Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307302 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 33 B


Robiya  19 Aprel 2009, 10:35:45

Namoz o‘qiyotgan kishiga makruh bo‘lmagan narsalar

1.   Namozni boshlashdan avval kishining belbog‘ini yax shilab bog‘lashi.
2.   Osilib turishi xalaqit bermasa, beliga qilich va shun-ga o‘xshash narsalarni taqish mumkin (agar xalaqit bersa makruhdir).
4. Qur’onga yoki osilib turgan qilichga, oldida o‘tirga kishining orqasiga, shamga yoki qandilga qarab namoz o‘qish.
5.   Jonli narsaning rasmi bo‘lgan gilamda rasmni bosib, namoz o‘qish.
6.   Namozda yuzini qibladan burmay ko‘z qiri bilan qarash va namozni (qattiq) gilam, palos va kigizga o‘xshash narsalar ustida o‘qish.
7.   Yerda yoki yerdan chiqqan narsadan bo‘lgan mato ustida namoz o‘qish afzaldir.
8.   Nafl namozlarning bir rakatida bir zam surani ikki bor o‘qish makruh emas.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:36:20

Namozni buzish lozim bo‘lgan va bo‘lmagan hollar

1.   Qiyin ahvolda qolgan kishining yordam so‘rab chaqirishini eshitganida, yordam berish maqsadida namozni buzish vojibdir.
2.   Bir dirham kumush qiymatida bo‘lgan narsaning, boshqa kishiniki bo‘lsa ham, o‘g‘irlanishidan qo‘rqqan paytda, namozni buzish joizdir.
3.   Farz namoz o‘qiyotgan kishining ota-onasidan biri chaqirganida namozni buzishi joiz emas.
5.   Bolaning o‘lib qolishidan qo‘rqqan enaganing namoz o‘qiyotgan bo‘lsa, uni buzishi vojibdir, o‘lim xavfi bo‘lmagan paytda ham, enaganing vaqti kirgan namozni kechiktirib, bola bilan mashg‘ul bo‘lishining zarari yo‘q.
6.   Musofir o‘g‘rilar yoki qaroqchilardan qo‘rqqanida namozni kechiktirishi mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:37:02

Takrorlash uchun savollar

1.   Namozni ta’riflab bering, farz bo‘lishining shartlarini, sabablarini va qachon farz bo‘lishini tushuntiring.
2.   Namoz vaqtlarining avvalini va oxirini ayting. Ikki farz namozini qachon bir vaqtda jam qilib o‘qish Mumkin?
3.   Namoz o‘qish durust bo‘lmagan, makruh va mustahab bo‘lgan vaqtlarni ayting.
4.   Azonning hukmini, shaklini, arabchadan boshqa tillarda azon aytishning hukmini ayting.
5.   Muazzin uchun mustahab bo‘lgan holat nima? Kimlar nyng azon aytishi makruhdir? Azon eshitilganida unga javoban nima deyiladi?
6.   Namozning ruknlarini, durust bo‘lish shartlarini, namozning davomi uchun zarur shartlarini bayon qiling.
7.   Astari iflos kiyim ustida namoz o‘qish qachon joiz bo‘ladi? Yalang‘och kishi qanday namoz o‘qiydi?
8.   Namozning vojib va sunnatlaridan 15 tadan aytinya Quyidagilar orasidan sunnat va odoblarini ajratib bering: yo‘talni to‘xtatib turish, rukuga borish uchun takbir aytish. hadis ifodalariga o‘xshash so‘zlar bilan duo! qilish, muazzin "Hayya alal falah" deganida o‘rnidan turnsh, imomning "Allohu akbar" va "Samiallohu liman? hamidah"larni ovozini chiqarib aytishi.
9.   Imomlikni ta’riflab, sahih bo‘lish shartlarini, iqtido qilish shartlarini, jamoat bilan namoz o‘qnmaslik muboh bo‘lgan holatlarni sanab bering.
10.   Jamoat bilan namoz o‘qishning xukmini ayting.
11.   Qobiliyatli va martabali olimlardan jamoatga kelganida kim imomlikka eng loyiq kishi bo‘ladi? Imom bo‘lish makruh bo‘lgan kishilar kimlar? Namozxoilar qanday saf tutadilar? Yalang‘och kishilar qapday namoz o‘qiydplar?
12.   Namozni buzadigan, makruh bo‘lgai narsalardan 15 tadan sanab bering va namozxon uchun makruh narsalarning yettitasinp ayting.
13.   Namozni buzish qanday holatda vojib, qanday holatda joiz bo‘ladi

