"Ma'rifat" bo'limi: kamchilik va yutuqlar forum a'zolari nigohida  ( 5378 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Robiya  21 Avgust 2008, 14:35:56

Assalomu alaykum azizlar! Ushbu mavzuda bo'lim haqida fikr yuritamiz. Shu o'tgan 1-2 yil ichida "Ma'rifat" dagi postlar darajasi, ochilgan mavzular saviyasi haqida qanday fikrdasiz? Forum a'zolarining xolis fikrlarini kutib qolamiz.

PS.: Forumimiz mehmonlari, Siz ham fikr bildirmoqchimisiz, unda tezroq forumga a'zo bo'ling.

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Avgust 2008, 21:42:50

"Ma'rifat" bo'limi haqida birqancha ijobiy fikrlarni bildirish mumkin.

Avvalo statistik ma'lumotlar, foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida aytish mumkinki, bu bo'lim internetdan foydalanuvchi va ilm-ma'rifat istovchi yoshlarning sevimli bo'limlaridan biriga aylangan.

Ayniqsa abituriyentlar uchun mo'ljallangan fanlar saboqlaridan ko'pchilik foydalanganini e'tirof etishdi.

Shuningdek, ma'rifat va ilmga chorlovchi boshqa mavzular ham foydalanuvchilarda qiziqish uyg'otdi.

Bo'lim moderatori Robiyadan Alloh rozi bo'lsin. Bu bo'limni boyitish uchun ko'p xayrli ishlarni amalga oshirdilar.

Shunigdek, bo'lim tarkibidagi She'riyat bo'limchasi ham Shoirning tashabbusi bilan yangi-yangi namunalar bilan boyidi.

Qayd etilgan


Muxsiya  05 Iyun 2013, 16:28:09

Tan olish kerak ma'rifat bo'limi ancha yuqori saviyaga ega ayniqsa abiturientlar uchun foydali ma'lumotlar ko'p. Lekin hozirda yangi mavzu va yangiliklar kam kuzatilayotgan bo'lim. Balki bunga sabab bo'lim moderatorini forumdagi kamnamoligidir.

Qayd etilgan