Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307278 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 33 B


Robiya  19 Aprel 2009, 10:50:33

Qancha kafforat beriladi

Vafot qilganning valiyi (o‘zidan keyin mol- mulkidan sarflashga mas’ul kishi) u qoldirgan molning uchdan biridan vitr namozini ham qo‘shib, kuniga olti vaqt namozning har biri uchun va har kunning ro‘zasi uchun yarim so’ (1456 yoki 1664 gr.) bug‘doy yoki uning qiymatini beradi. Marhum vasiyat qilmagan taqdirda valiyi o‘z molidan uning kafforatini berishi joizdir. Faqat marhum tuta olmagan ro‘za va o‘qiy olmagan namoz o‘rniga ro‘za tutishi namoz o‘qishi durust emas.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:50:43

Fidya (tovon) kimga to‘lanadi?


Qasam kafforatining aksi o‘laroq, bir necha namozning (va bir necha kunlik ro‘zaning) kafforat badalini yagona faqirga bir martada berish mumkin. Xoh tirik, xoh marhum kishi qasamining kafforat badali yolg‘iz bir faqirga emas, o‘nta faqirga berilishi kerak. Har kun bittadan fidyani bir faqirga berish ham mumkin. Alloh subhanahu va taolo hammadan ko‘ra yaxshiroq bilguvchidir

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:51:10

O’z vaqtida o‘qilmagan namozlarning qazosi

Bunda tartibga, ya’ni qazo namozlari bilan vaqt namozlari orasida hamda qazo namozlarining o‘z orasida ham ketma-ketlik tartibiga rioya qilish vojibdir.

Izoh: Ma’lum bir navbatga rioya qilish hususida Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: "Kim bir vaqt namozni uxlab qolib yoki unutib qazo qoldirsa-yu) so‘ngra imomga iqtido qilib (keyingi farz namozini) o‘qiyotganida (qazo qilgan namozi) esiga tushib qolsa, imom bilan o‘qiyotgan namozni bitirsin, so‘ng esiga tushgan namozini o‘qisin. Buning orqasidan esa (imom bilan o‘qigan namozini) takror o‘qisin. Avval qazo, so‘ngra vaqt namozi o‘qiladi. Qazo namozlarda ham ilk qazo bo‘lgan namozdan boshlab o‘qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:51:30

Tartibni bekor qiladigan sabablar

1.   Vaqtning juda oz qolgan bo‘lishi. Bunday holatda kishi faqatgina o‘sha vaqt namozini o‘qiydi.
2.   Zimmasida qazo namozi borligini unutmoq.
3.   Vitr namozidan tashqari qazo qolgan namozlarning soni olti vaqtga yetgan bo‘lsa.

Izoh: Qazo qolgan namozlarning soni oltitaga yetgan bo‘lsa, kishining tartibga rioya qilishi og‘ir bir mas’uliyatdir. Chunki bir vaqtning o‘zida ham olti vaqt qazo namozi, ham o‘sha vaqt namozini o‘qishga to‘g‘ri keladi. Holbuki, Islomda qiiinchilik emas, balki qulaylik, yengillika asosdir.

Vitr namozi qazo qolgan namozlarda tartibni bekor qoluvchi hisoblanmaydi. Faqat qazo namozlari o‘qilayotganida uning ham tartibiga rioya qilinadi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:51:50

Turli masalalar


1.   Ko‘p qazo qolgan namozlarni ado qilgach, olti vaqt iamozidan kami qolsa ham, ular o‘rtasidagi tartibga rioya qilish lozim bo‘lmaydi.
2.   Tartibga rioya qilishi lozim bo‘lgan kishi, qazo qilgan namozi vitr bo‘lsa-da, esida bo‘la turib, keyingi vaqt farz namozini o‘qisa, bu o‘qigan farz namozi shartli fosid bo‘ladi. Bundan so‘ng u qoldirgan namozini o‘qimay yana to‘rt vaqt namozini o‘qisa, qazo qilgan namozidan so‘nggi besh vaqt namozining hammasi sahihga aylanadi. Chunki kishining qazo namozi esida turib, o‘qigan namozlari o‘qiyotgan paytda buziladi. Uni qayta, o‘qish lozim bo‘ladi. Ammo beshinchi vaqt namozini o‘qishi bilan qazo namoz birgalikda olti vaqt namozi bo‘lgach, bu kishidan tartibga rioya Qilish majburiyati soqit bo‘ladi. Binobarin, o‘qishmagan Namozining faqat o‘zinigina o‘qib, qazosini bajaradi.

Faqat beshinchi namoz vaqti chiqmasdan bundan oldin Qazoga qolgan namozini o‘qisa, qazo qilgan namozi vaqti va uni o‘qigan vaqt oralig‘ida o‘qigan namozlarning barchasi nafl namozga aylanadi. So‘ngu o‘qigan namozlarini qazosini o‘qishi lozim. Qazoga qolgan namozlar juda ko‘ bo‘lsa, qazosi o‘qiladigan har bir namozni (falon kunning falon namozi deya) niyat qilib o‘qish kerak. Bu shunday osonlashtirpsh mumkin: masalan, "Vaqtida o‘qts olmagan birinchi (yo oxirgi) peshinning qazosin o‘qishni niyat qildim" (shu yo‘l bilan qaysi qazo pam zini o‘qnshiga aniqlik kiritgan bo‘ladi). Avval qaz qilnngan ikki yilga Ramazon ro‘zasini tutmoqchi bo‘lganlarga ham shu hukm joizdir (ya’ni, kaysi yilning ro‘zasini tutmoqchi bo‘lsa, shuni niyat qiladi). Dorul-harb (ya’ni musulmon bo‘lmagan bir mamlakatda) musulmo bo‘lpb, shar’iy hukmlarni bilmagan kishi uzrli hisoblanadi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:52:11

FARZ NAMOZIGA YETISHISH BO‘LIMI

Namoz o‘qiyotgan kishi namozini qachon buzadi, qachon buzmaydi?

