Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307292 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 33 B


Robiya  19 Aprel 2009, 10:42:26

O’tirgan holda nafl namoz o‘qish

Kishining nafl namozlarini tik turib o‘qishga kuchi yetsa-da, o‘tirib o‘qishi joizdir. Faqat hech qanday uzrsiz o‘tirib nafl o‘qigan kishi tik turib o‘qiganning yarmicha savob oladi. O’tirib nafl namoz o‘qiyotgan kishi xuddi tashahhudda bo‘lganidek o‘ng oyog‘ini tik qilgan holda, chap oyog‘ining ustiga o‘tiradi. Tik turib boshlagan nafl namozni o‘tirgan holda o‘qib nihoyasiga yetkazish karohatsiz joizdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:43:21

Hayvon va vositaning ustida namoz o‘qish


Shahar (qishloq va ovul) tashqarisiga chiqqach, kishi hayvon ustida bo‘lsa, u ketayotgan tomonga qarab imo bilan nafl namoz o‘qishi joizdir. Hayvon ustida boshlagan namozini yerga tushib tamom qilishi mumkin. Faqat yerda boshlagan nafl namozni markab ustiga chiqib tugata olmaydi.

Izoh: Chunki yerda nafl namoz o‘qib boshlagan kishining iftitoh takbiri namozning sahih bo‘lishi uchun zarur barcha shartlarni bajarishga so‘z berishdir. Shunday mas’uliyat bilan boshlangan bir namozni markab ustida davom ettirib tamomlasa, kishi avvalo, bajarishni bo‘yniga olgan qiblaga qarash, joy o‘zgartirmay namozni bitirish, toza joyda namoz o‘qish, odatiy tarzda ruku va sajda qilish kabi shartlarni tark etgan hasoblanadi. Ammo markab ustida boshlangan namozning iftitoh takbiri bunday shartlarning bajarilishini talab qilmaydi. Shuning uchun kishi namozini yerga tushib davom ettirsa, bergan va’dasidan ko‘ra ko‘nroq shartlarni bajargan bo‘ladi.

Abu Hanifadan, rahmatullohi alayh, rivoyat qilinishicha, markab ustida imo-ishora bilan namoz o‘qish joiz bo‘lsa ham, bomdod namozining sunnatini yerda o‘qish zarur. Zero, bu namoz sunnati muakkadalarning eng quvvatlisidir.

 Suyangan holda namoz o‘qish charchagan (yoki toliqqan) paytda nafl namozini biror narsaga suyanib o‘qish karohatsiz joizdir. Faqat hech qanday uzrsiz suyanib olish odobga zid bo‘lganidan makruhdir. Hayvon ustida mavjud najosat, xoh egar ustida, xoh mingilarida bo‘lsin, namozning durustligiga to‘siq bo‘lmaydi. Yurib ketayotgan yoki suzayottan kishining o‘sh holatda nafl namoz o‘qishi, ulamolarning ittifoqi bilan sahih emas, chunki bular namozga zid harakatlardir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:43:35

Hayvon ustida o‘qiladigan farz va vojib namozlar


Farz namozlarini, vitr va nazr namozlarni, japoz namozini hayvon ustida o‘qish, shuningdek, yerda o‘qilg (sajda) oyatining sajdasini hayvon ustida qilish durust emas. Faqat mazkur namozlarni, kishi o‘ziga, minadigan hayvoniga yoki kiyimlariga o‘g‘ri yoki yirtqich hayvon hujum qilishidan qo‘rqsa, shuningdeq, yer juda loy bo‘lishi, mi nayotgan hayvonning sho‘x bo‘lishi yoki qariligi tufayli yerg tushsa, takror minishiga yordam beruvchi yo‘qligi kabi uzr sabablar bo‘lsa, hayvon ustida o‘qish joizdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:43:46

Tuya ustidagi kajavada o‘qilgan namoz

Kajava ustida namoz o‘qish hukman hayvon ustida namoz o‘qish kabidir. Ya’ni, hayvon xohyurayotgan bo‘lsin, xoh o‘rnida turgan bo‘lsin, zarurat bo‘lmaguncha joiz emas. Aga hayvon to‘xtatilib, kajavaning og‘irligi yerga tushsa, ti gurgan (ruku va sajdali bo‘lishi sharti bilan) farz namoz o‘qish joizdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:43:59

Kema ichida o‘qilgan namoz


1.   Harakatda (suzishda) bo‘lgan kema ichidagi kishini: hech qanday uzrsiz, farz namozning ruku va sajdalarin ado etgan holda, o‘tirib o‘qishi Imomi A’zam hazratlarig ko‘ra, durustdir. Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘ra, bosh aylanishi yoki kemadan tashqariga chiqish imkoni yo‘kligi kabi uzrli sabablarsiz, o‘tirib o‘qish joiz emas.
2.   Kishining ruku va sajda qilishiga kuchi yeta tu rib, kemada imo-ishora bilan namoz o‘qishi ham joiz emas;
3.   Dengiz o‘rtasida to‘xtagan kema agar shamolning ta’ siri bilan katiq tebransa, harakat holatidagi kema huk midadir. Aks holda, hukman to‘xtab turgan kema kabidir.
4.   Sohilga bog‘langan kemada o‘tirib namoz o‘qish ittifoq ila joiz emas. Agar kema portga bog‘langan bo‘lib, bir qismi yerga tekkan bo‘lsa, tik turib namoz o‘qish joizdir. Agar kemaning quruqlik bilan tutash joyi bo‘lmasa, bu kemada namoz o‘qish joiz emas. Faqat quruqlikka chiqib namoz o‘qish imkoni bo‘lmasa, tik turgan holda bu kemada ham namoz o‘qish mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:44:10

