Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307133 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 33 B


Robiya  19 Aprel 2009, 10:45:40

Musofirniig namozi


O’rtacha yurishda yilning eng qisqa kunlarida dam olish onlarp bilan birgalikda uzoqligi uch kunlik yo‘l bo‘lgan joyga safarga chiqish ba’zi hukmlarning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. O’rtacha yurish deganda quruqlikda tuyaning yoki piyodalarning yurishi nazarda tutalgan. Tog‘da ham shunga munosib bo‘lgan masofa ko‘zda tutiladi.

Dengizda esa havo mo’tadil paytda mazkur vaqt ichida bosib o‘tiladigan masofa e’tiborga olinadi.

Izoh: Bu eski ta’bir bo‘lib, o‘sha davrlarda yelkanli kemalar havo yordamida harakat qilardi. Shamol qattiq essa, kema tez, sekinlashsa sekin, havo mo’tadil paytda kema quruqlikdagi tuya, piyodalar tezligida harakat qilardi. Mana shu tezlikda uch kunlik yo‘lga chiqqan kishi musofir hisoblanardi. Hozirgi kunda esa, har soatda qancha-qancha yo‘l bosib o‘tuvchi ulkan kemalarning tezligi safar uchun o‘lchov bo‘la olmaydi. Shu-ning uchun o‘lchov hamon quruqlikdagi tuya yoki piyodaning me’yo-riy yurishidir. Safar qanday vositada amalga oshirilishidan Qati’y nazar, taxminan tuya minib yoki piyoda yurishda uch kunlik masofa bosib o‘tildimi, kishi musofir hisoblanadi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:47:35

Namozning qisqartirilishi


Safarga chiqishga qaror qilgan kishi o‘zi yashayotgan joyning uylaridan va shahar chetidagi qabriston, otlar yuguradigan maydonga o‘xshash shaharga tugash bo‘lgan joylardan o‘tgach, to‘rt rakatli farz namozlarni ikki rakat qilib qisqa tirib o‘qiydi.

Agar mazkur qabriston va yugurish maydonlari oras dalalar yoki otilgan bir (kamon) o‘qi yetgulik (taxmina: 400 qadam) ochiq bo‘sh joy bilan ajralib turgan bo‘lsa ulardai o‘tish shart emas.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:47:46

Safarning shartlari


Safar niyati quyidagi uch narsa bilan durust bo‘ladi:
1.   Yo‘lovchining safarga chiqishiga qaror qilishda e kin va mustaqil bo‘lishi.
2.   Balog‘atga yetgan bo‘lishi.
3.   Safar yo‘lining uch kunlik masofadan kam bo‘lmasligi demak, o‘zi yashaydigan shahar yo mavzening uylaridan uzoqlashmagan yo‘lovchi yoki eri bilan bo‘lgan ayol, qo‘mondoni tobe bo‘lgan askar kabi boshqaga itoat qilgan shaxslar xo‘jasi safarga niyat qilmagan yoki uch kundan kam muddatga qilgan bo‘lsa, namozni musofir kabi o‘qimaydi. Yo‘lga chiqish va iqomat borasida tobe bo‘lganlarning emas, balki ularning — amirlarning niyatlari e’tiborlidir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:48:41

Musofir namozining hukmi

Musofirning namozni qasr qilib o‘qishi bizning hanafiy mazhabda azimatdir.

Izoh: "Azimat " lug‘atda bir narsaga qat’iy qaror qi moq va uni bajarishga bor kuchi bilan intilmoq deganidir Fiqh istshyuhida esa, shar’iy amr va nahiylarni, hech qanda uzrli sabablarga e’tibor qshshasdan, asl shaklida ado qilmoqdir. Buning ziddi bo‘lgan ruxsat esa, uzrli sabablar tufayl shar’iy amr va nahiylarni qulaylashtiruvchi, ruxsat berilgan yo‘lni tanlashdir. Masalan, tahoratda har safar oyoqni yuvish azimat, mahsi kiyganida mash tortish ruxsatdir.

