Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307266 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 B


Robiya  01 May 2009, 15:22:09

 
Zakot berish joiz bo‘lgan kishilar


1.   Badavlat kishining faqir katta o‘g‘li.
2.   Badavlat kishining faqir xotini.
3.   Farzandi boy bo‘lsa-da, uning faqir otasiga zakot berish joiz.
4.   O’z qishlog‘i va shahrida faqir kishilar bo‘la turib, zakotni boshqa qishloq-shahardagi muhtoj kishilarga yuborish makruhdir. Faqat boshqa qishloq-shahardagi faqirlar zakot beruvchining yaqinlari yoki o‘z qishloq-shahridagi faqirlardan qashshoq kishilar bo‘lsa, makruh emas. Agar kishi zakotini muddatidan avval beradigan bo‘lsa, boshqa qishloq-shahardagi faqirlarga yuborishining zarari yo‘q.
5.   Zakot niyatida faqir qarindoshlarning bolalariga beriladigan sovg‘alar ham zakot o‘rniga o‘tadi.
6.   Shuningdek, zakot niyati bilan bayramlarda, boshqa shodiyonalarda ayol va erkak faqirlarga berilgan sovg‘alar ham zakot o‘rniga o‘tadi.   
7.   Zakot to‘plovchi xodimlardan boshqa barcha zakot ola-digan toifalar faqir bo‘lishlari shart.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:26:43

Fitr sadaqasi

Fitr sadaqasi badavlat musulmonning Ramazon hayitida zakot berilishi joiz bo‘lgan kishilarga beradigan sadaqasidir.

Fitr sadaqasini Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, tomonlaridan hijratning ikkinchi yili, faqirlarga berish buyurilgan.

Hikmati. 1. Ramazon hayitidek ulug‘ kunda faqirlarni tilanchilik qilish iztirobidan qutqarish;
2.   Barcha musulmonlar shod-hurram bo‘lgan mana shunday Ulug‘ bayram kuni, faqirlarni ham xursandchilik va farog’atga erishtirish.
3.   Ro‘za tutib, vujudini poklagan kishining molini ham Poklashi.
4. Ro‘za davomida, ehtimol, yo‘l qo‘yilgan ba’zi xatolarining to‘g‘rilanishi.

 Rukni

Oluvchi kishining fitr sadaqasini shaxsiy mulkiga aylantirishi.

Sababi kishining qaramog‘ida boqishga majbur va mas’ul bo‘lgan kishilarning mavjudligidir. Ya’ni, odam o‘zi, kichik va faqir farzandlari, xizmatkor quli, mudabbari (xo‘jayini o‘lganidan so‘ng ozod bo‘lishi xususida, xo‘jayini bilan shartnoma tuzgan quli), ummi valadi (xo‘jayinidan farzand ko‘rgan joriya) uchun fitr sadaqasi berishi lozim.
 
Vojib bo‘lishning shartlari Fitr sadaqasi beradigan kishi musulmon va hur bo‘lishi, zaruriy ehtiyojlardan ortiqcha nisob miqdoridagi mulkga ega bo‘lishi lozim. Mazkur nisob miqdoridagi mulkning ko‘payuvchi bo‘lishi yoki oradan bir yil o‘tgan bo‘lishi shart emas.

Vojib bo‘lishining vaqti

Ramazon hayitining birinchi kuni tong otishi bilan fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. Bu vaqtdan avval vafot etgan yoki faqir bo‘lib qolgan, (tong otganidan) so‘ng musulmon bo‘lgan, tug‘ilgan yoki badavlat bo‘lgan kishining fitr sadaqasi berishi shart emas.

Fitr sadaqasini hayit kunidan avval yoki keyin berish joizdir hayit namoziga chiqmasdan avval berish mustahabdir. Fitr sadaqasining berilishi vojib bo‘lgach, mulkning yo‘qolishi fitr sadaqasi berish majburiyatini bekor qilmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:27:45

 Fitr sadaqasini berish joiz bo‘lgan narsalar

Quyidagi to‘rt (xil) narsadan fitr-sadaqasi berish mumkin: bug‘doy, arpa, xurmo, mayiz.
 
