Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307290 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 B


Robiya  01 May 2009, 15:53:55

 Ruknlari Hajning ikki rukni bor.
1.   Bir lahza bo‘lsa ham, Arafotda vuquf qilish, turish.
2.   Ziyorat tavofini ado etish.

Tavofning uch turi mavjud:
1.   Qudum tavofi. Bu makkalik bo‘lishgan hojilar uchun sunnatdir.
2.   Ziyorat tavofi. Bu hajning asosiy shartlaridan bo‘lib, Qurbon hayitining uch kuni mobaynida barcha hojilar tomonidan ado qilinishi shart.
3.   Sadar. Bu vado tavofi bo‘lib, haj amallari tamomlangach, Ka’badan ayrilayotganida makkalik bo‘lmagan barcha hojilarga vojib tavofdir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:54:19


 Hajning vojiblari
Hajning yigirmadan oshiq vojiblari bor. Quyidagilar shular jumlasidandir:
1.   Miyqotdan boshlab ihromga kirish.
2.   Qurbon hayitining birinchi kuni tong otgach, kun yorishgunicha bir lahza bo‘lsa ham, Muzdalifada turish.
3.   Safodan boshlab, Marvada bitirish sharti bilan Safo bilan Marva orasida yetti marta sa’y qilish (yugurish).

Izoh: Safo bilan Marva Makka shahri ichida joylashgan bo‘lib, orasi taxminan 405 metrcha bo‘lgan ikki tepalikdir. Oralaridagi ushbu masofa bugungi kunda ikki tomoni do‘konlardan iborat ko‘chadir.

Rivoyat qilinishicha, Ibrohim, alayhissalom, xotinlari Hojar onamiz bilan o‘g‘shiari Ismoilni, alayhissalom, yegulik va suvsiz bugungi Makka shahri joylashgan vodiyga tashlab, o‘zlari Falastinga qaytadilar. Shundan so‘ng yolg‘izlik va chanqoqlikdan siqilgan Hojar onamiz biror bir kishini yoki suv topish umidida bu ikki tepalik orasida yugurib yetti marta u yoqdan-bu yoqqa borib keladilar. Haj asnosida hojilar tomonidan bajariladigan sa’y ibodati ushbu hodisadan qolgan.
4.   Makkalik bo‘lmagan hojilarning vido (xayrlashuv) tavofi qilishlari.
5.   Qurbon hayiti va tashriqkunlarida shaytonga tosh otish.
6.   Soch oldirish yoki qisqartirish.
7.   Tikilgan kiyimlarni kiymaslik yoki bosh va yuzni yopish kabi nojoiz harakatlarni qilmaslik.
Qurbonlik qilishni lozim etadigan amallar (hajning) vojiblaridir.
1.   Ihromli holda qilinishi taqiqlangan barcha harakatlardan o‘zini chetga olish.
2.   Ka’bani tavof qilayotganida junub va betahorat bo‘lmaslik hamda avrat joylarining yopilishi.
3.   Baytni har yetti marta aylanganidan so‘ng ikki rakat namoz o‘qish.
4.   Har bir tavofni Hatim deb nomlangan joyning (Ka’baning eski poydevori) orqasidan boshlash.
5.   Xajarul Asvad qarshisidan boshlab, Baytullohni chap tarafida tutgan holda tavof qilish.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:55:18

 
Hajning sunnatlari

Hajning sunnatlari juda ko‘p bo‘lib, asosiylari quyidagilardir:
1.   Ihromga kirishdan avval g‘usl qilish.
2.   Ihromga kirayotganida ihromning sunnati niyatida ikki rakat namoz o‘qish.
4.   Ihromga kirgach talbiyani ko‘p aytish.
5.   Makkalik bo‘lmaganlarningtavofi qudum qilishlari.
6.   Tavofni ko‘p qilish. Bu tavof makkalik bo‘lmaganlar uchun nafl namozdan afzaldir.
7.   Imomning hajdagi ibodat tartiblarini tushuntirish maqsadida Zulhijjaning yettinchi kuni peshindan so‘ngra, Makkada xutba o‘qishi.
8.   Tarviya (Zulhijjaning sakkizinchi) kuni quyosh chiqqach, Makkadan Minoga yo‘l olish va o‘sha tun Minoda qolish.

Izoh: Mino Makkadan 6,5 km sharqda joylashgan shaharchadir. "Mino " istak, orzu degan ma’noni anglatadi. Allohning amri bilan Ibrohim, alayhissalom, o‘g‘illari Ismoilni, alayhissalom, mana shu yerda qurbonlik qilishga kirishgan edilar.