To‘rt rakatli farz namozlarini to‘liq o‘qigan yo‘lo" chi, agar ilk qa’dada o‘tirgan bo‘lsa, namozi sahihdir. Fa; qat (vojib bo‘lgan salomni kechiktirgani uchun) makruhdir (bu holatda so‘nggi ikki rakat nafl o‘rniga o‘tadi); Birinchi qa’dada o‘tirmagan bo‘lsa, farzni tark etgan uchun namozi sahih bo‘lmaydi. Faqat uchinchi rakatga turayotganida muqimlikka niyat qilsa, namozi sahih bo‘ladi.
Lekin vojib bo‘lgan birinchi tashahhudni tark etgani uchun sahv sajdasi qilishi kerak.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:48:53

Qasr muddati va muqnmlikka niyat


1.   Yo‘lovchi o‘z diyoriga qaytgunicha yoki biror shahar yoxud qishloqda 15 kun qolishga niyat qilgunicha namozlarini qasr o‘qiydi.
2.   Agar bir joyda 15 kundan oz muddat qolishga niyat qilsa yoki hech qanday niyat qilmasdan, erta-indin ketaman, deb yillar davomida o‘sha joyda qolsa ham, namozlarini qasr o‘qiyveradi.
3.   Birortasida kechasi tunashni qaror qilmagan ikki shaharda, cho‘l va adirlarda hamda badaviylar yashaydigan joylarda iqomatni niyat qilish durust emas.
4.   Shuningdek, (urush paytida) dushman yerlarida bo‘lgan askarlarimiz ham (qancha qolishlarinn bilmaganlari uchun) iqomatni niyat qilishlari durust emas.
5.   (Davlatga qarshi chiqqan) bir toifani qurshovga olgan va u yerda kutayotgan askarlarning ham (qancha qolishlarini bilmaganlari uchun) iqomatni niyat qilishlari joiz emas.


Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:49:09

Musofirning muqimga va muqimning musofirga iqtido qilishi

Musofir muqimga namoz vaqtida iqtido qilishi durust. Bu holda u muqim kabi namozni to‘liq o‘qiydi. Vaqt chiqqach, musofirning muqimga iqtido qilishi durust emas. Xoh vaqt ichida bo‘lsin, xoh vaqt chiqqanidan so‘ng bo‘lsin, muqimning musofirga iqtido qilishi durustdir.

Musofir muqimlarga imom bo‘lsa namozni boshlamasdan avval yoki salom bergach, "namozingizni tamomlang, men musofirman" deyishi mustahabdir. Muqim musofirga iqtido qilganida musofir namozni tamom qilganidan so‘ig qolgan ikki rakatini qiroat qilmasdan tamomlaydi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:49:19

Vaqtida o‘qilmagan namozlarning qazosi


Musofir qazo qolgan to‘rt rakatli namozni muqim bo‘lganida o‘qisa ham, ikki rakat o‘qiydi. Muqim qazo qolgan to‘rt rakatli namozni safarda o‘qisa ham to‘rt rakat o‘qiydi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:49:30

Vatan haqida


Kishining tug‘ilib o‘sgan, uylangan yoki davomlp yashagd maqsadida u yerdan ajralishni xohlamagan joyi vatani asliy deyiladi.

Kishining (kamida) 15 kun yoki undan ham ko‘proq muddat yashashga niyat qilgan joyi vatani iqomat deyiladi, Vatani asliy boshqa bir joyni vatani asliy qilib olish bilan kuchdan qoladi.   

Vatani iqomat o‘ziga o‘xshash boshqa joyda yashashga niyat qilish yoki u yerdan yo‘lga chiqnsh yoki vatani asliyga qaytish bilan buziladi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:50:10

Bemor kishining namozi

Bemor tamoman turolmasa yoki qattiq og‘riq tufayli gurishi qiyin bo‘lsa. yoki kasalligining kuchayishi yoksh uzoqqa cho‘zilishidan qo‘rqsa, namozini o‘tirib, ruku va sajda qilgan holda o‘qiydn. O’ziga eng qulay shaklda o‘tiradi, bulardan boshqa hollarda kuchi yetganicha tik turib o‘qiydi.

1.   Bemor namozini o‘tirgan joyida ruku va sajda qilgan xolda xam o‘qiy olmasa, imo-ishora bilan o‘qiydi, faqat sajda qplpsh uchun boshini rukuda egganpdan ko‘prom egadi. Aks holda namozi durust bo‘lmaydi.

