Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nasriy bayoni)  ( 152898 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 B


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:34:08

Bular atrofida yana to'qqiz qavatli osmon, sobitu sayyora va malaklar to'dasi bor. Ular son-sanoqsiz, balki miqdor ichra cheksiz ko'pdir. Undagi ko'zga ko'rinmas darajadagi e'tiborsiz yulduzlar yer jismiga o'xshab ketadi.
To'rt unsur, yetti ko'k va olti tomon - bular koinotning nodir va eng oliy asosini tashkil etadi. Koinotdagi barcha narsalar ichida hammadan eng ulug'i Inson bo'lib, uning kamoloti oldida aql hayron qoladi.
Bunda sen xayol qilib turgan vaqtingda yoxud avom deb gumon qil yoki u oliy tabaqaga mansub boisin, yoki qudrat sohibi bo'lgan sultonlar, yoki ixtiyor egalari bo'lgan xoqonlar, agar faylasuflar, olimlar, yoki diniy qoidalarni o'zgartirib, yangi mazhablar tuzuvchi kishilar boisin, yoki uyushmagan qavm, yoki ittifoqli jamoa boisin, xalq orasida yetuk sanalgan valilar, yoki faraz qilki, Allohdan elchi bo'lib kelgan payg'ambar boisin - bularning barchasini haq zoti dengizining mayji deb bil hamda o'sha vujudning mavji deb anglagil! Ammo ularning barchasi vaqtinchalikka naqsh etilgan bo'lib, o'tkinchilik xislatiga ega, boqiylik ular uchun xos sifat emas.
Dengizning chayqalishi ana shu xil turli mavjlarni hosil qilgan va har yoqda turli-tuman naqshlarni vujudga keltirgan. Bu to'lqinli dengiz bir zum taskin topsa, u mavjlardan asar ham qolmaydi.
Agar har bir kishida aql mavjud bo'lsa, shuni bilgilki, azaldan to abad bu olamdagi mavjud barcha narsalar borliqqa ega emas, faqat shakl ko'rinishiga ega. Qudratli haqdan boshqa hamma narsa foniy - o'tkinchidir, faqat yolg'iz ugina mutlaq boqiydir. Unga vujud tartibi mahkamlangan bo'lib, borliq rasmi inkor etilmasdan ma'qullangandir. Haqdan o'zga har qanday zot, faraz qilaylik, obi hayot ichgan bo'lsa ham, bu olamda mutlaq o'tkinchi hisoblanadi. Agar sen boqiylik istamoqchi bo'lsang, o'zingni foniy qilmog'ing zarur.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:35:09

CLXII
Hikoyat


Shayx Abul Abbos Qassob Omiliy (Shayx Ahmad bin Muhammad bin Abdulkarim, 921-v.e.) qassoblikka mansub bo'lib, o'z zamonasining zabardast peshvolaridan biri edi. U fano vodiysiga qadam qo'yib, o'z vujudini unda yo'qotdi.
Bii kun u xonaqohda o'tirar, tevaragida esa suhbatdoshlari yig'ilgan edilar. Bu mahalda bir g'alati devona beadablik bilan xonaqoh sahniga kirib keldi. Kirgan zahotiyoq, minbarga chiqib:
- Ey, honaqohda turuvchilar! Menga quloq berib, so'zlarimni yaxshilab tinglangiz! Men uchun hozir suv to'la obdastani hozirlang! Men o'zimni poklab olganimdan so'ng tahorat qilmoqchiman,— dedi.
Oliy qadrli shayx bu so'zni eshitgach, unga obdasta eltib beringlar, dedi. Xcnaqohtlagi bir darvish katta bir chiroyli obdastani suv bilan to'latib olib keldi. U zoti past bu obdastani sindirib, yana bitta idish olib kelishni buyurdi. Darvish yana bir obdasta olib keldi. U shu zahotiyoq bu idtshni ham urib sindirdi. Darvish sbayxga bu holni ma'lum qilgach, shayx boring, u nechta idishni sindirsa ham olib borib beravering, dedi.
Unga nechta obdasta olib kelgan bo'lsalar, u hammalarini birma-bir tosh bilan urib sindirdi. Nihoyat, undan uzr so'rab, bu yerdagi idishlaniiiig barchasini urib sindirding, xonaqohda yana senga keltirib beigudek bironta ham idish qolmadi, deb aytdilar.
Shunda n dedi:
— Agar idish bo’lmasa, orqangigizga qayting va borib bu so'zlarni shayxingizga aytingki, endi u o'z soqolini bu yerga olib kelsin, toki men buyurilgan farzdan qutulayin!