Fitr sadaqasining vojib bo‘lgan miqdori

Bug‘doydan, bug‘doy unidan yoki qovurilgan bug‘doy unidan yarim so’ — 1,664 kg, arpa, xurmo va mayizdan bir so’ yoki 3,328 kg. berilishi lozim.
Bu narsalarning qiymatini berish joiz va faqirlarga foydaliroq bo‘lsa, yanada fazilatlidir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:29:06

O’tilgan darslarni takrorlash

Quyidagi savollarga puxta o‘ylab, javob bering:
1.   Zakotning ta’rifini, hukmini, farz bo‘lish shartlarini, sababini va ruknini aytib bering.
2.   Zakotning farzlarini, adosi va berilishining sahih bo‘lishi shartlarini sanab bering.
3.   Zakot berilishi lozim bo‘lgan mollarni sanang. O’tlaydigan hayvonlarni, ularning necha qismga bo‘linishini, qachon ulardan zakot berish lozimligini tushuntirib bering.
4.   Tuya, sigir va qo‘ylarning zakotini aytib bering. Otlarning zakoti haqida ma’lumot bering.
5.   O’zbek puliga binoan oltin va kumushning zakotini tushuntiring.
6.   Qarzni qismlarga bo‘lib, har birini izohlang va hukm-larini ayting.
7.   Tijorat mollarini ta’riflab, ular uchun qachon zakot berish lozimligini ayting. Alohida-alohida turdagi tijorat mollarining zakoti qanday beriladi? Tijorat mollarining zakotini berish uchun lozim bo‘lgan shartlarni tushuntirib bering.
8.   Ushr va xirojga tortiladigan yerlarni ta’riflang. Har ikkisi uchun lozim bo‘lgan zakot miqdorini hamda ushr berilishi lozim bo‘lgan yerlarda zakotning vojib bo‘lish shartlarini sanab bering.
9.   Ma’dan, xazina va yerosti boyliklari orasidagi farqni tushuntirib, har birining hukmlarini aytib bering.
10.   Nisob miqdoridagi mulkka ega bo‘lgan kishi ikki yil yoki yanada ko‘proq yillarning zakotini vaqtidan av-val berishining hukmi nima? Vafot etgan kishidan qolgan mulkdan qanday hollarda zakot beriladi?
11.   Yil o‘rtasida yuzaga kelgan qarzdorlik xususidagi Ixtilofni tushuntiring. Shuningdek, yil o‘rtasida qo‘lga kiritilgan boylikning hukmini bayon qiling.
12.   Zakot beradigan kishi zakot niyatida faqirlardagi Qarzidan kechib yuborishining hukmi nima? Zakot berish vojib bo‘lgan, lekin talofatga uchragan mulkning hukmini izohlab bering.
13.   Zakot berishi mumkin bo‘lgan kishilarni sanab bering va har bir toifani ta’riflang. Qalblarini Islomga og‘dirish istalgan kishilarga nima uchun zakot beriladi?
14.   Fitr sadaqasini ta’riflab, hikmatini, sababini, ruknini, vojib bo‘lish shartlarini, vojib vaktini va qanday turdagi narsalardan berish mumkinligini hamda berish lozim bo‘lgan miqtsorning qancha ekanligini tushuntirib bering. Kishi nima uchun fitr sadaqasi berishi lozim? Fitr sadaqasining qiymatini berish joizmi? Fitr sadaqasi kimlarga beriladi?


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:30:14

Haj kitobi

"Haj" so‘zining lug‘aviy ma’nosi qasd qilish demakdir. Shar’iy istilohda esa, maxsus amallarni ma’lum bir joyda, muayyan bir vaqtda ado etishni qasd qilishdir.

Izoh: Maxsus joy Ka’ba va Arafotdir, muayyan vaqt esa, haj mavsumi, ya’ni Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja oyining ilk o‘n kunidir. Maxsus amal esa, Baytullohni tavof qilish hamda Arafotda turishidir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:31:45

Hajning farz bo‘lish vaqti

Haj hijratning to‘qqizinchi yili farz qilindi, umr davomida bir marta ado etish farz. Sharoit bo‘lganida kechiktirmaslik lozim.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:32:36

