Muallif Mavzu: Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 196454 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Aqrab

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 24
  • -oldi: 23
  • Xabarlar: 18
  • Jins: Erkak
Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub
« : 09 Sentyabr 2008, 09:15:55 »
Abu Homid G’azzoliy

MUKOSHAFAT-UL QULUB
 
Miraziz A’zam tarjimasi

«Adolat» nashriyoti
Toshkent
2002


MUNDARIJA

G’azzoliy

BIRINCHI QISM
Allohdan qo‘rqish
Sabr. Xastalik
Nafs tarbiyasi
G’aflat
Allohni unutmoq
Tavba
Sevgi-muhabbat
Ishq
Allohga itoat, Allohga va uning Rasuliga sevgi
Iblis
Omonat
Namozni tavozu va xushu bilan ado etish
Yaxshilikka undash — yomonlikdan qaytarish
Shaytonning dushmanligi
Omonat — tavba
Marhamat
Namozda xushu
G’iybat — gap-so‘z — ig‘vo
Zakot
Zino
Silai rahim (yaqinlararo mehr-oqibat), ota-ona huquqi
Onaga va otaga yaxshilik
Zakot va xasislik
Hoyu-havas yoki orzu-havaslarning bitmas-tuganmasligi
Haromdan qochish
O’limni xotirlash
Tavakkul-rizq
Dunyo hayoti
Qanoatning fazilati
Allohdan boshqasiga do‘st bo‘lish va mahshar
Oxir zamon yoxud insonlarning qabrdan turishi
Jonzotlararo hukm
Mol-mulkning bevafoligi
Amallar, tarozi, azob
Allohga itoatning fazilati
Shukr
Kibr-havoning yomonligi
Tafakkur (fikrlash)

IKKINCHI QISM
Qilmishiga yarasha
Qabr va qabrdagi savol-javoblar
Ilmal-yaqin, aynal-yaqin
Allohni zikr etishning fazilati
Namozning fazilatlari
Namoz o‘qimaganning jazosi
Jahannam va jahannam azobi
Gunohdan qo‘rqishning fazilati
Tavbaning fazilati
Zulmning yomonligi
Yetimga zulm o‘tkazishdan saqlanish
Kibrning yomonligi
Tavozu (kamtarlik, odob) va qanoatning fazilati
Dunyoga mag‘rur bo‘lmoq
Dunyoning yomonligi va undan tiyilish
Sadaqaning fazilati
Musulmon birodarning ehtiyojini qondirmoq
Tahoratning fazilati
Namozning fazilati
Qiyomatning qurqinchilari
Jahannam - tarozi
Kibr-havo
Yetimga yaxshilik qilish va zulmdan tiyilish
Harom yeyish
Foiz
Bandalik haqqi (burchi)
Havoyi nafsga berilishning yomonligi va nafsning orzularidan voz kechish
Jannat va jannat ahlining darajalari
Sabr — rizo - qanoat
Tavakkulning fazilati
Masjid va jome’larning fazilati
Karomat ahlining fazilatlari va riyozat
Iymon-nifoq
G’iybat - chaqimchilik (gap tashish)
Shaytonning dushmanligi
Muhabbat bilan nafsning hisob-kitobi
Haq bilan botilni aralashtirmoq
Jamoat bilan birga namoz o‘qishning fazilati
Tungi namozning fazilati
Yomon olimlarning jazosi
Go‘zal axloq
Kulmoq, yig‘lamoq, libos
Qur’onning, ilmning va olimlarning fazilati
Namoz va zakotning fazilati
Ota-onaga yaxshilik va farzandlik burchi
Qo‘shnichilik haqqi va yo‘qsullarga yordam
Mayxo‘rlikning kasofati
Payg‘ambarimizning me’roji
Jumaning fazilatlari
Xotinning eridagi haqqi
Erning xotinidagi haqqi
Jihodning fazilati
Shaytonning hiylasi
Cholg‘u tinglamoq
Bid’at va havoyi nafsga berilish
O'yin - ermak qurollari
Rajab oyining fazilatlari
Muborak sha’bonning fazilati
Ramazonning fazilati
Qadr kechasi
Bayramning fazilati
Zulhijjaning fazilati
Ashuro ko‘nining fazilati
Faqirlarga izzat-ikrom
Tobut - qabr
Jahannam azobi
Tarozi va Sirot ko‘prigi
Payg‘ambarimizning vafoti

Islom Sharqining buyuk olimi Abu Homid G’azzoliy (1058-1111)ning «Mukoshafat-ul-qulub» asari mana necha asrlardan buyon insoniyat uchun ziyo manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda, iztirob va huzursizliklar ichida qiynalib yashayotgan shaxslarga, jamiyatlarga va xalqlarga xotirjamlik xamda saodat yo‘llarini ko‘rsatmoqda.