9.   Zulhijjaning to‘qqizinchi kuni quyosh chiqqach, Minodan ayrilib, Arafotga chiqish.
10.   Iloji boricha xushu’ bilan va yolvorgan holda, ko‘proq duo-iltijoga g‘ayrat qilish.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:55:55

Ihrom

Ihrom muayyan (jinsiy yaqinlik, soch va tirnoq olish, xushbo‘ylanish, bosh va yuzni yopish, tikilgan kiyim kiyish, ov qilmaslik va unga undamaslik, daraxt kesmaslik kabi) narsalarni qilmaslikka azm etishdir.

Ihromning rukni talbiya aytish (Allohni ulug‘lash), sharti esa niyat qilishdir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 15:57:35

Miyqot

(Ihromsiz o‘tish mumkin bo‘lmagan joylar) Haj amallari ado etiladigan ma’lum bir vaqtlar bo‘lganidek, uni ado etish uchun yo‘lga chiqqanida ihromsiz o‘tib bo‘lmaydigan joylar ham bor. Haj va umra qilmoqchi bo‘lganlarning bu joylardan ihromsiz o‘tishlari joiz emas. Bu joylar esa quyidagilardir:

1.   Madinaliklar va u yerdan kelganlar uchun Zulhulayfa.
2.   Iroqliklar va u yerdan kelganlar uchun Zotu Irq.
3.   Misrliklar, shomliklar va bu yo‘ldan kelganlar uchun Juhfa.
4.   Najdliklar va Najd orqali kelganlar uchun Kornul Manozul.
5.   Yamanliklar va Yaman orqali kelganlar uchun Yalamlam ihromga kiriladigan joylardir. Bu joylar miyqot deyiladi.

Ushbu miyqot joylariga kelmasdan avval hojilar ihromga kirishlari va hajda taqiqlangan amallarni qilishdan saqlanishlari joiz. Makkaga kirishni xohlagan, makkalik bo‘lmagan hojilarning miyqot joylaridan ihromga kirmasdan o‘tishlari joiz emas. Makkaliklarning ihromga kiradigan joyi Hilldir. Harami Sharifda o‘tirgan kishining haj uchun ihromga kiradigan joyi Harami-Sharif, umra uchun esa, Hilldir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:02:37

Hajni ado etish tartibi

  Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi quyidagi amallarni bajarishi kerak

1.   Miyqotda yo undan oldin ihromga kirish.
2.   Ihromga kirishdan oldin tirnoqlarni, ortiqcha junlarni olish.
3.   Mo‘ylablarni qisqartirish.
4.   G’usl yoki tahorat qilish.
5.   Yangi yoki yuvilgan izor va rido kiyish, ular oq va yangi bo‘lgani afzaldir.
6.   Agar bor bo‘lsa xushbo‘ylik sepish.
7.   Ikki rakat namoz o‘qish (bu amallar mustahab).
8.   Namozdan so‘ng "Allohumma inniy uriydul hajji fayassirhu li va taqobbal minni" deb duo qilish. Ma’nosi: "Allohim, men haj qilmoqchiman, uni menga oson qil va mendan uni qabul et ".
9.   Ikki rakat namozdan so‘ng hajni niyat qilib talbiya, ya’ni "Labbayka" aytadi. Talbiyaga boshqa kalimalarni ham qo‘shib aytish joizdir. Niyat qilib talbiya aytgach, ihromga kirgan hisoblanadi.
10.   Talbiyadan so‘ng Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, salavot aytish.
11.   Shundan so‘ng yaxshi duo qilish mustahabdir.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:16:20

 
Hajda man qilingan amallar

Ihromga kirgach, ayoli bilan jinsiy yaqinlik qilishdan, yomon so‘z aytishdan, gunoh qilishdan, tortishishdan, quruqlikdagi hayvonni ovlashdan, yo ovchiga uni ko‘rsatishdan, tikilgan libos kiyishdan, salla o‘rashdan, oyoqqa mahsi kiyishdan, bosh va yuzni berkitishdan, atir sepishdan, soch va soqol oldirishdan, tirnoq olishdan saqlanish lozim.

Ihrom kiygan holda g‘usl qilish, hammomga kirish, kajava va chodirga kirib salqinlanish, belga kamar va shunga o‘xshash narsalarni taqish joizdir. Har namozdan so‘ng, pastdan yuqoriga chiqayotganida, yoki vodiyga tushayotganida, hojilar guruhiga duch kelganida hamda sahar vaqtida erkaklar ovozini chiqarib talbiya aytishadi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:16:38

