Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307206 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 33 B


Robiya  01 May 2009, 15:02:58

Zakotning farz bo‘lish sababi


Haqiqatda yoki hukman nisobga yetgan mol-mulkka ega bo‘lmoq.

Izoh: Bu mulk tijorat yoki boshqa sohada ishlatilsa ko‘payishi mumkin bo‘lgan, ammo egasi ishlatmay saqlayotgan oltin va kumushga o‘xshash boyliklardir. Bunday boyliklar ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun, hukman ko‘payuvchi mollar deyiladi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:03:13

Zakotning rukni Faqirni zakot moliga ega qilishdir. Zakot beruvchi kishi zakot niyatida bir faqir yoki yetimning qornini to‘ydirsa, bu zakot o‘rniga o‘tmaydi. Chunki bu taomni muboh qilishdir, uning ixtiyoriga berish emas. Shuningdek, zakot niyatida faqirga bir yil uyidan boshpana bersa ham, zakot o‘rniga o‘tmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:03:47

 
Farz bo‘lishning shartlari


1.   Zakot beradigan kishining musulmon bo‘lishi.
2.   Balog‘atga yetgan bo‘lishi.
3.   Aqlli bo‘lishi.
4.   Ehtiyoj va qarzlaridan tashqari, bir yil to‘lgan, nisob miqdoridagi, hukman bo‘lsa ham, ko‘payuvchi mulkka ega bo‘lishi.

 

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:04:07

Ado qilish farz bo‘lishining shartlari

Molning nisob miqdoriga yetganiga bir qamariy yil to‘lgan bo‘lishi. Bu nisob yilning boshida va oxirida mavjud bo‘lishi kifoya.

Agar (bu mulk) yil o‘rtasida (nisob miqdoridan) kamaygan bo‘lsa ham, zakot beriladi.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:04:45

Ado qilinishining shartlari

Zakotning adosi durust bo‘lishi uchun quyidagi uch narsadan biri shartdir:
1.   Zakot berayotganida niyat qilish.
2.   Yoki mulkidan kerakli mikdorni zakot uchun ajratayotganida niyat qilish.
3.   Yoki zakot niyatida bo‘lmasa ham, zakotga berilishi lozim bo‘lgan molning barchasini faqirlarga tarqatish.

Faqirning o‘ziga berilgan mol zakot ekanini bilishi shart emas. Hatto (zakot berayotgan kishining) faqirga berayotgan mulkni ehson yoki qarz deb, faqat qalbdan zakot niyatida berishi ham durust bo‘ladi.

Izoh: Zakot beruvchi kishi molidan zakotini ajratmasdan, vaqti-vaqti bilan kambag‘allarga mulkidan ehsonlar ulashib tursa, har safar berayotgatda zakot deb niyat qilmasa, bular zakot o‘rniga o‘tmaydi. Bu kishi, "Buni nima maqsadda bermoqdasiz ?" — degan savolga, o‘ylamasdan "Zakot " deya oladigan darajada nima qilayotganini bilsin. Shunda u niyat qilgan hisoblanadi va bergan ehsonlari zakot o‘rniga o‘tadi. Ammo avval zakotni niyat qilmay, keyinchalik: "Mana shu muddat ichida bergan sadaqalarim, zakot o‘rniga o‘tsin " deb niyat qilsa, bu ham zakot o‘rniga o‘tmaydi.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:05:17

Zakoti farz bo‘lgan mulklarning turlari

Quyidagi mollarning zakotini berish farzdir:

1.Yilning aksariyat qismini dalalarda o‘tlab o‘tkazadigan qo‘y, sigir va tuyaga o‘xshash to‘rt oyoqli hayvonlar.
2.   Oltin va kumush.
3.   Tijorat mollari.
4.   Dehqonchilik mahsulotlari va mevalar.
5.   Ma’dan va yer osti boyliklari.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:05:29

O’tlovchi hayvonlarning zakoti
Quyidagi uch shart mavjud bo‘lganida, bularning zako-tini berish farzdir:
1.   Nisobga yetgan taqdirda (bu nisob tuyada 5, sigirda 30, qo‘yda 40 bosh).
2.   Bunday mol egasining ixtiyorida turgan holda ustidan bir yil o‘tgan bo‘lishi.
3. Yil davomida yoki yilning aksar qismida yaylovda o‘tlatib boqish mumkin bo‘lishi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:05:48