Jamiyat tanazzuliga sabab bo‘ladigan qusurlar, kibru havo, riyo, shuhratparastlik, hasad, zolimlik, adolatsizlik kabi g‘ayriinsoniy fe’l va tuyg‘ulardir. Qaysi bir jamiyatda shunday yomon fe’lli odamlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha jamiyat inqirozga yuz tutadi. Xo‘sh, odamlar tabiatidagi bunday qusurlarni tuzatish mumkinmi? Ana shunday dardlarni davolash yo‘llarini ko‘rsatib bergan buyuk olim G’azzoliy bu xastaliklarning tashxisini qo‘ygan. Bu illatlar uya quradigan joy «inson ruhi», «inson qalbi» bo‘lgani uchun asarni «Mukoshafat-ul qulub» deb nomlagan. «Mukoshafa» degan arabcha so‘z bizda «ko‘rinmaydigan narsalarni ochish», «kashf etish» ma’nosini bildiradi, ya’ni insonning o‘zi uchun tushunarsiz bo‘lgan hodisani inkishof yo‘li bilan bilib olishi deganidir. Allohning zot va sifatlarini, boshqa ilohiy sirlarni anglab yetish degan ma’nosi ham bor bu so‘zning. Kitobning nomini keng ma’noda «qalblarni bosib yotgan g‘ayriinsoniy fe’l va tuyg‘ularning kashfi» desa ham bo‘ladi.

Agar jamiyatda shafqatsizlik o‘rnini marhamat, kibru havo o‘rnini odob-tavoze, riyo o‘rnini ixlos, haqsizlik o‘rnini adolat egallasa, bunday jamiyatda baxt-saodat qaror topadi.
« So'nggi tahrir: 19 Yanvar 2012, 14:24:28 muallifi AbdulAziz »

Aqrab

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 24
  • -oldi: 23
  • Xabarlar: 18
  • Jins: Erkak
Re: MUKOShAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #1 : 09 Sentyabr 2008, 09:21:34 »
G’AZZOLIY

Islom olamining buyuk mutafakkirlaridan biri, Sharqda «Hujjat ul-Islom» rutbasi bilan mashhur bo‘lgan Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azzoliy hijriy 450 (milodii 1058) yili Tus shahrida tug‘ilgan. Otasi g‘azzol, ya’ni ishchi edi. G’azzoliy taxallusi shundan kelib chiqqan. Ba’zi bir olimlar u G’azolada tug‘ilgan, taxallusi shunga oid deb, nisbasini tashdidsiz, ya’ni G’azoliy deb yozadilar, lekin bu ko‘pchilik olimlarning fikricha to‘g‘ri emas.

Otasi Muhammad g‘azzol tirikchilik taqozosi bilan ma’lumot ololmagan edi, ammo o‘g‘illari Muhammad va Ahmadning ma’lumotli bo‘lishlarini qattiq istagan edi, shuning uchun olamdan ko‘z yumayotib, o‘g‘illarini bir do‘stiga omonat qoldirdi va ularga tahsil berishni o‘tinib, iltimos qiladi. Do‘sti bu vasiyatni sharaf bilan ado etdi va ikkala o‘g‘ilga ham yaxshigina tahsil bergach, madrasaga joyladi. Shunday qilib, aka-uka Tusda Ahmad ibn Muhammad ar-Rozakoniydan fiqh ilmini o‘rganishdi. Keyin Muhammad G’azzoliy Jurjonga kelib, Imom Abu Naor Ismoiliydan, Nishopurga borib Imom al-Horomayndan saboqlar oldi. 20 yoshida, ya’ni 1078 yilda domlasi al-Horomayn vafot etgach, Bag‘dodga ketdi. Bu paytda u vafot etgan mashhur olimning eng sevimli va zukko shogirdi sifatida el og‘ziga tushib ulgurgan edi. Shuning uchun ham u Bag‘dodga borganda ulug‘ vazir Nizomulmulkning qabuliga kira oldi. Nizomulmulk uni olimlar davrasida sinovdan o‘tkazdi va hamma saroy olimlarini yengib chiqqan yosh Muhammad G’azzoliyni Bag‘doddagi "Nizomiya" madrasasiga, Abu Ishoq ash-Sheroziyning o‘rniga bosh mudarris qilib tayinladi». G’azzoliy teran bilimlari, metin irodasi va qattiq ta’sir kuchiga ega bo‘lgan xitoboti bilan katta shuhrat qozondi, e’tibor, mehr ko‘rdi. Lekin 1096  yilda ko‘nglida bir ishtiboh uyg‘ondi, o‘z-o‘zidan norozi bo‘lib, mutasavvif bo‘lishga ahd qildi. Moli, egallab turgan amali, do‘stlarini tark etib, sayohatga chiqdi. U goh u yer, goh bu yerda ko‘rinib qolar, goh bedarak yo‘qolib ketardi. G’azzoliy jamoatdan, olam tashvishlaridan uzilgan bir holda faqat ilm bilan shug‘ullanib, umrining 10 yilini o‘tkazdi. Nizomulmulkning qattiq talabi bilan 1105 yilda Nishopurga kelib, yana madrasada mudarrislik qildi, ammo bu hol uzoq cho‘zilmadi. Tusga ko‘chib ketdi. Atrofiga 300 ga yaqin talaba to‘plab, xususiy darslar berdi. G’azzoliy 1111 yilda vafot etgan.
« So'nggi tahrir: 29 Sentyabr 2008, 00:52:19 muallifi AbdulAziz »