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:35:20

Shayx bu nayosiz so'zlarni eshitgach, o'rnidan sakrab turib, u tomonga qarab yurdi. U shunday der edi: "Eh: qanday xush soatu baxtiyor holat! Qarang'ki, bir qassob o'g'liga soqol bitsayu yillar davomida u soqoliga oro berib, yuvib tarasa va vaqti kelib uning bu soqoli shunday bir ishga yarab qolsa! Unga bir darvish iltifot ko'rsatib, o'zini qayg'udan qutqarsa!".
Shayxning bejirim oppoq soqoli bor edi. Uni hovuchiga tutamlagancha boyagi kishimng oldiga yo'naldi.
Bu odani g'ofil va hayosiz, balki idroki yo'q telba bir kishi edi. U shayxdan bu xilI fano xislatiui ko'rgach, endi ortiqcha aljirash uchun o'zida quvvat topmadi. Shayx oyog'i ostida o'zini tuprog' etib, yerga bosh qo'ygancha hushidan ketdi.
Foniylikka erishgan solik unga nazar solib, undagi o'zlikdan asar ham qoldirmadi. (gumrohni shu tarzda kamolga yetkazib, misni oltinga aylantirdi. Har bir kishi rang, naqsh va bo'yoqdan — o'zligidan chiqmay turib, bunday ishni qilishi mumkin emas.
Ey Foniy, sen ham haqdan ana shunday yo'qlik tila! Bu xil yo'q bo'lish bilan abadiy borliqni qo'lga kiritasan!


Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:36:17

CLXIII
Komil Fanoga erishmoq haqida Hoja Bahouddin Naqshband so’zlari


Oliy sifatlar egasi va mo'tabar zot, haq ravshanligining shohi va to'g'ri yo'lning gul soluvchisi bo'lgan Xoja Bahouddin Naqshband bu iqlim uzra taxt qurgach, yo'qlik mulkda ham podsho bo'ldi. Bu haqni biluvchi kishi pok sayr qilish paytlarida o'z vujudini turli narsalarga qiyos etar edi. Ammo hamma narsadan o'zini kam ko'rib, o'zini sarvu gul oldidagi xoru xas kabi tutar edi.
Bir kun uning ko'ziga tozalikdan yiroq bo'lgan bir qo'tir it ko'rindi. Shayx uni o'zi bilan tenglashtirtb, ko'ziga yosh olgancha nola cheka boshladi. U shunday der edi:
— Bu it vafo qiluvchilar toifasidandir, men esa unday emasman. O'zimni u bilan teng deb ayta olmayman. U Allohga vafodan o'zga narsani bilmaydi, men esa unga faqat jafo qilaman, xolos!
Nazar egasi bo'lgan shayx shunday degach, it uning oldidan yo'l solib, o'tib ketdi. Tuproq ustidagi it qolciirgan izlarni ko'rgan Shayx yana nisbat qilishda davom etib, shunday dedi:
— Men ortiqmanmi yoki bu iz?
Yana o'ziga o'zi dedi:
— Ey insofsiz kishi! Bu iz vafo ahli oyon'idan nishonadir, sen esa vafosizlik sari etak sudraysan!
U shu mazmunda so'zini tugallagach, yer o'pib, it izlariga ko'zlarini surta boshladi.
Haq ahli o'z vujudini ana shu xil inkor qiladi, borlig'ini shu yo'l bilan yo'qqa chiqaradi. Shu tarzda ularda o'zlikdan asarqolmagach, fano jomini sipqoradilar. Ular haq vujudidan baqo topmay, birlik jomida uning yuzini ko'rolmaganlaridan so'ng yo'qlik ahliga qo'shilib, mutlaq borliqqa vosil bo'ladilar.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:37:17

