Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307202 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 B


Robiya  01 May 2009, 16:37:14

Alloh taologa imon keltirish

Alloh taoloning borligiga, birligiga va barcha sifatlariga imon keltirmoq lozim. Alloh taoloni tanish Uning ism va sifatlari bilan bo‘ladi. Alloh taoloning 99 ismi sifati bordir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:37:46

Payg‘ambarlar

Payg‘ambarlar ham bizlardek Alloh taoloning bandalari. Ular ham Odamning, alayhissalom, farzandlaridir. Lekin ular Alloh taoloning xos bandalari. Yoshliklaridan g‘oyatda akdli va ziyrak, to‘g‘ri, parhezkor bo‘lganlar. Ular-da hech bir zamonda nuqson va kamchilik bo‘lmagan.

Eng birinchi payg‘ambar Odam alayhissalom bo‘lib, oxir-gisi Muhammad alayhissalomdir. Kiyomat kunigacha endi hech payg‘ambar chiqmaydi. Muhammad, alayhissalom, oxirzamon payg‘ambaridir. U zotning dini, ya’ni Islom, to qiyomat kunigacha boqiydir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:37:58

Muqaddas kitoblar


Alloh taolo din va shariat hukmlarini qavmlariga o‘rgatsinlar deb payg‘ambarlarga kitoblar nozil qilgan. Odam alayhissalomga o‘n varaq, Shis alayhissalomga ellik varaq, Idris alayhissalomga o‘ttiz varaq, Ibrohim alayhissamga o‘n varaq nozil bo‘lgan. Muso alayhissalomga Tavrot, Dovud alayhissalomga Zabur, Iso alayhissalomga 1jil, Muhammad alayhissalomga esa Qur’oni karim 1zil bo‘lgan.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:38:18

Qazo va qadar

Taqdir olamda bo‘ladigan barcha narsalarni va har bir qilinadigan ishlarni Alloh taoloning azalda tayin va muqarrar qilib qo‘yishidir. Alloh taoloning olamda bo‘ladigan narsalarni taqdir qilingan holatda xalq va paydo qilishidir. Har bir narsa va har bir ishning qachon bo‘lishi va nima sabab bilan bo‘lishi hamda qanday bo‘lishi bayon qilib, Lavhul Mahfuzda yozib qo‘yilgan.

Bandaning Lavhul Mahfuzda yozilgan ekan, taqdirda bor bo’lsa, shu ish ro‘yobga chiqmasdan qolmaydi, deb dunyoviy ishlarni va oxirat amallarini qilmasdan, kohil bo‘lib ishi hamda gunoh ishlarni qilishi aslo durust emas. Bandalar uchun jiddu jahd bilan ilm olib, ma’rifat hosil qilib, diniy ilm o‘rganish, halol mol kasb qilish va ixlos bilan yaxshi amallarni bajarish, shuningdek, har bir gunoh ishlardan saqlanish shartdir. O’z ixtiyorida bo‘lgan ishlarni taqdirga tashlab, ishyoqmas bo‘lib yotish nihoyatda axmoq va behimmat kishilarning ishidir.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:39:26

Bandalarning fe’llari

Bandalar o‘z fe’llarini o‘zlari kasb va hosil qiladilar. Ammo bo‘ldirguvchi va yaratuvchi Alloh taolodir. Bandalarning qilmoqchi bo‘lgan fe’llarini Alloh taolo qudrat va quvvat berib, xalq qilmasa, bandalar faqat o‘zlari hech bir ishni qilmoqqa qodir bo‘lmaydilar. Alloh taolo bandalarga iroda ixtiyor, ya’ni xohishi uchun kifoya qilgudek biroz quvvat beradi, banda bir ishni qilmak uchun ixtiyor bilan o‘sha quvvatni sarf qiladi. Shundan so‘ng Alloh taolo banda xoxlagan ishlni xohishiga muvofiq xalq qiladi. Demak, banda o‘z fe’lini o‘zi kasb qiluvchidir. Alloh taolo esa yaratuvchidir. Masalan, banda yurmoqni ixtiyor qiladi. O’sha holda Alloh taolo unga quvvat beradi va yurmagini xalq qiladi, banda yurishni kasb va hosil qiladi. Bas, Alloh taoloning xalq qilishi bilan banda yurishga qodir bo‘ladi. Bandalarning yaxshi fe’llariga ham, yomon fe’llariga ham Alloh taolo xoliqdir. Ammo bandalar o‘z fe’llariga kosibdirlar.

Banda qanday fe’lni kasb qilmoqni ixtiyor qilsa, Alloh taolo niyatiga ko‘ra o‘sha fe’lni xalq qiladi. Agar banda ixtiyori birla yaxshi va savob fe’lni kasb qilmoqchi bo‘lsa, Alloh taolo istasa, rozi bo‘lib xalq qiladi. Ammo banda gunoh fe’lni kasb qilmoqchi bo‘lsa, Allohtaolo istasa, rozi bo‘lmay xalq qiladi.

Bandalar qilgan fe’llari uchun savobli yoki gunohli bo‘ladilar. Agar banda o‘z ixtiyori bilan yaxshi fe’lni kasb qilsa, savob oladi va agar yomon fe’lni kasb qilsa, gunohkor bo‘ladi.
 

