Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307127 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 33 B


Robiya  01 May 2009, 15:07:03

Qo‘ylarnnng zakoti

1.   Qirqtadan oz bo‘lgan qo‘ylar uchun zakot berilmaydi.
2.   Qirqtadan 120 tagacha bo‘lgan qo‘ylar uchun bitta qo‘y zakot beriladi.
3.   121 tadan 200 tagacha qo‘ylar uchun 2 ta qo‘y beriladi.
4.   201 tadan 400 tagacha qo‘ylar uchun 3 ta qo‘y beriladi.
5.   400 bosh qo‘y uchun esa 4 ta qo‘y beriladi.
6.   400 donadan ko‘p bo‘lgan qo‘ylarda, har yuz bosh uchun 1 ta qo‘y beriladi.
7.   Echkilardan zakot berish, qo‘ylardan zakot berish kabidir. Ulardan ikki yoshga o‘tganlari zakot qilib beriladi.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:07:14

Oltin va kumushning zakoti Nisob miqdoriga yetganidan so‘ng oradan bir yil o‘tgach, tanga holiga keltirilmagan bo‘lsa ham, oltin va kumush uchun zakot berish farzdir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:07:26

Kumushning nisobi


Kumushning nisobi 200 dirhamdir. Bu 140 misqol og‘ir-likdagi kumushdir. 1 misqol 4 gr.
140 m "¢ 4 = 560 gr. Shar’iy bir dirham og‘irligi 2,8 gr. deganlar bor. Ba’zilar shar’iy dirhamni 3,365 gr. degan. Shunday hisobga ko‘ra, 200 "¢ 2,8 = 560 gr. 200 "¢ 3,365 = 673 gr. Har 10 dirham 7 misqol. 1 dirham 2,8 gr. 1 misqol 4 gr.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:07:40

Oltinning nisobi

Oltinning nisobi 20 misqoldir.
1.   Nisob miqdoriga yetgan kumush yoki oltin qiymatiga teng pulga ega bo‘lgan kishi, bu pulning qirqdan birini zakot o‘laroq berishi lozim.
2.   Yigirma misqol oltinning qirqdan biri yarim misqol, ikki yuz dirham kumushning qirqdan biri esa besh dirhamdir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:08:27

Qarzlarning zakoti


Qarzlar uch turlidir:
1.   Kuchli qarz.
2.   O’rtacha qarz.
3.   Zaif qarz.

Kuchli qarz kasodga uchragan bo‘lsa ham (qarzini) inkor qilmagan yoki inkor qilsa ham, qarzligiga (guvoh, vekselga o‘xshash) hujjat ko‘rsatgan kishiga sotilgan molning yoki qarzga berilgan pulning badalidir, bularning zakoti mol nisobga yetgach bir yil o‘tsa, beriladi.

O’rtacha qarz sotilgan eski kiyim-bosh, xizmatkor va shunga o‘xshash kishining asosiy ehtiyojlariga aloqador bo‘lgan va tijorat moli hisoblanmaydigan narsalarning badalidir. Bunday qarzdan hukmi, nisobga yetadigan miqdori qarzdordan olinmagunicha, zakot berilmaydi. Bunday mollarda (bir yil o‘tish shartining muddati) ular sotilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Zaif qarz mahr, vasiyat, tovonga o‘xshash mulk bo‘lmagan narsalarning badalidir. Ya’ni, ayol eridan oladigan mahr, bir kishiga berilishi vasiyat qilingan, hali unga yetib bormagan pul, hali vorislarga to‘lanmagan tovon pullaridir. Bunday qarzlardan nisobga yetadigan miqdori olingach, oradan bir yil o‘tmagunicha, zakot berish lozim bo‘lmaydi. Bu hukm qo‘lida nisob miqdoridagi yil to‘lgan pul bo‘lmagan holatdadir. Agar qo‘lida nisob miqdoriga yetadigan mol bo‘lib, unga yil to‘lgan bo‘lsa, yuqorida aytilgan qarzlardan olgan miqdorni unga qo‘shib hammasidan zakot beradi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:12:12

