Buxoro namozgohi. Buxoro namozgohi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Shaharning janubiy chekkasida , qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi o’rnida barpo etilgan. (1119) Masjid pishiq g’ishdan oddiy qilib qurilgan. Atrofi baland devor bilan o’ralgan. XVI asrdagi ta’mir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan.Tarhi to’g’ri to’rtburchak bo’lib, 3 asosiy xonadan iborat.O’rtadagi murabba tarhli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan.Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalon-yo’lakdan kirilgan. Peshtoqqa Qur’ondan ko’chirilgan oyatlar bitilgan.
Buxoro namozgohi me’morligida mehrob va uning atrofiga ishlangan koshinkori bezaklar alohida ajralib turadi. Unda Buxoro me’morligi va bezak san’atining an’analari o’z ifodasini topgan.