Umar ibn Abdulaziz nasihat so‘rab, Hasan Basriyga maktub jo‘natdi. Hasan Basriy unga shunday nasihat qildi: "Darhaqiqat, oldingda ulug‘ qo‘rqinch va dahshatli ishlar turibdi. Mushohada et, yo najot topasan, yo halokatga yuz tutasan. Bilgilki, nafsini hisob-kitob qilgan odamning savdosi foydali bo‘ldi. Kim bundan g‘ofil qoldi, savdosi kasod bo‘ldi. Amalining oqibatiga nazar solgan kishi najot topdi, havosiga ergashgan kishi adashdi. Halimlik boylik. Allohdan xavfi bisyor odam - xavfdan omon odam. Xavfdan omon odam ibratlanuvchidir. Ibratlangan odam basirat sohibidir. Kimki basirat egasi ekan, u fahmli zotdir. Fahmli zot Allohni tanuvchi zotdir. Angla! Yo‘ldan toygan zahoti, yo‘lga qayt! Pushaymonlik tug‘ilgan zahoti, gunohlar ichidan sug‘urilib chiq. Bilmasang, so‘ra. G’azablansang, g‘azabingni bos!"
Mutarrif ibn Abdulaziz (Alloh rahmatiga olsin) Umar ibn Abdulazizga shunday maktub yozdi: "Darhaqiqat, dunyo jazo uyidir. Aqli yo‘q kimsalar dunyo to‘playdi. Ilmi yo‘q kimsalar dunyo bilan g‘ururlanadi. Ey mo‘minlar amiri! Sen bu dunyoda o‘z jarohatini davolayotgal, dardinrshg oqibatidan qo‘rqib, dakoning shiddatiga sabr bilan chidayotgan kishi kabi bo‘l".
Umar ibn Abdulaziz, Alloh undan rozi bo‘lsin, Adiy ibn Artoga shunday maktub yozdi: "Albatta, dunyo Alloh do‘stlarining dushmani va Alloh dushmanlarining ham dushmanidir. Chunki, dunyo Allohning do‘stlariga g‘am keltiradi, Allohning dushmanlarini esa aldaydi".
Umar ibn Abduaziz voliylardan biriga shunday maktub jo‘natdi: "Sen bandalarga zulm qilishga qodirsan, senga shu imkon berildi. Agar birovga zulm etishga chog‘lansang, tepangda Allohnyng qudrati borligini esla. Yodda tut, odamlarga yetkazgan zulming ulardan ketadi, ammo sening bo‘yningda qoladi. Ulug‘ va qudratli Alloh mazlumlar haqqini zolimlardan olib beruvchi zotdir, vassalom!".