Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307297 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 33 B


Robiya  19 Aprel 2009, 11:05:39

Yomg‘ir so‘rash duosi


Istisqo Alloh taolodan istig‘for tilab, maxsus holda yomg‘ir yog‘dirishini so‘rashdir. Istisqoda namoz jamoat bilan o‘qilmaydi. Ketma-ket uch kun eski, toza, hatto, yamoq solingan kiyimlarni kiyib, bo‘yni egik, tavoze’ va xushu’ bilan, yayov holda cho‘lga (sahroga) shahar va qishloq tashqarisiga chiqish, chiqishidan oldin har kun sadaqa berish mustahabdir.. Bolalar va keksa kishilarni, bolali hayvonlarni ham olib chiqish mustahabdir.

Izoh: Chunki ular rahmatning tushishiga (yomg‘ir yog‘ishiga) sababchi bo‘ladilar. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Sizning orangizdagi zaiflar, muhtojlar kundalik rizqingizni ta’minlayaptshshr va (ular tufayli) mushkul ishla-ringizda kerakli yordamni olmoqdasiz", dedilar. Boshqa bir hadisda esa: "Allohdan qo‘rquvchi yoshlar, o‘tlovchi hayvonlar, beli bukik qariyalar, ona sutidan ajramagan begunoh go‘daklar bo‘lmasa edi, ustingizga samodan balolar yog‘ardi ", deganlar.

Makkai Mukarrama va Quddus xalqi istisqo uchun shahar tashqarisida emas Masjidul Harom va Masjidul Aqsoda to‘planadilar, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, shaharlari Madinada xalq Qubo masjidiga yig‘iladi.

Qiblaga qarab, imom tik turgan holatda qo‘lini ko‘tarib duo qiladi. Jamoat qiblaga qarab o‘tirgan joyidaya "Omin" deydi va ushbu duo o‘qiladi:

Allohumma asqina g‘aysan mug‘isan hanian marian, g‘adaqan ajilan g‘oyra raisin mujillilan sohhan tabakan doiman.

Ma’nosi: Allohim! Bizga bizni shiddatdan qutqaruvchi, zohiriy va botiniy foydali, mo‘l, barakali har yonni o‘z ichiga olgan, har yonga oqadigan, har yonni ho‘l qiladigan davomiy yomg‘irni bergin.

Bu va bunga o‘xshash duolar maxfiy yoki jahriy o‘qiladi. Istisqoda kiyim teskari qilinmaydi. Duoda zimmiy (musulmon bo‘lmagan) kishi ishtirok etmaydi.
Hazrati Oyishadan rivoyat qilinishiga ko‘ra, bir kuni xalq Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, yomg‘ir yog‘mayotganidan shikoyat qildi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, maydonda minbar qurishni buyurdilar va butunsh xalqning to‘planshii uchun bir kunni tayinladilar. Tayinlangan kun quyosh chiqib-chiqmay o‘rnatilgan minbarga Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, chiqib o‘rnashib, takbir va Allohga hamdu sano aytgach, xalqqa yuzlanib:
"Ey xalq, siz menga kelib, yerlaringizda qurg‘oqchilik bo‘lgani, vaqtida yomg‘ir yog‘mayotganidan shikoyat qildingiz. Alloh ham sizga duo qilishingizni buyurdi, istagingizni bajarajagini va’da qildi " dedilar. So‘ng: "Hamd olamlarning Parvardigoriga xosdir. U saqlovchi va kechiruvchidir, hisob-kitob kunining Egasidir. Undan bo‘lak iloh yo‘qdir va u xohlaganini qilguvchidir. Allohim, sen boysan, biz esa senga muhtoj faqirlarmiz, bizga yomg‘ir ber va uni bizga xayrli ayla " deb duo qildilar. Keyin qo‘llarini osmonga ko‘tardilar (qo‘ltiqlari ko‘rindi) ustlaridagi kiyimni teskari kiyib, xalqqa yuzlandilar, minbarda uzoq muddat bu vaziyatda turib, keyin pastga tushib, ikki rakat nafl namoz o‘qidilar. Namozdan keyin sharros yomg‘ir yog‘maguncha masjidga qaytmadilar. Kuchli yomg‘ir boshlangach, xalq pana joy axtarib, tarqalishganda, old tishlari ko‘rinadigan holda kuldilar va "Guvohlik beramanki, Alloh har ishga qodirdir va yana guvohlik beramanki, men uning quli (bandasi) va elchisidirman ", dedilar.