 
Tijorat mollarining zakoti

Tijorat mollari oltin va kumushdan tashqari savdo-sotiq uchun tayyorlangan yoki savdo uchun ishlab chiqarilgan mollardir. Bularning tujjor qo‘lida bo‘ltan jami qismining qiymati oltin, kumushning nisob miqdoriga yetsa, zakot berish farz bo‘ladi. Jami mikdor hisoblanayotganida alohida-alohida turdagi mollarning qiymati bir-biriga qo‘shib hisoblanadi. Tijorat mollarining zakotini berish uchun ikki narsa shart bo‘ladp:
1.   Bir yil davomida (mazkur mollarning) tijorati bilan shug‘ullanishga niyat qilish.
2.   Tijorat mollarida zakot berishga to‘siqbo‘lmasin. Bu shunday: birinchidan tijorat niyagi savdo vaqtida bo‘lishi kerak, ikkinchidan, bir narsadan ikki bor zakot berishga olib kelmasin. Bir yerni tijorat uchun sotib olib, unga eksa, yerdan chiqqan hosilning ushri beriladi. Yer qiymatidan zakot berilmaydi.

Tijorat mollari faqirlarning manfaatlariga eng mos bo‘lgan narsaning qiymati bilan narxlanadi. Ya’ni tijorat mollarining narxi oltin yoki kumushdan birining, nisob miqdorini to‘ldirib, ikkinchisiga ko‘ra; to‘ldirmasada, birinchisiga qarab mollar narxlanadi va zakoti beriladi, ikkinchisiga e’tibor qilinmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:18:14

Dehqonchilik mahsulotlari va mevalarning zakoti


Yerlar ushr va xirojga bog‘lanishiga ko‘ra, ikkiga ajratiladi:
1.   Ushrga tobe bo‘lgan yerlar. Xalqi o‘z xohishi bilan musulmon bo‘lgan yoki davlat rahbari tomonidan (fath qilingan), fath qilgan askarlarga bo‘lib berilgan yoki ushr berigli hadis bilan (Hijoz kabi) va sahobalarning ijmosy bilan (Basra kabi) sobit bo‘lgan joylar.
2.   Xiroji beriladigan joylar musulmonlar tomonidan fath qilingan yoki sulh bilan qo‘lga kiritilgan va mahalliy xalqning ixtiyorida qoldirilgan yerlardir.

Quyidagi shartlar jam’ bo‘lganida. ushr berilishi lozim bo‘lgan tuproqlarda (yetishtirilgan hosilning) o‘ndan biri faqirlarga beriladi:

1.   Tuproqni yilning aksar qismida yomg‘ir va sho‘nga o‘xshash suvlar bilan sug‘orish. Paqir va shunga o‘xshash narsalar vositasida sug‘orilgan yerlar hosilidan yigirmadan biri zakot qilib beriladi.
2.   Mahsulot tuproqdan daromad va foyda olish maqsadida ekilgan ekinnnng mahsuli bo‘lishi kerak. Qasddan jilmagan o‘t-o‘lan va daraxtlar bunga kirmaydi, ya’ni zakot berilmaydi.

Yerning xarajatlari chiqarib tashlanmaydi. Shuningdek, mahsulotlar olinganidan so‘ng, bir yil o‘tishi, iisob miqdorining to‘ldirilishi shart emas. Yerdan olingan hosil qancha bo‘lishidan qat’i nazar, undan ushr beriladi.

Xirojiy yerlardan olinalshan soliqning miqdori davlat rahbari bilan mahalliy aholi orasilagi kelishuvga qarab belgilanadi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:18:45

 
Ma’dan va yerosti boyliklarining zakoti

Yerosti boyliklari. kofirlar ko‘mgan xazinalar shar’an ma’dandir.

