Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 307254 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 B


Robiya  01 May 2009, 16:43:19

 Ahkomi sharif Qur’on oyatlari va hadisi sharifdagi shariat hukmlarining ba’zilarini arabchani komil bilgan kishigina bilishi mumkin. Ammo shariatning barcha hukmlarini to‘g‘ri bilish uchun mujtahid bo‘lish kerak. Mujtahid bo‘lmagan kishilarning oyatlardan va hadislardan hukmlar chiqarishlari mumkin emas.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:43:48

 Mujtahidi mazhab  Arabiy tilning ma’no va sirlarini chuqur bilib, g‘oyatda komil olim bo‘lib, oyat va hadislarning hikmat va sirlarini yaxshi bilganidan so‘ng komil ijtihod bilan din masalalarining har qaysisini fikr va andisha qilgan kishi mujtahid bo‘ladi. Mujtahid bo‘lmagan va mujtahidlik martabasiga yetmagan kishilar maishatda ham, ibodatda ham bir mujtahidning mazhabiga tobe bo‘ladi. Har masalada shu mujtahidning mazhabi bilan amal qiladi.

"Mazhab" so‘zi istilohda mujtahid olimning shariat kmlarida oyat va hadislardan ijtihod bilan fikr qilib, glagan yo‘li degan ma’noni anglatadi. Mashhur mujtahidlar to‘rt kishidir. Birinchisi, Imomi A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit, rahmatullohi alayh; ikkinchisi, lomi Shofe’iy Muhammad ibn Idris, rahmatullohi alayh; uchinchisi, Imomi Molik ibn Anas, rahmatullohi ayh; to‘rtinchisi, Imomi Ahmad ibn Hanbal, rahmatullohi alayh. Ushbu mujtahidlarning mazhablari ko‘p masalalarda bir-biriga muvofiqdir. Muxolif bo‘lgan sunnat-oid masalalari ham bor, lekin ko‘p emas.

Bizlar Imomi A’zam Abu Hanifa hazratlarining mazhablaridamiz. Maishat va ibodat hukmlarining har qaysida shu mazhabga ko‘ra amal qilamiz. Musulmonlarning jam yarmi Imomi A’zam Abu Hanifa mazhablarida bo‘lsa , qolgan uch imomning mazhablarida bo‘lgan musulmonlar ham bor.

Imomi A’zamdan boshqa bu uch imomning mazhablarida o’tganlarning musulmonliklarida kamlik yo‘q. Har mazhab ikkinchi mazhab ahlini o‘ziga do‘st va yaqin tutmog‘i zim. Bir-birlarini dushman tutmaklari aslo durust emas. Chunki musulmonlar bir-birlariga qarindosh va birodardirlar.

"Ibodati islomiya " kitobidan qisqartirib olindi.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:44:16

Nikoh va taloqqa oid hukmlar

Uylanishning shariy hukmi

Shariatda uylanishning hukmi, kishining jismoniy quvvati, oila mas’uliyatini uddalashi, uylanmasa, zinoga ketish xavfiga ko‘ra, besh xil bo‘ladi:

1.   Uylanishi farz. Bu hukm uylanishga, oilani boqishga layoqatli va xotinga zulm qilmaydigan kishilar uchundir. Uylanmasa, zinoga ketishi aniq. Ular uylanmasalar, katta gunohkor bo‘ladilar.
2.   Uylanishi vojib bo‘lgan kishi. Uylanmasa zinoga ketish xavfi bor, uylansa, xotinni boqa oladi, unga zulm qilmaydi. Bunday kishilar uylanmasalar, gunohkor bo‘ladilar.
3.   Uylanishi sunnat. Uylanmasa ham, o‘zini zinodan saqlay oladi. Uylansa, xotinini boqishga va unga zulm qilmaslikka qodir. Bunday kishilar uylansalar savob bo‘ladi.
4.   Uylanishi harom. Uylansa, xotinini boqa olmaydi, unga zulm qilishi aniq, jinsiy aloqaga qodir emas. Bunday kishilarning uylanishi harom. Jinsiy aloqaga qodir bo‘lib, uylanishga mablag‘i yo‘q kishilarga Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, mablag‘ topgunga qadar ro‘za tutishni tavsiya etganlar.
5.   Uylanishi makruh. Bu hukm uylansa, xotinini boqa olmasligi yoki jinsiy aloqaga yaramasligi ehtimoli ko‘proq bo‘lgan kishi uchundir.


Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:44:35

Nikoh marosimi
Hanafiy mazhabimizda birovni birovga majburan nikoh qilish mumkin emas. Shunga ko‘ra, nikoh vaqtida qiz yo ayoldan: "Siz mana bu falonchiga turmushga chiqishga rozimisiz", erkakdan: "Mana bu falonchining o‘zingizga jufti halol bo‘lishiga rozimisiz" kabi iboralar bilan eng kamida ikki erkak yoki bir erkak va ikki ayol guvohligida so‘raladi.

Nikohlanuvchilar bir-birlarining rozilik so‘zlarini, guvohlar har ikki tomonning rozi ekanini bildiruvchi zlarini eshitishlari lozim.

Nikoh sahih bo‘lishi uchun har ikki tomonning nikohga roziligi, guvohlar bo‘lishi, ayol erkakka shar’an nikoh qilinishi mumkin bo‘lishi, ya’ni, unga mahram bo‘lmasligi shart. Nikohdan oldin mahrning hammasi yoki bir qismi berilishi lozim.

Mahr shaxsan ayolning o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan ma’lum mablag‘dir. Mahrning miqdori ayol yashab turgan joy, u dagi urf-odatlar, jamiyatning iqtisodiy ahvoliga qarab belgilanadi. Mahr kelinning haqqi bo‘lib, undan zo‘rlab olishga kuyovning ham, otasining ham, haqlari yo‘q. Ammo kelin o‘z ixtiyori bilan otasiga yoki kuyovga qisman yoki hammasini berishi mumkin.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:45:04

Uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar

Uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi, uylanish aslo mumkin bo‘lmagan ayollar. Ikkinchisi, vaqtincha uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar.

Birinchi qismga uch xil: 1) tug‘ishganlik sababli; 2) uylanish sababli; 3) emish sababli uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar kiradi.

Niso surasining 23-oyatida shunday deyiladi: "Sizlar uchun onalaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringning qizlariga... uylanishlaringiz harom qilindi" (mazmuni).

Emizish (razo’) sababli uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar:
1.   Bolani emizgan ayol va u ayolning asli — onasi, onaning onasi, ular ayolga ona tomonidan bo‘lsalar ham, ota monidan bo‘lsalar ham baribir.
2.   Kishining o‘zidan bo‘lgan qizi emizgan qizga, xotini emizgan razo’iy (bir kishining ayoli birovning farzandini go‘dakligida emizsa, emizgan ayol emgan bolaga nisbatan ona kabidir) qiziga, ular qanchalik pastga cho‘zilib ketsalar ham, uylanish harom.
3.   Kishini emizgan ayol va uning qizlariga, ular qanchalik pastga qarab cho‘zilib ketsalar ham, uylanish mumkin emas.
4. Kishi xotinini emizgan razo’iy onasi (tuqqan emas) va u onaning onasiga uylanishi mumkin emas.

Imomi A’zam mazhabida razo’ sobit bo‘lish vaqti va emgan sutning miqdori belgilanmagan. Bir marta emsa ham razo’ sobit bo‘ladi. Ammo emgan bola tug‘ilganidan boshlab, to ikki yarim yoshga kirgunicha, ya’ni o‘ttiz oy muddat ichida bir marta emsa ham razo’ sobit bo‘lib, emizgan ayol emgan bolaga ona hukmida bo‘ladi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:46:12

