Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nasriy bayoni)  ( 153097 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 B


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:58:26

CLXXX
Tamsil
 


Bir solik shoh oldidan o'tib bormoqda edi. Shoh bu ogoh kishiga qarab: "Kel, yonimda bir nafas o'tir, nimaiki orzu qilsang, muhayyo etay!"- deya iltimos qildi.
Solik unga shunday dedi:
- Allohni taniganimdan buyon undan boshqa hamma narsaga ma'yus ko'z bilan qarayman. Bu o'tkinchi dunyoda uni tilab topishdan boshqa yana bir narsa bormi o'zi? Agar kerakli biron narsa so'rasam, uni ham menga Haq beradi. Bu sohada men senga muhtoj emasman!
Yo Rab! O'sha solikda qanday sifat mavjud bo'lsa, Foniyga ham o'shanday ma'rifatni nasib et! Uning dodiga yetib, nodonlik, jabr va zulmdan qutqar! Uni ham o'ziga, ham o'zingga orif et!

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 00:59:13

CLXXXI
Istig'no yo'li adosida munojot


Ey dargohing yuz falakdan ham kengroq bo'lgan! Ostonang ming Zuhaldan1 ham yuksakroq turgan! Osmon va yulduzlar sening oldingda qanday vujudga ega boisin? Ularning borligi yo'qlik bilan tengdir! Olamni yo'q qilish yoki bor qilish sen uchun xamirdan qil sug'uigandek gap. Alloh-Alloh! Bu ne qadar ulug' martaba, bu ne ehtiyojsizlikdir. sening huzuringda bir cho'loq chumoli va o'rmon sheri bo'lsa ham, bo'lmasa ham birdek hisob! Men o'rmon sheri emas, balki cho'loq chumoliman. Shunchalik ojizmanki, hatto u chumoli ham mendan yuz marta or qiladi. Boshqalarga men zorni ehtiyojsiz et! Faryodimga yetib, kishilarga meni muhtoj etma!

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 01:00:12

CLXXXII
Tamsil
 


Namrud Alloh taolo Xalilini o'tda kuydirish uchun o'z palaqmonini sozladi. Tog'-tog' qilib taxlangan o'tinga olov yoqishib, uning alangasini ko'kka yetkardilar. Ishq ko'chasida Alloh dalili hisoblangan Xalilillohni bu o't tomon palaqmonga solib otishdi.
Shu payt yuqoridan hukm bo’lib, uning oldiga Jabrail yetib keldi. Xalil o'tga yetishgan chog'ida Jabrail unga shunday dedi:
— Ey Xalil! Sen bu payt o'zingda nimaga ehtiyoj sezyapsan? Qanday lutf-ehson ko'rsatilishini xohlaysan? Sen nima desang, o'shani muhayyo qilay, nimani istasang, shuni amalga oshiray.
Xalil unga shunday dedi:
— Menga o'tni qismat etgan ehtiyojim nima ekanligini ham o'zi biladi. Hozir senga iltimos qiladigan hech qanday ehtiyojim yo'q!
Barcha holatda ham o'zingga muhtoj et! Mening nasibamni kishilarga ehtiyojsiz qil!

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 01:01:12

CLXXXIII
Hayrat yo 'li adosida munojot


Ey dargohingda aql hayron qolib, hayrat vodiysida sargardon bo'lgan! Nimaiki sendan o'tgan bo'lsa, u senga hayron, hayratobod ichra volayu sargardon. Sening zoting bobida barkamol aql ham hayratga tushadi. Zotinggina emas, balki har bir sifatlaring bobida u lol qoladi. Dastgohingdagi har bir eshilgan ip aqlning bo'yniga hayrat arqoni bo'lib bog'lanadi. Ilm va aql egalari yaratuvchilik qudratingga lol, ulardan har birining har dam hayrati ortadi.
Ushbu hayrat maslagida qo'limdan tutib, bu hayratlanish ichra yo'limni ko'rgazgil! Hayrat ichra meni sargardon qo'ymasdan, osongina o'z vasling sari tortgil!


Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 01:02:08

CLXXXIV
Tamsil


Bir kamtar va xoksor oshiq bor edi. U bir toshmehr ishqiga mubtato bo'ldi. Bu g'amda qanchalik o'rtanmasin, unga diydor ko'rishmoq davlati nasib etmas edi. O'z vaqtini hijron g'amida vasl yodidan ko'p armon chekish bilan o'tkazar edi. Uning ranj tortishi va zorligi haddan oshib, jismiga bemorlik yuzlandi. Chunki uning ko'ngli endi sevimli yoridan butunlay umidini uzgan, shu tufayli jonida qayg'u o'ti mahkam o'rnashib olgan edi. U o'ziga o'zi shunday der edi:
— Yo Rab! Mening murodim shuki, navnihol hursifatli sarvim qoshimga kelsayu men uning yuzini bir ko'rsam, unga ko'nglimdagi g'amimdan bir-ikki og'iz so'z aytsam!
Xalqning oshiq holiga rahmi kelar, kishilar uning mehrsiz dilbarini zulm qilmaslikka chorlab, ko'p nasihat qilishar edi.
Nihoyat ma'shuqani g'amgin oshiq yoniga keltirdilar, bu bilan go'yo uning huzuriga umrini boshlab kelgandek bo'ldilar. Nozanin oshiq ko'nglini talon-toroj qilgancha kirib keldi va xastaning hojatini chiqarmoqchi bo'lib:
— Ko'nglingda qanday gaping bo'lsa, aytgin,— dedi.
Oshiq uning yuziga hayrat bilan ko'z tikkancha qoldi. Uning till hayronlikdan lol bo'lib, tani zaiflikdan behollikka yuzlandi. Hayrat uning hushini boshidan uchirib yubordi. O'z dardini aytmoqchi bo'lgan oshiq shu tarzda gung bo'lib, xomush qoldi. Hushiga kelganda yori allaqachon ketib bo'lgan edi. Bundan oshiqning kasalmand taniga mushkil holat yuzlandi. Hayratdan bu notavon zaif bir so'z ayta olmasdan jonini topshirdi.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 01:02:59

CLXXXV
Tavhid yo'li adosida munojot


Ey zotingga pok birlik musallam bo'lgan! Vahdat ahli sening otingni zavq bilan tilga oladilar. Har kishini azaldan yakka qilib yaratding, ajralish va yolg'izlanishni bunga bo’ls qilding.
Kimki agar o'zligidan butkul qutulgan bo'lsa, o'z oldingda o'shaning tavhidini yaxshi sanading. Kimgakim tavhidm ochib bergan bo'lsang, uni madh etib, hatto kufr bilan ham do'stlashtirding. Kimni vahdat sari boshlagan bo'lsang, unda faqat sen qolib "u" va "bu"larni inkor qilding.
Yo Rab! "sen" va "o'zlik" shirkatini mendan yo'qot va meni sof birliging sari yetkar! Menda "mcnlik"dan nishon qo'yma, meni hamma narsadan etak silkitib, o'zligmgda yo'qotib yubor!..

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 01:03:49

CLXXXVI
Tamsil




Bir kecha chin'oshiq shoh Mahmud o'rnjdan turib, Ayoz(xos mahrami va quli, so'ng nadimi - Abu Najm (1057-y.v.e.)ning nima bilan mashg'ul ekanligini bilmoqchi bo'ldi, Garchi bu fursatda Ayoz uyg'oq bo'lsa-da, ko'zlarini yumub, hiyla bilan o'zini uxlaganga solib, taxt poyiga yostiq qo'yib yotar edi. Shoh Mahmud uning boshiga yetib keldi. U bir dam uning husniga nazar tashlab, o'zidagi shavq o'tiga chora topmoqchi bo'ldi. U behad zavq-shavq bilan unga boqdi, ishq uni boshqacha tusga kiritdi. Shoh mahvashiiing oyoqlariga o'zini tashlab, shavqqa to'lgan holda ko'zlarini Ayozning tovoniga surta boshladi. Ayoz esa uzrxohlik bilan oyog'ini tortib olmas edi.
Shoh nozanin uyg'oq ekanligini bildi. Unga shunday dedi:
— Ey Ayoz, sendan jonimda dog' hosil bo'lmoqda! Mendagi senga bo'lgan shunday muhtojlikni ko'rib, nega bunchalik beandoza noz qilding? Nega oyog'ingni yig'ib, o'rningdan turib o'tirmading? Bizga mehr izhor aylab, biron so'z demading?
Shunda gulyuzli Ayoz dedi:
- Ey sohibnazar shoh! Menda u dam "œmenlik"dan asar bormidi? Menda u dam "menlik" batamom yo qolgan bo'lib, biron kishiga uzr aytish uchun majol ham qolmagan edi. U dam Ayoz yo'q edi, faqat shoh bor edi, ham unga oshiq, ham unga suyukli edi.(
Vahdat kimga bunday g'avg'o solsa, unda sultondan Ayozning farqi bo'lmaydi. U birlik olamidan xabar topadi. "Menlik" va "senlik"dan unda asar ham qolmaydi.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 01:04:40