Aqrab

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 24
  • -oldi: 23
  • Xabarlar: 18
  • Jins: Erkak
Re: MUKOShAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #2 : 09 Sentyabr 2008, 09:38:37 »
G’azzoliy 53 yillik qisqa umri davomida 100ga yaqin asar yozib qoldirdi. Ular Islom dinining turli tarmoqlariga taalluqli bo‘lib, dalillar qamrovi jihatidan juda katta miqyosga ega. Mazkur asarlar tafsir, hadis, tarix, falsafa, fiqh, tasavvuf olimlari uchungina emas, oddiy insonlar uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Chunonchi, faqihlar (yuristlar) G’azzoliyning "Bosit", "Vojiz", "Vosit" kabi asarlaridan, mufassirlar, kalom ilmining olimlari "Qavoid al-Aqoid", "Ar-Risolat al-Qudsiya", "Al-Iqtisod fil-E’tiqod" singari kitoblaridan, mutasavviflar va umuman barcha-haqiqat oshiqlari "Ihyo ulum ad-Din" nomli buyuk asaridan bahramand bo‘lsalar, katta ruhiy quvonchni boshdan  kechiradilar. Islom raqiblari bilan kurashda uning "Hujjat al-haq", "Mufassil al-Xilof", "Qavosim al-Botiniya" kabi asarlari asqotishi shak-shubhasizdir.

Shuni ham qayd etish lozimki, bu foniy dunyodagi barcha ojiz bandalar kabi G’azzoliy hayotida ham xatolar va ziddiyatlar bo‘lgan. Uning hayotida ikki marta shubha inqirozi yuz bergan. Birinchisi: navqiron yigitlik paytida har narsadan shubha qilgan va o‘rgangan ilmlarining hammasida kamchiliklar ko‘p deb o‘ylagan, egallagan fanlaridan hech qanoatlanmay, o‘zicha haqiqat izlay boshlagan. Haqiqat yo tuyg‘ularda, yo aniq bilimlarda bo‘lishi mumkin, ba’zan ikkovida ham bo‘lishi mumkin emasday ko‘ringan unga. Dastlab u haqiqat tuyg‘ularda deb bilgan, ammo tez orada tuyg‘ular aldashi mumkinligini ko‘rgan va aniq bilimlar haq degan xulosaga kelgan, ammo so‘ng "balki aql ham aldar" deya ishtibohga tushgan. Oxir-oqibatda Allohning hidoyati qalbiga yorug‘lik berishi bilan ma’naviy ilmlar kabi aniq ilmlar ham haqiqat ekanligiga ishonch hosil qilgan.
« So'nggi tahrir: 29 Sentyabr 2008, 00:52:43 muallifi AbdulAziz »

Aqrab

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 24
  • -oldi: 23
  • Xabarlar: 18
  • Jins: Erkak
Re: MUKOShAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #3 : 11 Sentyabr 2008, 07:40:49 »
G’azzoliyning ikkinchi ruhiy inqirozi 38 yoshida yuz beradi. Kunlardan bir kun u: butun kilayotgan ishlarim shon-shuhrat, amal-mansab, nufuz mol-dunyo uchun emasmikin?" - degan shubhaga tushadi. "Haqiqat faqat mutasavviflarning yashash tarzida bo‘lishi mumkin", degan xulosa uning tinchini buzadi. Shuning uchun u Bag‘doddagi madrasani tark etib, faqirona hayot kechirishga o‘tadi. Shu asnoda u yeyish-ichishni ham keskin kamaytiradi, okibatda jismonan zaiflashib ketadi. G’azzoliyning shaxsiy tabiblari nima qilishni bilmas edilar. Shu ahvolda u 10 yil elma-el darbadar kezdi. Bir daf’a vazirning so‘ziga kirib, Nishopurda ishlagan bo‘lsa ham, baribir ishiga qattiq botlanmadi, tuzukkina mutasavvifga aylandi, to o‘lguncha ko‘zga tashlanmay yashadi.