Makkaga kirishda qilinadigan amallar

1.   Hoji Makkaga kelgach, xushu’ bilan, talbiya aytgan holda Masjidul Haramga kiradi.
2.   Ka’bani ko‘rgach, uch bor takbir va tahlil aytadi.
3-4. Avval takbir va tahlil aytgan holda, Hajarul Asvadga yuzlanib, namozdagi kabi qo‘llarini ko‘taradi va qo‘llarini tushirib ikki qo‘lini toshning ustiga qo‘yib, qo‘llari orasidan toshni o‘padi, buning iloji bo‘lmasa, goshga biror narsani tekkizib, uni o‘padi, buning ham iloji bo‘lmasa, ikki qo‘l kaftlarini ko‘tarib u tomonga qaratib, takbir, tahlil, hamd va salavot aytadi, so‘ng kaftlarini o‘padi.
5.   So‘ngra agar hoji makkalik bo‘lmasa, Hatim (Ka’ba yonidagi yarim doira shakldagi devor) orqasidan Ka’ba atrofida o‘ng yelkasini ochgan holda, ridoni o‘ng qo‘ltig‘idan o‘tkazib, uchini chap yelkasiga tashlab, yetta marta qudum tavofini qiladi.
6.   Ushbu yetti davralik tavofning ilk uchtasida hoji yelkalarini harakat qildirgan holda tez-tez yuradi (raml).
7.   Qolgan to‘rt tavofda esa viqor bilan sekin-asta yuradi.
8.   Har gal Hajarul Asvad yonidan o‘tayottanida 3-4-bandida bayon etilgan amallarni qiladi. Har tavofda ruknul Yamaniyni imkoni bo‘lsa, ikki qo‘l kafti bilan siypaydi. Imkon topolmasa, qoldiradi.
9.   Tavofni 3-4-bandda bayon etilgan amallarni qilish bilan tamomlaydi.
10.   Tavofni tamomlagach, hazrat Ibrohim, alayhissa-lom, maqomiga, buning iloji bo‘lmasa, masjidning xohlagan joyida ikki rakat namoz o‘qiydi, so‘ng Baytullohning Hajarul Asvad va eshik oralig‘iga borib, ikki qo‘lini qo‘yib o‘ng yuzini bosadi va zamzam suvidan ichadi.
11.   So‘ng Safo va Marva oralig‘ida sa’y qilishni istasa 3-4-bandda aytilgan amallarni qayta bajaradi va Safoga ko‘tariladi. Uning ustida Baytullohga qarab uch bor takbir va tahlil, Payg‘ambarimizga salavot aytadi va qo‘llarini ko‘tarib istagancha duo qiladi. So‘ng Marva tomon yuradi. Io‘lning pastki yashil chirog‘i oralig‘ida tez yuradi. Marvaga chiqib, Safoda qilgan amallarini takrorlaydi.
12.   Shu tariqa yetti marta yuradi, Safodan boshlab Marvada bitiradi.
13.   So‘ngra esa ihrom kiygan holda Makkada qoladi va xohlaganicha Ka’bani raml qilmay nafl tavof qiladi. Keyin Zulhijjaning sakkizinchi kuni tongda Makkadan Minoga yo‘l oladi va Arafa kuni bomdod namozini o‘qiguncha Minoda turadi.
14.   Zulhijjaning to‘qqizinchi kuni Minoda bomdod namozini o‘qigach, Arafotga chiqadi va Rahmat tog‘iga yaqin joyda zavol (peshin) vaqtidan hayit kuni tong otgunicha bo‘lgan vaqt ichida bir lahza bo‘lsa ham vuquf qiladi. Quyosh zavolidan so‘ng imom juma namozining xutbasi kabi ikkita xutba o‘qiydi. Xutbadan so‘ng bir azon, ikki takbir bilan peshin va asr namozlarini bir vaqtda o‘qiydi. Peshinning ikki rakat sunnati o‘qilmaydi. Kuyosh botgach, barcha hojilar Muzdalifaga borishadi va shom va xufton namozlarini bir azon va takbir bilan o‘qiydilar va o‘sha yerda-tunni o‘tkazadilar.
15.   Zulhijjaning o‘ninchi kuni (Qurbon hayiti kuni) bomdod namozini erta vaqtda o‘qigach, Muzdalifada bir lahza bo‘lsa ham vuquf qilib, takbir, tahlil va Payg‘ambarimizga salavot aytadi va duo qiladi. Tong juda yorishgach, Minoga yo‘l oladi va jamratul aqabaga yetti dona toshchalarni bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan tutib, takbir aytgan holda bir-bir otadi. Birinchi toshchani otishi bilan talbiya aytishni to‘xtatadi. Bundan so‘ng, mufrid xohlasa, qurbonlik so‘yadi va sochlarini qisqartiradi yoki to‘liqoladi. Sochlarni to‘liq oldirish afzaldir. Yuqorida sanab o‘tilgan amallarni bajargach, ayoli bilan jinsiy aloqadan tashqari, ihromda taqiqlangan barcha harakatlar halol bo‘ladi.