1.   Kishi farz namozini yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgaiida aynan farz namozini jamoat o‘qib boshlasa-yu, u kishi hali sa qilmagan bo‘lsa yoki namoz to‘rt rakatli bo‘lmaganida sajda qilgan bo‘lsa ham, namozini buzib. imomga iqtido qplad
2.   To‘rt rakatli namoz o‘qiyotgan bo‘lib, birinchi rakatiga sajda qilgan bo‘lsa, yana bir rakat qo‘shib, tashahuddan so‘ng salom beradi va farz niyati bilan imomga iqtido qiladi.
3.   Agar uch rakat o‘qigan bo‘lsa, namozini tamomlaydi. So‘ngra xohlasa, nafl niyatida imomga iqtido qiladi. Faqat bu holda asr namozini ado qilgach, (nafl o‘qishdan qa' tarilgani uchun) imomga iqtido qilmaydi.
4.   Namoz o‘qiyotgan kishi (to‘rt rakatli farzning) uchinchi rakatiga turgach, sajda qilmasdan avval, jamoat fa! namoziga tursa, qiyomda salom berib, namozini buzg va nmomga iqtido qiladi.
5.   Imom farz o‘qiyotganida masjidga kelgan kishi s; nat o‘qish o‘rniga darhol imomga iqtido qiladi. Bomdod namozining sunnati bundan mustasno. Bomdod namozida a imomga yeta olishga ko‘zi yetsa, avval sunnatni o‘qiydi, avval sunnatni qo‘yib, imomga iqtido qiladi. Zero, jamoat savobi bomdod sunnatining savobidan ulug‘roqdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:53:29

Sunnatning qazosi

Bomdod namozining sunnati, faqatgina farz bilan birga qazo qolsa, o‘sha kuni peshin vaqti kirishiga biroz fursat qolgungacha o‘qiladi. Peshin namozining ilk sunnati (farzdan avval o‘qilmagan taqdirda) vaqti ichida farzdan so‘nggi ikki rakat sunnatdan avval o‘qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:53:38

Jamoat va uning fazilati

Jamoat bilan o‘qilgan farz namozning bir rakatiga yetishgan kishi jamoat fazilatiga erishgan bo‘lsa-da, namozni jamoat bilan o‘qigan hisoblanmaydi. Uch rakatiga yetishgan kishi haqida ixtilof mavjud.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:53:56

Turli masalalar

1.   Farz namozining vaqti chiqmasligiga ishongan kishi xohlaganicha sunnat (yoki nafl) o‘qishi mumkin. Aks holda sunnat o‘qimaydi.
2.   Imom rukuda bo‘lganida qiyom holda takbiri tahrima aytib, imomning rukusiga qo‘shilgan kishi o‘sha rakatga ulgurgan hisoblanadi. Ammo u takbiri tahrima aytib bo‘lguncha imom rukudan boshini ko‘tarsa, o‘sha rakatga yetishgan hisoblanmaydi.
3.   Imo.m yetarli miqdorda qiroat qilganidan so‘ng, ja-moatdan bir kishi imomdan avval rukuga borganida, imom unga rukuda yetishsa, u kishining rukusi sahih, ayni paytda makruhbo‘ladi (rukuning bir qismini imom bilan birga qilgani uchun ruku sahih bo‘lsa, imomdan avval rukuga borgani uchun makruhdir).
Agar imom o‘zicha (o‘sha kishiga) yetisha olmasa yoki yetarli miqdorda qiroat qilmasdan ruku qilgan bo‘lsa, u kishining rukusi durust emas (namozi fosid bo‘ladi).
4.   Azon aytilgach, namoz o‘qimay masjiddan chiqish makruhdir. Agar (boshqa bir masjidning imomi yoki muazzini kabi) boshqa bir jamoatni to‘playdigan kishi bo‘lsa, joizdir. O’sha vaqt namozini yolg‘iz o‘qib kelgan kishiga makruh emas. Faqat peshin va xufton namozlarida yolg‘iz o‘zi o‘qigan bo‘lsa ham, masjiddan chiqmay turib, jamoat namozni boshlasa, nafl niyatida imomga iqtido qilishi lozim, masjiddan chiqishi makruh bo‘ladi.
5. Bir farz namoz takroran o‘qilmaydi.

Izoh: Farz namozni bir marta o‘qigach, qayta farz niyatida o‘qimaslik haqidagi hukmga turlicha ma’nolar berilgan. Ba’zilar buni jamoat bilan o‘qilgan bir namoz takror azon va takbir aytib, aynan avvalgisidek, jamoat bilan o‘qilmaydi, deb sharhlaganlar. Ba’zilar esa hech qanday sababsiz, namozim buzildimikin, degan shubha bilan kishi o‘qigan farz namozini takroran o‘qiy olmaydi, deb bayon qilganlar.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:54:08

Sahv sajdasining hukmi

Namozda adashib vojibni tark qilgan kishiga ikki sajda, bir tashahhud va salom vojib bo‘ladi. Sahv sajdasini lozim qilgan sabab takrorlanishi bilan yana takror sahv sajdasi qilinmaydi.

Qayd etilgan