Buxoroyi Sharif obidalari: tarixi, fotosuratlar bilan  ( 21126 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Robiya  03 Sentyabr 2008, 15:47:09

Assalomu alaykum!
 Ushbu mavzuda shahrimizdagi obidalar tarixi, qurilishi haqida berib boriladi, rasmlari bilan birga.

Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 16:09:27

                                               Buxoro namozgohi.

   Buxoro namozgohi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Shaharning janubiy chekkasida , qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi o’rnida barpo etilgan. (1119) Masjid pishiq g’ishdan oddiy qilib qurilgan. Atrofi baland devor bilan o’ralgan. XVI asrdagi ta’mir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan.Tarhi to’g’ri to’rtburchak bo’lib, 3 asosiy xonadan iborat.O’rtadagi murabba tarhli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan.Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalon-yo’lakdan kirilgan. Peshtoqqa Qur’ondan ko’chirilgan oyatlar bitilgan.
Buxoro namozgohi me’morligida  mehrob va uning atrofiga ishlangan koshinkori bezaklar alohida ajralib turadi. Unda Buxoro me’morligi va bezak san’atining an’analari o’z ifodasini topgan.



Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 16:15:33

Abdulazizxon madrasasi (Buxoro, 1652)-Buxoro xoni Abdulazizxon II qurdirgan. Me’mori Mimxoqon ibn Xo’ja Muhammadamin. Madrasa tuzilishi oddiy. To’rtburchak hovlining har tarafida peshtoqli ayvon bor. Ayniqsa, tashqi peshtoq sirkor parchin bilan qoplangan. Ichki gumbazlar bezagiga ganch muqannas,  islimiy naqshlar va zarhal bezaklar qo’llanilgan.


Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 16:28:42

                                                 Ismoil Somoniy maqbarasi

      Maqbara IX-X asrlarga oid. Bu yerga dafn qilingan Ismoil Somoniy Buxoroda Somoniylar davlatiga asos solgan yirik siyosiy arbob hisoblanadi. U 848 yil Buxoro shahrida tug'ilgan. 874 yilda Buxoro hokimiga noib, 888 yildan esa butun Movarounnahrga hokim bo'lgan. Ismoil Somoniy markaziy hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib borib, turli yerlardan ulamolar, adiblar, usta va hunarmandlarni Buxoroga to'plagan. Madaniyat rivojiga katta hissa qo'shgan. Bag'dod xalifalaridan ibrat olib, o'ziga ulkan maqbara qurdirgan.



Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 16:31:10

                                    Chor Bakr me'moriy majmuasi

      XVI- XX asrlar. Nufuzli Xojagon urug'ining boshlig'i Xoja Ismoil tomonidan Buxoroning tashqarisidagi Sumitxon qishlog'ida "Chor Bakr " (to'rt Bakr) nomi bilan mashhur bo'lgan qabristonga asos solindi. Unda asosan (Imom Bakri Sa'd, Imom Bakri Tarxon, Imom Bakri Homid va Imom Bakri Ishoq) oilaviy qabrlarning ihotalari va ularning ortida dafn etilganlarning sag'analari mavjud. 1560-1563 yillari umumiy uyg'unlikdagi uchta imoratdan iborat majmua qurilgan. Xonaqoh va masjidning old tomonlari deyarli bir xil peshtoqlar bilan ajralib turadi. Lekin ularning rejasi va hajmdor qurilishi bir-biridan farq qiladi.



Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 16:45:19

Masjidi kalon (Buxoro, 15-16-asrlar)-eski masjid qoldiqlari o’rnida qurilgan. Masjid to’g’ri to’rtburchak tarhli. Hovlining to’rt tomoni ravoqli galereya, 288 gumbazli, g’ishtin ustunlarga tayangan. Masjidning yeti ustuni bor. G’arbiy devoridagi naqshinkor mehrobda usta Boyazid Puroniy nomi saqlangan.




Qayd etilgan


Robiya  03 Sentyabr 2008, 16:48:04

Minorai kalon. Arslonxon minorasi (Buxoro, 1127)-poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Asosining diametri 9 m, balandligi-50,0 m, kursisimon qirrador, tanasi silindrsimon. Minoraning ichida 104 pilpoya aylanma zinasi, mezanasida 16 ta darchasi bor. Masjidi Kalon tomidan minoraga o’tadigan ko’prikcha bo’lgan.




Qayd etilgan


Robiya  06 Sentyabr 2008, 16:24:17

Devonbegi madrasasi, Nodir devonbegi madrasasi (Buxoro, 1622-23)-Buxoro hukmdori Imomqulixonning vaziri Nodir devonbegi tashabbusi bilan bunyod etilgan.madrasa dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan.


Qayd etilgan


Robiya  24 May 2010, 16:49:22

 :as:






Bahovuddin Naqshband...

Qayd etilgan


Robiya  24 May 2010, 16:52:18




Qayd etilgan