16.   So‘ng hoji shu kuni yoki ertasiga yoxud uchinchi kuni Makkaga borib, Baytullohni yetti marta tavofi ziyorat qiladi. Ammo Safo va Marva o‘rtasida sa’y qilmaydi. Ziyorat tavofini Qurbon hayitining uchinchi kunidan keyinga qoldirish tahriman makruhdir. Ziyorat tavofining tamomi yoki aksariyat qismi bajarilgach, sochini qisqartgan yo oldirgan bo‘lsa, ayoliga yaqinlashish ham mumkin bo‘ladi.
17.   Ziyorat tavofidan so‘ng Minoga qaytadi va tunni o‘sha joyda o‘tkazadi.
18.   Zulhijjaning o‘n birinchi kuni zavol (peshin) vaqtidan so‘ng, dastlab Xeyf masjidi yonidagi tosh otish joyidan (jamratus-sug‘ro) boshlab navbati bilan o‘rta (jamratul-vusto) va (jamratul-aqoba)ga yetti donadan mayda tosh otadi. Har bir toshni "Bismillahi, Allohu akbar" deb otadi. Birinchi va o‘rtadagi tosh otish joylarida tosh otib bo‘lgach, takbir, tahlil va salovot aytab bir soat miqdoricha turadi, tosh otib bo‘lgach, duo qiladi.
19.   Zulhijjaning 12-kuni ham 11-kun amallarini aynan takrorlaydi. Shunday qilib, haj ibodati yakunlanadi.
20.   Ertasiga Makkaga qaytishda, Muhassab degan joyda qisqa muddatga bo‘lsa ham, qo‘nib o‘tadi. Makkaga borgach, yetti bor Vido tavofi qiladi. Ushbu tavof makkalik bo‘lmaganlar uchun vojibdir.
21.   So‘ngra Zamzam bulog‘iga kelib, qonib ichadi.
22.   So‘ngra Ka’ba ostonasiga kelib, eshigini o‘padi.
23.   So‘ng eshik bilan Hajarul Asvad orasidagi "Multazam" deb nomlangan joyga kelib, ko‘kragini va o‘ng yuzini Ka’baga suradi, Ka’bapo‘shni ushlagan holda duo qilib, yig‘laydi. Nihoyat, Baytullohdan yuz o‘girmagan holda, orti bilan yurib Harami Sharifdan chiqadi.
24.   Ayollar ham xuddi erkaklardek haj qiladilar. Ammo ayollar boshlarini ochmasdan, faqattina yuzlarini ochadilar, talbiyada ovozlarini chiqarmaydilar. Tavofda yelkalarini qimirlatib, tez yurmaydilar va Safo va Marva orasida ham ohista yuradilar. Sochlarini oldirmaydilar, faqat biroz qisqartiradilar. Ihromda ham tikilgan kiyimlarni kiyishlari mumkin.
25.   Ayollar tiqilinch bo‘lganida Hajarul Asvedga yaqin-lashmaydilar. Uzoqdan ishora bilan salomlaydilar. Ayol ihromga kirayotganida hayzli bo‘lsa, namoz o‘qish emas, balki ihrom kiyish uchun yuvinadi va so‘ng ihrom kiyadi. Faqat bunday holatda ayollar hajning barcha amallarini bajarsa-da, Ka’bani tavof qilmaydilar.
26.   Agar ayol Arafotda vuquf qilib va ziyorat tavofini bajargach, hayz ko‘rsa, uning haj arkonlari tamomlangan hisoblanadi va uyiga qaytadi, vido tavofi qilolmagani uchun unga hech narsa lozim bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:17:02

Umra

"Umra" so‘zining lug‘aviy ma’nosi ziyorat qilish demakdir. Shar’iy istilohda esa, Harami Sharifni belgilangan tartibda ziyorat qilish degan ma’noni anglatadi.
Umra sunnati muakkadadir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:17:15

Umraning vaqti va miyqotlari

Xuddi hajda bo‘lganidek, umraning ham ma’lum miyqoti mavjud. Umrani yil davomida bajarish mumkin. Arafa kuni, Qurbon hayitining birinchi kuni va tashriq (Zulhijjaning 11-, 12-, 13-) kunlaridan tashqari, yilning boshqa kunlarida umra uchun ihromga kirish karohatsiz sahihdir. Bu sanab o‘tilgan kunlarda umra uchun ihromga kirish tahriman makruhdir.

Hajning miyqotlari umraning ham miyqotlaridir. Faqat Makkada istiqomat qilayotganlar bundan mustasno,chunki ularning miyqoti Hilldir.

Qayd etilgan