G’azzoliyning falsafiy ishlari ham talaygina. Ularning ichida "Tahofut al-Falosifa" hamda "Maqosil al-Falosifa" asarlari olim ijodida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallaydi. Bularda Forobiy, Ibn Sino, Abu Hayyon at-Tavhidiy risolalarining ta’sirini ko‘rish mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, «Mukoshafat-ul Qulub» G’azzoliyning necha asrlar ilgari yoqqan yuzlab mash’alalaridan bir donasidir. Bu mash’ala sochgan mangu so‘nmas ziyo dastalari zamonlar osha so‘ngsizlik sari oqib borgusidir. Inson nasli to qiyomatgacha mavjud bo‘larkan, bu asar ham insoniyat uchun mangu ziyo manbai bo‘lib, azob-uqubatlar, g‘am-tashvishlar va behuzurliklar ichida iztirob chekayotgan shaxslar, siymolar va millatlarga huzur-halovat va baxt-saodat yo‘llarini ko‘rsatajak.

Tarjimon
« So'nggi tahrir: 29 Sentyabr 2008, 00:53:38 muallifi AbdulAziz »

Aqrab

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 24
  • -oldi: 23
  • Xabarlar: 18
  • Jins: Erkak
Re: MUKOShAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #4 : 13 Sentyabr 2008, 09:33:44 »
BIRINCHI QISM

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

ALLOHDAN QO’RQISH

Ba’zi hikmat ahllari deydiki:
- Vujudning sog‘ligi va omonligi oz yeyishda, ruhning sog‘ligi va omonligi gunohsiz bo‘lishda. Dinning omonligi esa, Alloh yaratgan zotlarning eng ziyolisi Hazrat Muhammad sallallohu alayhi va sallamning go‘zal ahloqiga ega bo‘lishdadir.

Alloh jalla jalalahu buyuradi: «Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar! Har kim ertasi uchun oldindan nima hozirlab qo‘yganiga qarasin! Allohdan qo‘rqinglar, chunki Alloh chindan ham qilayotgan amallaringizdan xabardordir» («Hashr» surasi, 18-oyat).

Oyatning mazmuni mana bunday:
- Allohdan qo‘rqing, unga itoat eting. Moddiy va ma’naviy azob chekayotganlarga yordam bering. Doimo Alloh yo‘lida bo‘ling, qiyomat kuni buning mukofotini olasiz. Chunki Alloh savob ishingizni ham, gunoh ishingizni ham - nima qilgan bo‘lsangiz hammasini biladi. Farishtalar, osmon, yer, kecha, kunduz... hamma-hammasi, inson nima qilgan bo‘lsa shu haqda qiyomat kuni guvohlik beradi. Hatto insonning o‘z a’zolari o‘zi to‘g‘risida guvohlik qiladi. Yer iymonli va ixlosli kishilarga guvoh bo‘ladi va:

- Mening ustimda namoz o‘kidi, ro‘za tutdi, hajga bordi, - deydi. Rahmlilar ichida eng rahmli bo‘lgan Alloh qiyomat kuni iymonsizlar bilan osiylarni ipidan ignasigacha sinchiklab so‘roq qilganda ularning holiga voy bo‘ladi!
« So'nggi tahrir: 29 Sentyabr 2008, 00:55:04 muallifi AbdulAziz »

Aqrab

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 24
  • -oldi: 23
  • Xabarlar: 18
  • Jins: Erkak
Re: MUKOShAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #5 : 14 Sentyabr 2008, 08:14:58 »
Butun vujudi, barcha a’zolari bilan Allohdan qo‘rqqan kishilar mo‘minlardir. Bu borada Imom Abul-Lays shunday deydi:- Allohdan qo‘rqishning alomati yetti narsada namoyon bo‘ladi:

1. Tilda: Allohdan qo‘rqqan odam tilini yolg‘ondan, g‘iybatdan, boshqalarga bo‘hton qilishdan va bekorchi so‘zlar aytishdan tiyadi. Uni Allohni zikr etuvchi, Qur’on o‘quvchi va ilmiy muzokaralar bilan mashg‘ul a’zo holida shay tutadi.

