Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy. Nurul izoh  ( 187540 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 B


Robiya  01 May 2009, 16:49:17

Imomi A’zamning tijoratdagi halolliklari tarixda doston bo‘lib qolgan. Bu haqda zamondoshlari — do‘stlari ham, dushmanlari ham yozib qoldirganlar. Mana ba’zi lavha: Imomimiz bir tojir sheriklari bilan boshqa yurtga mol yuboribdilar. Mol ikki xil navli bo‘lib, biri sifatli, ikkinchi xili sifatsizroq ekan. Imomimiz sheriklariga molni ikki xil narxda, yaxshisini qimmatroq, yomonini arzonroq sotasan, deb tayinlabdilar. Lekin mol yetkazilgan yurtda aynan shu narsa taqchil bo‘lganligidan, molning hammasi bir xil — qimmat narxda sotilib ketibdi. U kishi o‘ttiz ming kumush tangalik savdo qilib, Kufaga qaytibdi. Shunda Imomimiz o‘sha sheriklaridan: Ikki xil navli molni ikki xil narxda sotdingmi?" deb so’rabdilar. U kishi: "Yo‘q, odamlar o‘sha qimmat narxga ham rozi bo‘lib, sotib olaverdilar", deb javob beribdi. Shunda Imomi A’zamning dili og‘rib, o‘sha o‘ttiz ming tangani Alloh yo‘lida sadaqa qiladilar. "Lekin men bu sadaqadan hisob umid qilishga Allohdan hayo qilaman, odamlarni aldab savdo qilibsiz, shuning uchun endi oramizdagi sheriklik ham bitdi", degan ekanlar. Birovning haqqidan qo‘rqish, ya’ni, Allohdan qo‘rqish Imomi A’zamda, rahmatullohi alayh, shu darajada quvvatli ekan.

Savdogarlik bilan shug‘ullanib yurgan davrlarida Imoimizning gazlama do‘konlari bo‘lar ekan. O’sha do‘kondagi xodimlari bir kuni gazlamalarni taxlay turib, matolardagi gullarga mahliyo bo‘lib qolibdi-da: "'Bu dunyoning gullari shu qadar go‘zal bo‘lsa, Jannat gullari qanday bo‘lar ekan? Ey Xudo, bizga ham Jannatingdan nasib et!" deb duo qilib yuboradi. Xodimlarining bu duosini eshitgan Imomimizning ranglari quv o‘chib, do‘konni yopib, uylariga ketib qoladilar. Ertasiga kelganlarida Imomimizdan xodimlari kechagi voqeaning sababini so‘raydi. Shunda Imomi A’zam, rahmatullohi alayh: "Ey birodar, biz qaysi qilgan ibodatimiz uchun Allohdan Jannatni so‘rashga haddimiz sig‘adi? Biz faqat Allohdan gunohlarimizni afv qilishini so‘rashga haqlimiz, xolos", deydilar.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:49:36

Imomi Azam, rahmatullohi alayh, shu qadar go‘zal xulqli inson ekanlarki, zamondoshlari u kishining fazilatlarini tan olib, eng chiroyli xulq Imomi A’zamning xulqidir, deb e’tirof qilganlar. Bu xususda ko‘p katta ulamolardan bayonotlar qolgan. Imomimiz Alloh taolo bergan ne’matlar shukronasini tashqi ko‘rinishda ham ko‘rsatib o‘tganlar. Doimo chiroyli va pokiza kiyimlarda yurganlar. Bu haqda ham zamondoshlari guvohlik berib ketganlar. Shunday baland maqomga erishgan zot nihoyatda tavozeli, xokisor, kamtar bo‘lgan ekanlar. Ma’lumki, kishiga Alloh taolo fazilat berib, u qanchalik baland maqomga ko‘tarilsa, uiing hasadgo‘ylari ham shunchalik ko‘payadi.

Imomimiz esa o‘shanday hasadgo‘ylarni ko‘rganlarida: "Bizlarni yomonlagan kishilarning gunohini Alloh kechirsin, bizlarni yaxshi ko‘rganlarni Alloh rahmat qilsin", deb duo qilar ekanlar. Ya’ni, yomoilikka yomonlik bilan javob qilmas ekanlar.