 
Hukmi va farz bo‘lishining dalili

Haj islomning besh ruknidan biridir va umr mobaynida bir marta ado etiladigan farzdir. Farzligi Qur’oni karim bilan sobit. Dalili esa Alloh taoloning ushbu mazmundagi oyati karimasidir: "...va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchui mana shu uyni haj qilish burchi bordir..." (Oli Imron, 97).
Shuningdek, hajning farzligi quyidagi hadis bilan ham sobitdir: "Ey insonlar! Haj sizlarga farz qilindi, bas, haj qilingiz!" Hajning farzligi masalasida barcha musulmon olim va faqihlar yakdildir. Shuning uchun inkor qilgan kofir bo‘ladi.
Butun Islom dunyosiga iqtisodiy, siyosiy va diniy hayotlarida behisob foydalar keltirgai hikmatlari tufayli haj yo‘lga qodir bo‘lganlarga farz qilindi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:49:39

Ka’baning qisqacha tarixi

Ka’ba yer yuzidagi eng birinchi ibodatgohdir. Alloh taoloning amri bilan bir farishta, rivoyatlarga ko‘ra, Jabroil, alayhissalom, tomonidan qurilgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan uning faqat poydevori qolgan.

Odam, alayhissalom, yaratilgach, Alloh unga eski poydevor ustida Ka’bani qayta qurishni buyuradi. Keyinchalik Ibrohim, alayhissalom, yana eski poydevor ustiga Ka’bani yangidan quradilar.

Islomiyatga qadar Ka’ba Amalika, Jurhun qabilasi, Payg‘ambarimizning buvalari Qusayy va nihoyat, Quraysh qabilasi tomonidan turli davrlarda ta’mir qilinadi. Islomiyat davrida esa, Umaviylardan dastlab Yazid, so‘ngra Abdumalik davrida ikki marta qurshab olinadi va natijada Ka’ba zarar ko‘radi. Har ikki qurshovdan so‘ng Makka amiri Abdulloh ibn Zubayr, roziyallohu anhu, tomonidan ta’mir qilinadi.
Endi hajning fazilatlaridan ba’zilarini bayon qilib o‘tamiz:
1.   Haj Islomning porloq o‘tmishini eslatadi, musulmonlarningdiniy shuurini uyg‘otadi. Chunki hajda musulmonlar Allohning uyi Ka’bai muazzamani tavof qila dilar. Ibrohim, alayhissalom, davrlarini yodga oladilar, namoz o‘qiydilar. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, masjidlarida ravzalarini ziyorat qiladilar. Islomning shon-shuhratini yuksaklarga ko‘targan qahramon sahobalarning qadamjolarini ko‘radilar. Shu sabab ular qalbida Islomga muhabbat kuchayadi, ulug‘ ajdodlardan ibrat olish ishtiyoqi jo‘sh uradi.
2.   Haj mo‘minlarning gunohlardan poklanishi Allohning marhamati va barakoti bandalari ustiga yog‘ilishi uchun bir vasiladir. Chunki ba’zi olimlar aytishlaricha, shunday gunohlar borki, faqat Arafotdagi vuquf tufayligina Allohularni kechirishi mumkin.
3.   Haj oylari musulmon mamlakatlarining turli san’at asarlarini tanituvchi xalqaro ko‘rgazma, barakotli tijorat mavsumidir.
Hajda nafaqat vahiy ingan tuproqlarda yashayotgan xalqlarning, balki uzoq diyorlardan kelgan ziyoratchilarning ham katta iqtisodiy manfaatlari bor.
4.   Haj ulkan hayot maktabi, ya’ni musulmonlar orasida o‘zaro yordamlashuv va ma’lumot almashinuviga sabab bo‘lgan
safardir. Kishi haj safari asnosida ko‘plab mamlakatlar, turli-turli millatlarni ko‘radi. Ularning hayot tarzlari va urf-odatlari bilan tanishadi, ibratlanadi, hayotiy tajribalar orttiradi.
5.   Haj kuchli irodaga ega bo‘lgan, Allohning tavfiq va yordamiga chin dildan ishonib, tavakkul qilgan kishilar bajara oladigan bir mashaqqatli ibodatdir. Bu mashaqqatlar hojining axloqini go‘zallashtiradi, qo‘polligini ketkazib, unga oddiy imkonlar bilan yashashni, kamtarlikni, sabr-bardoshli bo‘lishni o‘rgatadi.
6.   Haj boyu kambag‘al, amaldor-xizmatchi hammasi ham Allohning ojiz bandalari ekanini ko‘rsatuvchi, haqiqiy tenglik va birodarlik ko‘zgusidir. Chunki hajda barcha hojilar dunyo va uning ziynatlaridan qalban uziladilar, barcha bir xil libos — ihrom kiyib, yaxshi so‘zlarni aytib, xuddi bir insondek oydin tuyg‘ularga to‘lgan qalb bilan yagona Allohtaologa yolvoradi.

