Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307291 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 33 B


Robiya  29 Aprel 2009, 15:05:50

Janoza namozining sunnatlari


Janoza namozida to‘rtta sunnat bor:
1.   Mayit ayol yoki erkakligidan qat’i nazar, imomning ko‘kragining to‘g‘risida turishi.
2.   Ilk takbirdan so‘ng sano o‘qish.
3.   Ikkinchi takbirdan keyin salavot (namozdagi "Tashahhud"dan keyingi salavotlar) o‘qilishi.
4.   Uchinchi takbirdan keyin mayyit haqqiga duo qilish.

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 15:06:57

Janoza namozida mayit haqqiga duo

Mayit uchun belgilangan duo yo‘qdir. Biroq ushbu duoni o‘qish yaxshidir.

Allohummag‘firli hayyina va mayyitina va shahidina va g‘o'ibina va sog‘iyrina va kabiyrina va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal Islam. Va man tavaffaytu minna fatavaffahu ‘alal iyman.

Ma’nosi:
"Ey Rabbim! Tirigimizni va o‘ligimizni, bu yerda bo‘lganlarni va bo‘lmaganlarni, kichiklarimizni va kattalarimizni, erkak va ayollarimizni kechirgin. Allohim, Bizdan tug‘ilajak yangi nasllarni Islom dinida dunyoga keltir. Ajali yetib hayotdan ko‘z yumadiganlarning jonlarini imonli hollarida olgin ".
5.   To‘rtinchi takbirdan keyin duo qilmay, salom beriladi.
6.   Birinchi takbirdan boshqa takbirlarda qo‘llar ko‘tarilmaydi.
7.   Imom (yanglishib), besh takbir aytsa, jamoat iqtido qilmay, salom berishini kutadi.
8.   (Balog‘atga yetmagan) bolalar va jinnilar uchun gunohlari kechirilishini so‘rab janoza duosi yo‘q, chunki ular begunohdirlar).
9. Kichkina bolalar uchun: "Allohummaj’alhu lana faratan vaj’alhu lana ajran va zuhran vaj’alhu lana shafi’am mushaffao" deb duo qilinadi.

Ma’nosi: "Allohim! Bu o‘lgan go‘dakni biz uchun hozirlangan ajr qil. Uni bizga savob, oxiratimiz uchun boqiy yaxshilik et va uni bizga shafoati qabul bo‘lgan shafoat qiluvchilardan ayla".

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 15:07:48

Janoza namozini o‘qishga eng loyiq bo‘lgan kishi

1.   Davlat boshlig‘i.
2.   Uning vakili.
3.   Qozi (shar’iy hakam).
4.   Mahalla imomi va keyin mayitning voliyi.
5.   Janoza imomligiga loyiq kishi boshqa kishini imomlikka o‘tkazishi mumkin.
6.   Janozada imomlik qilishga haqqi bo‘lmagan kishi imomlikka o‘tsa, voliy qaytadan janoza o‘qishi mumkin.
7.   Biroq u imomlikka loyiq bo‘lgan kishiga iqtido qilib o‘qigan bo‘lsa, qayta o‘qimaydi. Voliy janozani o‘qisa, undan so‘ng haqdorlar qayta o‘qimaydi.
8.   Imomlikka loyiq kishi mayit tirikligida jano-zamni o‘qisin, deb vasiyat qilgan kishisidan ustunroqdir.
9.   Janoza o‘qilmasdan ko‘milgan mayit hali yorilib ketmagan bo‘lsa, yuvilmagan bo‘lsa ham, qabr ustida janozasi o‘qiladi.


Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 15:08:56

Bir necha marhumning janozasini bir qilib o‘qish


1. Bir necha mayit to‘planib qolsa, janozalari alohida-alohida o‘qilishi yaxshiroqdir. Qaysi biri avval kelgan bo‘lsa, shunisi birinchi o‘qiladi.
 2. Teng kelib qolsa, oldin eng fazilatli kishining janozasi o‘qiladi. Qolganlarning janozasi ham fazilatiga ko‘ra, navbat bilan o‘qiladi.
3. Imom bir necha mayitning janozasini birdaniga o‘qimoqchi bo‘lsa, har bir mayitning ko‘ksi imomning ro‘parasiga to‘g‘rilab qo‘yilgan holda saf qilinadi. Keyin janozalari o‘qiladi.

Bu xususda ham tartibga rioya qilinadi: imomga yaqin joyga erkak, keyin o‘g‘il bola, so‘ngra xunasa, keyin ayol mayit qo‘yiladi va janoza o‘qiladi.

Agar bir necha mayit (biror zarurat yuzasidan) bir qabrga ko‘miladigan bo‘lsa, janozada qo‘yilgan tartibning aksicha qo‘yiladi. Qibla tomonga erkaklar, o‘g‘il bolalar, keyin ayollar qo‘yiladi.

Izoh: Bu o‘rinda fazilat (ustunlik) darajasi musulmonlarning mayit haqidagi fikriga ko‘ra aniqlanadi. Kishning qanday odamligini faqatgina Yaratuvchi Alloh yaxshi biladi, ammo tavalludidan to vafotiga qadar har turli islomiy va ijtimoiy munosabatlarda uning zohiriy faoli-yatiga ko‘ra hukm qilinadi. Agar hukmlarida yanglishsalar, bu holat kechirimlidir.

