Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nasriy bayoni)  ( 153014 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 25 B


mutaallimah  29 Avgust 2008, 03:46:39

XXVI
Kaklik sayrashi yo'sinida Hudhudning kuylagani

— Ey, firoq tog'ining Kakligi! Ko'zingni ishtiyoq dardida la'l etib, xirom qilg'il. Hajr tog'idagi Farhodga o'xshash bir yerda qaror topmay, yo'lga qadam tashlagil. Sening tumshug'ing lolaga o'xshash qizildir. Bu qon yutishlikdan aniq dalildir. Go'yoki
yaqinlik Qofini yod aylab, uzoqdan turib faryod urayotgandeksan. Ammo bu baland sayrashlaring qahqaha emas, balki o'z motamingga zaharli kulgidir. Chunki sen Qof tog'i sari azm qilding, endi vasl umidi bilan bazm tuzgil. Vasl umidi yaqindir, sen bundan shod bo'lgil, hajr tog'i toshidan ozod bo'lgil!

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Avgust 2008, 03:47:45

XXVII
Tazarv(tustovuq) xiromi tezligida Hudhudning sayrdan so 'z ochgani

— Ey noz bilan ishva qiluvchi ra'no Tazarv! Ozoda sarv gulshan aro sening qulingdir. Sening jamoling gulistonga ko'rkamlik baxsh etadi, hattoki gul ham sening qizil yuzing oldida hijolat tortadi. Sen goh bog'larda, goh o'tlog'larda jilva qilasan; bog'u rog'lar sening zeboliging bilan faxrlanadi. Sen ham chaman ahliga sevimlisan: ham vahshiy hayvonlar uchun yoqimlisan. Garchi ra'noliging behad, husn ila zeboliging benihoyat bo’lsa-da, hech qachon o'z husningga mag'rur, o'z jamolingga masrur bo'lmagil. U benuqson husnni ham yod qilib, o't kabi u gulshan tomon yurish qilgil!

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Avgust 2008, 03:50:27

XXVIII
Durroj(qirg’ovul) ravishi nisbatida Hudhudning qadam urgani

 — Kel-kel, ey Durroj! Sen nihoyatda go'zalsan, jon qushi kabi barchaga yoqimlisan. Sen — o'rmonlar bezagi, yurishing yashil maysalarga rivoj beradi. Mastona kuylaring dilni o'ziga tortadi, tinglovchilar ko'nglidan sabrni eltadi. Hay'ating chiroyliyu shakling dilpazir, surating kelishganu nutqing mislsiz! Shuncha yoqimtoy ko'rinish, maftunkor tuzilish, chiroyli va ravon sayrashing bilan hammadan avval sen bu kishandan ozod bo'lib, o'sha shohga ov bo'lsang arziydi. U tuzoq yoyganida joningni fido et, bu ishing bilan sen abadiy umrdan bahramand bo'lasan!

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Avgust 2008, 03:51:24

XXIX
Kabutar parvozi tarzida Hudhudning parvozi

— Ey Kabutar! Osmonga parvoz qil, havoda charx urib, har xil o'yinlar ko'rsat! O'z uyingda — qorong'u xonada o'tiraverma! Axir kabutarxonada o'tiraverib, shabko'r bo'lib qolding-ku! Shoh qasriga borishni xayol et va bu orzuni amalga oshirishga qanot qoq! Chunki ko'ngling yliksaklikka parvoz qilishdan qolib, shoh qasrining tomiga qo'nishni unutib qo'yibdi.-Qasr sultoni huzurida oliy maqom tutish xotirangdan batamom ko'tarilibdi. Endi sen u tomonga yo'l ol! O'sha torn uzra qo'n va bu ayyom gardishi uzra baxtiyor bo'lgin. Zora u seni o'z huzuriga qabul qilsa va sen kabutarlarning asl xoni tomon yo'l topa olsang!

Qayd etilgan


mutaallimah  29 Avgust 2008, 03:52:24

XXX
Shohboz husnu istig'nosi vasfida Hudhudning rahnamoligi

— Naqadar go'zalsan, ey shohlarga o'xshash Shohboz! Sening ko'rinishing ham, jamoling ham juda chiroyli. Haq qushlar orasida seni sarafroz etdi, sen go'zallik borasida qolgan barcha qushlarga saboq o'rgatasan. Sening maskaning doimo shoh qo'li bo'lib qolgan. U senga doimo ovqat topib yedirgan. U qo'li bilan sening qanotlaringni silagan, tumshug' va changalingni ushlab ko'rgan. Shu orada charx orangizga nifoq solib, seni shohdan judo qildi.
Hijron tuzog'iga mubtalo bo'lgach, tabiating firoq kunlariga o'rganib qoldi. Endi yana shohga ko'ngil qo'yib, uning qo'lini o'pish bilan baland martabaga erish!

