Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307195 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 33 B


Robiya  19 Aprel 2009, 10:54:23

Vojibni bila turib, tark qilish

Bilgan holda vojibni tark qilgan kishi gunohkor bo‘ladi va bu nuqsonni tuzatish uchun sahv sajdasi kifoya qilmaganidan, namozini takror o‘qishi zarur.

Bilgan holda vojibni tark qilgan kishi sahv sajdasi qilmaydi. Faqat quyidaga uch holat bundan mustasnodir, ya’ni, bularni bila turib, tark qilgan kishi ham sahv sajdasi qiladi:
1.   Ilk qa’dani tark qilish;
2.   Bir rakatning ikki sajdasidan birini namoz oxirigacha kechiktirish;
3.   Bir ruknni bajarish mikdoricha qasdan xayol surish.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:54:45

Sahv sajdasining o‘rni

Sahv sajdasini salom berganidan so‘ng ado etish sunnatdir. Imom o‘ng tomonga bergan salomi bilan kifoyalanib, sahv sajdasi qiladi. Salom bermasdan avval sahv sajdasi qilish tanzihan makruhdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:54:55

Sahv sajdasi qachon soqit bo‘ladi?


1.   Bomdod namozida salomidan so‘ng quyosh chiqishi tufayli.
2.   Asr namozida quyoshning rangi o‘zgarib, qizarsa.
3. Salomdan so‘ngra (bir joydan qon chiqishi kabi) namozga zid uzrli sabab namozni davom ettirishga to‘siq bo‘lsa.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:55:10

Kimlar sahv sajdasi qilishi lozim?

1.   Imomga iqtido qilgan kishi xatosi tufayli sahv sajdasi qilmaydi. Faqat tshomning xatosi tufayli (imom bilan birga) sahv sajdasi qiladi.
2.   Masbuq imom bilan birga sahv sajdasi qiladi, so‘ngra namozning qolgan qismini davom ettirish uchun o‘rnidan turadi.
3.   Masbuq (namozning qolgan qismini o‘qiyotganida) xato qilsa, buning uchun ham sahv sajdasi qiladi. Ammo lohiq (namozni imom bilan birga boshlagan kishi, namoz asnosida mudrash va boshqa uzrli sabablar tufayli o‘tkazib yuborgan qismlarni o‘qiyotganida xatoga yo‘l qo‘ysa, sahv sajdasi qilmaydi.

Imom juma va hayit namozlarida jamoat ko‘p bo‘lgani bois ularga qiyinchilik bo‘lishidan qochish va fitna chiqarmaslik uchun sahv sajdasi qilmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:56:29

Namozdagi ba’zi xatolar


1.   Imom yoki yolg‘iz o‘zi o‘qiyotgan kishi farz namozlarning ilk qa’dasini unutgan holda tark etib, uchinchi rakatga turayotganida, to‘liq qad rostlamasdan avval, eslasa tashahhudga qaytib o‘tiradi.
2.   Imomga iqtido qilgan kishi esa, nafl namoz o‘qiyotgan kishi kabi, to‘liq qad rostlagan bo‘lsa ham, tashahhudga qaytadi.
3.   Imom yoki yolg‘iz o‘zi namoz o‘qiyotgan kishi ilk qa’dani tark etib, qiyomga yaqin bo‘laturib, tashahhudga qaytsa, sahv sajdasi qilishi lozim.
4.   Qa’daga yaqinroq Turgan holatda orqaga qaytsa, sahv sajdasi qilmaydi.
5.   Imom yoki yolg‘iz namoz o‘qiyotgan kishi oxirgi qa’dani unutib, ortiqcha rakatga turib ketsayu, sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tiradi va farz bo‘lgan qa’dani kechiktirgani uchun sahv sajdasi qiladi.
6.   Agar sajda qilgan bo‘lsa, namozi butunlay naflga aylanadi. Bunday hollarda, xohlasa, asr namozida bo‘lsa ham, ushbu qo‘shimcha beshinchi rakatga yana bir rakat qo‘shadi. Bomdod namozida esa uchinchi rakatga qo‘shimcha yana bir rakat qo‘shadi.
Ammo sajdai sahv qilmaydi. Ushbu farz namozi qayta o‘qiladi.
7. Oxirgi qa’dani ado etgach (salom bermasdan), o‘rnidan turib ketsa va (qo‘shimcha rakatda sajda qilmagan bo‘lsa) o‘tiradi va takror tashahhud o‘qimasdan salom beradi va sahv sajdasi qiladi.
10. Qo‘shimcha rakatga sajda qilgach, salom bermasdan turib ketganligini eslasa, qaytib o‘tirmaydi va yana qo‘shimcha bir rakat qo‘shadi, bu ikki rakat nafl namoz bo‘ladi, so‘ng vojib bo‘lgan salomni tark qilgani uchun sahv sajdasi qiladi.
11. To‘rt rakatli sunnat (nafl) namoziii o‘qishni niyat qilib, dastlabki ikki rakatida sahv sajdasi qiladigaya bo‘lsa, so‘nggi ikki rakatni unga qo‘shmay gugatish mustahabdir. Shunga qaramasdan keyingi ikki rakatni turib o‘qigan taqdirda, sahv sajdasini taqror qilishi kerak.
12.    Sahv sajdasi qiladigan imomga salom berayotganida' iqtido qilgan kishining namozi, agar imom sahv sajdasi| qilsa, sahih bo‘ladi. Aks holda, sahih emas.
13.    Zimmasida sahv sajdasi bor bo‘lgan kishi, namozdan chiqish maqsadida salom bergap bo‘lsa ham, yuzini qibladan o‘girmagai yoki gapirmagan bo‘lsa, sahv sajdasini ado etilish kerak.
14.    Agar namoz o‘qiyotgan kishi uch yo to‘rt rakat o‘qiganiga; shubhalanib, salomdan so‘ng, boshqa ishga mashg‘ul bo‘lmay ikki rakat o‘qiganini anglasa, darhol qolgan qismini ham o‘qib, sahv sajdasi qiladi.
15.   Shuningdek, kishi namozini to‘liq o‘qigani yo to‘la o‘qimagani xususida ruku yoki sajda qila olarlik miqdoricha o‘ylaiib qolsa-yu, bir qarorga kelguiicha salom bermasdan, kutib tursa, sahv sajdasi vojib bo‘ladi. Aks holda: sahv sajdasi shart emas.