Qayd etilgan


Robiya  29 Aprel 2009, 15:10:02

Janoza o‘qilayotganida imomga ergashish


Janoza namozi boshlanganidan keyin, kech qolgan kishi niyat qilib, imomning keyingi takbirini kutadi. Ikkinchi takbir aytilganida iqtido qiladi. Imom salom bergach, tobut olinmay turib, faqat qoldirgan takbirlarini aytadi. Agar u imom takbiri tahrima aytganida hozir bo‘lib, undan sal kechikib qolgan bo‘lsa, ikkinchi takbirni kutmasdan darrov imomga ergashadi. Janozaning oxirgi to‘rtinchi takbiridan keyin, salomdan avval kelgan kishi janozaga yetisholmagan hisoblanadi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:43:40

Janoza namozini qaerda o‘qish joiz


Janoza namozini tobutni masjidning ichiga qo‘yib, gobut masjid sirtida bo‘lsa-da, jamoatning bir qismi masjid ichida bo‘lgan holda o‘qish makruhdir.

Izoh: Ba’zi olimlarga ko‘ra, tobut (janoza) jamoatning bir qismi bilan masjid tashqarisida va jamoatning bir qismi masjid ichida bo‘lib o‘qilgan janoza makruh emas.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:44:22

Go‘daklarga (kichknna bolalar) janoza o‘qish


1. Tug‘ilayotganida o‘lgan go‘dakning yig‘lash, qimirlash kabi sog‘ligini bildiradigan nishonalari ko‘rilgan bo‘lsa, ism qo‘yilib, yuvib, janozasi o‘qiladi.
2.   Biroq (qimirlash, qichqirish kabi) hayot nishonasi ko‘rilmasa, (go‘dak) yuvilib, ism qo‘yilib, matoga o‘rab ko‘miladi, janoza o‘qilmaydi.
3.   Musulmon bo‘lmagan ota-onaning biri bilan birga asir olinib, o‘lgan bolaning holati ham shunday. Biroq ota-onasidan biri yoki bolaning o‘zi musulmon bo‘lsa, yoxud (ota-onasiz, yolg‘iz o‘zi) asir olinsa (o‘lganida), janozasi o‘qiladi.

Izoh: Negaki ota-onasi yonida bo‘lmay, bolaning o‘zi musulmonlarga asir tushsa, ota-onaning ta’siri (ularning diniy e’tiqodi) ostida qolmay, Islom jamiyatida katta bo‘lib, ehtimol, musulmon bo‘lar edi. Shu sababli kichikligida o‘lsa ham, katta bo‘lganida musulmon bo‘lishi ehtimoli bilan musulmon bolasi hukmida janozasi o‘qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:45:46

Kofir va osiylar


1.   O’lgan kofirning (musulmon qarindoshlari bo‘lsa, uni (kofirni) jirkanch (iflos, isqirt) narsa (buyum) kabi yuvib, matoga o‘rab, chuqurga tashlaydi yoki qavmiga beradi);
2.   Hukumatga qarshi g‘alayon qilib, to‘qnashuv chog‘ida o‘ldirilgan g‘alayonchilarning;

Izoh: Bu hukm xalqning manfaatini ko‘zlagan, to‘g‘ri yo‘ldan ozmagan, mashru hukumatga isyonchi bo‘lganlar uchundir. G’ayri-mashru hukumatga isyon qilish jihod hisoblanadi.

3- Qurolli to‘qnashuvda o‘lgan yo‘lto‘sarlarning;
4.   Yovuzlik bilan kishilarni bo‘g‘ib o‘ldirib yuruvchilarning;
5.   Shaharda kechasi qurol ko‘tarib, kishilarning yo‘lini to‘suvchilarning;
6.   Mahalliychi, mutaassibligi sababli intiqom (qasos) va qon da’vosida harakat qilayotgan paytda o‘ldirilganlarning (yuvilsalar ham), janozalari o‘qilmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:46:03

Ota-ona qotili va o‘ziga o‘zi suiqasd qilgan kishi


O’zini o‘zi o‘ldirgan kishi yuviladi va namozi o‘qiladi. Faqat musulmon ota-onadan birini, agar u yo‘lto‘sarlik qilmayotgan va dushmanlarga qo‘shilib urushmayotgan bo‘lsa, qasd qilib o‘ldirgan kishining namozi (janozasi) o‘qilmaydi.


Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:46:56

 
Tobutni olib borish va mayyitni ko‘mish


1.   Tobutni qabristonga olib borishda, to‘rt tomonidan to‘rt kishi yelkasiga ko‘tarishi sunnatdir.
2.   Tobutning avvalo bosh tomonidan oladi, so‘ngra oyoq tomonidan o‘ng yelkada ko‘tarish kerak. Keyin chap tomoniga o‘tib, avval bosh, so‘ngra oyoq tomonidan chap yelkada ko‘tariladi. Har tomondan o‘n qadamdan, jami qirq qadam ko‘tarib yurish mustahabdir.
Izoh: Negaki Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Kim tobutni qirq qadam ko‘tarsa, qirqta katta gunohlari o‘chiriladi (kechiriladi) ", deb marhamat qilganlar.
3.   Tobutdagi jasadni tebratib yubormaslik sharti bilan, olib ketilayotganida tez yurish mustahabdir.

Izoh: Buhaqda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi vd sallam: "Tobutni qabriga olib borishda tez yuring (shoshiling). Chunki mayit yaxshi odam bo‘lsa, uni kutib turgan mukofotlarga tezroq yetkazish o‘rinlidir, agar mayit yomon odam bo‘lsa, uni yelkalaringizdan tezroq tushirib, qutulganingiz yaxshidir", deganlar.

4.   Tobut ortidan ergashishning undan oldinda yurishdan afzalligi xuddi farz namozning nafl namozdan ustunligi kabidir.
5.   Tobut olib ketilayotganida baland (jahriy) ovoz bilan zikr qilish makruhdir.
6.   Qabristonda tobut yerga qo‘yilmasidan oldin o‘tirish ham makruhdir.


Qayd etilgan