Tuyaning zakoti

1.   Tuya besh bosh bo‘lmagunicha, zakoti berilmaydi.
2.   Besh bosh tuyaga (zakot o‘laroq) bitta qo‘y beriladi.
3.   Tuyalarning soni 25 taga yetgunicha har besh tuyaga bitta qo‘y beriladi.
4.   25 tadan 36 tagacha bo‘lgan tuyalarning zakoti bitta ikki yoshga o‘tgan urg‘ochi tuyadir. Tuyalar soni 36 taga yetgach, bitta uch yoshga o‘tgan urg‘ochi tuya beriladi.
5.   Tuyalar soni 46 ga yetgach, bitta to‘rt yoshga o‘tgan urg‘ochi tuya beriladi.
6.   Tuyalar 61 taga yetgach, bitta besh yoshga o‘tgan urg‘ochi tuya beriladi.
7.   Tuyalar soni 76 taga yetsa, ikkita uch yoshli urg‘ochi tuya beriladi.
8.   Tuyalar soni 91 taga yetgach, ikkita to‘rt yoshli urg‘ochi tuya beriladi.   
9.   Tuyalar soni 120 tadan oshsa, har besh tuya uchun bitta ko‘y, ikkita to‘rt yoshli urg‘ochi tuya beriladi.
11.   Tuyalar soni 145 ga yetgach, ikkita to‘rt yoshli urg‘ochi guya bilan bitta ikki yoshli urg‘ochi tuya beriladi.
12.   150 ta tuya uchun, uchta to‘rt yoshli urg‘ochi tuya beriladi.
13.   Tuyalar 150 tadan 175 tagacha bo‘lsa, har besh tuya uchun bitta qo‘y hamda uchta to‘rt yoshli tuya beriladi. 175 tuyaga uchta to‘rt yoshli urg‘ochi tuya, bitta ikki yoshli urg‘ochi tuya beriladi.
14.   186 ta uchun uchta to‘rt yoshli urg‘ochi tuya bilan bitta uch yoshli urg‘ochi tuya beriladi.
15.   196 tadan 200 tagacha bo‘lgan tuya uchun to‘rtta to‘rt yoshli urg‘ochi tuya zakot beriladi.
16.   Tuyalar soni 200 dan ortiq bo‘lsa, har 50 tuyanin zakoti 150 dan 200 tagacha bo‘lgan 50 tuyaning hukmi bo‘yicha beriladi (ya’ni, 200 dan ortiq tuya 25 taga yetgunicha, har besh tuya uchun bir qo‘y, 25 taga yetgach, ikki yoshli urg‘ochi tuYa, 36 taga yetgach, bir dona uch yoshli urg‘ochi tuya, 46 taga yetgach beshta to‘rt yoshli urg‘ochi tuya zakot beriladi).

Buxt deb ataluvchi chatishtirilgan tuyalar bilan sof ara tuyalari o‘rtasida zakot berish jihatidan hech bir farq yo‘q.

Tuyalarda zakot qilib urg‘ochi tuya yoki uning badalini berish lozim. Sigir va qo‘ylarda urg‘ochi yoki buqa, qo‘chqor bo‘lishi farqlanmaydi. Mol egasi xohlaganidan beradi.

Zakot beradigan kishida zakotga beriladigan yoshdagi tuya bo‘lmasa, undan kattarog‘ini beradi va farqini (zakot olgan faqirdan) oladi yoki undan kichigini berib, kamiga pul beradi yoki tuyaning to‘liq badalini to‘laydi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:06:23

Otlarning zakoti


Ot, eshak, xachir, qo‘zi, (bir yoshga to‘lmagan) tuya va buzoqlar uchun zakot berilmaydi. Otlar uchun zakot berilmasligi sohibayn — Imom Abu Yusuf va Imom Muhammadga ko‘radir.

Imomi A’zamga, rahmatullohi alayh, ko‘ra otlar ikkiga ajratiladi: o‘tlab, rizqini topgan otlar (soima), yem berib (uyda) boqilgan otlar (olufa). Bu ikki qism otlar o‘zaro yana ikkiga bo‘linadi: tijorat uchun qo‘llanilgan otlar, tijorat uchun qo‘llanilmagan otlar.

Tijorat maqsadida foydalanilgan otlardan xoh o‘tlaydigan, xoh yem yeydigan bo‘lsin, zakot berish lozim, chunki bu otlar tijorat moli hisoblanadi. Agar otlardan tijoratda foydalanilmasa, unda yana ikkiga bo‘linadi: yuk tashish va minish uchun foydalanilgan otlar, bunday maqsadda foydalanilmagan otlar. Yuk tashish va minish maqsadida qo‘llanilgan otlar uchun, xoh yem yeydigan, xoh o‘tlaydigan bo‘lsin, zakot berilmaydi. Agar bunday maqsadda foydalanilmasa, unda ham ikkiga ajratiladi: o‘tlaydigan va yem berib boqiladigan otlar. Agar yem berib boqiladigan ot bo‘lsa, zakot berilmaydi. O’tlaydigan otlar suti uchun yoki ko‘paytirish uchun boqilayotgan bo‘lsa, ular xam ikkiga bo‘linadi: erkak otlar, biyalar. Bularning har biri ham ikkiga bo‘linadi. Agar otlar sof arab otlaridan bo‘lsa, egasi xohlasa, ot boshiga bir dinor, xohlasa, otlarning jami qiymatini xisoblab, ikki yuz dirhami uchun besh dirham (2,5 foiz miqdorda) zakot beradi.
Agarda suti uchun yoki ko‘paytirish maqsadida boqilayotgan otlar arab otlaridan bo‘lmasa, faqatgina qiymati hisoblanib, har ikki yuz dirhamidan besh dirham zakot beriladi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:06:46

Sigirlarning zakoti

1.   O’ttiz boshdan kam bo‘lgan sigirlar uchun zakot berilmaydi.
2.   Sigirlar soni 30 taga yetgach, zakoti ikki yoshga o‘tgan bir dona urg‘ochi yo erkak buzoqdir.
3.   Sigirlar soni 40 taga yetgach, uch yoshga o‘tgan bitta urg‘ochi yoki erkak buzoq beriladi.
4.   Oltmishta sigir uchun ikki yoshga o‘tgan ikkita erkak yoki urg‘ochi buzoq beriladi.
5.   Yetmishta sigir uchun bir dona ikki yoshga o‘tgan erkak buzoq bilan uch yoshga o‘tgan urg‘ochi buzoq beriladi.
6.   Bundan oshgan har o‘n bosh sigir uchun yo bitta ikki yoshga o‘tgan erkak buzoq yo uch yoshga o‘tgan urg‘ochi buzoq almashlab qo‘shib beriladi. Qo‘toslardan zakot berish sigirlardan zakot berish kabidir.

Qayd etilgan