Kemadagi namozxonning qiblasi

Harakatlanayotgan kemada namoz o‘qiyotgan kishi, namoz o‘qishni boshlayotganida qiblaga yuzlanadi. Agar kema burilsa, u ham namoz ichida qiblaga tomon asta-sekin namozini tamomlaguncha burilaveradi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:44:22

Transport vositalarida namoz o‘qish


Faqih olimlardan Umar Nasuqiy zamonaviy transport vositalarida namoz o‘qish xususida shunday fikr bildiradi. Bunday vositalar.uch qismga bo‘linadi:
1.   Ot, tuya, eshak kabi miniladigan hayvonlar. Bu hayvonlarningustida hayvon ketayotgan tomonga qaragap holda sunnat va nafl namozlarni o‘qish joizdir. Faqat farz namozlarni hayvondan tushib o‘qish vojib. Chunki hayvonni yurgizish va to‘xtatish egasining ixtiyorida bo‘lib, xohlagan joyda tushib, namozini o‘qishi mumkin.
2.   Avtobus, avtomobilga o‘xshash to‘xtatish mumkin bo‘lgan yo mumkin bo‘lmagan vositalar. Bular ham yo‘lovchiga ko‘ra ikki qismga ajraladi:
a)   Yo‘lovchilar vositalarning egasi bo‘lsa, farz namozlarni yerga tushib, ado qilishlari zarur.
b)   Yo‘lovchilar vositalarning egasi bo‘lmasa, namoz vaqtida xushmuomalalik bilan vositani to‘xtatishini so‘raydilar. To‘xtata olmagan taqdirda, iloji boricha, o‘tirgan holda ruku va sajdani qilib namozini vositaning ichida o‘qiydi. Chunki namozni qazo qilganidan ko‘ra, mana
shu tarzda ado etgan afzaldir.
v)   Yo‘lovchi mingan vosita poezd, kema va samolyotga o’xshash to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan vositalarda qiblaga yuzlanib va tik turgan holda namoz o‘qish imkoni bo‘lsa, o’sha holatda namoz o‘qiydi. Agar yuqoridagi shartlar mavjud bo‘lmasa, namoz qazo qilinmaydi, imkoni bo‘lgan shaklda o‘qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:44:35

Taroveh

Taroveh namozi erkak va ayollarga sunnati muakkadadir. Jamoat bilan o‘qilishi sunnati kifoyadir (ya’ni, ba’zilarning masjidda jamoat bilan o‘qishi bilan boshqala uylarida yolg‘iz o‘qishlari mumkin bo‘ladi).

Taroveh o‘qish vaqti xufton namozi vaqti kirganida to tong otishidan biroz avvalgi paytgachadir. Vitr namo zini tarovehdan oldin o‘qish ham, keyin o‘qish ham durustdir. Tunning so‘nggi uchdan bir qismiga yoki ikkinchi yari« mpga kechyktirilishi mustahabdir. Tun yarmidan keyinga qoldirilishi makruh emas.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:45:01

Rakatlari soni va ado qilish targ‘ibi

Taroveh namozi yigirma rakat bo‘lib, o‘nta salom bilan o‘qiladi.
Izoh: Taroveh namozi, ro‘zaning emas, balki o‘qilgan vaqtning sunnatidir. Chunki, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayha va sallam: "Alloh taolo sizlarga Ramazonda ro‘za tutishni farz qildi, men esa kechalarning ihyosini (taroveh va boshsh ibodatlar bshshn o‘tkazilishini sunnat qildim "deganlar. Bunga ko’ra, bemor yo musofir bo‘lib, ro‘za tuta olmagan kunlari taroveh o‘qish sunnatdir.

Har to‘rt rakat taroveh namozidan so‘ng, taroveh bilan vitr namozi orasida ham to‘rt rakat namoz o‘qish miqdorichau o‘tirish mustahabdir. Ramazoni sharifda Qur’oni karimni taroveh namozlarida bir marta xatm qilish sunnatdir. Faqat jamoatni zeriktirib qo‘yadigan bo‘lsa, ularga malol kelmaydigan darajada o‘qiladi. Chunki qisqa o‘qish bilan ko‘lroq jamoatni jalb qilish jamoatni zeriktirib qo‘yadigan darajada ko‘p qiroat qilishdan afzaldir. Shuningdek, jamoatga malol kelsa ham, imom (tashahhudda) "Attahiyotu"dan so‘ng salavotlarni o‘qishni va har ikki rakatning boshida sanoni hamda ruku va sajdalardagi tasbehlarni tark qilch maydi. Faqat jamoatga malol kelgan taqdirda (salavotlardan keyingi) duoni o‘qimaydi. Taroveh o‘z vaqtida o‘qilmasa, yolg‘iz holda ham, jamoat bilan ham qazosi o‘qilmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:45:20

Ka’bada o‘qiladigan namoz


1. Ka’baning xoh ichida, xoh ustida bo‘lsin, farz va nafl namoz o‘qish durustdir. Chunki Ka’baning barcha tomonlari qibladir. Ustida namoz o‘qiydigan kishining sitra qilishi shart emas. Faqat Ka’ba ustida namoz o‘qish odobga zid bo‘lgani uchun makruh.
2. Ka’ba ustida va ichida, orqasi imomning yuziga bo‘lmagan jamoatiing imomga iqtido qilishi durustdir, aks holda, nojoizdir.
3.Ka’ba eshigi ochiq bo‘lganida, uning ichidagi imomga tashqaridan iqtido qilish durustdir.
4. Imom va jamoatning Ka’ba tashqarisida halqa shaklida namozga turishlari ham durustdir. Faqat imom tomonda Ka’baga imomdan ham yaqinroq.turgan kishining iqtido qilishi durust emas

Qayd etilgan