Ma’danlar uch turga bo‘linadi:
I.   Olovda eriydigan ma’danlar.
II.   Suyuq ma’danlar.
III.   Bu ikki turga kirmaydigan ma’danlar.
1.   Olovda eritib quyiladigan oltin, kumush, temirga o‘xshash ma’danlarning beshdan bprini zakotga ajratish lozim. Bu hukm "Bilingki, o‘lja qilib qo‘lga kiritgan boyliklaringiz..." mazmunli oyati karimada bayon qilingan. Zakot yetimlarga, kambag‘allarga va yo‘lda qolib ketgan musofirlarga beriladi.
2.   Yer ostidan chiqarilgan moddalarning beshdan biri berilgach, qolgan 4/5 qismi agar ushbu ma’danlar egasiz, sahroga o‘xshash joylardan topilgan bo‘lsa, topgan kishiniki bo‘ladi.
3.   Agar xazinada islomiyatdan avvalgi davrga oidligini ko‘rsatuvchi biror belgi bo‘lsa, xazinaning beshdan birini berish lozim.
4.   Agar topib olingan xazina islomiyat davriga oid tanga pullar bo‘lsa, topib olingan mol hukman luqota kabidir (ya’ni egasi chiqsa, unga qaytariladi).
5.   Agar xazinadagi pullar qaysi davrga oid ekanligi noma’lum bo‘lsa, (bu pullar) Islomdan avvalgi davrga oid deb hisob qilinadi.
6.   Ma’dan bir kishining mulki bo‘lgan joydan topib olinsa, 1/5 qismi davlatga, qolgani esa yer egasiga beriladi.
7.   Qora mum va neftga o‘xshash suyuq ma’danlar uchun zakot berilmaydi. Faqat bundan daromad olayotgan kishi zakot beradi.
8.   Olovda erimaydigan hamda suyuq bo‘lmagan ohak toshi va (olmos, marvarid kabi) javhar ma’danlarining hukmi qora mum va neft kabidir, ulardan zakot berilmaydi.
9.   Dengizdan chiqarilgan anbar, marvarid va boshqa shunga o‘xshash narsalar uchun zakot berilmaydi. Faqat tijorat maqsadida chiqarilsa, boshqa tijorat mollaridap aj-ratilgan tarzda zakoti beriladi.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:19:13

Zakotga doir turli masalalar

1.   Sog‘lom va ma’lum miqdor daromadi bo‘lsa ham, nisob miqdoridan oz puli bor kishining zakot berishi joizdir.
2.   Banknot pullar mulk hisoblanadi. Qiymatlariga qarab, zakoti beriladi.
3.   Kishi shaxsiy qanoati bilan oyati karimada bayon qilingan kishilardan deb o‘ylagan kishiga zakotini bersa-yu, keyinchalik u kishining bunday toifadan emasligy ma’lum bo‘lsa, zakoti maqbuldir. Ammo zakotni olgan kishi zakot berganning quli yoki mukotabi (ma’lum mablag‘ uchun ozod qilinishiga xo‘jayini bilan shartnoma tuzgan quli) bo‘lsa, zakot hisobga olinmaydi.
4.   Nisob miqdoricha boylikka ega bo‘lgan kishining vakti kelmay turib, bir necha yilning yoki bir necha nisobning zakotini avvaldan berishi joizdir.
5.   Zakoti beriladigan molning, zakoti berilishi lozim bo‘lgan ondagi (yil to‘lgandagi) qiymati e’tiborga olinadi.
6.   O’lgan odam qoldirgan moldan, zakotim berilsin deya vasiyat qilmagan bo‘lsa, zakot olinmaydi. Agar vasiyati bo‘lsa, zakot qoldirgan molning uchdan biridan zakot chiqariladi.
7.   Oltin, kumush va boshqa pullarning zakotini tijorat molidan, (bug‘doyga o‘xshash) o‘lchanadigan va tortiladigan narsalardan berish durustdir.
8.   Nisob miqdorini to‘ldirish uchun tijorat mollarining qiymati, oltin va kumushning qiymatlari ham, boshqa pullar ham bir-biriga qo‘shib hisoblanadi.
10.   Oltin va kumush (ichidagi boshqa moddalardan) ko‘p bo‘lsa, sof hisoblanadi. Agar bunday holda boshqa moddalar oltin va kumushdan ko‘p bo‘lsa, hamda tanga holida va muomaladagi pul hisoblansa, (zakot berishda) uning qiymati e’tiborga olinadi. Agar bu pullarning qiymati nisob miqdorini to‘ldirsa, zakoti beriladi. Aks holda berilmaydi. Mazkur sof bo‘lmagan oltin yoki kumush pullar muomalada o‘tmaydigan bo‘lsa, hamda kishi ularning tijorati bilan shug‘ullanishni niyat qilsa, hukmi tijorat mollari kabi bo‘ladi.
11.   Kishining o‘z mulki bo‘lishiga qaramay, qo‘lida mavjud bo‘lmagan va qaytib olishga ko‘zi yetmagan molini (keyinchalik) qo‘liga kiritsa, o‘tib ketgan davri uchun zakot berishi lozim emas.
12.   Nisob miqdorida puli bo‘lgan kishining yil o‘rtasida qarzdor bo‘lib qolishi, Imom Muhammadga ko‘ra, molning talofatga uchrab yo‘qolib ketishi kabidir. Imom Abu Yusufga ko‘ra esa, bu holat yil davomida nisob miqdoridan biroz kamayishi hisoblanadi. Yil oxirida zakot berish majburiyati yo‘qolmaydi.
13.   Oltin va kumushdan zakot berishda vojib bo‘lganidek, zakot beriladigan paytda oltin va kumushni tortib, zakotini berish to‘g‘ri bo‘ladi.
14.   Har qanday moldan nisobga erishgan kishi ayni yil uchun tijorat, meros va boshqa yo‘l bilan o‘sha moldan qo‘lga kiritgandaromadini qo‘shib zakot beradi.
15.   Zakot berilishi lozim bo‘lgan mulk zakoti berilmay turib batamom zoe bo‘lsa, u mulkning zakoti bekor bo‘ladi. Bir qismi zoe bo‘lsa, qolgan qismining zakoti beriladi.
16.   Faqirlarda qarzi bo‘lgan kishi, uni olmay zakot niyatida qarzidan kechsa, bu zakot o‘rniga o‘tmaydi. Zakot o‘rniga o‘tishi uchun, faqirdan qarzini olib, so‘ngra takror zakot niyatida berishi zarur.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:21:02

