Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307248 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 33 B


Robiya  30 Aprel 2009, 16:47:28

Mayitni dafn qilish


1.   Qabr odamning yarim bo‘yi yoki ko‘ksigacha yetadigan chuqurlikda qaziladi. Bundan ham chuqurroq bo‘lishi mustahabdir.
2.   Agar tuproq yaxshi bo‘lsa, faqat qabrni chuqur qazish bilan cheyutanmay, qibla tomonga lahad qilinadi, o‘yiladi.
3.Mayit qiblaga qaratib qabrga qo‘yiladi.
4.   Qabrga qo‘yuvchi kishi "Bismillahi va ‘ala millati Rasulillahi", deydi. Ma’nosi: "Alloh nomi bilan va Payg‘ambarning shariatiga ko‘ra (tuproqqa qo‘ymoqdaman) ".
5.   Mayitning o‘ng tomonini qiblaga moyil qilib qo‘yiladi.
6.Keyin kafanning bog‘lami yechiladi.
7.   Lahad og‘zi xom g‘isht bilan yo qamish kabi o‘simliklar bilan yopiladi.
8.   Pishgan g‘isht va taxta bilan lahad og‘zini yopish makruhdir (chunki bu narsalarga tiriklarning ehtiyoji ko‘proq).
9.   Mayit ayol kishi bo‘lsa, qo‘yilayotganida usti to‘sib turiladi.
10.   Lahad og‘zi yopilgach, tuproq tashlanadi.
11.   Qabrning usti to‘rtburchak shaklida emas, tuyaning o‘rkachi kabi tepacha qilinadi.
12.   Qabrning ustini bezash uchun bino qurish haromdir.
13.   Qabr mustahkam bo‘lishi uchun bino qilish makruhdir.
14.   Mayitni uyga ko‘mish makruh, chunki bu hol faqat Payg‘ambarlarga xosdir.
15.   Mayitni baland, bir necha jasad sig‘adigan qilib qurilgan joyga ko‘mish makruhdir.
16.   Zarurat yuzasidan bir necha jasadni bir qabrga ko‘mishning zarari yo‘q. Faqat har birining orasi tuproq bilan to‘silishi kerak.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:48:11

Dengizda o‘lgan kishi

Dengizdagi kemada o‘lgan musulmon kishining jasadi sohil uzoqligi va mayitning buzilishidan qo‘rqilgani bois yuvilib, kafanga o‘ralib, janozasi o‘qiladi va dengizga tashlanadi. Dengiz tubiga cho‘kib ketishi uchun jasadga og‘ir narsa bog‘lab, suvga tashlash joiz.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:48:28

Mayitni ko‘chirish


Mayitni o‘lgan yo o‘ldirilgan joydagi yaqin qabriston-ga ko‘mish mustahabdir.
Uni bir yoki ikki mil (taqriban 1885 m.) uzoqlikka olib borib ko‘mishning zarari yo‘q.
Bundan uzoqqa olib borish karohatli.

Dafn qilingan mayitni qabrdan chiqarib, boshqa joyga ko‘chirish joiz emas. Biroq (egasining ruxsatisiz) majburlab olingan joyga dafn qilinganida yoki (mayit yoky uning merosxo‘ri sotib olgan yer) shuf’a yo‘li bilan boshqa kishining moli bo‘lib, (jasadning u yerda qolishiga rizolik berilmagan holda) mayitni u yerdan olib, boshqa joyga ko‘mish joiz va zarur.

Mayit (hech kimning mulki bo‘lmagan joyda) boshqa kishi uchun (qazib) tayyorlab qo‘yilgan qabrga ko‘milsa, qabr qazishning haqini to‘lash sharti bilan qabrdan chiqarilmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:49:05

Qabrni ochishnish hukmi


Mayit bilan birga unutib ko‘mib yuborilgan molni (narsa, ashyo) olish, haqsizlik bilan olingan kafanni almashtirish, mayitning oldida qolib ketgan buyumni chiqarib olish uchun qabr ochilishi mumkin. Jasadning yuzi qiblaga qaratib qo‘yilmagani uchun qiblaga qaratib qo‘yish yoki chap yoni bilan yotqizilgani bois o‘ng tomoniga to‘g‘rilab qo‘yish maqsadida qabr ochilmaydi.


Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:51:44

Qabr ziyorati

Ibratuchun qabrziyorati mustahabdir. Ziyoratchining Yosip surasini o‘qishi ham mustahab.

Izoh: Chunki hadisda "Kim qabriaponda Yosin-i sharif o‘qisa, (savobini qabr ahliga baxshida qilsa), u yerda ko‘milganlarning shu kungi azobini yengillatadi va o‘qigan odamga ularning soni miqdorida savob yoziladi ", deyilgan.

Quyidagilar makruhdir:
—   qabr ustida uxlash;
—   qabr ustida tahorat buzish;
—   qabristonning daraxt va o‘tlarini yulib tashlash. QKurigan buta, o‘t-o‘lan daraxtlarni yulib tashlashning zarari yo‘q.

Sahobalardan Anas, roziyallohu anhu, Payg‘ambarimizdan: "Biz o‘liklar nomidan sadaqa beramiz, haj qilamiz, ularga duo yo‘llaymiz. Bu qilganlarimizning savobi ularga yetarmikin?" deb so‘radi. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: "Albatga yetib boradi, ular sovg‘alaringizni olganida xuddi (hamma yoqtiradigan noz-ne’matlar to‘la) patnisni olgan kishiday suyunadilar", deganlar. Zotan, ahli sunnat val jamoa mazhabiga ko‘ra, har musulmonning namoz, ro‘za, haj, Qur’on o‘qish va shularga O’xshash har turli ibodatlar savobini o‘tganlarga baxshida Qilishi o‘rinli ishdir. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi vasallam: "Kishi qabristonga borib, u yerda "Ixlos" surasini 11 marta o‘qib, savobini o‘tganlarga bag‘ishlasa, qabristonda yotganlar soniga teng gunohlari kechiriladi", deb marhamat qilganlar.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:53:04

Shahidning hukmi


Ahli sunnat val jamoa mazhabiga ko‘ra, o‘ldirilgan kishi o‘z ajali bilan o‘lgandir.

Kimlarni shahid deyish mumkin?


Jang maydonida kofir dushmanlar, hukumatga qarshi bosh ko‘targan osiylar, yo‘lto‘sarlar o‘ldirgan, yo kechqurun uyiga kirgan o‘g‘ri tosh kabi narsa bilan bo‘lsa-da, urib o‘ldirgan, jang maydonida jarohat bilan o‘lik jasadi topilgan odamlar shahiddirlar.

Bir musulmon kishi tomonidan keskir qurol bilan qasd qilib, nohaq o‘ldirilgan musulmonlar ham shahid hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilganlar bolig‘, hayz, nifos, junubdan pok bo‘lib, hayotdan naf’ ko‘rmay, joni uzilgan bo‘lsa shahid hisoblanadilar.

1.   Shahidlarning qonli kiyimi yechilmay, jasadi yuvilmay janozasi o‘qiladi.
2.   Kafanlikka yaramaydigan dubulg‘a, zirh, qurol-yarog‘ kabi narsalar yechib olinadi.
3.   Sunnatga muvofiq kafanning kamchiligi to‘ldiriladi, ortiqchasi olib qo‘yiladi.
4.   Shahidning ustidagi kiyimlarini butunlay yechib olish yoki uni boshqa kafanga o‘rash makruhdir.
5.   Junublar, bolalar, jinnilar, hayz va nifos ko‘rayotgan ayollar o‘ldirilgan bo‘lsa, yuviladi.
6.   Jang tugaganidan so‘ng, yarador holatida yeyish, ichish, uxlash, davolanish yoki hushi joyidaligida bir namoz vaqti qadar muddat o‘tsa, (oyoq ostida tepkilanib ketmasligi uchun emas, balki boshqa qandaydir sabab bilan) jang maydonidan boshqa joyga ko‘tarib chiqilsa, vasiyat qilish, savdo-sotiq (oldi-berdi) qilish, ko‘P gapirish kabi dunyo ishlarini ado etib jon taslim qilganlar ham yuviladi.
7.   Ammo jang tugamasidan yuqorida zikr etilganlarning joni uzilgan bo‘lsa, jasadi yuvilmaydi.
8.   O’ch, qasos uchun o‘ldirilgan, shaharda topilgan qotili noma’lum jasad yuvib, janozasi o‘qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:53:46