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:41:10

 
Oxirzamon


Oxirzamon — bu dunyoning oxiri va tamom bo‘lgan kuni degan ma’noni bildiradi. Oxirzamonda butun yer yuzidagi odamlar va hayvonlar, yerda va osmonda bo‘lgan farishtalar o‘lib tamom bo‘ladi. Oxirzamonning qachon va qaysi kun bo‘lishi faqat Alloh taoloning o‘ziga ma’lumdir. Buni Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi, har kun va har zamon oxirzamon bo‘lishi ehtimoldir.

Alloh taoloning hikmati bilan oftobning yurishi teskari bo‘lib, mag‘rib tarafdan chiqadi. Ushbu kun dunyoning oxirgi kuni alomatlaridandir. Butun yer yuzini dudtutun bosib, barchani behush qiladi. Isrofil farishta sur chaladi. Shundan so‘ng yer yuzidagi jami jondor o‘lib, tamom bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:41:45

Qiyomat kuni

Qiyomat kuni Alloh taolo odamlarni qaytadan tiriltiradi. Qabrlarda va boshqa yerlarda chirigan va har tarafga tarqalgan jasadlar Alloh taoloning kudrati bilan tiriklik vaktidagidek bo‘ladi. Alloh taolo hammadan ilgari Isrofilni, alayhissalom, tiriltirib, unga ikkinchi marta sur chalmoqni amr qiladi. So‘ngra har bir jasadga o‘zining joni kiradi. Shundan so‘ng qabrlarning usti ochilib, hamma go‘yo uyqudan uyg‘ongandek bo‘lib, tiriladi. Qabrlardan yer ustiga chiqadi. Hammalari Mahshar maydoniga jam bo‘ladi. Mahshar maydoni bandalarning dunyoda qilgan ishlari hisob taftish qilinadigan joydir. Har bandaga nomai a’mollari berilib, dunyoda qilgan amallari o‘zlariga ma’lum shnadi. Har kimning amallari adolat va to‘g‘rilik mezon va tarozusi bilan o‘lchanib, hisob qilinadi. Kimning jannatga va kimning do‘zaxga kirishi tayin tanadi. Mahsharda bandalarning amallarini Alloh taolo tarafidan buyurilgan farishtalar hisob va taftish qiladilar. Hamma jahannam ustiga qurilgan sirot ko‘pridan jannat tarafga o‘tmoqni orzu qiladi. Imonli, solih kishilar va gunohlari avf qilingan mo‘min bandalar g‘oyatda tezlik bilan o‘tib jannatga kiradilar. Sirot ko‘prigdan o‘tolmagan kishilar jahannamga tushadilar.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:42:06

Jannat va do‘zax

Jannat ne’matlarini til bilan aytib va qalam bilan yozib tamom qilib bo‘lmaydi. Jannatga tushgan har bir mo‘min bandaga eng katta baxt Alloh taoloni ko‘rmoqdir. Alloh taoloning bandalarga qanday ko‘rinmagi bizlarga ma’lum emas. Ammo Alloh taoloni jannatda ko‘rishga erishmoq lozim va vojibdir.

Jahannam g‘oyatda qabohatli va mashaqqatli yerdir. Unga egan odamlar o‘t-olov bilan va boshqa har xil narsalar ham azoblanadi.

 Gunohkor banda Islom dinining haqligiga va mo‘minlar ishonishi lozim bo‘lgan masalalarga dil bilan e’tiqod qilgan, lekin tilni saqlayolmay gunoh amallar qilgan kishi mo‘minlik va musulmonlikdan chiqmaydi, ammo fosiq va gunohqor bo‘ladi. Alloh taolo xoxlasa, fazl aylab har gunohni afv qilishi mumkin. Ammo zolimning zulmini mazlum bo‘lgan kishi bo‘lsa, xohlasagina, Alloh afv qilishi mumkin. Alloh taolo dunyoda tavba maqbul bo‘ladigan vaqtda, chin yus bilan tavba qilgan kishining gunohlarini kechirmakni va’da qilgan. Payg‘ambarimizning, alayhissalom, va boshqa solih kishilarning shafoatlari sabab bo‘lib, ko‘p pilarning gunohlari afv qilinmog‘i ham ehtimoldir. payg‘ambarimiz Muhammad, alayhissalom, gunohkorni shafoat qiluvchidirlar.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:42:39

Sahobalar

Sahobalar mo‘min va musulmonlik holida Payg‘ambarimiz Muhammadni, alayhissalom, ko‘rib va u kishiga uchrashib, mo‘minlik holida vafot qilgan kishilardir.

Sahobalarning afzali avval hazrat Abu Bakr Siddiq, so‘ng hazrat Umar ibn Xattob, so‘ng hazrat Usmon ibn Affon, keyin Hazrat Alidir, roziyallohu anhum. Shuning uchun ular Rasulullohning, alayhissalom, chahoryorlari deb ataladilar.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:42:58

Ahli sunna val-jamoa Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, barcha sahobalari vafot etganlaridan so‘ng, Islom ahli e’tiqodda 73 firqaga bo‘lingan. Ammo mashhurlari uch firqadir.

Ular quyidagilar: ahli sunna val-jamoa, shi’alar va mo‘‘tazila firqasi.

Ahli sunna val-jamoaning e’tiqodi haqdir. Bizlar ahli sunna val-jamoa e’tiqodidamiz. Payg‘ambarimiz Muhammad, alayhissalom, o‘zlari va sahobalari din va shariat hukmlariga qanday e’tiqod qilgan bo‘lsalar, ahli sunna val-jamoa ham shunday e’tiqod qiladilar.

Qayd etilgan