Izoh: Chunki Payg‘sshbarimiz, sollallohu alayhi va sallam, bir bemorning ziyoratiga borib, oldiga yostiq qo‘yib, uning ustiga sajda qilayotganini ko‘radilar va oldidan yostiqni oladilar. Bemor sstiqni takror oldiga olganida yostiqni yana unim oldidan oladilar va "Agar kuchingiz yetsa, yerda iamoz o‘qing kuchingiz yetmasa, imo-ishora bilan o‘qing va sajdada boishn gizni rukudagidan ko‘ra ko‘proq egiig ", deydilar.
3.   Bemor sajda qilishi uchun biror narsa baland qili( qo‘yplmaydi. Biror narsani ko‘tarib qo‘ysa, sajdada boshini rukuda egganidan ko‘ra ko‘proq egsa, namozi durust bo‘ladi. Aks holda, namozi durust emas.
4.   Bemorning o‘tirib namoz o‘qishga ham kuchi yetmasa, chalqancha yoki yonboshlab yotgan holda imo-ishora bilan namoz o‘qiydi. Bu holda chalqancha yotib o‘qish yaxshiroqdir. Yuzi qiblaga qarab turishi uchun bemorning boshiga yostiq qo‘yi ladi. Agar kuchi yegsa, oyoqlarini qiblaga uzatmasligi uchun oyoqlarini yig‘ishtirib oladi.
5. Imo-ishora bilan ham namoz o‘qishga kuchi yetmagan be-mor o‘ziga aytilayogan narsalarni tushunsa, namozini kechiktiradi (so‘ngra qazosini o‘qiydi).

 "Hidoya" sohibiga ko‘ra budurustdir. Faqatyana "Hidoya" sohibi "Tajnis" va "Mazid" nomli asarlarida imo-ishora bilan namoz o‘qishdan ojiz qolish muddati besh vaqt namozdan ortiqdavom etsa, bemor aytilgan narsalarni tushunsa ham, namoz o‘qish majburiyati undan soqit bo‘ladi, deganlar, "Qozixon" va "Muhit" muallifi ham buni tasdiqlaganlar. Shayxul-Islom va Faxrul-Islom ham bu nuqtai nazarni ixtiyor qilganlar. "Zohiriya" kitobida fatvo shunga deyilgan. "Xulosa" kitobining sohibi ham mazkur hukmni ixtiyor qilgan, "Yanobig‘", "Badoi’" va "Val-volijiy" asarlarining sohiblari ham bu fikrni to‘g‘ri deganlar. Barchasini Achloh rahmat qilsin.

 Turli masalalar


1.   Boshi bilan imo-ishora qilishga kuchi yetmagan kishi ko‘zi, qoshi yoki qalbi bilan imo qilib namoz o‘qimaydi, chunki sajda qosh, ko‘z va yurak bilan emas, bosh bilan qilinadi.
2.   Tik turib o‘qishga kuchi yetib, ruku va sajda qilishga kuchi yetmagan kishi namozini o‘tirgan joyida imo-ishora bilan o‘qiydi.
3.   Sog‘lom kishi namoz o‘qiyotganida tobi qochsa, kuchi yetgan shaklda imo bilan bo‘lsa ham namozini tamomlaydi.
4.   O’tirgan joyida ruku va sajda qilib namoz o‘qiyotgan kishi, namoz asnosida o‘zini yaxshi his qilsa, o‘rnidan turib namozini davom ettiradi va shu tarzda tamomlaydi. Ruku va sajda qilolmasdan imo bilan o‘qiyotgan kishi (o‘zini yaxshi his qilsa) namozni boshidan qayta o‘qishi kerak.
5.   Esini yo‘qotgan va h)'shidan ketgan kishining bu holati besh vaqt namoz mobaynida davom etsa, o‘ziga kelgach, bu namozlarining qazosini o‘qiydi. Besh vaqtdan ko‘proq davom etsa, qazosini o‘qimaydi (undan soqit bo‘ladi).

 Namoz va ro‘zaning kafforati Kafforat uchun qachon vasiyat qilish shart emas?
Imo-ishora bilan ham namoz o‘qishdan ojiz bo‘lgan bemor qoldirgan namozi besh vaqtdan ham kam bo‘lsa-da, o‘qiy olmagan namozlarining kafforatini berishni vasiyat qilishi joiz emas. Muqim bo‘lmasdan hamda bemor tuzalmasdan vafot etsa, safar va bemorlik davomida tuta olmagan ro‘zaning kafforatini berishini ham vasiyat qilishlari lozim emas.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:50:21

Kishi qachon kafforat uchun vasiyat qiladi?


Kishi namoz o‘qishga va ro‘za tutishga kuchi yetgan holda o‘qiy olmagan namozining, tuta olmagan ro‘zasining kafforatini berishni vasiyat qilishi mumkin.


Qayd etilgan