CLXIV
Parvonalar to'dasi haqiqiy sham sharhida


Bir kecha parvonalar jam bo'lib, shamga yetishmoqqa harakat qilishdi. Qanotlarini o'tda yoqishga hozirlab, "Biz izlovchilarmiz, sham nuridan nishon izlaymiz. Agar undan nimaiki topsak, uni izhor qilaylik. Sharh etib, asl zotining nimadan iborat ekanligini aniqlaylik",- dedilar.
Bu so'z aytilgach, parvonalardan biri qanotlarini qoqib, sham haqiqatini bilish uchun bordi. U yuqoridan qorong'u kechada to'da bo'lib turgan parvonalar guruhini ko'rdi, o'rtada sham yoqig'liq turar edi. Parvona sham nuridan ko'zini munavvar qilib yona turib, sham haqidagi so'zlarini olamga yoydi. U sham haqida so'z yuritar, lekin boshqalar bundan xabardor bo'lmas, uning so'zlari boshqa parvonalar qalbiga yetib bormas edi. Parvona har qancha ravshan yonib so'zlamasin, eshituvchilar bundan hech naf topmadilar. U aytgan so'zlar foyda keltirmagach, yana boshqa bir parvona shamga qarab parvoz qildi. U sham bazmiga kirib borib, nuriga diqqat bilan nazar soldi. U ham boyagj parvonadek yonib qanchalik so'z aytmasin, parvonalar to'dasiga maqsad ayon bo'lmadi.
Yana boshqa parvona ham bu ishga urinib, sham boshi atrofida ko'p aylandi. Undan ham murod hosil bo'lmadi, mushkil ochilmadi.
Bundan o'zgalarga ham iztirob tushib, ular maqsadsari shitob bilan intildilar. Sham tevaragida ko'p qanot qoqib, har biriqanot-quyruqlarini kuydirdilar. Har biri kuygancha, o'zi istagan maqsadga erishdi, ammo buni sharhlash qiyin ish bo'lib, naql qilish esa harom hisoblanardi. Chunki kishi shu'lani til bilan sharh eta olmaydi, kuymasdan turib, uning mohiyatini bila olmaydi.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:37:29

Parvona bu ish haqiqatidan xabar topgach, a'zoyi badani kul bo'lib, undan asar ham qolmadi. U qo'rqmasdan o'zini shu'laga urgach, a'zosiga o't tushib, pok bo'ldi va o'zi ham shu'laga aylandi. Chunki istagan maqsadi unga ayon bo'lib, bundan ortig'ini bayon qilishga hojat qolmadi. Chunki u maqsad ichra nobud bo'ldi va bu fanoda ayni muddaoning o'ziga erishdi. U haqiqatdan xabar topdi, shuning o'zi unga yetarli bo'lib, boshqa so'z aytishga o'rin yo'q edi.
Agar kishilar parvonalarning bu holiga diqqat qilsa, ularning ko'nglida ikkita fikr kashf bo'ladi. Birinchisi shuki, kuymasdan turib, uning mushkili ochilmaydi; sham bilan birlikka erishmasdan turib, murodiga yeta olmaydi. Toki fano o'tiga o'z vujudini solib, bu shu'lada boru yo'g'ini o'rtamas ekan, maqsad nuri uning qo'liga kirmaydi, tilagan visoli unga yuz ko'rsatmaydi. Ikkinchidan, bu xil chaqmoq uni otash dengiziga g'arq qilgach, unda so'z aytish imkoni qolmaydi, bu ish sirini so'z bilan bayon etish uning uchun amrimahol hisoblanadi. Bunda kuymasdan turib, elga ish ochilmaydi, kimki kuysa, o'zgalar uning holini bilmaydi.
Ey Foniy! Fano haqida lof urishni bas qil! Vaslga erishmoqchi bo'lsang, yaxshisi, fano o'tida kuy! Sham o'tiga aylangan parvona kabi o'zingni shu'laga devonavor ur! Vujudingdan asar, borlig'ing o'rish-arqog'idan nishon qolmagach, maqsad ichra tilaganingga yetasan! Bu mojaroni el bilmasa bilmay qo'ya qolsin!

