqabalarga tosh otib bo‘lgach.
9.   Barcha namozlardan so‘ng tasbehdan avval duo qilish uchun qo‘llarni ko‘tarish sunnatdir.

Ikkinchi rakatning sajdalaridan so‘ng namoz o‘qiyotgan kishi chap oyog‘ini to‘shab ustiga o‘tiradi va o‘ng oyog‘i barmoqlarini qibla tomonga yo‘nalgan holda tikka qiladi. Qo‘llarni barmoqlarini erkin tutib tizzasining ustiga qo’yadi. Ayollar sonlarining ustiga o‘tirib, oyoqlarini o‘ng tomonga chiqaradilar. So‘ngra tashahhud o‘qiydilar.

Dastlabki qa’dada tashahhudga hech narsa qo‘shilmaydi.

Farz namozlarning uchinchi yo to‘rtinchi rakatlarida faqat Fotiha surasini o‘qiydi. So‘ngra ruku, sajda qili tashahhud o‘qigach, Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi v sallam, salavot aytadi. So‘ngra Qur’on va hadisdan olingan jumlalar bilan duo qiladi. ("Robbana atina" va "Al lohummag‘firliy" ga o‘xshash). So‘ngra yuqorida aytilgan tartibda o‘zi bilan birga jamoatni va himoya qiluvchi farish talarni niyat qilgan holda, avval o‘ngga, keyin chapga "As salomu alaykum va rahmatulloh" deb salom beradi.


Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:28:33

Imomlikiing hukmi

Imomat azon aytishdan ham fazilatliroqdir. Jamoa bilan namoz o‘qish hech qanday uzri bo‘lmagan barcha erkak lar uchun ta’kidlangan sunnatdir.

 

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:28:53

Imomning durust bo‘lish shartlari

Sog‘lom erkaklarning imom bo‘lishi uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi lozim:
1.   Imomning musulmon (komil imon egasi) bo‘lishi.
2.   Balog‘atga yetgan kishi bo‘lish.
3.   Aqdli bo‘lishi.
4.   Erkak bo‘lishi (ayollarning erkaklarga imom bo‘lishi joiz emas).
5.   Namoz sahih bo‘ladigan darajada Qur’oni karimdan yodo‘qiy olishi.
6.   Uzrli bo‘lmasligi, duduq bo‘lmasligi. Tahorat va satri avrat kabi namozning boshqa shartlariga ham ega bo‘lishi kerak.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:30:40

Imomga iqtido qilish haqida turli masalalar


Tahoratlining tayammum qilganga, suv bilan oyog‘ini yuvgan kishining mahsiga mash tortganga, tik turib namoz o‘qiganning o‘tirib namoz o‘qiganga va bukri bo‘lmagan kishining bukri imomga, bosh ishorati bilan namoz o‘qigan kishining o‘zidek bosh ishorasi bilan o‘qiganga hamda nafl namoz o‘qiyotgan kishining farz namoz o‘qiyotgan kishiga iqtido qilishi joizdir.

Imomda namozni buzadigan holat yuz bergan bo‘lsa, jamoat namozni takroran o‘qishi lozim. Namozida biror nuqson ro‘y bergan imom jamoatga namozni takror o‘qish zaruratini ma’lum qilishi kerak.

Qayd etilgan