Takrorlash uchun savollar

Quyidagi savollarni o‘ylab ko‘ring va javob bering.
1.   O’lim to‘shagida yotgan bemor oldida nima ishlar qilinadi? Joni uzilganidan so‘pg pima ishlar qilinadi?
2.   Mayit qanday yuvilishini. mayitning kafanini ki.m tayyorlashini aytib bering. Erkaklar va ayollar uchun kafanlarning shar’iy o‘lchovi va shaklini aytib beripg.
3.   Janoza namozining hukmi, ruknlari, sunnatlarp, shartlari, janoza imomligiga loyiq kishi kimligi, janoza namozi qanday o‘qilishini aytib bering.
4.   Vir paytning o‘zida bir necha janoza to‘planib qolsa, qanday o‘qiladi? Bolalar va chaqaloqlarning janozasi qapday o‘qiladi?
5.   Musulmon bo‘lmagan qarindoshn, yaqini o‘lganida musulmon kishi nima qiladi? Yo‘lto‘sar va shahardagi bosqinchi (o‘g‘ri) janozasy qachon o‘qiladi? O’zini o‘ldirgan va ota-onasining qotili (padarkush) bo‘lganlar janozalarining hukmi nima?
6.   Tobutdagi ko‘tarib yurish, kuzatish va ko‘mish tartiblarini aytib bering. Oddiy qabr bilan avvaldan ajratib, atrofi o‘ralgan oila qabristoni o‘rtasidagi farqni, qabrning ustiga devor qurish, qabr devoriga yozuv yozish va bir qabrga bir necha mayit ko‘mishning hukmlarini aytib bering.
7.   Quruklikdan juda uzoqda (dengiz, ummon o‘rtasida) bo‘lgan kemada o‘lgan kishi nima qilinadi? Mayitni (o‘lgan joyidan boshqa joyga) ko‘chirishning, qabrni qazib, o‘likni chiqarishning hukmini ayting.
8.   Qabristonni ziyorat qilishning hukmi nima? Ziyorat paytida mustahab (yaxshi) va makruh bo‘lgan harakatlarni aytib bering.
9.   Shahidning qanday kafanlanishini, yuvilishini, Qanday holatda yuvilmasligini aytib bering.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:54:15

Ro‘za kitobi

Ro‘za, qodir bo‘lgan kishining niyat qilib, subhi so-diqdan kun botgungacha, qasddan yoki yanglishib yeb-ichishsh dan va jinsiy aloqadan tiyilishidir.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:54:59

Ramazon ro‘zasining farz bo‘lish sababi


Ro‘zaning farz bo‘lish sababi ro‘za tutiladigan oyda yo uning bir qismida hozir bo‘lishdir. Ramazonning har bir kuni o‘sha kunning ro‘zasini tutish farz bo‘lishining sababidir.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 16:55:35

Hukmi va farz bo‘lilishning shartlari

Quyidagi uchta shart mavjud bo‘lgan kishiga Ramazonning ro‘zasini vaqtida tutish, agar tuta olmagan bo‘lsa, uning qazosini tutish farz bo‘ladi:
1.   Musulmon,
2.   Aqlli,
3.   Balog‘atga yetgan bo‘lishi.

Qayd etilgan