Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307203 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 33 B


Robiya  19 Aprel 2009, 10:58:19

Joyni o‘zgartirmaydigan sabablar

Turgan yo o‘tirgan joyidan zarurat uchun bo‘lsa ham ajralish, daraxtda bir shoxdan boshqa shoxga o‘tish, anhor yoki kattaroq hovuzda (sajda oyati o‘qilgan) joydan boshqa joyga suzib o‘tish bilan, joy o‘zgargan hisoblanadi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:58:37

Joyni o‘zgartirmaydigan sabablar

1.   Bir xonaning yoki katta bo‘lsa-da, masjidning ichida sajda oyati o‘qilgach, bir burchakdan boshqa bir burchakka o‘tishi
2.   Qur’on tilovat qilayotgan payt kemaning yurishi.
3.   Sajda oyati o‘qilgach, bir yoki ikki rakat namoz o‘qirlik vaqtning o‘tishi.
4.   Bir qultum suv ichish, bir-ikki luqma taom yeyish yoki bir-ikki qadam yurish.
5.   Bir narsaga suyanish, o‘tirish, yoki o‘rnidan turish.
6.   Sajda oyati o‘qilgan joyda hayvonga minish yoki tushish.
7.   Ustida namoz o‘qilayotgan hayvonning yurishi. Bunday hollarda bir marta sajda qilish kifoya.
8.   Sajda oyati o‘qiyotgan kishi o‘rnida qolgani holda, eshitayotgan kishining joyi o‘zgarsa, eshitayotgan kishi takror sajda qilishi lozim.
9.   Bir joyda bir sajda oyatini ko‘p eshitgan kishining takror sajda qilishi shart emas. Faqat o‘qigan kishi joy o‘zgartirgani tufayli, takror sajda qilish kerak.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:58:54

Turli masalalar

Sajda oyati bo‘lgan surani o‘qiyotib, sajda oyatini o‘qimay tashlab ketish makruhdir.

Sajda oyatiga bir yoki bir necha oyat qo‘shib o‘qish mustahabdir.
O’tirgan kishining tilovat sajdasi qilish uchun o‘rnidan turib, sajda qilishi mustahabdir.

Sajda oyatini eshitgan kishining o‘qigan kishidan avval boshini sajdadan ko‘tarmasligi ham mustahabdir.

Sajda oyati bir jamoat ichida o‘qilib, hamma birdan sajda qilishi lozim bo‘lganida, oyatni o‘qigan kishining oldinroqqa o‘tirish va jamoatning saf tortishi shart emas. Har kim o‘tirgan joyida, xohlaganidek sajda qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:59:04

Tilovat sajdasining sahih bo‘lish shartlari

Tilovat sajdasining sahih bo‘lish shartlari iamozning sahih bo‘lish shartlaridir (takbiri tahrimadan boshqa).

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:59:16

Ado etish tartibi


Sajda oyatini o‘qigan yoki eshitgan kishi o‘tirgan bo‘lsa, o‘rnidanturadi. Qo‘lni ko‘tarmay takbir aytib, sajdaga boradi va yana takbir aytib, o‘rnidan turadi. Shu tartibda bir marta sajda qiladi. So‘ngtashahhud o‘qimaydi va salom bermaydi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 10:59:39

Shukr sajdasi


Hazrati Abu Bakrdan, roziyallohu anhu. rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, iisonni xushnud qiladigan bir narsaga ro‘para kelganlarida yoki biror xushxabar eshitganlarida Alloh taologa shukr qilish maqsadida darhol sajda qilar edilar.

Shukr sajdasi Imomi A’zamga, roziyallohu anhu, ko‘ra namozdan so‘ng makruhdir va hech qanday savobi yo‘q, qilmagan afzaldir. Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘ra esa, savob bo‘lgan bir ibodatdir. Shukur sajdasi tilovat sajdasi kabi ado etiladi.

Izoh: Fiqh ulamolari Imom A’zamniig, rahmatullohi alayh, bu nuqtai nazarlarini, qilinishi vojibemas deb, Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadning fikrlarini esa, qilinishining zarari yo‘q, joizdir deb sharhlaganlar. Bunga ko‘ra, har bir xushxabarni eshitganda sajda qilish shart emas, ammo qilinishi joizdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:00:05

Har baloning daf qilinishi haqida

Imom Nasafiy "Kofiy" nomli asarlarida aytadilarki, kimki bir joyda barcha sajda oyatlarnni o‘qib, har biri uchun alohida-alohida sajda qilsa, bu ibodat tufayli boshiga keladigan barcha balolardan omon qoladi.

