Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307154 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 ... 33 B


Robiya  30 Aprel 2009, 17:12:12

Nafl ro‘zaning qazosi


Nafl ro‘zani, qanday sabab bo‘lishidan qat’iy nazar, buzgan kishi, albatta qazosini tutishi kerak. Biroq ikki hayit va tashriq kunlari jami besh kun tutilgan nafl ro‘za buzilsa, qazo tutish lozim bo‘lmaydi (chunki bu kunlarda ro‘za tutish haromdir).

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:13:10

Bajarilishi shart bo‘lgan nazr qilingan namoz va ro‘za

Quyidagi uch shart bo‘lsa, nazrga vafo qilish lozimdir.

1.   Nazr qilingan amal vojib amal bo‘lsin.
2.   Nazr qilingan amal vasila, ya’ni tahorat kabi bir amal uchun shart bo‘lgan amal bo‘lmasin.
3.   Nazr qilingan amal aslida adosi farz bo‘lgan amal bo‘lmasin, besh vaqt namoz, Ramazon ro‘zasi kabi.

Binobarin, bemorni ziyorat qilishi, tilovat sajdasi Qilishni, tahorat qilishni nazr qilish bilan ularning adosi lozim bo‘lmaydi.

Qul ozod qilishi, e’tikofga kirishni, nafl namoz o‘qishni, nafl ro‘za tutishni nazr qilishi durust.
Bir shartga bog‘liq bo‘lmagan yoki shartga bog‘liq bo‘lgan (ya’ni, "o‘g‘lim harbiy xizmatdan qaytsa, qo‘y so‘yaman" kabi) nazr shart sodir bo‘lganida bajarilishi lozimdir.
Ikki hayit kunlarida ro‘za tutishni nazr qilish durustdir. Faqat tutsa, u kunlarda tutmay, boshqa kunda tutish kerak. U kunlarda tutsa nazr bajariladi, ammo ro‘za tutgan gunohkor bo‘ladi.

Nazr aynan belgilangan vaqtda, makonda, pulda, aytilgan kambag‘aldan boshqa vaqtda, makonda, pulda va boshqa kambag‘alga berilsa ham nazr ado etilgan bo‘ladi. Ya’ni:
—   Sha’bon oyida ro‘za tutishni nazr qilib, Rajab oyida tutish;
—   Makkada o‘qishni nazr qilgan ikki rakat nafl namozni Misrda o‘qish;
—   tayinlangan pulning o‘rniga (o‘sha miqdorda) boshqa pulni sadaqa qilish;
—   faqir Ubaydullohga atalgan nazrni kambag‘al Abdullohga berish joizdir.
Nazr qilish shartga bog‘liq bo‘lganida, shart sodir bo‘lmasidan oldin ado etilsa, o‘ringa o‘tmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:13:43

E’tikof

Erkaklar, jamoat bilan besh vaqt namoz o‘qiladigan amaldagi jome’ masjidida, e’tikof (ibodati) niyati bilan e’tikofga o‘tiradilar. Besh vaqt jamoat bo‘lib namoz o‘qilmaydigan masjidda e’tikof niyatida o‘tirish sahih emas. Ayolning e’tikof o‘rni uyning namoz o‘qiladigan joy: yoki burchagidir.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:14:23

E’tikof turlari


E’tikofning hukmiga ko‘ra, uch turi bor:

1.   Nazr qilinganida vojib.
2.   Muakkad (kifoya) sunnat. Ramazonning so‘nggi o‘n kunida ba’zi musulmonlarning bajarishi bilan boshqalardan soqit bo‘ladigan sunnat.
3.   Bu ikkisidan boshqasi mustahab.

Ro‘za faqat nazr qilingan e’tikofning shartidir. Nafl e’tikofning vaqti va muddati tayin emas, qisqa bir muddat e’tikof niyati bilan masjidda yurish ham e’tikofdir.