2. Qalbda: Allohdan qo‘rqqan odam qalbida musulmon qardoshlariga dushmanlik xis qilmaydi. Yolg‘on, bo‘hton va hasad qilish kabi g‘ayriinsoniy tuyg‘ularni qalbidan yo‘q qiladi. Chunki hasad kishining go‘zal amallarini mahv etadi. Shunga ko‘ra, Allohning Rasuli s.a.v. buyuradi: «Olov o‘tinini yeb bitirgani kabi, hasad ham insonning go‘zal amallarini yeb bitiradi». Ey o‘quvchi, bilki hasad qalblarga joylashgan va jamiyat hayotida katta zararlarga yo‘l ochuvchi yomon bir kasallikdir. Qalblardagi xastaliklar, ya’ni yomon tuyg‘ular, yomon fe’llar faqat ilm va amal bilan davolanishi mumkin.

3. Ko‘zda: Allohdan qo‘rqqan odam yeyishda ham, ichishda ham, kiyishda ham va boshqa xususlarda hamko‘zini haromdan ehtiyot qiladi. Dunyoga hirs bilan va har narsani ko‘lga
kiritish ishtiyoqi bilan emas, ibrat nazari bilan qaraydi. Halol bo‘lmagan narsalarga qarashdan tiyiladi. Shuning uchun ham Allohning Rasuli (s.a.v.) buyuradi: «Kim ko‘zini harom narsalar bilan to‘ldirsa, Alloh ham qiyomat kuni uning ko‘zini olov bilan to‘ldiradi.»
« So'nggi tahrir: 29 Sentyabr 2008, 00:55:54 muallifi AbdulAziz »

Aqrab

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 24
  • -oldi: 23
  • Xabarlar: 18
  • Jins: Erkak
Re: MUKOShAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #6 : 14 Sentyabr 2008, 08:24:20 »
4. Me’dada: Allohdan qo‘rqqan odam me’dasiga harom luqma bermaydi. Chunki harom luqma yeyish eng katta gunohlardan biridir. Shu bois Allohning Rasuli (s.a.v.) buyuradi:
 «Inson zotining me’dasiga bir luqma harom tushganda bu luqma me’dasida qancha vaqt tursa, yeru ko‘qdagi farishtalar ham shuncha vaqt unga la’nat o‘qiydilar.»

5. Qo‘lda: Allohdan qo‘rqqan odam qo‘lini haromga uzatmaydi, aksincha Allohning rizosiga uyg‘un narsalarga uzatadi. Ka’bdan shunday bir rivoyat qolgan. Alloh yashil zumraddan bir bino yaratgan. Bu binoda yetmish ming doira va har doirada ming xona bor. Bu yerga faqatgina o‘ziga harom narsa in’om etilganda yolg‘iz Allohdan qo‘rqqani uchun uni rad etgan kishilar kiradi.

6. Oyoqda: Allohdan qo‘rqqan odam isyon yo‘lida emas, Allohga itoat yo‘lida odimlaydi. Ilm-ma’rifat va yaxshi axloq o‘rganish maqsadida olimlar va solih kishilar majlisiga boradi.

7. Itoatda: Allohdan qo‘rqqan odam yolg‘iz Alloh rizosi uchun unga itoat etadi. Riyodan, insonlarga o‘zini va yo ishlarini ko‘z-ko‘z qilishdan va ikkiyuzlamachilikdan saqlanadi.
« So'nggi tahrir: 29 Sentyabr 2008, 00:56:56 muallifi AbdulAziz »

Aqrab

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 24
  • -oldi: 23
  • Xabarlar: 18
  • Jins: Erkak
Re: MUKOShAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #7 : 22 Sentyabr 2008, 09:45:59 »
Shunday qilib, bir kimsaning olti a’zosida va yettinchi o‘laroq ibodatida shu hollar bor bo‘lsa, demak u Allohning: « Oxirat esa Rabbingiz nazdida taqvodorlar uchundir.»  (Zuxruf surasi, 35-oyat.), deb marhamat qilgan kishilaridan biri bo‘ladi. Yana taqvodorlar haqida Alloh bildiradi: «Shubhasizki, taqvodorlar, ya’ni Allohdan qo‘rqqani uchun o‘zini yomonliklardan tiyganlar, Rabblari ato etgan savoblarni olgan holda jannatlarda va buloq bo‘ylarida bo‘lurlar. Chunki ular ilgari chiroyli amallar qilgandilar.   Taqvodorlar jannatlarda va ne’matlar ichida bo‘ladilar». (Va-z-Zoriyot surasi, 15-16-oyatlar) «Taqvodorlar amin bir maqomdadirlar, ya’ni Allohga qarshi bo‘lishdan qo‘rquvchilar qiyomat kuni osoyishta, ishonchli joyda bo‘ladilar» (Duxon surasi, 51-oyat.)

