Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307299 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 33 B


Robiya  19 Aprel 2009, 11:01:23

Juma namoziga oid turli masalalar


1.   Juma kuni birinchi azon aytilgach, musulmonlarning savdo-sotiq (kabi dunyo) ishlarini to‘xtatib, juma namoziga borishlari farzdir.
2.   Imom minbarga chiqsa, xutba va juma farzi tamom bo‘lgunicha, gapirish va nafl namoz o‘qish joiz emas.
3.   Xutba eshitayotganlarning yeb-ichishlari, keraksiz narsalar bilan shug‘ullanishlari, u yoq-bu yoqqa qarashlari, salomga alik olishlari hamda aksirganga "yarhamukalloh" deb javob qaytarishlari makruhdir.
4.   Imom-xatib minbarga chiqqach, jamoatga salom bermaydi.
5.   Azon aytilgach, juma namozini o‘qimasdan safarga otlanish (tahriman) makruhdir.
6.   Bemor, musofir va ayollarga o‘xshash juma namozini o‘qishi farz bo‘lmagan kishilar, agar juma namozini o‘qisalar, peshin namozining o‘rniga o‘tadi va peshin namozi ulardan soqit bo‘ladi.
7.   Hech qanday uzrsiz juma namoziga mukallaf bo‘lgan kishilarning juma namozi o‘qilmasdan avval peshin namozini o‘qishlari haromdir. Shunga qaramay, uyida peshin o‘qiganidan so‘ng, pushaymon bo‘lib, imom hali namozni tamomlamasdan, masjid sari otlansa, namozga ulgurmasa ham, o‘qigan peshin namozi botil bo‘ladi va naflga aylanadi.
8.   Bemor, musofir hamda qulga o‘xshash uzrli kishilarning juma namozi o‘qilgan joyda peshinni jamoat bilan o‘qishlari makruxdir.
9.   Juma namoziga tashahhudda yoki sahv sajdasida qo‘shilgan kishi juma namoziga ulgurgan hisoblanadi.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:01:36

Hayit namozlari hukmi va shartlari

Hayit namozlari juma namozi farz bo‘lgan kishilarga vojibdir. Faqat xutba hayit namozlarida sunnatdir.

Xutbani hayit namozidan avval o‘qish yoki xutba o‘qimasdan hayit namozini o‘qish karohat bilan joizdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:01:50

Ramazon hayitining mustahablari

Ramazon hayitida quyidagi o‘n uch narsa mustahabdir:
1.   Masjidga ketmasdan avval toq bo‘lish sharti bilan, xurmo yoki biror shirinlik yeyish.
2.   G’usl qilish.
3.   Tishlarni misvok (yoki tish cho‘tkasi) bilan tozalash.
4.   Xushbo‘ylanish.
5.   Eng chiroyli kiyimlarni kiyish.
6.   O’ziga vojib bo‘lsa, hayit namozidan avval fitr sadaqasini berish.
7.   Uchragan har bir insonga tabassum bilan xushmuomalada bo‘lish.
8.   Iloji boricha ko‘proq sadaqa berish.
9.   Ertalab barvaqt turish.
10.   Hayit namozi o‘qiladigan masjidga ertaroq va ildam qadamlar bilan borish.
11.   Bomdod namozini uyiga yaqin bir masjidda o‘qish.
12.   Bundan so‘ng piyoda, hayit namozi o‘qiladigan masjidga borish.
13.   Iloji bo‘lsa, boshqa bir yo‘ldan uyiga qaytish. Hayit namozidan avval masjidda, uyda va namozdan so‘ng esa masjidda nafl namoz o‘qish makruhdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:02:03

Hayit namozining vaqti


Hayit namozining vakti quyoshning bir yoki ikki nayza bo‘yi (uch yo to‘rt metr) ko‘tarilishidan boshlab to zavoligacha bo‘lgan vaqtdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:02:14

Hayit namozlarini o‘qish tartibi

Hayit namoziga niyat qilib, takbiri tahrima aytiladi. So‘ngra qo‘llar bog‘lanib sano o‘qilgach, uch marta takbir aytiladi va har birida qo‘llar ko‘tariladi, birinchi va ikkinchi takbirlarda qo‘lni pastga qo‘yib yuborib, uchinchisidan so‘ng bog‘lanadi.
So‘ngra xufya "Auzu" va "Bismillohni aytgach, jahran Fotiha va zam sura o‘qiydi va ruku qiladi. Hayit namozlarining dastlabki rakatida A’lo surasini o‘qish mandubdir, ikkinchi rakatni "Bismillah" bilan boshlab Fotiha va zam sura o‘qigach, birinchi rakatda bo‘lganideq, qo‘llarni ko‘targan holda, uch marta ziyoda takbir aytiladi. Uchala takbirda ham qo‘llar ko‘tarilgach, yoniga qo‘yib yuboriladi va to‘rtinchisida rukuga boriladi). Namoz o‘qib bo‘lingach, xatib xutba o‘qiydi va unda fitr sadaqasining hukmini tushuntiradi. Hayit namozini imom bilan birga o‘qiy olmagan kishi (so‘ngra) qazosini o‘qimaydi. Hayit namozini o‘qish biror uzr tufayli, faqatgina iyukinchi kunga kechiktirilishi mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:02:36