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:26:50

XXXI
Shunqorning shohlarga o 'xshashligi ta 'rifida Hudhudning madh aytgani


— Ey baland osmonni va shoh qo'lini o'ziga makon qilgan Shunqor, marhabo! Sen qushlar orasida xuddi shohlar kabi tojga egadirsan. Shoh boshingga oltin tojni loyiq ko'rgan. Sen tojli qushlarga boshliqsan. Shu sababli shohning sen bilan suhbat qurishga mayli bor. Shoh bazmida senga eng oliy joy, benihoyat ehtirom va e'tibor ko'rsatiladi. Chunki senda o'zgalarning o'ntasidagi jur'at bor, shunga ko'ra shoh senga o'zgalardan o'n barobar ortiq yaxslii qismatni ravo ko'rgan. Qo'li bilan bo'yningni silab-siypab erkalaydi, bo'yningni dur va gavharlar bilan bezaydi. Sen esa asl shohingdan ko'p yiroq tushding. Endi bu hijronni unutib, shoh qo'liga qo'n va u yerni o'zingga Vatan qil!


Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:29:59

XXXII
Qushlarning yo'lga chiqqanlari va mashaqqat shiddatidan ba'zilarining safariga putur yetgani


Hudhud qushlarga shu tarzda ishq sirlaridan gap ochdi, qush tili bilan tarannum qilib, vasl va hijron haqida so'z yuritdi. Qushlarga o'zlarining hijronda ekanliklari malol kelib, vasl haqida yuz turli shirin xayollarga borishdi. Ularning har birining yodiga hajr paytidagi qattiq ahvol tushdi, vasl davronini unutganliklari, hajr qiynog'ida qolganliklari ta'sir qildi.
Hudhud so'zlari esa ulami ajoyib sirlardan, ishq aro bu xil yashirin ramz-ishoralardan voqif etdi. Ular o'zlarining qanday saodatdan yiroq tushganliklari va qandayin to'g'ri yo'ldan chetga chiqib ketganliklarini his qildilar. Hudhud so'zlari ularni ogohlik sari boshlab, ularning nechog'lik jaholat va gumrohlikda qolganini anglatdi. Ular o'zlarining ishq yo'lidan yiroq ekanliklari va firoq girdobida qolganliklarini chuqur his etishdi. Bundan ularning vujudi kuyib-o'rtandi, har binning jonidan alamli dud chiqib ketdi. Har biri cheksiz uyatga qolib, o'z hayot shamlarini o'chirish darajasiga yetdilar. O'z qilmishlaridan sharmanda bo'lishib, o'z guruhlari fe'lidan tushkunlikka yuz tutdilar.
Ular garchi ko'p hayrat xunobi yutgan bollsalar-da, o'tgan ishga salavot aytib, endi o'zlarining toki hayotiari bor ekan, tunu kun o'sha shoh yo'lida qanot urishga ahd etdilar. Ular bu yo'lda boshlariga ming turli balo kelsa ham, garchi bu balolaming har birida yuz ming azob-uqubatlar bor bo'lsa-da, o'zlari ixtiyor etgan bu talab vodiysidan voz kechmaslikka va u tarafga borishdan aslo qaytmaslikka qaror qilishdi.
Barcha qushlar shu tarzda ittifoq tuzib, gapni bir joyga qo'yishdi, davronga firoq ohangi chekdilar. Ular bu sohada Hudhudga boshdan-oyoq izdoshlik qildilar. Qushlar to'dasi yo'lga chiquvchiyu Hudhud ularga yo'l boshlovchi bo’ldi. Vasl umidida ko'p xursandchilik bilan yo'lga tushib, ko'kka parvoz qildilar.