Bu oyatlarning barchasida Alloh bamisoli shunday deganday ko‘rinadi: Ular qiyomat kuni azobdan ozod bo‘ladilar. Yana mo‘min bo‘lgan odam qo‘rquv bilan umid orasida turmog‘i, Allohning rahmatiga suyanmog‘i, undan aslo umid uzmasligi kerak. Alloh buyuradi: Ayting: «Ey, nafsiga zulm qilayotganlar! Allohning rahmatidan noumid bo‘lmangiz! Chunki Alloh barcha gunohlarni avf etish qudratiga egadir. Shubhasizki, U ko‘p afv etuvchi, ko‘p mehribondir» (Zumar surasi, 53-oyat.)
« So'nggi tahrir: 29 Sentyabr 2008, 00:58:13 muallifi AbdulAziz »

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MUKOShAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #8 : 29 Sentyabr 2008, 01:00:07 »
Yana hikoya qilishlaricha, bir odam bor edi, Alloh yo‘lida edi. Bir kuni boshiga qiyinchilik tushdi, bolalari och qoldi. U: «Bor, yegulik ul-bul topib kel», deb xotinini yo‘lga chiqardi. Xotin, bir boyning eshigini taqillatib, bolalari ochligini aytdi va sadaqa so‘radi. Lekin boy berajak yordami evaziga yomon istaklar bildirdi. Xotin buni rad etdi va hech nima olmay, uyiga qaytdi. Lekin bolalari ochlik azobiga chiday olmay faryod ko‘tara boshlagach, xotin yana o‘sha boy huzuriga bordi va uning shartini qabul qilganini aytdi. Boy xotinga yaqinlashayotganda bechoraning vujudida mudhish bir titroq turdi. Har bir a’zosi qaltiray boshlaydi.
— Muncha qaltiramasang... — dedi boy.
- Allohdan qo‘rqyapman, dedi xotin.
Shunda boy:
- Senki, majbur bo‘lganing holda Allohdan shunchalik qo‘rqayotgan bo‘lsang, men qandoq odam bo‘ldim endi? Aslida mening holim ko‘proq qo‘rqquvlik-ku! - dedi va xotinning ehtiyojini ta’minlab, uyiga jo‘natdi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan rivoyat qilingan bir hadis shu mazmundadir:
- Alloh buyuradiki: «Men ikki QO’RQUVni va ikki QO’RQUVSIZLIKni bandamning boshida to‘plab-yig‘ib o‘tirmayman. Kim dunyoda qo‘rqqan bo‘lsa, oxiratda mendan
qo‘rqmagay. Kim dunyoda qo‘rqmay yurgan bo‘lsa, oxiratda albatta qo‘rqitaman».
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MUKOSHAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #9 : 29 Sentyabr 2008, 01:00:35 »
Alloh buyuradi:
- ...insonlardan qo‘rqmang, mendan qo‘rqing (Moida surasi, 44-oyatning bir qismi)
...agar mo‘min bo‘lsangizlar, ulardan emas, mendan qo‘rqingizlar (Ol-i Imron surasi, 175-oyatning bir qismi.)