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:38:27

VITR NAMOZINING HUKMI VA O‘QILISH TARTIBI

Vitr bir salom bilan uch rakat o‘qiladigan vojib namozdir. Barcha rakatlarida Fotiha va zam sura o‘qiladi. Ikkinchi rakatidan so‘ng o‘tiriladi va faqatgina "Attahiyotu" o‘qiladi. Uchinchi rakatga turilgach, sano o‘qilmaydi. Fotiha "va zam sura o‘qilgach, qo‘llar quloqning yumshoq joyiga ko‘tarilib takbir aytiladi. So‘ngra qo‘llar pastga qo‘yib yubormasdan yana bog‘lanadi. Qiyomda, rukudan avval Qunut duosi (butun yil bo‘yi) o‘qiladi (vitrdan boshqa namozlarda o‘qilmaydi).

Izoh: Qunut duosi Imomi A’zamdan, rahmatullohi alayh, ham farz, ham vojib, ham sunnat ekanligi rivoyat qilingan. Olimlar mazkur rivoyatlarni birlashtirib, bajarilishi farz, ishonib e’tiqod qilinish vojib, sobit bo‘lishi (hadislarda zikr etilgani unun) sunnat deganlar.

Butun yil bo‘yi deyishimiziing sababi shuki, Hanafiy mazhabmda "Qunut "duosi o‘qishni shofe’iylardagi "Qunut "duosiga aralashtirib yubormaslik uchundir.

Ma’lumki, Shofe’iy mazhabida faqatgina Ramazon oyining o‘n beshinchi kunidan so‘ng vitr namozida Qunut duosi o‘qiladi. Yil davomida esa bomdod namozi farzining ikkinchi rakatida rukudan so‘ng ham Qunut duosi o‘qiladi. Shofe’iylarga ko‘ra, Qunut duosini o‘qshi sunnati muakkadadir.


Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:39:10

Qunut duosi

Allohumma inna nasta’inuka va nastag‘firuk. Vanu’minu bika va natavakkalu ‘alayka va nusniy ‘alaykal xoyr. Kullahu nashkuruka va la nakfuruk. Va naxla’u va natruku may-yafjuruk.

Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjug‘u va ilayka nas’a va nahfidu narju rohmatak(a). Va naxsha ‘azabaka inna ‘azabaka bil kuffari mulhiq.

Ma’nosi: "Allohim! Faqatgina sendan yordam so‘raymiz, bizni to‘g‘ri io‘lga hidoyat qiliiishgni tilaymiz. Sendan gunohlarimizni magfirat qilishingni so‘raymiz va senga tavba qilamiz. Senga imon keltiramiz va tavakkal qilamiz. Senga hamd aytamiz va doimo yaxshilik bilan zikr qilamiz. Seiga shukr qilamiz va hsch qaysi ne’matingni inkor qilmaymiz. Kufrdan va senga xush kelmaydigan barcha narsalardan) o‘zimizni uzoq tutamiz. Sening rizoligingga zid harakat qilganlarni tark etamiz.

Allohim! Faqatgina Senga ibodat qilamiz, faqatgina Sen uchun namoz o‘qiymiz. Faqat Sengagina sajda qilamiz. (Amalda bizni Senga yaqinlashtiradigan narsalarni qo‘lga kiritish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilib), senga talpinamiz. Rahmatingni umid qilib, azobingdan qo‘rqamiz. Muhaqqaq ishonamizki, Haq bo‘lgan azobing kofirlargadir "
.