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:38:36

CLXV
Shayx Sufyon Suriyning fanodan so 'ngra baqoga erishmoq haqida aytgan so'zi


Shayx Sufyon Suriyki(Abu Abdullo binni Said, 783-y.v.e.), u din hamsuhbatlarining peshvosi edi, Alloh uning joyini abadul-abad nurli qilsin. U ma'rifat haqida so'z yuritayotgan paytda bir shogirdi so'radi:
- Agar bir kishi Allohga yetishmoqchi bo'lsa, bu maqsadga qay yo'sinda erishadi?
U shunday javob berdi:
— Buning masofasini ming manzildan iborat, deb bil. Ularning har birida dard va ofatlar bor. Bu o't va nur o'rtasidagi yeti dengizdan tashkil topgan bo'lib, ulardan har binning kengligi cheksizdir. Bu dengizlardan o'tmoqchi bo'lsang, qarshingda domiga tortuvchi ulkan baliq namoyon bo'ladi. U shunday dahshatli baliqki, bir dam tortsa, ikki olamni bus-butunicha barcha xalqi (yaratilgan narsalari) bilan birga qo'shib yutib yuboradi. U istig'no dengizida maqom tutib, uning atrofida suzib yuradi.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:39:41

CLXVI
Qushlarning fano vodiysi so'ngida baqo mulkidan nishon topganlari


So'z yuziga shundayin yaxshi niqob tortilib, savol va javoblar tugadi. Bu so'zlarni eshitgan qushlar aql sharhlab bo'lmas darajada qiyin holga tushdilar. Ular bu ishning nihoyatda mushkilligini, bu jamoaning uni bajarishga qodir emasligini fahmlab yetdilar. Shu tufayli ular o'zlaridan umid uzib, tuganmas qayg'uga mubtalo bo ldilar. Ular Hudhuddan bir xil halok qiluvchi so'zlarni eshitgach, barchasining qalbidan fig'on dudi ko'tarildi. Balki ular bu ish siridan voqif bo'lib, bundan cheksiz vahimaga tushdilar. Bu vahima shu onning o'zidayoq ulaming bir qanchasini halok qildi. Jon vahimasiga duchor bo'lganlari yo'qlikka ketgach, qolgan qushlar hayratga cho'mgancha yo’lga tushdilar. Ular yillar tinim bilmay qanot qoqib, oldilariga duch kelgan balodan qo'rqmadilar. Shu tarzda ular o'zliklaridan chiqqunga qadar pastu baland ko'p yo'llarni bosib o'tdilar. Bu vo'lda ular shunchalik ko'p qiyinchiliklarga duch kelishdiki, ularni hatto yuz tuman til bilan ham sharh etib bo'lmaydi. Agar sening oldingga ham bu yo'l ro'para bo'lib, uni bosib o'tsang, undagi qiyinchiliklarni mushohada eta olishing mumkin. Ularning bu yo’lda qanchalik qonlar yutganini o'shanda bilasan.
Pirovardida bu zor qushlar guruhidan ranj topgan ushbu majruh to'dadan ozchilik qism tanlari nihoyatda qiynalgan va jonlari o'rtangan holda maqsadga yetib kelishdi. Chunki yo'l cheksiz va uzoq bo'lib, unda ofat ko'p, dard, ranj va shiddat esa benihoya edi. Shuning uchun bu qushlardan ba'.'.ilari yo'lda jon taslim qildilar, ba'zilari og'ir xastalikka duchor bo'lib, yarim yo'lda adashib qoldilar. Qushlar oldidan azob-uqubatning achchiq shamoli esib,bu musofirlarning umr iplarini kesar edi. Yo'lda ularni baloga duchor qiluvchi hodisalar hadsiz-poyonsiz edi, shu sababli ular imkoniyat darajasigacha ko'p nobud bo'lishdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:39:56

