XXXV
Dalillash uchun hikoyat
Butun vujudi yaramas nafsiga qaram bo'lgan bir g'ofil kishi bozor tomon qadam qo'ydi. U hiyla bilan egniga Xizrnikiga o'xshash yashil chakmon tashlab olgan bolib, o'z nafsini ana shu yashil rang bilan xursand qilib yurardi.
U bozor ichida keta turib, do'konlarda turli ne'matlarning behisob ekanligini ko'rdi va o'zini tutib tura olmadi. Buzuq nafsi egri yo'lga boslilab, har xil kuyga sola boshladi. U mohirlik bilan o'zini gado sifatida ko'rsatib, xalq ichida ozi haqida har xil so'zlar ayta ketdi. U goho o'zining kamolotga erishganini izhor etar, goho karomat egasi ekanligidan afsona so'zlar, gohida esa shariat va aqlda mumtozligini ko'rsatar edi. Xullas, shu xil yuz afsun va makru hiyla bilan odamlardan yegulik ovqat yoki biron-bir tanga undirib olar edi. Shu tarzda u o'zini va o'zgalarni aldab, shum nafsi buyurgan narsalami terib yurar edi. Yegan bangi har lahza uni yuz xil buzuq xayollarga yetaklar, ko'ngliga har xil bo'lmag'ur fikrlarni solar edi.
Shu payt nogahon uning oldiga ko'p manzillarni kezib o'tgan jahongashta bir sohibdil komil kishi yetib keldi. Hiylagar kishi uni ko'rgan zahotiyoq o'zining yomon holatini o'zgar-tirdi. U kishi dedi:
— Pirning oldida qo'lga kiritgan narsalaringni ko'rsat. Qani, ko'raylik-chi, nimalarga erishibsan?
Boyagi ochko'z ziyrak kishiga to'rvasini ochib ko'rsatdi. Uning ichi zahar-zaqqumlar bilan tola edi. U o'zi yiqqan narsalarning bari najosat va iflosliklar bilan to'la ekanligini ko'rgach, bundan jismiga o't tushib, ko'ngli o'rtandi. Pir unga yerdan bir hovuch tuproq va tosh olib berib, "Ularga qara',— dedi. U qarasa, qo'lidagi tuproq emas, oltin, toshlar esa la'l va qimmatbaho durlarga aylangan edi. Aldoqchi kishi bu holatni ko'rgan zamonoq komil pir uning oldidan g'oyib bo’ldi. U xalq o'rtasida sharmandayi sharmisorlikdan hijolatda qoldi. Ammo endi bu hijolatpazlik va ohu voyni ko'kka yetkazmoqdan nima foyda?!
Ey To'ti, sen ham o'zing haqingda shunday so'zlarni aytdingki, bu so'zlaring xuddi o'sha yashil chakmon kiygan kishining ahvolini eslatadi.