Vaqtincha uylanish mumkin bo‘lmagan ayollar


1.   Bir kishi bir vaqtda opa-singlisi yoki ayol bilan ammasini yoki ayol bilan xolasini nikohida olib turishi mumkin emas. Ammo opasi vafot etsa, uning singlisiga uylanishi mumkin.
2.   Uch taloq qilgan xotinga bo‘lsa, u boshqa er bilan doim birga yashashni niyat qilib, turmush qilishi hamda u bilan sahih er-xotinlik davrida jinsiy aloqa qilgan bo‘lishi lozim. Ikkinchi eri o‘lsa yoki taloq qilsa, iddasi chiqqanidan so‘nggina birinchi eri bilan yana qayta turmush qurishi mumkin.
3.   Birovning nikohidagi ayol va iddasi tugamagan yoki eri vafot etgan ayol.
Taloq qilingan yoki eri vafot etgan ayollar erlaridan homila bor-yo‘qligi aniq bo‘lgunicha ma’lum muddat boshqa turmush qurmay turishlari shart.
4.   Mushrika ayol (butparast) to musulmon bo‘lmagunicha. Ahli kitob bo‘lgan yahudiy, nasroniy ayollarga uylanish mumkin. Ammo musulmon ayollarning boshqa dindagi odamlarga turmushga chiqishlari mumkin emas.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:46:46

 
Taloq turlari

Dinimizda taloq qilish erning haqqi. Lekin erga qachon xohlasa, istaganiday taloq qilaverish ixtiyori berilmagan. Taloq chorasiz qolgandagina ishlatilishi kerak.

Qachon, qanday ishlatilsa, shariatga muvofiq bo‘lishi ham bildirilgan. Shuning uchun fuqaholar taloqni ikki turga bo‘lganlar.

1)   Sunniy — shariat ko‘rsatmalariga muvofiq taloq;
2)   Bid’iy — shariat ko‘rsatmalariga xilof taloq. Bid’iy taloq qilgan kishi gunohkor bo‘ladi. Sunniy yuq ikki narsa: taloq qilingan vaqtga va taloqning adaga bog‘liq bo‘ladi.

Vaqtga bog‘liq bo‘lgani, taloq qilingan vaqtda ayol hayzdan pok bo‘lishi hamda shu pokliqda er ayolga yaqinlik qilgan bo‘lishi lozim. Adadga bog‘liq bo‘lgan taloq esa, ayolning pok holida, ga yaqinlik qilmasdan bir taloq qilmoqdir. Chunki bir yuq raj’iy, ya’ni idda tugamay, nikohsiz qaytadan yarashish mumkin bo‘lgan taloqdir. Bir taloq qilganidan so‘ng, taxminan uch oyga yaqin vaqt ichida er taloq qilgan ayoli  bilan, uning roziligidan qat’i nazar, nikohsiz yarashish huquqiga ega. Mazkur muddat o‘ylash, har tomonni mulohaza qilish uchun berilgan. Pushaymon bo‘lsalar, darhol yarashishi mumkin. Agar taloq qiluvchi yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilmay, ayolini hayz holatida yoki taloq adadini bittadan kirib, ikki, uch yo uchdan ko‘p taloq qilsa, unday taloq "bid’iy", sunnatga xilof bo‘lib, taloq qiluvchi gunohkor bo‘ladi. Bunda albatta taloq tushadi. Er-xotin janjallashib turishganida er "ket", "yo‘qol", taloqsan" kabi lafzlarni taloq niyati bilan aytsa, taloq chiqadi. Er hazil qilib, o‘ynab "taloq", desa ham taloq bo’ladi.

Hanafiy mazhabida mast kishining hamda birov tomonidan taloq qilishga majbur qilingan kishining ham gapi taloq hisoblanadi.Agar er birovga xotinini taloq qilishni vasiyat qilsa o’zidan noib qilsa, u holda vasiyat qilingan va noib tingan kishi er nomidan taloq qilishi mumkin.