Qunut duosini imom ham, iqtido qilgan jamoat ham ichida o‘qiydi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:39:47

Qunut duosi haqida turli hukmlar


1.   Qunut duosini yaxshi bilmagan kishi uch marta "Allohummag‘firliy" deydi yoki "Robbana atina fiddunya" duosini o‘qiydi yoki uch marta "yo Robbiy" deydi.
2.   Agar bomdod namozida imom (Shofe’iy mazhabidan bo‘lib) qunut duosini o‘qisa, unga iqtido qilgan hanafiy mazhabidagi jamoat qo‘llarini yonga tashlab, sukut saqlaydi.
3.   Vitr namozininguchinchi rakatida qunutduosi o‘qishni unutib, rukuda yoki rukudan turgach, eslagan kishi (qaytib) qunut duosini o‘qimaydi. Namoz so‘ngida Qunut duosini tark etgani uchun sajdai sahv qiladi. Agar rukudan qaytgach, Qunut duosini o‘qisa, rukuni takrorlamaydi. Faqat qunut duosining o‘qilish o‘rnini o‘zgartirgani uchun saj dai sahv qiladi.
4.   Muqtadiy Qunut duosini o‘qib bitirmasdan yoki hal boshlamasdan imom rukuga borsa, (u) imom bilan birga ruku qilishini o‘tkazib yuborishidan qo‘rqsa, (Qunutni o‘qimasdan) imomga iqtido qiladi. Imom Qunut duosini o‘qimasdan rukuga borsa, muqtadiy agar duo o‘qisa, imomgaS rukuda yetisha olsa, yolg‘iz o‘zi Qunut duosini o‘qiydi, aks holda imomga ergashadi. Vitr namozining uchipchi rakatining rukusida jamoatga qo‘shilgan kishi (ya’ni masbuq) Qunut duosiga (hukman) ulgurgan hisoblanadi. U namozning yetisha olmagan qismini o‘qishga turganidan so‘n Qunut duosini o‘qimaydi.

Faqatgina Ramazon oyida vitr namozi jamoat bilan o‘qiladi. Vitr namozi farz bo‘lmaganiga ko‘ra, bir hisobda nafl ibodatdir. Tarovehdan boshqa nafl namozlarni jamoat bo‘lib o‘qish makruhdir. Shuning uchun Ramazondan boshqa paytlarda vitr namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi.

"Qozixon"ga ko‘ra Ramazonda vitr namozini jamoat bi-lan o‘qish tunning oxirida yolg‘iz o‘qishdan afzal. Buning aksini aytganlar ham bor.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:40:23

NAFL NAMOZLARI

Sunnati muakkadalar


Bomdod namozining farzidan avval, peshin, shom, xuftonning farz namozlaridan so‘ng, ikki rakat.

Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shom namozining farzidan so‘ng o‘qiladigan ikki rakat sunnat haqida shunday deganlar: "Kim shom namozining farzidan so‘ng, hech gapirmasdan birinchi rakatida Kofirun, ikkinchi rakatida Ixlos suralarini zam qilib, ikki rakat namoz o‘qisa, ilon qobig‘idan chiqqanidek, gunohlaridan poklanadi.

Peshinning farz namozidan avval, Juma xutbasidan avval va Jumaning farz namozidan so‘pg to‘rt rakat namoz o‘qish sunnati muakkadadir.

Mazkur sunnat namozlar bir salom bilan o‘qiladi.


Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:40:50

Mandub namozlar


Mandub (ya’ni, sunnati muakkada bo‘lmagan) iamozlar quyidagilardir: Asr namozidan oldin va xufton namozidan avval va keyin to‘rt rakat. Shom namozining sunnatidan so‘ng olti rakat namoz o‘qish mandubdir.

Izoh: Chunki Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Kim shomdan so‘ng olti rakat nafl namoz o‘qisa, avvobinlardan (biror gunoh ish qilib qo‘ygach, darhol orqasidan tavba qiluvchi kishilar) hisoblanadi ", deganlar va ushbu oyati-karimani o‘qiganlar (ma’nosi): "Alloh taolo avvobinlarni mag‘firat qiluvchi Zotdir".