Zimmiylarni (musulmon bo‘lmasalar-da, islomiy o‘lkada jizya va xiroj to‘lab yashovchilar) duoga chiqarmaslik sababi, agar duodan so‘ng yomg‘ir yog‘sa, avom xalq ularning duolari ham qabul bo‘lib, yomg‘ir yog‘di, ularning dini ham haq ekan, deb o‘ylab, imonlari susayishidan saqlanishdir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:06:51

Xavf (qo‘rquv) namozi hukmi va sababi

Xavf namozini faqat dushman" va yirtqich hayvon oldida yoki suv toshqini va yong‘indan qo‘rqish holatida o‘qish joizdir.

Butun jamoat bir imomga ergashishni xoxlasalar, imom Jamoatni ikkiga bo‘ladi.
Bir guruhni dushman qarshisida qoldiradi, boshqa guruh bilan namoz o‘qishni boshlaydi. O’qiladigan farz namoz ikki rakatli bo‘lsa bir, to‘rt (yoki uch) rakatli bo‘lsa, ikki Rakat o‘qiganidan so‘ng, birinchi jamoat dushman oldiga boradi. Ularning o‘rniga ikkinchi guruhkelib, imomga ergashadi. Imom namozning qolgan qismini o‘qib, yakka o‘zi salom beradi. Ikkinchi guruh dushman oldiga qaytgach, bn-rinchi guruh o‘rinlariga qaytib, Qur’on o‘qimasdan namozlarini tugatadilar, salom berib dushman oldiga qaytadilar. Ikkinchi jamoat ham namozning qolgan qismini joylariga qaytib yoki dushman qarshisida, xoliroq joyda o‘qib tugatadi.

Izoh: Namozlarining ikkinchi qismini yolg‘iz o‘qiydigan paytda birinchi guruh lohiq, ikkinchisi masbuq edi, shuning uchun birinchi guruh namozning ikkinchi qismida Qur’on (qiroat qilmaydi) o‘qimaydi, ikkinchisi o‘qiydi. Ma’lumki, masbuq namozning boshida imomga yetisholmagan kishidir. Bu kishi imomning salomidan so‘ng namozning yetisholmagan qismini o‘zi qiroat bilan o‘qib tugatadi. Uholda, hukmga ko‘ra, masbuq holatida bo‘lgan ikkita jamoat namozning imom bilan o‘qilmagan qismini qiroat qilib tamomlaydi. Lohiq esa, namozni imomga ergashib boshlagan bo‘lsa ham, qandaydir sabab bilan namozning boshqa qismini imom bilan o‘qimagan kishidir. Bu kishi imomning salomidan keyin, namozning o‘qilmagan qismini qiroatsiz tugatadi. Birinchi guruh namozning birinchi qismini o‘qib, dushman oldiga qaytganiga ko‘ra, namozning ikkita qismini o‘qish chog‘ida lohiq hukmida bo‘ladi. Shuning uchun qiroat qilmaydi.
1.   Kuchli qo‘rquv chog‘ida hamma ot-ulov yoki shunga o‘xshash vosita ustida kuchi yetgan tomonga qarab, namozni imo-ishora bilan yakka-yakka o‘qiydi.
2.   Xavf namozi do‘shman bilan yuzlashib turilganida joizdir.
3.   Namoz asnosida qurollarning yonda bo‘lishi mustahabdir.
4.   Jamoat bir imomning orqasida namoz o‘qishni talab qilmasalar, har bir guruh xavf-xatarsiz holatdagidek, imomlari bilan o‘qishlari afzaldir.