Salohiddin Muhiddinning "Islomda oila, nikoh va taloq masalalari " kitobi asosida tayyorlandi.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:47:33

Imomi A’zam Abu Hanifa No’mon ibn Sobit

Imomi A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit, rahma-tullohi alayh, hijriy 80 yili Kufa shahrida dunyoga kel-ganlar. Dastlab ipak va jun matolar tijorati bilan shu-g‘ullandilar. So‘ngra Alloh uning qalbida ilmga muhabbat paydo qiladi. O’tkir zakovatli, teran tushunchali, sog‘lom va juda quvvatli dalillar topishqat’iyati bilan qiyosda, dalillardan yangi hukmlar chiqarishda tengsiz daho edilar. U kishining asl ismlari No‘‘mon, otalarining ismi esa Sobit, bobolarining ismi Zuto bo‘lgan. Zuto Qobul shah-rida tavallud topganlar. Qavmiyatlari, millatlari fors-lardan. Musulmonlar Qobulni fathetishganida, asir bo‘lib Kufa shahriga kelib qolganlar. Zuto Islom dinini qabul qilganlaridan so‘ng, uni qullikdan ozod qiladilar Zuto-dan Kufada Sobit ismli farzand dunyoga keladi. Sobitdan esa bizning Imomimiz — hazrat No’mon ibn Sobit, kunyalari Abu Hanifa, unvonlari Imomi A’zam bo‘lgan zot tavallud topdilar.

Imomi A’zam Payg‘ambarimizning, alayhissalom, asri saodatlarida Kufada o‘sib-ulg‘ayganlar. Shu yerdagi eng katta ulamolardan dars oldilar. Ustozlari Kufa shahrining faqihi, katta muhaddis olim Hammod ibn Abu Sulaymon degan zot edi. Bu davrda ba’zi sahobalar hayot edilar. Jumladan, Kufa shahrida Imomi A’zam to‘qqiz nafar sahoba bilan muloqotda bo‘lganlar.

Abu Hanifa, rahmatullohi alayh, o‘z mazhabini Kufada shakllantirdilar. U zot o‘z fiqh uslubini quyidagicha bayon qiladilar: "Avvalo Qur’oni karimga murojaat qilaman, agar lozim bo‘lgan dalilni undan topa olmasam, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, hadisi shariflariga murojaat qilaman. Qidirgan narsamni undan ham topa olmasam, sahobalardan birining so‘zini dalil sifatida olaman, ularning so‘zini qo‘yib, boshqalar aytgan so‘zni dalil o‘laroq qabul qilmayman. Zarur bo‘lgan tilni sahobalarning so‘zlaridan topa olmasam, boshqa tilarning so‘zlariga suyanmay, ijtihod qilgan inson kabi men ham ijtihod qilaman". Ahli sunna val jamoa mazhablari ulamolarini nomma-nom sanasak,
mazhabboshimizning darajasi yaqqol ayon bo‘ladi. Imomi A’zam Abu Hanifa, rahmatullohi alayh, 80 hijriy yilda tug‘ilganlar.

Imom Molik ibn Anas, rahmatullohi alayh, 93-yilda tug’ilganlar.

Imom Shofe’iy, rahmatullohi alayh, 150-yilda tug‘ilganlar.

Imom Ahmad ibn Hanbal, rahmatullohi alayh, 164-yilda tug’ilganlar.

Imom Shofe’iy shunday e’tirof qiladilar: "Odamlar hammalari — barcha ulamolar Qur’onu hadisni anglashida, masala ilmida Abu Hanifaga bola-chaqalikka yaraydi xolos. Abu Hanifa bilan raqobat qilish darajasiga yetgan inson yo‘q".

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:48:08

Imom Molik ibn Anas, rahimahulloh, esa: "Men hadis ilmini bilishda, janob Rasulullohning oxirgi hadislarini yetkazishda, eng sahih hadislarini anglab yetishda Imomi A’zamga o‘xshagan boshqa insonni uchratmadim", dedilar va bu zot ham doimo Imomi A’zamni o‘zlariga ustoz sanaganlar.

Janob Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, ming adadli sahobasining 150 nafari, yana boshqa bir taxminga ko‘ra, 1500 nafari Kufada yashaganlar. Ularning ulug‘laridan Abdulloh ibn Mas’ud, roziyallohu anhu, Hazrati Ali karramallohu vajhahu, kabi ulug‘ zotlar ham rada istiqomat qilganlar.