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:30:50

Shu tarzda bir necha kun yo'l yurib, bir biyobondan uchib o'tishdi. Ammo yo'l davomida ularga juda ko'p qiyinchiliklar, ranju alamlar, shiddatu g'amu sitamlar yuzlandi. Bu masofani bosib o'tguncha ushbu notavonlarga har xil ofatlar duchor bo'ldi. Chunki ular avvallari bo'stonlarda noz ila kun kechirar, issiq yoz mahali soya-salqin daraxtlar orasida mazza qilishardi.
Yo'l mashaqqati ularni qiyin bir ahvolga solib qo'ydi, har birida yuz xil malolliklarni keltirib chiqardi. Ular o'zlarining avvalgi tinch, osuda hayotlarini sog'inib, bog'u bo'stonlar va gulzorlar qo'ynidagi sokin uyalarini qo'msadilar. U yerlardagi dilxushlik, baxtiyor damlar, farog'atli go'shalar va ayshu ishrat gulshanlari ularning yodiga tushdi.
Bu yo’lda qushlardan ayrimlarining safariga putur yetib, ular safardan bo'yin tovlay boshladilar. Notavonlik bilan Hudhuddan kechirim so'rab, ulardan har biri bir uzrni izhor qila ketdi. Bu uzrlar ularga ma'qul ko'rindi va ular safardan chetga yuz burdilar. Ularning hammasi Hudhudga shunday iltimos qilishdi:
- Ey yo'lboshlovchi, birpas to'xtagil! Bizdan ba'zilar juda nochor ahvolga tushdi; bu yo'lni kezishdan ba'zilarining joni xasta bo'lib qoldi. Ba'zilar oldida har xil mushkulot paydo
bo'ldi, buning uchun ular sendan najot istaydilar. Ba'zilarning senga aytmoqchi bo'lgan gaplari bor, bu gaplar azob-uqubat ohanglari bilan to'la. Ularni senga bayon qilmoq zarur, aks holda safarni davom ettirishga putur yetadi.
Hudhud ulardagi bu ojizliklarni ko'rgach, barchasini bir yerga to'plab, bir vodiy ustiga qo'ndi va ularning dardi holini eshitmoq maqsadida: "Qani, kimning qanday gapi bor, aytinglar", dedi.
Shunday qilib, Hudhud qushlar arzini tinglamoq uchun yerga qo'ndi.


Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:33:44

XXXIII
To'tining uzri



Hammadan avval To'ti uzr aytishni boshlab, o'z ojizligi haqida shunday dedi:
— Men issiq o'lkalarda, chunonchi, Hindistonda sayr qilib yurgan qushman. Fasohatli, chiroyli so'z aytish bilan shuhratim el orasida yoyilgan. O'z so'zlarim bilan g'amgin elni ovutaman. Baxtiyor, davlatmand kishilar qafasni menga manzilgoh qilib, har qanday qiyinchiliklardan avaylab-asraydilar. Nozaninlar qo'lidan yemish yeyman, ular meni qand va shakarlar bilan parvarish qiladilar. Ro'paramda goh bir ko'zgu, goh bir ko'zgu chehrali oyjamol turadi. Umrimda shodu xurramlikdan o'zga hech narsa ko'rmaganman; nutqim elga yuz turli shodlik baxsh etadi. To o'zimni bilgandan buyon qattiqlik nimayu ranj zahridan achchiqlik nima ekanini tatib ko'rmaganman. Sen aytgan joy shunday bir dargohdirki, u dargohda burgut pashshaga tengdir. U yerga bizdek pashshadan ham ojizroq el qanday bora olardi? U tomon qanday borishni sira bila olmayman! O'zga qushlardek bu yo'lni bosib o'tishga hech bir aqlim yetmaydi! Shunday bir ahvolda senga hamrohlik qila olishim mumkinmi?! Mening bu holatimni o'zing bir o'ylab ko'r!

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:34:51

XXXIV
Hudhudning To'tiga javobi


Hudhud unga shunday javob qildi:
— Sening barcha so'zlaring yolg'on bo'lib, xato va norozilikdan iboratdir. Sen o'zingning bema'ni aljirashlaringni fasohat deb bilasan, tuban gaplaringni esa balog'at deb hisoblaysan. Sen o'zingni maqtab, xilma-xil zid gaplarni aytding. Barcha aytganlaring uydirma, yolg'on va lofdan boshqa narsalar emas. Sen o'zingni o'ylaguvchi xudbinsan, bu bilan tubanlikka mansubsan.
O'z nutqing va qarshingda turgan ko'zgu bilan faxrlanding, aslida sening bu gaplaring masxaralab kulishga munosibdir. Haqiqiy ko'zgu shu narsaki, u yuz balo mashaqqatiga chidab, zamiring lavhiga jilo bera olsin!
Har hindu mening nazarimda shoh deb aytding, bu so'zlaring ham yolg'ondir. Aslida sening shohing... sen yo'lidan qaytayotganing o'sha shohdir. Sen esa yo'ldan adashib, har xil bema'ni so'zlar aytmoqdasan. Uzr aytish uchun keltirgan barcha dalillaring, xayollaring noto'g'ri. Senga g'aflat va gumrohlik monelik qilib, ko'nglingga ogohlik yetishmayapti. Bu holatdan uyg'onib, ko'z ochsang, o'z holingning nihoyatda yomon ekanligini tushunasan. Ammo u damdagi pushaymonliging senga hech foyda bermaydi. Qilgan ishlaring va aytgan so'zlaringdan yuz hijolat va afsus chekosan. Sening naqdina deganing siyqa tangalardir. Nafs tufayli zoting shaytonga masxara bo’lgan.

Qayd etilgan