Oqibatda yuz tuman ming qushdan faqat yuz minglab mashaqqatga duchor bo'lgan o'ttiz qushgina omon qolib, oxirgi manzilga yetib keldi. Ular shunchalik horib-charchagan edilarki, tanlarida hatto hayot nishonasidan asar yo'qdek edi. Jismlarida birorta ham butun parlari qolmagan, patlari xuddi tarasha o'tinga o'xshash parcha-parcha bo'lib to'zib ketgan edi. Tanlari yo'l ranjidan madorsizlangan, jonlari dard va mashaqqat chekishdan xarob bo'lgan edi.
Ular kelgan manzilda oliy darajadagi bir joyni ko'rdilar. Bu yer shunday bir joy ediki, aql uning kengligini idrok qilishga ojizlik qilardi. Butun osmon hatto u yerdagi oddiy bir xasdan ham kichikroqdir. U yerda ehtiyojsizlik bulutidan jala yog'ar; momaqaldiroq dahshatli gumburlab, tez-tez chaqmoq chaqilib turardi. Go'yo olamga balo to'foni yog'ilib, osmonni ofat chaqmog'i kul qihb yuborgandek edi. Bu yerda yetti ko'k bir hovuch tuproqcha, jannatda o'sadigan sidra va to'bi kabi daraxtlar esa xas kabi qadrsiz edi.
Qushlarning barchasi o'z holiga hayron qolishib, ojizlikdan zoru parishon bo'ldilar. Ular bu yerda yuzta yorqin quyosh ham zarraning yuzdan biricha qadrsiz turishini ko'rdilar. Bundan ularning qanot-quuriqlariga ot tutashib, o'z hollariga cheksiz nadomat bilan "vo hasrato" auta boshladilar.
- Biz o'ttizta xomxayol qush ko'ngliniizga bo'lishi mumkin bo’lmagan ish savdosi tushib, jonimizga har doim o'lim vahimasidan qo'rquv yopishib, bu yolni bosib o'tish uchun ulkan mashaqqatlarni boshdan kechirdik. Umrimizni o'tkazib, oh, shu maqsadga erishdikmi'' Bu darsoh shunday azim va qo'rqinchli ekanki, bu yerda bizpa na son bor ekan, na salmoq!

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:40:19

Ular shu so'zlarni aytib, boshlaridan dud chiqaza boshlashdi. Bu hol sarsonlikda ovora bo'lgan qushlarning ko'nglini buzib, har damda yangi bir umidsizhkka yuz burdirar edi.
Xullas, ovora va sargashta qushlar o'z g'amlariga chora topa olmay, uchish uclu'n qnvvatlari, og'ir dard tufayli qo'nish uchun toqatlari qcimagan bir paytda nogoh parda orqasidan izzat elchisi go'yo davlat qushi kabi ularning oldiga yetib keldi. U bu yuz balo ipi bilan bog’langan va hayratda qolgan xasta qushlar to'dasini ko'rib, ularning holini so'rashga mayl ko'rsatdi va shunday dedi:
- Hoy, bu to'da qanday jamoatdir?! Bu ming baloga mubtalo bo'lib, balodan bo'lak bahra tonmaganlar kim ekan? Bu parishonhol va sargardon, qadru qiymatda tuproq bilan teng bo'lganlar kim bo'ldi? Bu xil tahqirlarga mahkum bo'lib, bu haqoratdan ko'ziga hech narsa kn'rinmaganlar kim?!
Qushlar unga shunday dedilar:
- Biz xor va zor bo'lgan, behuda ish qiluvchi ojiz va bee'tibor bir guruhrniz. Shell istab chiqdik va bu yo’lda jonimizni turli azoblarga giriftor qildik. Shunchalik ko'p mashaqqat tortib, uning datgohiga yetishni orzu etgandik. Biz shohi bo'lmagan bir qo'shin edik. Agar qo'shinda shoh bo’lmasa, u qanday qo'shin bo'ladi? Umr bo'yi yo’lda mashaqqat tortib, yuz tuman turli xorliklar ko'rib, ana shu tarzda necha yuz ming bu yo'lga mansub bo'lgan to'da (ular shunchalik ko'p ediki, bundan inson aqli ojiz qolardi) shu yo’lga kirib, halok bo'lishdi. Bu dargohga faqat biz o'ttizta qushgina yetib keldik. lstagimiz Simurg' bizga shoh bo'lib, barcha yaxshi-yomonimizdan xabardor boisin edi. Agar bizning bu taklifimiz shohga ma'qul tushsa, bizdek bir necha zoru asir uning qulligini bajonidil qabul etar edik!

Qayd etilgan