Hech kim o‘zini dunyoviy martabasi va boyligi tufayli boshqalardan afzal ko‘ra olmaydi. Faqat taqvodagina ba’zilari ba’zilaridan ustun bo‘lishi mumkin. Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, aygganlaridek: "Arab ajamga nisbatan faqat taqvo jihatidan fazilatli bo‘lishi mumkin".

Hammaning kiygani ihrom barcha musulmonlar orasidagi haqiqiy tenglikka ishorat qiladi. Ayni paytda insoniyatga bu dunyo va uning go‘zalliklaridan ayirib, narigi dunyoga yuzlangan dastlabki holatni eslatadi. Chunki kishi qabrga ham ihromga juda o‘xshash matoga o‘ralib ketadi. Bu esa, kishi solih amallar bilan oxiratga tayyorgarlik qilishga tashviq qiladi. Oyati karimada aytilganidek: "Oxirat uchun tayyorlangan zodi rohilalar ichida eng xayrlisi taqvodir".
7.   Haj butun dunyo musulmonlarini bir davraga yig‘uvchi xalqaro anjumandir. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan millonlab insonlar Islom manfaatlarini ko‘zlab maxsus kunlarda Allohni zikr qilish uchun to‘planadilar. Islomiyat ularning ko‘ngillarini, fikr va tuyg‘ularini birlashtirib turadi. Hojilar hajga kelib bir-birlari bilan tanishadilar, sevishadilar, muammolarini hal qilishda bir- birlariga yordam beradilar.
8.   Alloh taolo Qur’oni karimda aytadi, ".. va o‘sha vaqtni eslangizki, Biz bayt (Ka’ba)ni insonlar uchun savob qozonish va himoyalanish joyi qildik". Harami Sharifda nafaqat insonlar, balki hayvonlar ham xavfsizlik va huzur ichida bo‘ladilar. Bu jihatdan dunyoda Haramga teng keladigan makon yo‘q. Rivoyat qilinishicha, Hazrati Umar, roziyallohu anhu: "Ka’bada otam Xattobning qotilini ushlab olsam, u yerdan chiqqunicha (unga) qo‘limni tekkizmayman", degan ekanlar.
9.   Haj Allohtaoloning insonlarga bergan ne’matlariga bir shukronadir. Chunki Alloh insonlarga sihat-salo-matlik, zaruriy ehtiyojlaridan tashqari mol-davlat va yana ko‘plab ne’matlar bergan. Shunday bo‘lgach, Alloh bergan ne’matlarga shukr qilish farzdir.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:50:31

Farz bo‘lishining sababi


Hajning farz bo‘lish sababi Baytul Haram Ka’baning mavjudligidir. Shuning uchun inson umr davomida bir necha marta hajga borishi shart emas.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:51:55

Farz bo‘lishining shartlari


1.   Musulmon bo‘lish.
2.   Balog‘atga yetganlik.
3.   Aklli bo‘lish.
4.   Ozod (hur) bo‘lish.
5.   Hajdan qaytgunicha, qaramog‘idagi kishilarning ehtiyojlaridan tashqari o‘zining barcha safar harajatlarini ham qoplaydigan mablag‘ga ega bo‘lish.
6.   Dorul harbda yashaydigan musulmonning haj farz ibodat ekanini bilishi.
7.   Vujud salomatligi.
8.   Yo‘lning xavfsiz (bexatar) bo‘lishi.
9.   Safar kamida uch kunlik bo‘lsa, ayollarga mahramining hamroh bo‘lishi.
10.   Qamoqqa tushib qolmaslik, oshkora to‘siq yo‘qligi.
 Sahih ado bo‘lishning shartlari
1.   Ihromga kirish.
2.   Belgilangan vaqtlar va joylarda amallarni bajarish.

Vaqt Hajning vaqti ma’lum haj oylaridir. Ular Shavvol, Zulqa’da va Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunidir.

Qayd etilgan