 

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:00:25

Juma namoziiing hukmi

Juma namozi quyidagi yetti shartni jam qilgan bo‘lib, har bir musulmon uchun farzi ayndir. Farz bo‘lishining shartlari:
1.   Erkakbo‘lishi;
2.   Ozod bo‘lishi;
3.   Shaharda yoki shahar yaqinida istiqomat qilishi;
4.   Sog‘lom bo‘lishi;
5.   Zolimning hamlasidan omon bo‘lishi;
6.   Ikki ko‘zi ko‘r bo‘lmasligi;
7.   Ikki oyog‘ining birdaniga oqsoq yoki shol bo‘lmasligi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:00:43


Durust bo‘lishining shartlari
1.   Juma namozi peshin namozining vaqtida o‘qilishi zarur. Peshin namozining vaqti kirmasdan juma o‘qilishi du rust emas. Juma o‘qilayotganida vaqt chiqsa, u bekor bo‘ladi.
2.   Vaqtida (farz namozidan avval) juma xutbasi niyati bilan, juma namoziga jamoat bo‘la oladigan kishilar huzurida xutba o‘qishlari kerak.
3.   Barchaning masjidga kirib, bemalol namoz o‘qishi mumkin bo‘lishi zarur.

Hanafiy mazhabiga ko‘ra, juma farzi uchun yetarli jamoat qul, musofir va bemorlardan iborat bo‘lsa ham, imomdan boshqa uch erkak kishidir. Mazkur jamoat bilan juma namozi o‘qish mumkinligining sharti bu kishilarning birinchi sajdaga borgunlaricha imom bilan birga qolishlaridir. Ilk sajdani qilgach, (namozni buzib) tarqaydigan bo‘lsalarI imom namozni yolg‘iz o‘zi juma namozi sifatida tamomlaydi Ammo imom birinchi sajdaga bormasidan, jamoat tarqaladigan bo‘lsa, namoz buziladi. Uch kishilik jamoatdan biri ayol yoki yosh bola bo‘lsa, namoz sahih bo‘lmaydi. Qul, musofir va bemorning juma namozida imom bo‘lishi joizdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:01:08

Juma namozining xutba va sunnatlari

Juma xutbasida tasbeh yoki tahmid bilan kifoyalanish, karohat bilan joizdir.

Juma xutbasining o‘n sakkiz sunnati bor:

1.   Xutba o‘qiydigan kishining najosat va janobatdan pok bo‘lishi.
2.   Avrat joylarini berkitishi.
3.   Xutbani boshlashdan avval minbarda o‘tirishi.
4.   Imom-xatibning oldida azon aytilishi.
5.   Imom-xatibning azondan so‘ng, urush bilan qo‘lga kiritilgan joylarda chap qo‘lida ushlagan qilichga tayanib, sulh orqali olingan joylarda esa, qilichsiz (xutba o‘qish uchun) o‘rnidan turishi.
6.   Imom-xatibning jamoatga yuzlangan holda xutba o‘qishi.
7.   Xutbani Allohga hamdu sano bilan boshlashi.
8.   Kalimai shahodatni o‘qishi.
9.   Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot aytishi.
10.   Jamoatga va’z-nasihat qilishi.
11.   Jamoatga Allohning azobidan qutqaradigan sabablarni eslatishi.
12.   Qur’ondan biror bir oyat o‘qishi.
13.   Xutbani ikkiga bo‘lishi.
14.   Ikki xutba orasida o‘tirishi.
15.   Ikkinchi xutbani ham yana Alloh taologa hamdu sano va Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot bilan boshlashi.
16.   Ikkinchi xutbada barcha mo‘minlarga duo va mag‘firat tilashi.
17.   Jamoatning xutbani eshitishi.
18.   Har ikki xutbani tivoli mufassal, ya’ni Qur’oni karimning Hujurot surasidan Buruj surasigacha bo‘lgan qismi uzunligida qilishi. Bundan cho‘zish va sunnatlardan birini tark qilish makruhdir.

Qayd etilgan