CLXXXVH
Faqru fano yo 'li adosida munojot


Ey fano ahli sening vaslingga erishgan bolib, ular vasl ishratgohiga daxldorlar! Kimki sendan abadiylikka erishmoqchi bo'lsa, u o'zini foniy qilsa, bunga yetishadi. Har bir kishi o'zligini yo'q qilmasdan turib, bu fanoning fanosini bilmaydi. Bunday kishi visoling maqsadiga imkon topa olmay, bu fanolardan baqo nihoyasiga erisha olmaydi.
Yo Rab! Foniyga shunday yo'qlikni nasib etki, bundan u abadiyat xazinasidan o'ziga tegishli boylik topsin! Avval uning borlig'ini o'zingda yo'qot, so'ngra bu yo'qlik ichra borliq yarat. Bu borliqda uning ishi tamom bo'lib, sening visolingni topsin, vassalom!

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 01:05:33

CLXXXVIII
Tamsil


Bir komil kishi hojatini chiqarmoqni so'rab, Allohga shunday munojot qildi:
— AIloh, pok zotingga shunday borliq mujassam bo'lganki, unga fanoni ko'rish imkoni yo'qdek. Sening zotingga erishmoq yo'lida vujudimni yo'qlikka chiqarsang. Unda vujudlik rangi sira yo'l topmasdan, sening vaslingni mushohada etishdan o'zga hech narsa qolmasin! Mening bu foniy vujudimdan asar istagan uni boqiy vujudidan topa olsin. "Menlik" va "senlik" oramizdan ketib, oradan "men" yo'qolib, faqat "sen" qolgin. O'zaro "sen"-"men" deb nisbat berish yo'q bo'lgach, men sendan visol topayin!

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 01:06:50

CLXXXIX
Bu kitobni nazmga solishda o 'z munosabatini bildirish


Bu hodisa hamon yodimdan ko'tarilmaydi: bolalik chog'imda maktabga qatnab yurgan kezlarim edi. Bolalar yerga muk tushganlaricha, har tarafdan bir saboqni egallash uchun un chekar edilar. Ular saboq og'irligidan qiynalar, "Kalomulloh"ni takrorlashdan ozor tortar edilar. Ustod xotirani mustahkamlash zehnni o'tkirlash va savodimiz ravon boisin uchun she'r o'qitar edi. Ba'zan nasrdan "Guliston"ni mutolaa qilsak, goho "Bo'ston" kabi she'riy asarlarni o'qir edik.
Bu paytda mening qiziquvchan ta'bim Farididdin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostoniga ko'ngil qo'ygan edi. Men bu asarni takror-takror o'qir, yosh ko'nglim undan bahra topmoqda edi. Ta'b unda yozilgan so'zlarga oshno bo'lgach, boshqa asarlarni o'qishga mayl ko'rsatmadi. Undagi ajoyib hikoyatlarga o'rganib qoldim, qush tilidan aytilgan kinoya va majoziy fikrlar menga oshno bo'lib qoldi. U yerdagi biron fikrga zehnim qiziqib, uning nima maqsadda aytilganini bilishga harakat etar edim. Bundan oladigan zavq meni ko'p xushhol etib, bu so'zlarning sharhlari meni lol etar edi. Shu ahvolda ko'p vaqt u bilan mashg'ul bo'lib, bu kitobga e'tiqodim tobora ortar edi.
Shundan so'ng men kishilar bilan ulfat bo'lishdan qochdim. Bu kitob xilvatdagj eng qadrdon sirdoshim bo'lib qoldi. Natijada kishilarning yashash tarzlari va harakatlari ta'bimga malol kela boshladi. Oqibat bu kitobga*o'lgan ishqim meni shu xil shaydolik sari yetakladi. By savdo meni devona bir holga solib, men, uzlat eshigini ochay va bu olamning bema'ni elidan qochay, dedim.

Qayd etilgan