Yana bir misol: halolni haromdan ajrata olmaydigan, o‘zi kambag‘al, bechora bo‘lsa ham, kalondimog‘, birovlarga ozor yetkazadigan kishilar bo‘ladi. Imomimizning ham bir qo‘shnilari bor ekan. U Alloh taolo harom qilgan ichkilikka giriftor, har kecha mast ekan. Imomi A’zam sha’nlariga hajvlar aytar, baqir-chaqir qilib, u zotga ozor berar ekan. Imomimiz toqat bilan uning haqoratlarini eshitaverar ekanlar. Ittifoqo, bir kuni qo‘shnining xonadonidan odatdagi baqir-chaqir, so‘kinish, haqorat sasi kelmay qolibdi. Imomimiz xavotirlanib, xabar oldiradilar. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shnisi badxulqligi tufayli mirshablar qo‘liga tushib, hibsga olinibdi. Imomi A’zam uni Xudo jazolabdi, deb qo‘ya qolmasdan, darhol amirning huzuriga boribdilar. Mening bir ayolmand kosib, kambag‘al qo‘shnimni qandaydir ayb bilan zindonband qilibdilar.

O’sha qo‘shnimni ozod qiling, unga mening o‘zim kafilman, deb iltimos qilibdilar. Kufaning amiri, albatta, Imomi A’zamning kim ekanini bilar edi. Shuning uchun u kishining hurmatidan nafaqat badxulq qo‘shnini, balki keyingi ikki kun davomida hibsga olinganlarshshg hammasini qo‘yib yuboradilar.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:50:53

Shundap so‘ng u qo‘shniga Xudo insof beradi. U zindondan to‘g‘ri Imomi A’zamnnnghuzuriga keladi. Tavba qilib, Imomimizga shogird bo‘ladi.

Imomi A’zamning masala bobida beqiyos bo‘lganliklariga yana bir misol. Bu misol Imomimiz yashagan davr uchun ancha mushkul edi. Kufada bir ayol egizak farzand ko‘ribdi. Egazaklar bir-birlariga bellaridan yopishgan holda tug‘ilibdilar. Hozir bundaylarni Siyom egizaklari deb atay1ilar. Biroz fursat o‘tgach, o‘sha ikki chaqaloqdan birining ajali yetib o‘ladi, ikkinchisi esa tirik. Agar bu holat bizning zamonda ro‘y bersa, darhol jarrohlar aralashib, masalani nashtar bilan hal qilib qo‘ya qoladilar. Lekin 1300 yil avval bo‘lgan voqea haqida ketyapti. Xullas, hamma hayron. O’likni qabrga qo‘ymoqchi bo‘lsalar, uning tirik sherigi bor. Ko‘mmasalar...

Shunda hech kim jo‘yali bir javob aytolmagan mazkur masalaga Allohning ilhomi bilan Imomi A’zam javob qiladilar. U kishi, bu o‘lgan bola ko‘miladi, lekin shundoq ko‘miladiki, tirik bola yerning ustida qoladi, deydilar. Xuddi shunday ko‘madilar va Allohning qudrati bilan sanoqli kundan so‘ng yer o‘sha marhum farzandni tirik farzanddan ajralib oladi. Tirik bolaning hayoti mana shunday saqlab qolinadi. Keyin uni Imomi A’zamning o‘g‘li deb ataydilar. Imomimizning bu "o‘g‘li" uzoq yillar umr ko‘radi.

Kufa viloyati va shahrining hokimi Ibn Hubaya Imomi A’zamga Kufa viloyatiga qozi bo‘lishini taklif qiladi taklifimni qabul qilmasangiz, zindonband bo‘lasiz, sizni har kuni o‘n darra uradilar, deb tahdid qiladi. Shunda lmomi A’zam, rahmatulloha alayh: "Allohning oxirat diyoridagi azobidan bu dunyodagi hokimning azobi yengil bo’ladi, men roziman", deydilar.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:51:08

Imomi A’zamni zindonband qilganlaridan so‘ng o‘n kun shomida hoklmning huzuriga olib borar ekailar. Hokim u zotdan: "O’ylab ko‘rdingizmi, endi qozi bo‘lishga rozimisiz" deb so‘rar ekan. Rad javobini eshitgach, g‘azablanar, yana o‘n darra urishga buyurar ekan.