Shom namozining ikki rakat sunnati ushbu olti rakat nafl namoziga kirmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:41:20

Nafl namozlarga oid turli hukmlar


1.   To‘rt rakatli sunnati muakkada namozlarning avvalgi qa’dasida faqat "Attahiyyotu" o‘qiladi va uchinchi rakatga turganida sano o‘qilmaydi. Ammo to‘rt rakatli sunnati muakkada bo‘lmagan namozlar esa bunday emas. Dastlabki qa’dada "Attahiyotu"ni o‘qigach, salovotlar o‘qiladi hamda uchinchi rakatga turilganida sano o‘qiladi.
2.   Ikki rakatdan ziyoda nafl o‘qiydigan kishi faqat oxirgi rakatda o‘tirsa (ya’ni ilk qa’dani tark qilsa), namozi istihsonan sahihdir. Chunki nafl namozlarini ikki rakat o‘qish joiz bo‘lganidek, to‘rt rakat o‘qish ham joizdir.
3.   Kunduzi bir salom bilan nafl namozlarni to‘rt rakatdan, kechasi sakkiz rakatdan ko‘p o‘qish makruhdir.
4.   Kunduzgi va tungi nafl namozlarni Imom Abu Hanifa rahmatullohi atayhga ko‘ra, bir salom bilan to‘rt rakat-to‘rt rakat, Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘ra kechasi o‘qiladigan nafl namozni ikki rakat-ikki rakata dan o‘qish afzaldir. Fatvo imomayn nuqtai-nazarlariga berilgan.
5. Tungi nafl namoz kunduzgi nafl namozdan fazplatliroqdir (tungp va kunduzi o‘qiladigan nafl namozlarda qiyomni (uzunroq zam sura o‘qib) cho‘zish ko‘proq sajda qilishdan (ya’ni rakat sonini orttirishdan) fazilatliroqdir.

Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Namozlarning eng fazilatlisi qunuti (ya’ni qiyomi) eng uzuk bo‘lgan namozlardir" deganlar. Chunki, uzoq muddat qiyomdy tik turish ko‘proq Qur’on o‘qishga imkon beradi. Ko‘proq ruku va sajda qilish (rakatlar sonini orttirish) tasbehlarni ko‘paytirishni ta’minlaydi. Albatta, Qur’on o‘qish tasbeh aytishdan fazilatliroqdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:41:56

Tahiyatul masjid, zuho va tungi namozlar


1.   Masjidga kirgan kishining o‘tirmasdan ikki rakat pamoz bilan masjidga ta’zim va hurmat ko‘rsatishi sunnatdir. Farzni ado qilish uning o‘rniga o‘tadi.
Masjidga kirilgach, o‘qilgan har bir namoz unga hurmat niyatida o‘qilmasa ham tahiyatul masjid o‘rniga o‘tadi.
2.   Tahoratdan so‘ng a’zolarning nami qurimasdan ikki rakat, zuho vaqtida to‘rt rakat namoz o‘qish mandubdir.

Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: Abu Dardodan, roziyallohu anhu, rivoyat qilingan hadisi sharifda shunday deydilar: "Kimki zuho vaqtida ikki rakat namoz o‘qisa, g‘ofillardan deb yozilmaydi. To‘rt rakat o‘qisa shahodat qilinganlar qatorida yoziladi. Olti rakat o‘qisa, bu namoz (o‘sha kuni boshiga keladigan ofat va balolardan qutulishi uchun) unga kifoya qiladi. Agar sakkiz rakat o‘qisa, Alloh taolo unga jannatda bir qasr tayyorlaydi!"
3.   Xuddi shuningdek, tunda tahajjud, kechasi va kun-duzlari istixora va hojat namozlari o‘qish mandubdir.
4.   Ramazon oyiiing oxirgi o‘n kuni kechalarini, hayit kechalarini, Zulhijja oyining ilk o‘n kechasini hamda Sha’bon oyining o‘n beshinchi (Baroat) kechasini ibodat bilan o‘tkazish mandubdir. Faqat bunday kechalardan birining ihyosi uchun masjidlarda to‘planish makruhdir.
 

Qayd etilgan