Demak, Imomi A’zam tarbiyalangan muhit — Kufa hadis ilmiga boy iqlim edi. Shuning uchun Imomimiz bari taqriban 4000 hadis rivoyat qilganlar. Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abbos, Abu Dardo, y ibn Ka’b, Abu Muso al-Ash’ariy, roziyallohu anhum, kabi sahobalar mujtahidlik maqomiga chiqqan edilar. Imomimiz bularning hammalaridan hadis rivoyat qilganlar. Hazrati Usmondan so‘ng xalifa bo‘lgan hazrati Ali Kufani Islom davlatining poytaxtiga aylantirdilar.

Hazrati Ali xalifa sifatida Kufaga kirib kelgan davrda bu yerda to‘rt ming nafardan ziyod juda yetuk bilimli ulamo bor edi. Bularning barchasi Abdulloh ibn Mas’uddan, roziyallohu anhu, ta’lim olgan edilar.

Imomn A’zam, rahmatullohi alayh, mana shunday iqlimda unib o‘sganlar. Rivoyatlarda kelishicha, Imomi A’zamning bobolari Zuto otalari Sobitni go‘daklik chog‘ida Hazrati Alining oldiga olib borib, o‘g‘limning haqqiga duo qiling, deb o‘tinadilar. Shunda Hazrati Ali, roziyallohu anhu, "O’g‘lingga Alloh muborak zurriyot ato qilsin", deb duo qilgan ekanlar.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:48:30

Hasan ibn Ziyod: Imomi A’zam shaxsan to‘rt ming hadis rivoyat qilgan bo‘lsa, to‘rt ming hadisning teng yarmini ustozlari Hammod ibn Sulaymondai rivoyat qilganlar, — deydi.

Ulamolardan biri Hazrati Imomi Azamni, rahmatullohi alayh, eng kamida sakson uch mingga masala aytganlar, deydi. Bu — to qiyomat so‘ralishi mumkin va lozim bo‘lgan hamma masalalarga Imomi A’zam javob aytganlar deganidir. To‘rt mazhab ichida Imomi A’zam mazhabi eng ulug‘ deb tan olinishi o‘sha masalalarning puxtaligi va Qur’onu hadisga muvofiqligidandir. Tarix davomida butun dunyodagi musulmonlarning qariyb yarmi Imomi A’zam mazhabida bo‘lganlar. Hozirham shunday. Bu Imomimizping masalalari naqadar puxta va to‘g‘riligiga dalolatdir.
Imomi A’zam, rahmatullohi alayh, masalalariniig yashovchanligi shundaki, hech qachon biron masalani yolg‘iz o‘zlari aytib kitoblarga yozdirmaganlar. O’zlarining eng peshqadam shogirdlaridan muftiylik maqomidagi 40 kishiga havola qilganlar. Ulardan o‘rtaga qo‘yilgan masalani asoslab berishni, agar asosi zaifroq bo‘lsa, mazkur masalaga qarshi boshqa masala qo‘yishni talab qilar ekanlar. Demak, qirq nafar muftiyning muhokamasidan o‘tgan masalagina Imomi A’zamning masalasi sifatida kitoblarga kiritilar ekan. Shu bois ham mazhabimizni maslahat mazhabi, sho‘ro mazhabi ham deb ataydilar. Shuning uchun ham bizning mazhabdagi fiqh kitoblariga murojaat qilsak, ayrim hollarda Imomi A’zam aytgan bir gap aytilib turib, yonida shogirdlaridan birining gaplari ham aytiladi. Imomimiz qaysi olimning hujjati quvvatliroq bo’lsa, o‘shani kitobga tushirishga buyurar ekanlar. O’zlarining fikrlarini ham xato deyishib, isbotlab bersalar, qabul qilarkanlar. Mana shu tufayli ham bu mazhab dunyoning, Islom olamining ko‘p taraflariga yoyildi.

Imomimiz taqvoda — Allohdan qo‘rqishda har bir musulmon uchun bir maktab, yuksak namuna bo‘la oladigan hayotni bosib o‘tganlar. Imomimiz tijorat bilan ham shug‘ullanganlar, aniqrog‘i, tujjorlik Imomi A’zamning kasblari edi.

Qayd etilgan