Imomimiz kaltaklanib, zindonga qaytganidan so‘ng yig‘lar ekanlar. Hamxonalari bu holatdan hayron. Nihoyat, Imomimizdan nega bunday qilayotganlarini so‘rashga jur’at qilibdilar. Axir sizga lavozim bermoqchilarku, uni tezroq qabul qiling, shu azoblardan qutuling, deyishibdi. Shunda Imomi A’zam rahmatullohi alayh: "Men kaltak zarbidan yig‘layotganim yo‘q. Onamga rahmim kelganidan yig‘layapman. U kishi mening zindonga tushganimdan, kaltaklanayotganimdan boxabarlar. Onam qanday chidayaptilar ekan! Meni mana shu narsa yig‘latyapti", degan ekanlar. Shu tariqa o‘n kunni azobda o‘tkazibdilar. O’n birinchi kunga o‘tar kechasi hokimning tushiga janob Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, kiribdilar.

Payg‘ambarimiz hokimga: "Mening sunnatimni tiriltirib, dunyoga yoyayotgan zotni zindonga olib qilishdan qo‘rqmaysanmi?" deb tanbeh berdilar. Hokim tong otishi bilanoq, shaxsan o‘zi zindonga kirib, Imomi A’zamdan, rahmatullohi alayh, uzr so‘rab, u zotni ozod qildi.

Zindondan ozod bo‘lganlaridan keyin imomimiz Kufani tark etib, Makkai mukarramaga ketadilar va bu muborak shaharda o‘n yillar davomida istiqomat qildilar. Bu zotning hayotlaridan yana bir nuqta — yetmish yillik hayotlarida ellik besh marta haj ibodatini ado qilganlar. Demak, Imomimiz nafaqat Kufadagi, balki Makkai mukarrama va Madinai munavvaradagi ulamolarning suhbatlaridan ham bahramand bo‘lganlar.

Qayd etilgan


Robiya  01 May 2009, 16:51:25

Bizlarga ming yillar davomida Imomi A’zam mazhabida ta’limot berildi va shunga binoan bu ta’limotga ota-bobolarimiz amal qilib keldilar, biz ham amal qilmoqdamiz. Alloh taoloning buyruqlarida qoim bo‘lib, Imom A’zamning mazhablarida bo‘lishimiz har birimiz uchun bir xayriyat, yaxshilik ekanini yaxshi anglab olsak, hammamiz uchun ham foydali bo‘ladi.

Abu Yusuf va Imom Muhammad (ularni "Sohibon" deyishadi) hamda Imom Zufar kabi ko‘plab zabardast olimlar Imomi A’zamdan fiqh ilmini o‘rganadilar.
Abu Hanifaning "Al-Fiqh al-akbar", "Usmon al-Buiyga taqdim etilgan risola, "Al-olim va al-mutaallim", 'Ar-Raddu alal-Qadariya" kabi asarlari mavjud.
Imomi A’zam hijriy 150 yili yetmish yoshlarida Bag‘dodda vafot etganlar.
Abu Hanifa shahardagi Hizaron qabristoniga dafn s.ilinadi. Olimning Bag‘doddagi masjidi mashhurdir. Masjidning juda qimmatli va noyob kitoblarga boy bo‘lgan sutubxonasi mavjud.

Allohtaolo mazhabboshimiz hazrati Imomi A’zam Abu Qanifaga, rahmatullohi alayh, ulug‘ rahmati ila marhamat qilsin! Islom diniga va bizga qilgan beqiyos xizmatlari uchun ul zotga eng go‘zal tuhfalar in’om aylasin. Omin!
"Imomi A’zam — buyuk imomimiz " kitobidan olindi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Iyun 2009, 23:01:13

MUNDARIJA

Abul Ixlos Hasan al-Vafoiy Shurunbiloliy
Abu Zayd Shibliy
Nurul izoh
Fiqhning ta'rifi
Shar'iy hukmlarning qismlari
Farz
Farzning hukmi
Vojib
Sunnat
Harom
Karohati tahrimiya
Karohati tanzihiya
Muboh