 

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:56:48

Namoz shubha bilan qachon buziladi?


Kishi bir namozni tamomlamasdan avval necha rakat o‘qigani haqida shubha qilsa, hamda bu shubha ilk marotaba yuz berayotgan bo‘lsa yoki odatiy hol bo‘lmasa, bu namoz buziladi. U namozni takror o‘qishi lozim. Salom bergach, yuzaga chiqqan shubhaga e’tibor berilmaydi. Bu holda biror ruknni tark qilganini aniq bilsa, namozini takroran o‘qiydi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:56:56

Shubhaning ko‘p bo‘lishi

Bunday holat kishida juda ko‘p sodir bo‘lsa, qalbi ko‘proq moyil bo‘lgan tomonga qarab harakat qiladi.

Izoh: Agar kishi namozni to‘liq o‘qiganiga qanoat hosil qilsa-yu, salom berganidan so‘ng ishonchli bir kishi bir rakat kam o‘qiganini aytsa, u holda kishi o‘z shaxsiy qanoatini asos qilib oladi va boshqaning ogohlantirishiga e’tibor qilmaydi. Ammo bu kamchilik ikki ishonchli kishi tomonidan xabar berilsa, kishi o‘zining to‘g‘ri o‘qiganiga qanoat hosil qilsa ham, ikki kishining so‘zi bo‘yicha amal qiladi. Imom bilan jamoat necha rakat o‘qiganlari haqida ixtilof qilib qolsa-yu, imom o‘z shaxsiy qanoatiga ishonch hosil qilsa, unga ko‘ra, aks holda jamoat nuqtai-nazariga ko‘ra, agar jamoatning bir qismi imomning qanoatini quvvatlasa, unda ham o‘z qanoatiga ko‘ra amal qiladi.

Agar qalbi bir tomonga moyillik qilmasa, (ikki rakag o‘qidimi, to‘rt rakat o‘qidimi, qat’iy qaror bera olmasa) bu ikki ehtimoldan oz bo‘lganini tanlaydi. Faqat (vojib) bo‘lgan) qa’dani tark qilmaslik uchun oxirgi rakat deb o‘ylagan har rakatdan so‘ng o‘tiradi va sahv sajdasi qiladi.

Izoh: Kishi tahorati bor-yo‘qligi haqida shubhalansa-yu, uylab ko‘rgach, tahorati borligiga ishonch hossh qilsa, u kishi fiqh nuqtai nazariga ko‘ra tahoratli hisoblanadi. Agar kishi tahorat a’zolaridan bir qismini yuvgan-yuvmaganligi xususida shubhalanib qolsa hamda bu hol ilk marotaba yuz berayotgan bo‘lsa, o‘sha joylarini qayta yuvadi. Agar bu odatiy holat bo‘lsa, unga e’tibor qilmaydi. Shuningdek, namoz asnosida ham kishining aqliga turli xil shubhalar kelsa, bu xoh namoz to‘g‘risida, xoh tahorat xususida bo‘lsin, agar ilk shrotaba yuz berayotgan bo‘lsa, shubhaga tushgan joyini takror bajarishga kirishadi. Agar bu ham odatiy hol bo‘lsa, bu shaytondandir, bunga e’tibor qilmaydi va namozini davom ettiradi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:57:34

TILOVAT SAJDASI

Sababi, hukmi va vaqti

Shartlari: tahorat qilish, qiblaga yuzlanish hamda avrat joylarini berkitish.
Vojib bo‘lishining sababi: sajda oyatini o‘qish yoki eshitish.