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan keyingi ikkinchi xalifa Hz.Umar (qaerda «Hazrat» so‘zi kelsa «Hz.» holida ishlatamiz) — Alloh undan rozi bo‘lsin - Qur’ondan oyatlarni tinglaganda o‘zini yo‘qotar va hushidan ketar edi. Bir kuni qo‘liga somon cho‘pini olib, shunday dedi:
— Koshki somon Cho‘pi yo eslanmaydigan bir narsa bo‘lsaydim. Koshki onam meni tug‘magan bo‘lsaydi.
Yana Xz.Umar - Alloh undan rozi bo‘lgay— shunchalik ko‘p yig‘lardiki, ikki ko‘zidan oqqan yosh yonoqlarida ikki qora chiziq qoldirardi.
Allohning Rasuli (s.a.v.) buyuradi:
- Kimki Allohdan qo‘rqib yig‘lasa, ko‘kraqdan chiqqan sut ko‘krakka kirmaguncha, u ham jahannamga kirmaydi (ya’ni ko‘krakdan chiqqan sut ko‘krakka qaytib kirmaganidek, taqvodorlar ham jahannamga kirmaydi)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MUKOSHAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #10 : 29 Sentyabr 2008, 01:00:54 »
«RAQOIQ UL-AXBOR» («Raqoiqul-Axbor» - «Nozik xabarlar» ma’nosini bildiruvchi bu kitobning muallifini aniqlashga muvaffaq bo‘lmalik.) degan kitobda shunday bir xabar bor:
—   Qiyomat kuni bir kishini olib kelishadi. Savoblari bilan gunohlari qiyoslanadi, lekin gunohlari og‘irroq chiqadi. Va shunga yarasha jazo tortish amri berilganda, kipriklaridan bir tolasi tilga kirib deydiki:
—   Ey Rabbim, sening Rasuling Hz.Muhammad,— unga saloming yog‘ilsin — «Kim Alloh qo‘rquvidan yig‘lasa, Alloh u ko‘zni jahannam otashiga harom qiladi» deb buyurgan edi. Men dunyodaligimda sendan qo‘rqib yig‘lagan edim-ku?!
Shunda Alloh o‘sha kishini afv etadi, dunyoda Rabbidan qo‘rqib yig‘lagan bir kiprik tolasidagi nam tufayli uni azobdan qutqaradi. Jabroil esa:
— Falon kishi Allohdan qo‘rqib yig‘lagan bir kiprik tolasi hurmati jazodan ozod qilindi — deb e’lon qiladi.
«BIDOYaT UL-HIDOYa»da («Bidoyatul-Hidoya» («To‘g‘ri yo‘lning boshlanishi») G’azzoliyning o‘z asarlari bo‘lib, o‘quvchi diqqatini unga qaratmoqchi bo‘lganlar) esa mana bunday xabar bor:
 — Qiyomat boshlanganda jahannam shunday bir o‘kiradiki, butun insonlar dahshatga tushib tiz cho‘kadilar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MUKOSHAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #11 : 29 Sentyabr 2008, 01:02:06 »
Shuning uchun ham Alloh buyuradi:
Va sen hamma ummatnitiz cho‘kkan holda ko‘rursan. Har bir ummat o‘z kitobi tepasiga chaqirilur, so‘ng ularga deyilur: «Bugun qilgan amallaringizning evazini olursizlar» ( Josiya surasi, 28-oyat.),
Insonlar jahannamga yaqinlashgan vaqtlarida jahannam g‘azabdan o‘kirayotgan bo‘ladi. Holbuki, bu o‘kirish, bu jazava besh yuz yillik uzoq masofaday eshitilayotgan bo‘ladi. Shu payt barcha insonlar, hatto payg‘ambarlar ham «VOY JONIM, VOY JONIM» deb o‘z dardlariga qovriladilar. Faqat payg‘ambarlarning eng sarasi Hz.Muhammad — unga Alloh ning salomi bo‘lsin - o‘z jonini unutadi. «VOY UMMATIM, VOY UMMATIM» deya nola qiladi. Shunda jahannamdan tog‘day mahobatli olov parchasi chiqadi, Hz.Muhammadning ummati bu olov parchasini daf qilmoqchi va o‘zlaridan yiroqlashtirmoqchi bo‘lib:
— Namoz o‘qiganlar, ro‘za tutganlar, haqiqatdan yuz o‘girmaganlar va ixlosli kishilar haqqi, qayt orqaga, ket!-deydilar. Lekin u ketmaydi. Shu payt Jabroilning ovozi
g‘ulduraydi:
— Olov parchasiga Muhammadning ummati qasd qilayotir!
So‘ngra Jabroil bir bordoq suv keltirib Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga uzatadi.
— Ey Allohning Rasuli, ol buni, olovning ustiga sep! –deydi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) suvni oladi va olovga sepadi. Odamlar olov darhol so‘nganini ko‘radilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Jabroildan so‘raydi:
— EY Jabroil, bu suv nima edi?   
Jabroil javob beradi:
- Ey Allohning Rasuli, bu ummating orasidagi osiylarning yolg‘iz Allohdan qo‘rqib oqizgan ko‘z yoshlari. Hozirgina menga olovga sochib o‘chirishing uchun, uni senga berimni amr etildi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday duo qilardi:
- Allohim, menga o‘lmasimdan oldin, sendan qo‘rqib yig‘laydigan ikki ko‘z ber!
Umr o‘tdi, kechirgaysan, Ilohim! Ko‘zim yoshli: axir, ko‘p-ku gunohim...
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MUKOSHAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #12 : 29 Sentyabr 2008, 01:03:22 »
«ZAHAR UR-RIYOZ»da («Zaxarur-Riez» - «Bog‘lardagi zaxiralar» ma’nosini bildiruvchi bu kitobning muallifini, bizda manba yo‘qligi tufayli, aniqlay olmadik.) bir xabar bor, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan naql etiladi:
- Jannati kishilar jannatga kirgan vaqtlarida farishtalar ularni turli-tuman taomlar, rango-rang mevalar, go‘zal mehmonxonalar va yotoqlar, xullas, aqlga kelishi mumkin bo‘lmagan har turli ne’matlar bilan kutib oladilar. Shuning bilan birga, bu jannati kishilarning holida bir xayolchanlik, yuzlarida bir hayronlik alomatlari
seziladi. Alloh so‘raydi:
- Ey bandalarim, bu xayolchanlik va hayronlik nechun? Bu so‘ralgunday joymidiki?
Jannati bandalar:
- Bizga bir va’da bor edi. Uning vaqti kelmadimi? - deydilar.
Alloh farishtalarga amr beradi:
- Yuzlaridan pardalarni ko‘taring!
Lekin farishtalar deydilarki:
-   Ey Rabbimiz, ular sening jamolingga qanday qaraydilar?! Ular dunyoda sendan norozi bo‘lishgandi.
-   Ko‘taring pardalarni! Ular dunyoda men ko‘rsatgan axloq asoslariga rioya qildilar, sajdaga bosh qo‘ydilar, menga yetishish orzusi bilan ko‘z yoshlar to‘qdilar, - deb buyuradi Alloh.
Amr shunday bo‘lgach, pardalar ko‘tariladi. Jannati kishilar jamoli Ilohiyni ko‘rganda sajdaga tiz cho‘kadilar.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MUKOSHAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #13 : 29 Sentyabr 2008, 01:03:34 »
- Ey bandalarim, boshingizni sajdadan ko‘taring! - deb buyuradi Alloh. — Bu yer ibodatgoh emas, izzatu ikromxonadir:
So‘ngra ularga yuzlanib, jilva qiladi va:
-   Salom sizga, ey bandalarim! Men sizdan roziman. Siz ham mendan rozimisiz? — deb so‘raydi.
-   Ey Rabbimiz, biz Sendan nega rozi bo‘lmaylik, Sen bizga ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va hech bir kimsa xayoliga keltirmagan ne’matlarni berding! - deydilar ular ham.
Mana, Allohning ikki oyati shu haqiqatdan dalolat berada:
Ularning Rabbilari huzuridagi mukofotlari - etagida daryolar oqadigan ADN JANNATLARIdir. Ular o‘sha joyda abad-abad qoladilar. Alloh ulardan rozi. Ular ham Allohdan rozidirlar. Bu baxtiyorlik Rabbidan qo‘rqqan kishilar uchundir (Bayyina surasi, 8-oyat).
Bu esa ko‘p marhamatli Rabbilaridan bir salomdir (Yosin surasi, 58-oyat) .
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: MUKOSHAFAT-UL QULUB. Abu Homid G’azzoliy
« Javob #14 : 29 Sentyabr 2008, 01:03:55 »
SABR. XASTALIK

