Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nasriy bayoni)  ( 152904 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 25 B


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:38:11

XXXV
Dalillash uchun hikoyat


Butun vujudi yaramas nafsiga qaram bo'lgan bir g'ofil kishi bozor tomon qadam qo'ydi. U hiyla bilan egniga Xizrnikiga o'xshash yashil chakmon tashlab olgan bolib, o'z nafsini ana shu yashil rang bilan xursand qilib yurardi.
U bozor ichida keta turib, do'konlarda turli ne'matlarning behisob ekanligini ko'rdi va o'zini tutib tura olmadi. Buzuq nafsi egri yo'lga boslilab, har xil kuyga sola boshladi. U mohirlik bilan o'zini gado sifatida ko'rsatib, xalq ichida ozi haqida har xil so'zlar ayta ketdi. U goho o'zining kamolotga erishganini izhor etar, goho karomat egasi ekanligidan afsona so'zlar, gohida esa shariat va aqlda mumtozligini ko'rsatar edi. Xullas, shu xil yuz afsun va makru hiyla bilan odamlardan yegulik ovqat yoki biron-bir tanga undirib olar edi. Shu tarzda u o'zini va o'zgalarni aldab, shum nafsi buyurgan narsalami terib yurar edi. Yegan bangi har lahza uni yuz xil buzuq xayollarga yetaklar, ko'ngliga har xil bo'lmag'ur fikrlarni solar edi.
Shu payt nogahon uning oldiga ko'p manzillarni kezib o'tgan jahongashta bir sohibdil komil kishi yetib keldi. Hiylagar kishi uni ko'rgan zahotiyoq o'zining yomon holatini o'zgar-tirdi. U kishi dedi:
— Pirning oldida qo'lga kiritgan narsalaringni ko'rsat. Qani, ko'raylik-chi, nimalarga erishibsan?
Boyagi ochko'z ziyrak kishiga to'rvasini ochib ko'rsatdi. Uning ichi zahar-zaqqumlar bilan tola edi. U o'zi yiqqan narsalarning bari najosat va iflosliklar bilan to'la ekanligini ko'rgach, bundan jismiga o't tushib, ko'ngli o'rtandi. Pir unga yerdan bir hovuch tuproq va tosh olib berib, "Ularga qara',— dedi. U qarasa, qo'lidagi tuproq emas, oltin, toshlar esa la'l va qimmatbaho durlarga aylangan edi. Aldoqchi kishi bu holatni ko'rgan zamonoq komil pir uning oldidan g'oyib bo’ldi. U xalq o'rtasida sharmandayi sharmisorlikdan hijolatda qoldi. Ammo endi bu hijolatpazlik va ohu voyni ko'kka yetkazmoqdan nima foyda?!
Ey To'ti, sen ham o'zing haqingda shunday so'zlarni aytdingki, bu so'zlaring xuddi o'sha yashil chakmon kiygan kishining ahvolini eslatadi.

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:41:24

XXXVI
Tovus uzri

So'ngra Tovus o'z uzrini boshlab, shunday dedi: — Ey barchamizning boshlig'imiz! Men qasr va gulshanlarga ziynat beruvchi qushman. Mening naqsh va ranglarimdan olam ahli hayratga tushadi. Agar suratim gulshanga oroyish bersa, yurishim ko'rgan kishiga osoyish bag'ishlaydi. Bog'lar men tufayli xazon paytlarida bo'stonga, o'rmonlar men tufayli qish fasli gulistonga aylanadi. Agar jilva aylab, rang-barang qanotlarimni yozsam, go'yo boshdan-oyoq lskandar oyinasi namoyon bo'lgandek bo'ladi. Ulus husnimni tomosha qilib, yaratganning qudratiga ofarin aytsin uchun Alloh menga beqiyos husnu zebolik, haddan ortiq zebu ra'nolik baxsh etgan. Chunki haq har bir kishini bir ish uchun yaratgan: birov asal totish uchun yaratilgan bo'lsa, birov nish yeydi. Ana shu tarzda donolik bilan ish ko'rilib, har kirn boshiga tushganini, "yo nasib", deb ko'raveradi. Alloh amri bilan pari dilga yoqimli bo'lsa, shayton badbaxtlikka mahkumdir. Har bir kishi o'ziga buyurilgan ishdan chetga chiqa olmaydi, undan o'zga taklifga esa toqat qilib bo'lmaydi!





Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:42:55

XXXVII
Hudhudning Tovusga juvobi


Hudhud unga javob berish uchun nafasini rostlab, shunday dedi:
— Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday holatlarni bayon etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar qolidangina kela oladi, xolos! Odam degan tashqi go'zallik haqida so'z aytmaydi. Kimki, undan faxr etar ekan, uni odam qatoriga qo'shib bo'lmaydi! Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi esa dard va mashaqqat chekishi bilan yaxshidir. Barcha shakl ahli uchun eng sharafli ish ana shudirki, u shakldan ma'no tomon olib boradi. Sen o'z shaklingga bino qo'yding, buning uchun kishilar tomonidan masxara etilishga loyiqsan. Chunki inson o'z tashqi go'zalligi bilan faxrlanmaydi, agar faxrlansa, u masxaralashga sazovordir!


Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:44:14

XXXVIII
Hikoyat


Bir hindu o'zini turli maqomga solib, ko'p qiziq ishlar oshkor etdi. Bu masxaraboz o'z boshiga kungurali toj qo'ydi. Toj va kiyimlariga tillaga o'xshash sariq yarqiroq modda — kimson bilan zarhal berdi. Uning yonida nog'ora chaluvchi va qo'shiq aytib o'yin tushuvchi bir to'da hindlar bor edi. Ular qo'li va boshlarini hindlarga xos bir yo'sinda tebratib, raqs tushar edilar. Ko'rinishlari go'yo bo'stonga oroyish bergudek go'zal, jilvalari esa xuddi Hindiston tovusidek edi.
Ana shu tarzda bu masxaraboz maydonda zo'r hangoma ko'rsatdi. Uning atrofi bir gala beboshlar to'dasining g'ala-g'ovuri bilan toidi. Shu mahal tartib-intizomni nazorat etuvchi muhtasiblar yetib kelib, bu davradagilar har yoqqa qarab qochib ketdi. O'sha davraning firibgar va maqtanchog'i bo'lgan hinduni tutib olishdi. Uning nog'orasi bilan tojini urib sindirishdi va badanini yalang'ochlab, darra bilan rosa savalashdi. Shu tarzda uning "san'ati kishilarga ibrat bolib, ana shu xil qismat uning toji uchun "ziynat" bo’ldi.


Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:45:41

XXXIX
Bulbul uzri


Bulbul shunday dedi:
— Ey bu yig'inga dalillik beruvchi zot! Men gul yonidan uzoqlashdim. Undan ayriliqda oshiqu devona bir holatga tushdim; aqlu hushu sabr mendan begona bo'ldi. Usiz menda na sabr bor va na toqat! Men shunday bir holatda, ey birodar, uning firoqiga qanday chiday olaman! Negaki, gul bo'stonda jilva qilgan chog'da men ming xil navo bilan unga o'z sirlarimni sharh qilaman. Ishqidan har lahza shiddatim ortib boradi, husnidan dam-badam hayratga tushaman! U bog'dan ketgach, gungu lol bo'lib qolaman, tarannum qilib sayrashga bir yelchalik ham majolim qolmaydi. Uning yodi bilan bog' ichida sokinman, hajiiga yo'liqsam, yuz dard ila dog' ichra qolaman. Ko'nglimda ham, jonimda ham, o'ngimda ham, paydoyu ptnhonimda ham — yolg'iz u!
Shohga komil yuz bilan boqish lozim. Mendek gulga oshiqqa bu ish yo'l boisin!

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:47:31

XL
Hudhudning Bulbulga javobi


Hudhud bu afsonani eshitgach, shunday dedi:
— Sen o'z ishqing haqida bunchalik ko'p g'avg'o qilaverma! Aytganlaring ishq emas, boshdan-oyoq shunchaki bir havasdir. Bas, u havas bo'lgach, ey bexabar, u haqdagi gap-so'zingni yig'ishtir! Olamda sen kabi nafsga bo'yin eguvchi biron-bir nodon bo'lmagan.
Sen o'zingni zo'rlab oshiq sifatida ko'rsatib, ishq aro har xil g'avg'olar ko'tarding. Yilda bor-yo'g'i besh kun chamanda ochilib turadigan, o'n kun o'tmay tuproq uzra xazon bo'lib sochiladigan vafosiz va umr bog'ida baqosiz bir chechak uchun shunchalik g'avg'omi?!
Kishi bu xil go'zallikka oshiq bo'lmagani yaxshi, chunki u oshiq bo'lishga loyiq emasdir. Shunday narsani ma'shuq deb bilki, yuz xastahol o'lsa va yo'qolib ketsa ham u zavol nimaligini bilmasin. Garchi sening bu ishqing shaydolik bo'lib ko'rinsa ham, baribir oxiri  rasvolik bilan tugaydi.

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:49:00

XLI
Hikoyat


Bir shoh otda sayr qilib o'tib borayotganda unga bir havoyi gado oshiq bo'lib qoldi. Xalq ichida ohu vovaylo bilan afg'on boshlab. g'avg'o-to'polon qila boshladi. Xuddi senga o'xshash u ham ming turli nolalar qilar edi. Bir maskanda telbalardek muqim tura olmas, o'zini gulxan kuliga bulg'ar edi.
Shohga bu xil ishq va devonalik ma'lum bo'lgach, oshiqni sinamoqchi bo’ldi. Bir kun u o'zining bezatilgan otiga minib, imtihon qilish maqsadida otini gado yotgan gulxan tomon haydadi. Va mulozimlariga aytdiki: "U gumrohni sudrab oldimga olib keling va huzurimda bo'ynini uzib tashlang!"
Shundan so'ng gadoni sudrab, shoh oldiga keltirdilar, ishqida o'zi orzu etgan tilakka yetkurdilar. Baxtiyor shoh uni qatlga hukm etdi. Bundan gado vahimaga tushib, beixtiyor orqasiga qarab qocha boshladi. U qo'rqqanidan hushi boshidan uchib, har tomonga zir yugurar edi. Odamlar uning orqasidan tutmoq uchun quvlar edilar. U entikkan bir holda gulxan tomon chopdi va o'zini yo'qotgan holda o'tga tushib, kuyib ketdi.
Shohning bu imtihondan maqsadi shunday edi: agar gado chindan ham oshiq bolib, o'z da'vosida sodiq bo'lsa, qatl hukmini qabul etishi kerak edi. Shunda shoh otidan tushib, undan uzr so'ramoqchi, ahvolidan ogoh bo'lmoqchi va sadoqati evaziga uni o'ziga musohib va yaqin ulfat qilib olmoqchi edi.
Ammo gadoning ishqi soxta bo'lgani uchun holi rasvolikdan mashhur bo'ldi. Bordi-yu senga ham o'sha o'zing sevgan guldan bir tikan ozori yetsa, sening ham maskaning chaman emas, gulxanda bo'ladi.

Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:50:25

XLII
Qumri uzri



Qumri aytdiki:
— Ey dono! G'aflatda qolgan, yo'ldan adashganlar rahnamosi! Men shunday bir qushdirmanki, umrim bo'yicha hech qachon chamandan chiqmaganman, dashtu vodiylar bo'ylab sayr qilishdan zerikmaganman. O'z zaifligim va ojizligim bilan mashhurman. Men o'z uyamni daraxt shoxlari va barglari orasiga quraman. Jahonda na sovuq ko'rganman, na issiq. Boshimga na mashaqqat tushgan va na qattiqlik totganman. Doimo u bog'dan bu boqqa, u shoxdan bu shoxga o'tib ko'nglimni chog' qilganman. Shunday bir holatda bunday qiyin yo'lga chiqishga havas qilib, bu yo’l azoblarini ko'tarishga yaray olamanmi?! Agar jonimni bu mashaqqatga qo'ysam, majburan o'z qonimni o'zim to'kkan bo'lib chiqmaymanmi?!


Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:54:45

XLIII
Hudhudning Qumriga javobi

Hudhud unga shunday dedi:
- Ey ojizligi bilan yuz tuban kelgan Qumri, ko'nglingni dard va shavq bilan yaralagin! Agar sen ming yil bog' ichida manzil tutsang ham, bu tarzda shox va barglar orasida uchib yurishingdan ne hosil?! Baribir yo'lingni biron-bir mushuk poylab, g'ippa bo'g'adi, qorningni yorib, qoningni ichadi. Yoki birov kamon o'qi bilan seni otib tushiradi yoki palaxmon toshi bilan joningni oladi. Sen aytayotgan ayshu kom bundan o'zga narsa emas. Senga gulshan ichra shunday "ehtirom" ko'rsatishadi. G'aflatga botib, bu xil harom o'lib ketgandan ko'ra, o'zingni ayriliq shuiasi bilan o'rtab, haqiqiy erlar kabi asl maqsadni istasang-chi! Yor vaslini izlab yo’lga tush! Agar sen bu yo'lda zor jismu g'amga payvand joningni fido qilib dardu mashaqqat ila olib ketsang, bundan hech bir afsus chekma, chunki sening shu vaqtgacha or qilishga sazovor ofatli ahvolingdan bu oiim yuz qatla yaxshiroqdir!


Qayd etilgan


mutaallimah  30 Avgust 2008, 03:55:46

XLIV
Hikoyat


Bir uquvsiz bog'bon bor edi. U bog'bonlik san'atidan bexabar edi. U na daraxtga payvand qilib, undan huzur-halovat beruvchi meva olishni, na daraxtlarni parvarish qilib o'stirishni va na o'z vaqtida guli hosilga kira oladigan don sepishni bilardi. Bog' aro xas-xashak terish bilan xursand edi. Aslida uni bog'bon emas, xashakchi deyish kerak edi. U shu tarzda zahmat chekib, o'z umrini o'tkazar edi. Yaqin o'rtoqlari unga bu xil samarasiz ishni tashlab, o'zingni foydali ish bilan ovut, degan tarzda pand-nasihatlar qilar, u esa bularga sira quloq solmas edi. Johil bog'bon bu mashaqqatli ish bilan shug'ullanishni tark etmadi. Kunlardan bir kun u jo'yaklar oralab tok kesib yurganida, uni ilon chaqib o'ldirdi.

Qayd etilgan