TAHORAT KITOBI
Suvlarning turlari
Suv tabiiy holatining o zgarishi me'yori qanday?
Surning (ichilgan suvdan qolgani) hukmlari
Idishlar va kiyimlarning tozasini tanlash
Quduqlar va ularni tozalash
Istinjo
Isinjoning hukmi
Istinjo qilish tartibi
Istinjoda qo llash makruh bo lgan narsalar
Hojatxona odobi
Tahoratning farzlari
Tahoratning hikmatlari
Tahorat olishga sabab va uning hukmi
Tahoratning vojib bo lish shartlari
Tahoratning durust bo lish shartlari
Tahoratning komil bo lishiga doir hukmlar
Tahoratning sunnatlari
Tahorat odobi
Tahorat olayotganda quyidagi olti holat makruhdir
Tahorat turlari
Tahoratni buzadigan narsalar
Tahoratni buzmaydigan narsalar
G'uslni vojib qiladigan narsalar
G'uslning hikmatlari
Junub bo lgach, nima uchun g usl qilamiz
G'uslni vojib qilmaydigan narsalar
G'uslning farzlari
G'uslnhng sunnatlari
G'usl mdobi va makruhlari
Sunnat bo lgan g usl turlari
G'usl qilish mandub holatlar
Tayammum
Tayammumning ruknlari
Tayammumning sunnatlari
Suvni axtarish
Tayammum qilib namoz o qish
Yarasi bor kishilar nima qiladi?
Tayammumni buzadigan narsalar
Qo llari va oyoql!ri kesilgan kishilar

MASH BO LIMI
Mahsiga mash tortish
Mahsiga mash tortishning joiz bo lish shartlari
Mashning muddati
Mashning farzi
Mashning sunnatlari
Mashni buzuvchi sabablar
Bog lagichga (bint), gipsga o xshash narsalar haqida

HAYZ, NIFOS VA ISTIHOZA
Tuhr (hayzdan poklanish) muddati
Hayz va nifos paythda qilish `arom bo lgan amallar
Poklanish nima bilan tamomlanadi
Farzlarning qazosi
Junub kishiga harom bo lgan amallar
Tahoratsiz kishi uchun harom bo lgan amallar
Istihoza va shunga o xshash narsalarning hukmlari
Odam qachon uzrli hisoblanadi?
Davomiylik sharti
Najosat va najosatdan poklanish
Najosat tekkan narsalar qanday tozalanadi?
Yerning tozalanishi
Boshqa holga o tish bilan poklanish
O'lik hayvonlarning terisi va shunga o xshash narsalarning poklanishi

NAMOZ KITOBI
Vojib bo lishining shartlari
Vojib bo lishining sababi
Namoz vaqtlari
Ikki farz namozning birga (jam') o qilishi
Mustahab bo lgan namoz vaqtlari
Namoz o qish makruh bo lgan vaqtlar
Nafl va sunnat namoz o qish makruh bo lgan vaqtlar
Azon va takbirning hukmlari
Azon shakli
Arabchadan boshqa tilda azon aytish
Muazzinga oid mustahab amallar
Azonning makruhlari
Qazo namozlarda azon
Azon eshitilganida nima deyiladi?
Namozning shartlari
Namozning ruknlari
Avrat joylarini yopa olmagan kishining namozi
Yalang och kishilarning namozi
Qiblaga yuzlanish
Namozning vojiblari
Namozning sunnatlari
Namozning odoblari
Namoz o qish tartibi
Qo lni ko tarish sunnat bo lgan holatlar
Imomlikning hukmi
Imomlikning durust bo lish shartlari
Imomga iqtido qilishning sahih bo lish shartlari
Imomga iqtido qilish haqida turli masalalar
Jamoat namoziga bormaslikka uzr sabablar
Imomatga eng loyiq kishi
Imomlik qilishi makruh bo lgan kishilar
Safning tartibi
Imom namozni bitirganidan so ng muqtadiy qilishi kerak bo lgan amallar
Namozni buzadigan narsalar
Namozni buzmaydigan narsalar
Namozning makruhlari
Sitra qo yish
Namoz o qiyotgan kishining oldidan o tuvchilar haqida
Namoz o qiyotgan kishiga makruh bo lmagan narsalar
Namozni buzish lozim bo lgan va bo lmagan hollar

VITR NAMOZINING HUKMI VA O QILISH TARTIBI
Qunut duosi
Qunut duosi haqida turli hukmlar