Qurbon hayitining hukmi


Qurbon hayitining hukmlari aynan Ramazon hayitining hukmlari kabidir. Faqat (kishi shirinlik) yeyishni namozdan keyinga qoldiradi va (masjidga ketayottanida) yo‘lda takbirni baland ovoz bilan aytadi. Imom xutbada qurbonlik hukmlarini va tashriq takbirini tushuntiradi. Namoz biror-bir uzr tufayli uch kungacha kechiktirilishi mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:02:53

Tashriq takbirining hukmi, muddati va kimlarga vojib bo‘lishi

Tashriq so‘zining lug‘aviy ma’nosi "quyosh nurida go‘shtni quritish" deganidir. Arablarda hayitning birinchi, ikkinchi, uchinchi kunlari qurbonlik go‘shtlarini quritish odat bo‘lgani uchun bu kunlarga tashriq kunlari deb nom berilgan. Ba’zi olimlarga ko‘ra, bu so‘zning "jarangdor ovoz bilan takbir aytish" degan ma’nosi ham bor.

Arafa kuni bomdod namozidan boshlab, hayitning to‘rtinchi kuni asr namozigacha (asr namozi bilan birgalikda 23 vaqt) har farz namoz o‘qilganidan so‘ng, munfarid (yakka namoz o‘quvchi), jamoat, imom, muqim, musofir, shaharlik, qishloqlik, ayol va erkak har bir namozxonga tashriqtakbirini aytish vojibdir. Butun Islom o‘lkalarida fatvo shunga ko‘radir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:04:12

Tashriq takbiri


Tashriq takbiri quyidagicha:
Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd.

Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, arafa kuni bomdod namozida jamoatga yuzlanib: "Shu kunlarda siz aytadigan va Payg‘ambar ham aytgan eng xayrli so‘zlar "Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd " so‘zlaridir" deganlar.

Rivoyatga ko‘ra, tashriq takbirining tarixi shunday: Hazrat Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘li Ismoilni, alayhissalom, Alloh uchun qurbon qilmoqchi bo‘lgan paytda birdan Jabroilning, alayhissalom, bir qo‘chqor bilan tushishlari Ibrohimni, alayhissalom, qo‘rqitadi. Jabroil, alayhissalom, yerga tushar ekan, "Allohu akbar" deydilar. O’zini qo‘lga olgan Ibrohim, alayhissalom, esa "Allohu akbar va lillahil hamd", deb javob beradilar.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:04:38

Quyosh tutilganida o‘qiladigan namoz

Quyosh tutilganida nafl namozga o‘xshash ikki rakat namoz o‘qish sunnatdir. Bu namoz azon va iqomatsiz, xutbasiz, maxfiy qiroat bilan, juma imomi, davlat boshlig‘ining vakili imomligida o‘qiladi. Har ikki rakatning ruku va sajdalarini uzunroq qilish sunnatdir. Namozdan so‘ng imom qiblaga qarab o‘tirib yoki jamoatga qarab tik turib, quyosh ochilguncha duo qiladi, jamoat omin deb turadi. Imom bo‘lmasa quyosh tutilganidagi namoz jamoatsiz o‘qiladi.

Izoh: Rivoyatga ko‘ra, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, davrlarida bir kuni quyosh tutiladi, u kishi xalqni to‘plab, ikki rakat namoz o‘qitdi. Bu namozda uzoq qiyomda turgandan so‘ng ruku qildilar, rukuda uzoq vaqt qoldilar, so‘ng sajda qildilar, uzoq, muddatli bir sajdadan so‘ng ikkinchi rakatga turdilar, ikkinchi rakat ham shuncha cho‘zildi va namoz tugadi, quyosh ochildi.

Bu haqda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Bu Allohning qullarini o‘z qudrati bilan qo‘rqitishi — ibrat olinadigan hodisadir. Quyosh tutilishini ko‘rsangiz, eng yaqin farz namozga o‘xshash namoz o‘qingizlar ", deganlar.


Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:04:51

Oy tutilganida o‘qiladigan namoz

Kunduz paytidagi qorong‘u zulmat, shiddatli shamol yoki qattiq qo‘rquv (zilzila, og‘ir yuqumli kasallik va oy tutilishi) holatida har kim yakka holda ikki rakat nafl namoz o‘qiydi.

Quyosh va oy tutilganida ikki rakat nafl namoz o‘kish sunnatdir. Bu esa musulmonlarning bu hodisalardan dahshatga tushib, ko‘rqishlaridan dalolat bermaydi. Quyosh va oy Allohning buyuk ne’matlaridandir. Biri kunduz, biri kechani oydinlatadi. Bu ne’matlarning foydalarini olimlar hali to‘liq o‘rganmaganlar. Go‘yo ular yo‘q bo‘lgandek tuyuladigan tutilish asnosida bu ne’matlarning Yaratuvchisiga shukr qilish, namoz o‘qish lozimdir.

Qayd etilgan