Qayd etilgan


Robiya  19 Aprel 2009, 11:07:32

Takrorlash uchun savollar

 Quyidagi savollarga o‘ylab, javob bering: 1. Vitr namozining hukmi nima? Necha rakatdan iborat va qanday o‘qiladi? Qunut duosining ma’nosi qanday? Qunut duosi qachon o‘qiladi? Kalimalari qanday? Bomdod namozida qunut duosini o‘qiydigan (Shofe’iy mazhabidagi) imomga iqtido qilgan Hanafiy mazhabidagi kishi qanday harakat qiladi? Vitr namozi qachon jamoat bilan o‘qiladi?
2.   Sunnati muakkadalarni sanab bering. Ikki rakatdan ortiq nafl namoz o‘qib, namoz so‘ngiga qadar tashahhudda o‘tirmagan kishining hukmi nima?
3.   Tahiyatul masjid, hojat va tungi namozlarning hukmini aytib, ibodat bilan o‘tkazish mandub bo‘lgan kechalarni sanab bering.
4.   O’tirgan holda, ot yoki shahar tashqarisida biror vositaga mingan, biror narsaga suyangan hodda o‘qilgan nafl namozlarning hukmini aytib bering.
5.   Miniladigan hayvon ustida o‘qilgan farz va nafl namozlarning hukmi qanday? Miniladigan hayvon (tuya) o‘rkachi ustida o‘qilgan namozlarni tafsilotlari bilan tushuntiring.
6.   Kemada namoz o‘qishning hukmini tafsilotlari bilan tushuntiring.
7.   Taroveh namozining hukmini, vaqgini va necha rakatligini aytib bering.
8.   Ka’baning ichida, ustida va atrofida o‘qilgan namozning hukmini aytib bering.
9.   Ibodat hukmlarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan eng qisqa safar muddati qancha? Qaysi namozlar qisqartiladi? Safar niyatining sahih bo‘lishi uchun lozim bo‘lgan shartlarni izohlab, namozni qisqartirishning hukmiy (safar) muddatini va namozni qisqartirmay, to‘liq o‘qigan musofirning hukmi qanday bo‘lishini bayon qiling.
10.   Musofirning muqimga va muqimning musofirga (namozda) iqtido qilishining hukmini, safar mobaynida qazo bo‘lgan namozlar safar tamom bo‘lgach; muqimliqda qazo qilingan namozlar safar asnosida qanday o‘qilishini aytib bering.
11.   Vatan haqidagi hukmlarni bayon qiling. Vatani iqomat nima bilan bekor bo‘ladi?
12.   Bemorning namozlarini tafsilotlari bilan tushuntiring. Bemor qachon namozni kechiktiradi? Qachon undan namoz soqit bo‘ladi? Qazo qoldirgan namozlarini vasiyat qilishi qachon joiz, qachon joiz emas?
13.   Qazo qolgan namozlar qanday tartibda o‘qiladi? Bunday tartib bilan o‘qish majburiyati nima bilan soqit bo‘ladi? Kishi farz namozini o‘qiyotganida qazo qolgan namozi esiga tushsa, nima qiladi?
14.   Kishi yolg‘iz o‘zi namozni boshlagach, qanday holatda namozini buzib, jamoatga qo‘shiladi? Qanday holatda o‘zi o‘qib tugatadi?
15.   Qaysi sunnat namozlarning qazosini qachon o‘qish joiz? Qachon farzlardan avval nafl namoz o‘qish mumkin? Qanday holatlarda azon aytilgan masjiddan chiqib ketish joizligini bayon qiling.
16.   Sahv sajdasining hukmi qanday va sabablari nima? Qasddan qilingan xatolarning qaysilarida sahv sajdasi qilinadi? Sahv sajdasining vaqtini, qachon soqit bo‘lishini va imom sahv sajdasi qilmaydigan namozlarni aytib bering.
17.   Birinchi yoki ikkinchi tashahhudda "Attahiyyotu" o‘qiyotganida adashib ketgan yoki namozda shubhaga tushgan kishining hukmini bayon qiling.
18.   Tilovat sajdasining hukmini, sababini, vaqtini va sajda oyatlarining sonini tafsilotlari bilan tushuntiring. Sajda qilishi lozim bo‘lgan va lozim bo‘lmagan kishini, sajda oyati takror-takror o‘qilganida tilovat sajdasi qachon ado qilinishini izohlab bering. Tilovat sajdasining sahih bo‘lish shartlarini, shaklini hamda shukr sajdasining hukmi va shaklini tushuntirib bering.
19.   Juma namozining hukmini, farz va sahih bo‘lish shartlarini aytib bering. So‘ngra shaharda, Minoda qachon juma namozi o‘qish joiz bo‘lishini, hamda xutbada (Alloh taologa) hamd aytish (kabi narsalar) bilan kifoyalanish hukmlarini bayon qilib bering. Xutbaning sunnatlaridan o‘ntasini sanab bering.
20.   Hayit namozlarining hukmini, shartlarini, vaqti va ado etish tartibini tushuntiring. Qurbon va Ramazonga hayiti namozlari hukmlari orasidagi farqni izohlang. Tashriq takbirining hukmini, vaqtini va kimlarga lozim ekanini bayon qiling.
21.   Kusuf (quyosh tutilish) namozining hukmini, shaklini, istisqo (yomg‘ir duosi) namozining hukmini hamda buning uchun nimalar mustahab ekanini tushuntirib bering.
22.   Xavf namozining hukmini, sababini aytib, bu namozni bir imomga iqtido qilib o‘qimoqchi bo‘lganlarida yoki alohida-alohida imomlar orqasida o‘qishga kelishib olganlarida namoz qanday ado qilinishini, xavf juda kuchli bo‘lganida qanday o‘qilishini tushuntirib bering.