E’tikofga kirgan kishi faqat:

1.   Shar’iy amal uchun, masalan, juma namoziga;
2.   Hojat chiqarish uchun;
3.   Zaruriy holatda, masalan, masjid buziladigan bo‘lsa;
4.   Zolimning majburlashi bilan;
5.   Masjid jamoatining tarqalib tugagani uchun;
6.   Zolimlarning mol va joniga zarar berishlaridan qo‘rqish kabi majburiy sabablar tufayli masjiddan chiqishi mumkin.
7.   Bu sabablar sodir bo‘lgani uchun e’tikofga kirgan kishi masjiddan chiqsa, tezda masjidga qaytishi yo boshqa masjidga kirib e’tikofini davom ettirishi darkor.
8.   Hech qanday zaruriy sabab bo‘lmasa-yu, (bir zumga bo‘lsa ham) tashqariga chiqsa, vojib e’tikof buziladi, sunnat yoki mustahab bo‘lsa, tugaydi.


Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:14:41

E’tikofdagi odam qiladigan ishlar


1.   E’tikofga kirgan odam masjidda yeydi, ichadi, uxlaydi. O’zi yo oilasining ro‘zg‘orini tebratish uchun molni masjidga kiritmay oldi-berdi bilan igug‘ullanishi mumkin.
2.   Masjidga matoni olib kirish;
3.   Muhtoj bo‘lmagan narsa bilan savdo-sotiq qilish;
4.   Ibodat va toat bo‘lishiga ishonib, tafakkur qilmay shunchaki sukut saqlab o‘tirish;
5.   Xayrli bo‘lmagan, har qanday befoyda suhbat qurish makruhdir.
6.   Jinsiy aloqa va shunga undovchi har qanday harakat Haromdir.
7.   Jinsiy aloqa va shunga undovchi harakatlar e’tikofni buzadi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:15:13

Kecha va kunduzlari e’tikof

1.   Kishi bir necha kun e’tikof o‘tirishni nazr qilgan bo‘lsa, kechalar ham bu nazrga kiradi.
2.   Kishi bir necha kechalarda ketma-ket e’tikof qilishni Nazr qilgan bo‘lsa, kunduzlari ham e’tikof o‘tirishi lozim.
3.   Ikki kun e’tikof o‘girishni nazr qilgan kishi ikki Kechada ham e’tikofda bo‘lishi lozim (bu holda e’tikofni kechasidan boshlaydi).
4.   Kechalarni istisno qilib, faqat kunduzlari e’tikof o‘tirishni niyat qilish joizdir.
5.   Agar kishi bir oy e’tikofni nazr qilib, bunda faqat kunduzlari yoki faqat kechalarini qalbida niyat qilsa, tili bilan aytmaguncha, qalbida qilingan niyati durust bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:15:33

E’tikofning mashru’ligi (joizligi)


E’tikof Kitob va sunnat bilan mashru’ bo‘lgan. Ixlos bilan ado etilgan e’tikof amallarning eng sharaflilaridandir. E’tikofga kiruvchi o‘z qalbini dunyo ishlari, o‘ylari, tashvishlaridan to‘xtatib, nafsini mavlosiga taslim qiladi. Islom olimlaridan Atoulloh (Alloh rahmat qilsin) deydilar: "E’tikofga kiruvchi katta darvoza oldida bir iltijo yoki tilak so‘rab, yolvorib kutgan, Rabbim meni avf etmaguncha, bu eshikdan ketmasman, demoqchi bo‘lgan kishi kabidir".