Sajda oyati namozdan boshqa payt o‘qilganida, darhol sajda qilish shart emas.

Faqat kechiktirilishi tanzihavd makruhdir. Forschaga o‘xshash (arab tilidan boshqa tilda) sajda oyati o‘qigan kishi ham sajda qilishi lozim. Sajda kalimasini o‘zidan avvalgi va keyingi kalimalardan biri bilan o‘qish, oyatni to‘la o‘qish kabidir.
Sajda oyati bo‘lgan suralar:
A’rof surasi, 206-oyat;
Ra’d surasi, 15-oyat;
Nahl surasi, 49-oyat;
Isro surasi, 107-oyat;
Maryam surasi, 58-oyat;
Haj surasi, 18-oyat;
Furqon surasi, 60-oyat;
Naml surasi, 24-oyat;
Sajda surasi, 16-oyat;
Sod surasi, 24-oyat;
Fussilat surasi, 37-oyat;
Najm surasi, 62-oyat;
Inshiqoq surasi, 21-oyat;
Alaq surasi, 19-oyat.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:57:54

Tilovat sajdasi kimlarga vojib, kimlarga vojib emas?

Sajda oyatlaridan birini eshitgan kishiga, eshitishni: qasd qilmagan bo‘lsa ham, tilovat sajdasi vojib bo‘ladi.Sajda oyatini o‘qish va eshitish bilan, hayz va nifosdagi ayollarga sajda qilish vojib bo‘lmaydi. Imomga iqtido qilgan kishi sajda oyatini o‘qisa, imomga ham, jamoatga ham sajda qilish vojib bo‘lmaydi. Faqat imom va jamoat sajda oyatini namoz o‘qimayotgan bir kishidan eshitsalar, namozdan so‘ng sajda qilishlari lozim. Bu hodda agar namoz asnosida sajda qiladigan bo‘lsalar, zimmalaridogi sajda o‘rniga o‘tmaydi, ammo namozlari ham buzilmaydi. Ishonchli nuqtai nazarga ko‘ra, ma’nosiny tushunish sharti bilan, forscha kabi (boshqa tilda) sajda oyati eshitilsa ham, sajda qilish vojib bo‘ladi. Uxlayotgan kishidan, yosh boladan, hayz yo nifosdagi ayoldan sajda oyati eshitilganida ham sajda qilish vojib. To‘tiqush va aks sadodan eshitilgan sajda oyati tufayli sajda qilish vojib bo‘lmaydi.

Izoh: Zamonamizda mavjud bo‘lgan radio, televizor va shunga o‘xshash vositalardan Quroni karimni tinglash bilan savob qozonilganidek, sajda oyatini eshitish tufayli sajda qilish vojib bo‘ladi.


Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:58:10

Tilovat sajdasiniig vaqti va shakli

1.   Namozda sajda oyati o‘qilganida, tilovat sajdasi uchun ruku yo sajda qilish bilan ado etiladi.
2.   Sajda oyatidan so‘ng ikkidan ortiq oyat o‘qimay tilovat sajdasini niyat qilib namozning rukusiga borsa va uni niyat qilmasa ham, namozning sajdasini qilsa, tilovat sajdasi o‘rniga o‘tadi.
3.   Kishi imomdan sajda oyatini eshitib, u imomga iqtido qilmasa ham, yoki (sajda oyati o‘qilgan rakatdan) boshqa rakatda mazkur imomga iqtido qilsa ham? namozdan so‘ng tilovat sajdasi qiladi.
4.   Imom sajda oyati o‘qigan rakatda hali imom tilovat sajdasini qilmasdan unga iqtido qilgan kishi, imom bilan birga sajda qiladi. Ammo shu rakatda imom o‘qigan oyat sajdasini qilganidan so‘ng, imomga iqtido qilsa, tilovat sajdasi qilmaydi.
5.   Namoz asnosida qilinishi lozim bo‘lgan tilovat sajdasi namoz ichida ado qilinmagan bo‘lsa, namozdan keyin ado qilinmaydi. Chunki namoz ichida qilinishi lozim bo‘lgan tilovat sajdasi uchun shunday ulug‘ daraja borki, namozdan keyingi sajdalar uning o‘rniga O’tmaydi.
6.   Kishi namozdan boshqa payt sajda oyati o‘qib (yoki eshitib) sajda qilgach, ayni joyda namozni boshlab, o‘sha oyatni o‘qisa, takror sajda qiladi. Agar avval aytilgan sajdani qilmagan bo‘lsa, namozdagi sajda ikkala sajdaning o‘rniga o‘tadi.
7.   Ayni joyda bir sajdai oyatni ikki yoki undan ko‘p bora o‘qigan kishi bir marta tilovat sajdasi qiladi.
8.   Faqat boshqa-boshqa joylarda bir sajda oyatini o‘qigan kishi uchun bir marta tilovat sajdasi qilish kifoya emas.

Qayd etilgan