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 14:59:00

JANOZA

O’lim to‘shagidagi bemor xususida


1.   Muxtazorni (o‘lim to‘shagidagi bemorni) o‘ng yoniga yonboshlatib, qiblaga qaratib qo‘yish sunnat bo‘ladi.
2.   Yuzi qiblaga qaraydigan holda boshini ko‘tarib, osmonga qaratib yotqizish ham joiz.
3.   Kalimai shahodatni, aytishga zo‘rlamay, majburlamay, ovoz chiqarib, qaytarib turish sunnatdir.
4.   O’lim to‘shagidagi bemorning yonida qarindoshlari va qo‘shnilari bo‘lishlari mustahabdir.
5.   Bemorning yonidagilardan biri bemorning boshida o‘tirib Yosin surasini o‘qiydi. Ba’zi olimlar Ra’d surasini o‘qishni xush ko‘rganlar. Qur’on o‘qilganida hayz va nifosli ayollar va junub erkaklar bemorning oldida turishi yoki chiqarib yuborilishda ixtilof bor. Chiqarib yuboriladi deganlar, yuqorida aytilgan holatdagi kishilar bor joyga farishtalar kirmasligini; chiqarilmasin deganlar esa bemorning qarindoshi, qo‘shnisi bo‘lgani uchun bu kishilarning turishi mustahabligini va ularning Kur’on eshitishlariga hech qanday to‘siq yo‘qligini aytadilar.

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 14:59:45

Bemorning joni uzilgach, qilinadigan ishlar


1.   Bemorning joni chiqqanidan so‘ng, jag‘i bog‘lanadi, Qo‘zlari yumiladi, yechintirib, yupqa narsa bilan o‘raladi, yotog‘idan olib, salqin joyga o‘tkaziladi.

Ko‘zlarini yumgan kishi ushbu duoni o‘qiydi: "Bismillahi va ‘ala millati rasulillahi". Ma’nosi: "Allohim, Sening noming bilan va Payg‘ambirimizning shariati ostida bu o‘likning ko‘zlarini yumaman. Allohim, uning ishini, narigi dunyodagi holini osonlashtir, uni huzuringga borishidan mamnun va mas’ud qil. Kelgan olamini, ketgan olamidan xayrliroq ayla ".