Zakot beriladigan kishilar

Zakot quyidagilarga beriladi: Albatta, sadaqalar (ya’ni zakotlar) Alloh tomonidan farz bo‘lgan holda, faqat faqirlarga, miskinlarga, sadaqa yig‘uvchilarga, ko‘ngillari (Islomga) oshno qilinuvchi kishilarga, bo‘yinlarni (qullarni) ozod qilishga, qarzdor kishilarga va Alloh yo‘lida (ya’ni jihodga yoki hajga ketayotganlarga) hamda yo‘lovchi musofirlarga berilur. Allohim bilim va hikmat sohibidir" (Tavba, 60, mazmuni).

1.   Faqirlar. Nisob miqdoricha mablag‘i bor yo nisob miq-
doricha mablag‘i zaruriy ehtiyojlariga sarflangan kishilar.
2.   Kambag‘allar. Hech narsasi yo‘q, faqirdan ham muhtoj.
3.   Sadaqa to‘plovchi kishilar. Ular davlat rahbari tomonidan zakot va sadaqalarnn (xalqdan) yig‘ish topshirig‘i berilgan kishilardir. Badavlat bo‘lsalar ham. Vazifalari sababli ularga zakot mollaridan bir miqdor beriladi.
4.   Qalblari (Islomga) og‘dirilishi zarur bo‘lganlar:

Bular Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam:

a)   musulmonlikni tanlab, Allohga imon ksltirishlarini;
b)   dinga zarar berishlarining oldini olishni;
v)   imonlarini kuchaytirib, haqiqiy musulmon bo‘lishlarini xohlagan kishilardir.
5.   Mukotablar, ya’ni ma’lum mol evaziga ozod bo‘lishlari xususida xo‘jayinlari bilan shartnoma tuzgan kishilar.
6.   Qarzdorlar, ya’ni, qarzini to‘lashdan ojiz bo‘lgan kishilar
7.   Alloh yo‘lidagilar. Bular hayotlarini Alloh yo‘lida kurashga bag‘ishlab, Islom dini shuhrati yuksalishi uchun xizmat qilgan faqir askarlar.
8.   O’z diyoridan (va u yerdagi) mulkidan uzoqqa ketib, (ularni keltirishdan ojiz bo‘lgan) musofirlar.

Mana shular zakot beriladigan kishilardir. Zakot beradigan kishi zakotini ushbu sakkiz toifaning har biriga bo‘lib berishi yoki qaysi toifadan bo‘lmasin, yolg‘iz bir kishiga yoki ularning bir qismiga berishi lozim.

Zakotni Bani Hoshimga va ularning qullariga, ota-onasiga, bobo-momosiga, o‘g‘il-qiziga, nevara-chevarasiga, xotiniga, kofirlarga va masjid-madrasalar qurilishiga berib bo‘lmaydi.


Qayd etilgan