NAFL NAMOZLARI
Sunnati muakkadalar
Mandub namozlar
Nafl namozlarga oid turli hukmlar
Tahiyatul masjid, zuho va tungi namozlar
O'tirgan holda nafl namoz o qish
Hayvon va vositaning ustida namoz o qish
Suyangan holda namoz o qish
Hayvon ustida o qiladigan farz va vojib namozlar
Tuya ustidagi kajavada o qilgan namoz
Kema ichida o qilgan namoz
Kemadagi namozxonning qiblasi
Transport vositalarida namoz o qish
Taroveh
Rakatlari soni va ado qilish tartibi
Ka'bada o qiladigan namoz
Musofir namozi
Namozning qisqartirilishi
Safarning shartlari
Musofir namozining hukmi
Kasr muddati va muqimlikka niyat
Musofirning muqimga va muqimning musofirga iqtido qilishi
Vaqtida o qilmagan namozlarning qazosi
Vatan haqida
Bemor kishining namozi
Turli masalalar
Namoz va ro zaning kafforati
Kishi qachon kafforat uchun vasiyat qiladi?
Qancha kafforat beriladi
Fidya (tovon) kimga to lanadi?
O'z vaqtida o qilmagan namozlarning qazosi
Tartibni bekor qiladigan sabablar
Turli masalalar

FARZ NAMOZIGA YETISHISH BO LIMI
Sunnatning qazosi
Jamoat va uning fazilati
Turli masalalar
Sahv sajdasining hukmi
Vojibni bilaturib, tark qilish
Sahv sajdasining o rni
Sahv sajdasi qachon soqit bo ladi?
Kimlar sahv sajdasi qilishi lozim?
Namozdagi ba'zi xatolar
Namoz shubhabilan qachon buziladi?
Shubhaning ko p bo lishi

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Iyun 2009, 23:02:04

TILOVAT SAJDASI
Sababi, hukmi, vaqti
Tilovat sajdasi kimlarga vojib, kimlarga vojib emas?
Tilovat sajdasining vaqti va shakli
Joyni o zgartiradigan sabablar
Joyni o zgartirmaydigan sabablar
Turli masalalar
Tilovat sajdasining sahih bo lish shartlari
Ado etish tartibi
Shukr sajdasi
Har baloning daf qilinishi haqida
Juma namozining hukmi
Durust bo lishining shartlari
Juma namoziningxutba va sunnatlari
Juma namoziga oid turli masalalar
Hayit namozlari hukmi va shartlari
Ramazon hayitining mustahablari
Hayit namozining vaqti
Hayit namozlarini o qish tartibi
Qurbon hayitining hukmi
Tashriq takbirining hukmi, muddati va kimlarga vojib bo lishi
Tashriq takbiri
Quyoshning tutilishi
Oy tutilganida o qiladigan namoz
Yomg ir so rash duosi
Havf (qo rquv) namozi, hukmi va sababi

JANOZA
O'lim to shagida yotgan bemor
Bemorning joni uzilgach, qilinadigan ishlar
Jasadni yuvib, dafn etishga tayyorlash
Jasadni ko mish tadorigi kimning zimmasida?
Shariatga mos kafan
Janoza namozining hukmi va ruknlari
Shartlari
Janoza namozining sunnatlari
Janoza namozida mayyit haqqiga duo
Janoza namozini o qishga eng loyiq bo lgan kishi
Bir necha marhumning janozasini bir qilib o qish
Janoza o qilayotganida imomga ergashish
Janoza namozini qaerda o qish joiz
Go daklarga (kichkina bolalar) janoza o qish
Kofir va osiylar
Ota-ona qotili va o ziga o zi suiqasd qilgan kishi
Tobutni olib borish va mayitni ko mish
Mayitni dafn qilish
Dengizda o lgan kishi
Mayitni ko chirish
Qabrni ochishning hukmi
Qabr ziyorati
Shahidning hukmi
Kimlarni shahid deyish mumkin?