3.   Keyin jasad shishib ketmasligi uchun qorni ustiga temir bo‘lagi qo‘yiladi.
4.   Qo‘llari yoniga cho‘ziltirib qo‘yiladi. Qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yish joiz emas (bu ahli kitob: yahudiy va nasorolarning amalidir).
5.   Yuvilgunga qadar o‘likning yonida Qur’on o‘qish tanzihan makruhdir.
6.   O’lim voqeasini xalqqa eshittirishning zarari yo‘q, jamoatning ko‘p bo‘lishi uchun mustahabdir.

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 15:01:41

Jasadni yuvib, dafn etishga tayyorlash

1.   Kishi o‘lganidan so‘ng, shoshib uni ko‘mish tadorigi ko‘riladi.
2.   Kishi o‘lishi bilan xushbuyliklar toq sonda sepilgan maxsus taxtaga qulay holda yotqiziladi.
3.   Keyin avrati berkitilib, kiyimlari yechiladi.
4.   Namozni bilmaydigan kichik bolalardan boshqa barcha o‘lganlar og‘iz-burunlari yuvilmay, tahorat qildiriladi.
5.   Keyin sovun bilan qaynatilgan iliq suv, bu ham bo‘lmasa, isitilgan suv murdaning ustiga to‘kiladi.
6.   Mayitning avval bosh va yuzi uch marta yuviladi. So‘ng jasadni chap yoni bilan yonboshlatib, o‘ng yoni uch marta yuviladi. Quyilgan suv tananing taxtaga tegib turgan joyigacha yetkaziladi.
7.   Shundan keyin o‘ng yonboshiga yonboshlatib, chap yoni uch marta yuviladi.
8.   Keyin g‘assol (yuvguchi) mayitni suyab, o‘ziga suyantirib o‘tqazib, asta qornini mashqiladi. Mabodo shu asnoda axlat chiqsa, uni yuvib tashlaydi. Qayta yuvintirmaydi.
9.   Keyin sochiq yoki mato bilan artib quritiladi va kafanlanadi.
10.   Bosh va soqolga bir necha xil moddadan tayyorlangan xonut atiri va sajda a’zolariga (peshona, burun, qo’l, oyoqlar) kofur atiri suriladi, (xonut bo‘lmasa, mushki anbar ishlatish mumkin).
11.   Jasad yuvilayotganida (og‘iz, burun kabi teshik o‘rinlarga) suv kirmasin deb paxta tiqilmaydi.
12.   Tirnoq va sochlar olinmaydi.
13.   Soch-soqollar taralmaydi.
14.   Ayol erini yuvishi mumkin, faqat er xotinini yuvolmaydi. Chunki ayol boshqa erga tegishidan oldin, homila bo‘lsa, tug‘ishini kutishi yoki idda, ya’ni 4 oyu 10 kun kutishi kerak. Bunga ko‘ra, o‘lgan er ham nomahram emas. Biroq erda bunday holat yo‘q, u bemalol uylanishi mumkin, ya’ni marhuma ayolga begona erkak hukmiga o‘tgan.
15.   Xojasidan bolasi bor joriya ham xojasini yuvmaydi.
16.   Erkaklar orasida o‘lgan ayolni bu erkaklardan biri qo‘liga latta o‘rab (g‘usl o‘rniga) tayammum qildiradi.
17.   Ayollar ichida o‘lgan erkakni bu ayollardan biri qo‘liga latta o‘rab tayammum qildiradi.
18.   Bunday hollarda o‘likning mahram yaqinlaridan bi-ror kishi bo‘lsa, qo‘liga latta o‘ramay tayammum qildiradi.
19.   Xunasaga, erkaklik va ayollik a’zolari bor kimsa ham (xoh erkaklar, xoh ayollar orasida o‘lsin) rivoyatga ko‘ra (g‘usl emas), tayammum qildiriladi.
20.   Go‘dak qizni erkak, go‘dak bolani ayol yuvishi mumkin (chunki balog‘atdan oldin odob o‘rinlari avrat hisoblanmaydi).

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 15:02:36

Jasadni ko‘mish tadorigi kimning zimmasida?