Qayd etilgan


Robiya  30 Aprel 2009, 17:16:06

Takrorlash uchun savollar

1.   Ro‘za nima? Ramazon ro‘zasining farz bo‘lishi saba-bi, hukmi, farz bo‘lish shartlari, adosining durust bo‘lish shartlari va ruknlarini aytib bering.
2.   Ro‘zaning qanday turlari bor? Saharda niyat qilish va niyatning maqsadini tayinlash shart bo‘lgan va bu holat shart bo‘lmagan ro‘zani tushuntiring.
3.   Ramazon oyi qanday sobit bo‘ladi? Shak nima? Shak kuni makruh bo‘lmagan ro‘za qaysi?
4.   To‘g‘riso‘z yoki yolg‘onchi odamning xabari qachon qabul qilinadi, qachon qabul qilinmaydi? Qurbon hayiti oyi bilan boshqa oylar o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
5.   Ro‘za ochilmaydigan 10 holat, ham ro‘za ochilib, ham kafforat lozim bo‘ladigan 10 holat va ro‘za ochilib, faqat qazosini tutish lozim bo‘ladigan 10 holatni aytib bering.
6.   Kafforatni ta’riflang. Uni shart qiluvchi omillarni sanab o‘ting. Bir necha kafforat qachon bir paytda ado qilinadi? Qazo ro‘za tutishi kerakligiga qaramay, kunning qolgan qismini ro‘za tutib o‘tkazishi lozim bo‘lgan kishining misolini ayting.
7.   Ro‘zador uchun makruh, makruh bo‘lmagan va mustahab amallarni sanab o‘ting.
8.   Ro‘zador qachon ro‘zasini bchishi mubohbo‘ladi? Yo‘lovchi qachon ro‘zasini ochsa, fazilatliroq bo‘ladi? O’lguncha ro‘za tutishga niyat qilib, ro‘zg‘or tashvishlari bilan uni ado etolmagan kishining hukmi nima?
9.   Nafl ro‘zaning qazosi qachon ado qilinadi, qachon ado qilinmaydi? Kishi nazrini qachon bajarishi kerak? Tashriq kunlari ro‘za tutishni nazr qilgan odamning hukmi nima? Kishi agar nazrini bir shartning voqe’ bo‘lishiga bog‘lasa, faqat bu holat qazoga kelmasdan nazr qilsa, buning hukmi qanday bo‘ladi?
10.   E’tikofni ta’riflang, uning turlari, shartlari, e’tikofdagi kishiga masjiddan chiqish qachon joiz bo‘lishini, e’tikofda qanday harakatlar muboh bo‘lishini aytib bering? E’tikofning buzilishini, nazr qilgan kishi nima qilishi kerakligini ayting.
11.   Faqat kechalari yoki faqat kunduzlari e’tikof qilish nima bilan sobitdir? E’tikofning Islomdagi o‘rni, foydalarini ayting?

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:02:05

Zakot kitobi

"Zakot" so‘zi lug‘atda bir necha ma’noni ifoda qiladi. Bulardan eng muhimlari: poklanish, ortish, rivojla-nish. Istilohda esa belgilangan mikdordagi molni ma’-lum shartlarga binoan, uni olishga haqdor bo‘lgan kishiga berishdir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:02:21