RO ZA KITOBI
Ramazon ro zasi farz bo lish sababi
Hukmi va farz bo lishining shartlari
Ro za tutishning vojib bo lish shartlari
Ro za tutishning durust bo lish shartlari uchta
Rukni
Ro za tutish natijasi
Ro zaning sifati va qismlari
Ramazon oyining ko rinishi va shubhali kun, Ramazon qanday sobit bo ladi?
Oyni ko rish
Oy(hilol)
Ro zani buzmaydigan narsalar
Ro zani buzib, qazo va kafforatga sabab bo ladigan holatlar
Kafforatni bekor qiluvchi holatlar
Ro za kafforati
Kafforatlarning birlashuvi
Qolgan kun ro zasini tutishi lozim bo lgan kishi
Ro zadorga nima makruh va nima makruh emas
Makruh bo lmagan amallar
Ro zadorga mustahab bo lgan amallar
Ro za tutmaslik uchun sabab bo ladigan uzrlar
Musofirlik uzri
Vasiyat va qazo (o lim)
Qarilik kafforati
Umr bo yi ro za tutishni nazr qilish
Kafforatni to lashdan ojiz bo lsa
Nafl ro za
Nafl ro zaning qazosi
Bajarilishi shart bo lgan nazr qilingan namoz va ro za
E'tikof
E'tikof turlari
E'tikofdagi odam qiladigan ishlar
Kecha va kunduzlari e'tikof
E'tikofning mashru'ligi (joizligi)

ZAKOT KITOBI
Hukmi, farz bo lishi va hikmati
Zakotning (farz bo lish) sababi
Zakotning rukni
Farz bo lishining shartlari
Ado qilish farz bo lishining shartlari
Ado qilinishning shartlari
Zakoti farz bo lgan mulklarning turlari
O'tlovchi hayvonlar zakoti
Tuyaning zakoti
Otlarning zakoti
Sigirlarning zakoti
Qo ylarning zakoti
Oltin va kumushning zakoti
Kumushning nisobi
Oltinning nisobi
Qarzning zakoti
Tijorat mollarining zakoti
Dehqonchilik mahsulotlari va mevalarning zakoti
Ma'dan va yerosti boyliklarining zakoti
Zakotga doir turli masalalar
Zakot beriladigan kishilar
Zakot berish joiz bo lgan kishilar
Fitr sadaqasi
Rukni
Vojib bo lishning shartlari
Vojib bo lishining vaqti
Fitr sadaqasini berish joiz bo lgan narsalar
Fitr sadaqasining vojib bo lgan miqdori

HAJ KITOBI
Hajning farz bo lish vaqti
Hukmi va farz bo lishining dalili
Ka'baning qisqacha tarixi
Farz bo lishining sababi
Farz bo lishining shartlari
Sahih ado bo lishining shartlari
Vaqti
Ruknlari
Hajning vojiblari
Hajning sunnatlari
Ihrom
Miyqot

HAJNI ADO ETISH TARTIBI
Hajda man' qilingan amallar
Makkaga kirishda qilinadigan amallar
Umra
Umraning vaqti va miyqotlari
Rukni
Vojiblari
Bajarish tartibi
Qiron haji
Hukmi
Qiron hajining shartlari
Ado qilish shakli
Allohga shukr
Tamattu' haji
Hukmi va sahih bo lish shartlari
Tamattu' hajining qoidalari
Allohga shukr
Jinoyatlar
Qurbonlik so yishni vojib qiladigan jinoyatlar
Fitr sadaqasi miqdoricha sadaqa berishni vojib qiladigan jinoyatlar
Zararning o rnini qoplash qiymatini to lashni lozim qiladigan jinoyatlar
Qurbonlik (hady)
Qurbonlikni so yish vaqti
Qurbonlik so yiladigan joy
Payg ambarimizni, sollallohu alayhi va sallam, ziyorat qilish

QURBONLIK VA NAZR
Qurbonlikka oid hukmlar

AQIDA ASOSLARI
Iymon va iqror bayoni
Iymon kalimasi
Alloh taologa iymon keltirish
Farishtalar
Payg ambarlar
Muqaddas kitoblar
Taqdir va qazo
Bandalarning fe'llari
Oxirzamon
Qiyomat kuni
Gunohkor banda
Sahobalar
Ahli sunna val-jamoa
Ahkomi sharif
Mujtahidi mazhab

NIKOH VA TALOQQA OID HUKMLAR
Uylanishning shar'iy hukmi
Nikoh marosimi
Uylanish mumkin bo lmagan ayollar
Uylanish vaqtincha mumkin bo lmagan ayollar
Taloq turlari
Imomi A'zam Abu Hanifa No mon ibn Sobit

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Iyun 2009, 23:19:52

Nurul-Izoh



Muallif: Abul Ixlos Shurunbiloliy, Abu Zayd Shibliy
Hajmi:  507 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan