Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307125 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 B


Robiya  01 May 2009, 16:17:38

Rukni

Baytullohning atrofida yetti marta yoki undan ko‘proq tavof qilishdir.
Umraning sharti ihromdir.

 Vojiblari Safo bilan Marva orasida sa’y qilish, soch oldirish yoki qisqartirish.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:19:10

Bajarish tartibi

Haj bo‘limida bayon qilingan tarzda yuvinib, poklanib, ikki rakat namoz o‘qigach, talbiya aytadi. So‘ng "Allohumma inniy urqaul umrata fa yassirha liy va taqobbalha minniy" deb niyat qilish lozim. Ma’nosi: "Allohim, umra ibodatini ado qilmoqchiman, meni bunga muvaffaq qilgin va bu ibodatni dargohingda qabul ayla ".

Shunda umra uchun ihromga kirgan hisoblanadi. Ihromga kirgach, Baytullohni yetti marta tavof qiladi Safo va Marva orasida sa’y qiladi. Shundan so‘ng soch oldiradi yoki qisqartiradi. Shu bilan kishi umrani tamomlagan hisoblanadi. Kichik haj hisoblangan umra faqat quyidagi xususlarda hajdan farq qiladi.
1)   Haj farz amal bo‘lsa, umra sunnati muakkadadir.
2)   Umra uchun ma’lum vaqt belgilanmagan.
3)   Umrada Arafotda vuquf qilinmaydi.
4)   Umrada Muzdalifada turish yo‘q.
5)   Umrada shaytonga tosh otish yo‘q
6)   Umrada ikki vaqt namozini jam’ qilish yo‘q
7)   Umrada qudum (tashrif) tavofi qilinmaydi.
8)   Umrada vido tavofi ham yo‘q.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:20:14

Qiron haji
[/b]

"Qiron" so‘zi lug‘atda ikki narsani birlashtirish degan ma’noni anglatadi. Shariat istilohida esa, haqiqatan yoki hukman bir ihrom bilan haj va umrani birgalikda ado qilish ma’nosini bildiradi.

Kishi ikki rakat ihrom uchun o‘qigan (nafl) namozidan so‘ng haj va umraga birdaniga niyat qilsa, uning haji qiron bo‘ladi.

Hukmi Qiron haji ifrod va tamattu’ hajlaridan ham fazilatliroqdir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:20:56

Qiron hajining shartlari

Qiron hajining yettita sharti bor:
1.   Umra tavofining barchasini yoki aksar qismini ado qilmasdan avval haj ihromiga kirish.
2.   Dastlab umra ihromiga kirgan (kishining) uni buzmasdan haj uchun ihromga kirishi.
3.   Haj uchun Arafotda vuquf qilmasdan avval umra tavofining barchasini yoki aksariyatini qilgan bo‘lishi.
4.   Umra tavofining barchasini yoki aksariyatini haj mavsumida qilish.
5.   Umra va hajni buzishdan saqlanish.
6.   Qiron haji qiladigan kishining makkalik bo‘lmasligi. Makkada istiqomat qilayotgan kishi qiron haji qilmoqchi bo‘lsa, haj mavsumidan avval boshqa joyga kelishi va o‘sha yerdan hajga kelishi lozim. 7. Hajning vaqtini o‘tkazib yubormaslik.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:22:38

Ado qilish shakli

Qiron haj qiladigan kishi Makkaga kirgach, hajni avval umra tavofidan boshlaydi. Avvalgi uch tavof yelkalarini qimirlatgan holda, tez-tez yurib yetti davra tavof qiladi. So‘ng ikki rakat tavof namozi o‘qiydi. So‘ngra Safo eilan Marva orasida yetti marta sa’y qiladi. Sochlarini oldirmaydi va qisqartirmaydi. Shu bilan umra nihoyasiga gtadi. Bundan so‘ng ayni ihrom bilan haj ibodatini boshlaydi va qudum tavofini ado etib, Safo bilan Marva orasida sa’y qiladi. Hajning qolgan amallarini bayon qilib o‘tilgan tarzda bajaradi.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:23:27

Allohga shukr

Qiron haj qilayotgan kishi hayitning birinchi kuni jamratul aqaba (shaytonga tosh otish joyi)da tosh otgach, oir safarda ikki ibodatni (haj va umra)ni ado etishga muvaffaq qilgani uchun Alloh taologa shukrona niyatida oitta qo‘y yoki katta hayvonni bir o‘zi yoxud yetti kishi birgalashib so‘yadi va go‘shtdan yeydi, undan faqirlarga sadaqa qilishi mustahabdir. Agar bunga ojiz bo‘lsa, uch kun qurbon hayitidan avval va haj amallari tugagach, yetti kun ro‘za gutib beradi. Hammasi bo‘lib 10 kun ro‘za tutadi. Ro‘zani orada ba’zi kunlarni o‘tkazib tutishi ham joizdir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:24:04



Tamattu’ haji "Tamattu’" so‘zi lug‘atda foydalanish ma’nosidadir. Shariat istilohida haj oylarida umra uchun ihromga kirish va uni ado etgach, haj uchun yana qayta ihromga kirish ma’-nosini beradi.

 
Hukmi va sahih bo‘lish shartlari

Savobi bo‘yicha umradan ustun, faqat Qiron hajidan keyingi o‘rindadir.
1. Umra tavofini to‘liq (yoki ko‘proq qismini) haj oylarida qilish.
2. Umra ihromiga haj ihromidan oldin kirish.
3.   Umradan so‘ng qilinadigan haj ibodatini buzmaslik.
4.   Umrani ado qilgach, vataniga borib kelmaslik.
5.   Umra va hajni bir yilda ado qilish.
6.   Makkalik va u yerda yashovchilardan bo‘lmaslik.
7.   Agar haj oylaridan oldin umrani ado etib, Makkada qolgan bo‘lsa, haj oylari kirgach, umrani qayta bajarish lozim.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:26:01

Tamattu’ hajining qoidalari

Dastlab umra uchun miyqotda ihromga kiradi va ikki rakat namozdan keyin "Allohumma inni uridul ‘umrata fayassirha liy va taqobbalha minni" (ma’nosi: Allohim men umra qilmoqchiman. Uni menga oson qil va qabul ailagin), deb niyat qiladi va talbiya aytadi.

Makkaga borganida umra uchun Ka’bani tavof qiladi, Safo va Marva orasida sa’y qiladi, soch oldiradi yoki qisqartiradi. Shundan so‘ng umra ihromidan chiqadi. Zulhijjaning sakkizinchi (tarviya) kuni Harami Sharifda haj uchun ihromga kiradi va haj amallarini aytib o‘tilgan tartibda ado qiladi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:26:26

Allohga shukr

Hoji Qurbon hayiti kuni shaytonga tosh otganidan so‘ng, ikki ibodatni (haj va umra)ni bajarishga muvaffaq qilgani uchun Allohga shukr niyati bilan bitta qo‘y yoki katta bosh hayvon yoxud katta bosh hayvonning yettidan bir qismini so‘yadi. Undan o‘zi yeydi va faqirlarga tarqatadi.

Bunga qurbi yetmasa, hayitdan oldin uch kun va haj amallaridan so‘ng yetti kun, jami o‘n kun ro‘za tutadi.

Makkaliklar, Makka va miyqot orasidagi hududda yashov-chi kishilar Qiron, Tamattu’ haj qilmaydilar.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:29:42

Jinoyatlar

(Hajda qilinishi taqiqlangan amallar)

Jinoyatlar:
a)   ihrom talabini bajarmaganlik;
b)   Harami Sharif hurmatini toptash sababli sodir bo‘ladi.
1.   Agar farz tavofni tahoratsiz bajarsa, bitta qo‘y, junub holda bajarsa, bitta tuya so‘yishi vojib.
2.   Vojib sunnat yo tavoflarni tahoratsiz qilsa, bitta fitr sadaqasi miqdorida sadaqa berishi, junub holda qilsa, bir qo‘y so‘yishi kerak bo‘ladi.
3.   Ayol hayz yo nifos qoni to‘xtamay vojib va sunnat tavoflarni bajarsa, bir qo‘y, farz bo‘lgan tavofni bajarsa bir tuya so‘yadi.
4.   Hayzda, nifosda yoki junub bo‘lib tavof qilgach, poklanib, g‘usl qilib, qaytadan tavof qilsa, lozim bo‘lgan jazo avf etiladi.

Tavofni istisno qilgan holda, hajning butun farz, vojib va sunnat amallarini junub, hayz va nifosli holda bajarish mumkin.

Qayd etilgan