1.   Ayolning (yuvilishi, kafanlanishi, ko‘milishi xara-jatlari) kambag‘al bo‘lsa ham, erning bo‘ynidadir.
2.   Mulki bo‘lmagan o‘likning kafani nafaqasi bo‘yniga vojib bo‘lgan (sog‘ligida qarashga majbur ota, o‘g‘il kabi) qarindoshlariga lozimdir.
3.   Tirikligida hech kimi bo‘lmagan mayitning ko‘milishi baytulmol (tegishli shahar, qishloq idorasi) zimmasida bo‘ladi.
4.   Baytulmolning mablag‘i bo‘lmasa yoki nohaqlik qilib bermasa, bu mas’uliyat xalq orasidagi boylarning zimmasiga tushadi.

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 15:03:17

Shariatga mos kafan


1.   Erkaklarning sunnat kafani qamis, izor va lifofa-dir.
2.   Erkaklarning kifoya kafani izor va lifofadir. Kafanning oq paxtadan qilingan matodan bo‘lishi afzaldir. Izor va lifofaning uzunligi boshdan oyoqqachadir. Qamis ko‘ylak bo‘yindan oyoq uchlarigacha bo‘lib, cho‘ntak va yenglari bo‘lmaydi, yon qo‘yilmaydi, ikki cheti birlashtirilib tikilmaydi, yokasi pastga tomon ochilmaydi.
3.   Kafan mayitning avval chap, so‘ng o‘ng tomonidan o‘raladi. Ochilib ketishi ehtimoli bo‘lsa, bog‘lanadi.
4.   Ayol kishini ko‘mishda mazkur kafanlarga yana ximor (yuzini yopadigan latta) xirqa (ko‘krakdan tizzagacha kengligida o‘raladigan latta) qo‘shiladi. Ayollarning kifoya kafani izor, lifofa va xirqadir.
5.   Ayolning sochlari ikki o‘ram shaklida o‘rilib, qamis (ko‘ylak) ustidan ko‘ksiga qo‘yiladi. Keyin ximor bilan yuz yopiladi, so‘ng izor, lifofa o‘ralib, keyin xirqa o‘raladi. Kafanlar o‘ralmasdan oldin, toq sonda xo‘shbo‘y qilinadi.
6.   Yana "kafani zarurat" ham bor, ya’ni nima topilsa mayit shunga o‘raladi.


Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 15:04:09

Janoza namozining hukmi va ruknlari


Janoza namozi farzi kifoyadir (mayit atrofidagi xalqdan bir qismi o‘qishi bilan boshqalardan farz soqit bo‘ladi). Ruknlari takbirlar va qiyomdir.

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 15:05:11

Shartlari


Janoza namozining boshqa namozlardan farqli oltita sharti bor:
1.   Mayitning musulmon bo‘lishi.
2.   Mayitning (va u qo‘yilgan joyning) toza bo‘lishi (mayit jamoat oldiga qo‘yilganida xuddi imom kabidir, ham o‘zi, ham o‘rni toza bo‘lishi kerak).
3.   Mayitning jamoat oldida bo‘lishi.
4.   Jasadning bus-butun holda yoki ko‘p qismi yoki boshi bilan tanasining yarmi mavjud bo‘lishi.
5.   Janoza o‘quvchining, agar uzri bo‘lmasa, o‘tirgan va (biror ulovga) mingan bo‘lmasligi.
6. Janozaning yerga qo‘yilishi. Mayitni qo‘lda ko‘tarib yoki ulov ustida turgan holida janoza o‘qilishi, yer juda iflos bo‘lmasa, joiz emas.

Izoh: Janoza namozini boshlashdan oldin imom agar mayit erkak bo‘lsa, "Erkak kishi niyatiga" , ayol bo‘lsa, "Xotin kishi niyatiga ", bola bo‘lsa, "O’g‘il bola niyatiga " yoki qiz bo‘lsa, "Qiz bola niyatiga" deb baland ovoz bilan aytib qo‘yishi, muazzin orqa safga yetkazishi lozim.


Qayd etilgan