Hukmi, farz bo‘lishi va hikmati

Zakot qat’iy farz amal bo‘lib, Islomning besh asosiy ruknlaridan biridir. Zakot hijratning ikkinchi yili farz qilindi. Uning yuksak va beqiyos hikmatlaridan asosiylari quyidagilardir:
1.   Boylarni najot topganlardan bo‘lishlari uchun baxillik kasalidan poklash, ularni foydali ishlarga o‘rgatish. Chunki Alloh taolo Hashr surasining to‘qqizinchi oyatida buyuradi: "Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlansa, bas, ana o‘shalar najot topguvchilardir" (mazmuni).
2.   Faqir va ojiz kishilarga yordam berish, shu orqali ojiz va muhtoj kishilarning dardlariga darmon bo‘lish, ularning g‘am va qayg‘ularini yengillatish. Mana shu tarzda boylar bilan kambag‘allar orasida hurmat muhabbat, birdamlik va mehr-shafqat paydo bo‘ladi va yaxshilik kuchayadi.
Islom dunyosida asarlari buyuk ishtiyoq va zavq bilan o‘qiladigan Shayx Sa’diy "Bo‘ston" kitobida shunday yozadi: "Bir kun yo‘lda ketayotib, bir yigitni uchratib qoldim. Ortidan bir qo‘zi yugurib kelmoqda edi. Men yigitga: "Qo‘zining ortingdan yugurishiga sabab senga bo‘lgan muhabbatimi", dedim. Yigit darhol qo‘zining bo‘ynidan arqonni yechib yubordi va yana yugurishda davom etdi. Qo‘zi ham egasining orqasidan qayoqqa burilsa, o‘sha tomonga yugurganini ko‘rib, juda hayratlandim. Yigit bu tomoshani bitirib, yonimga kelgach, shunday dedi: "Janob, uni mening ortimdan yugurtirgan arqon emas, unga qilgan yaxshiliklarim bo‘ynidagi ma’naviy halqa kabidir. Shuning uchun ham orqamdan kelmoqda. Bilasiz, fil shuncha bahaybat bo‘lsa ham, ko‘rgan yaxshiligi tufayli egasiga aslo hujum qilmaydi.
Ey yaxshi" inson! Qo‘lingdan kelsa, yomonlarga ham yaxshilik qil. Qo‘rmayapsanmi, qo‘lingdan bir burda non yegan it ham sening sodiq qo‘riqching bo‘ladi... dedi".
3.   Zakot tilanchilar hamda ishsizlar sonini kamaytiradi va shu tufayli jamiyatdagi jinoyatlar, qabihliklar va tartibsizliklar yo‘qoladi. Chunki muhtoj bir kambag‘al och qolgach, jamiyatda tartibsizliklar chiqarib, o‘g‘irlik qila boshlaydi. Ammo boylar tomonidan berilgan zakot tufayli moddiy ehtiyojini qondirsa, jinoyat qilishdan, boshqalarga zarar berishdan voz kechib, foydali va xayrli ishlarga kirishadi.
4.   Zakot, boylarning juda katta mablag‘lar yig‘ib, kambag‘allarning iqtisodiy mahrum bo‘lishlari natijasida yuzaga keladigan to‘ntarish kabi tartibsizliklardan jamiyatni himoya qiladi. Agar boylar Alloh taoloning: "Ular mol-mulklaridan so‘raguvchi va (mol-davlatdan) mahrum kishilar uchun ma’lum haq (ya’ni, zakot) bergan zotlardir", (Maorij, 24-25 oyatlari mazmuni) degan amriga quloq solsalar, kambag‘allar ham boylarning mollarida o‘zlarinipg hissalari borligini his qila olsalar, bu hol jamiyatdagi turli falokatlarning oldini olishga, faqirlar boylarning mol-mulkini ko‘paytirishda ularga yordamchi bo‘lishlariga hamda uni o‘z mulkidek himoya qilishlariga sabab bo‘ladi.
5.   Zakot ne’matning shukronasidir. Chunki Alloh taolo bandalariga badaniy, moliyaviy ne’matlar bergan. Badan bilan qilinadigan ibodatlar badaniy, mol bilan qilinadigan ibodatlar moliyaviy ne’matlarning shukridir. Shunday ekan, boy-badavlat kishi kambag‘al va daromaвi ozligi tufayli, boshqalarga muhtoj odamlarga qarab, Alloh bergan ne’matlar bilan o‘zini tilanchilikdan, boshйalarga muhtoj bo‘lishdan qutqargan Alloh taologa shukr etib, mulkidan juda ham oz qismini faqirlarga bermasa, U naqadar xasisdir.
6.   Zakot farz bo‘lishining boshqa hikmati esa, Alloh yo‘lida kurashayotganlarning kuchlariga kuch qo‘shib va askarlarga yordam bo‘lib, Islomning yoyilishidir. Faqir askar Alloh va vatan yo‘lida o‘zini fido qilgan bo‘lsa, boylarning ham mol-mulkidan bir qismini ularga fido qilishi bundan kam emas. Sanab o‘tilganlardan tashqari zakotning yana bugun insoniyat uchun xayrli va fazilatli hikmatlari mavjud.


Qayd etilgan