Kimki Allohning g‘azabiga duchor bo‘lmaslikni va rahmatiga erishib, jannatiga kirishni istasa, nafsini dunyoviy hoyu-havasdan tiysin va dunyoning qiyinchiliklariga hamda musibatlariga chidab, sabr qilsin! Bu borada Alloh buyuradi:
Alloh musibatlarga chidab sabr qilguvchilarni sevadi (Ol-i Imron surasi, 146-oyatning so‘ngi). Sabr bir qator hollarda zulumlidir.
1.  Allohga itoat qilishdagi sabr va sabot.
2   . Alloh harom qilgan narsalardan tiyilishdagi sabr va sabot.
3   . Musibatlarga va ayniqsa musibatga duchor bo‘lgan ilk onlaridagi sabr va sabot.
Kim Allohga itoat qilishda sabr va sabotli bo‘lsa, Alloh unga qiyomat kuni jannatda har biri yer bilan ko‘k orasicha keladigan uch yuz daraja beradi.
Yana, kim Alloh harom qilgan narsalardan tiyilishda sabr va sabot ko‘rsatsa, qiyomat kuni U, unga olti yuzdaraja beradi.
Kim dunyoning mashaqqat va musibatlariga chidab, Alloh o‘rtaga qo‘ygan axloq asoslariga rioya qilsa, U, jannatda unga yetti yuz daraja beradi.
-Aqlli musulmonga yarashadigan eng to‘g‘ri xarakat, bu — har ne suratda bo‘lsa ham dunyoda musibatlarga sabr qilmoq va o‘z holidan shikoyat qilmaslikdir. Chunki musibatlarning eng dahshatlisiga payg‘ambarlar va avliyolar ma’ruz qolganlar. Junayd Bag‘dodiy (Junayd Bag‘dodiy — Bag‘dodlik mashhur mutasavvif, vafoti hijriy 297, milodiy 909 yil (bundan keyin «hijriy», «milodiy» so‘zlarini tushirib qoldiramiz va 297/909 y. tarzida ishlatamiz) — unga Allohning rahmati bo‘lsin! - deydiki:
- Balo va musibat oriflar (donolar) uchun qandil, Alloh yo‘lini izlovchilar uchun omil, iymonlilar uchun bir islohchi, g‘ofillar uchun esa o‘lim xabarchisidir. Kishi musibatga duchor bo‘lganda roziligini namoyon etmaguncha va sabr qilmaguncha IYMONdan maza topmaydi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Imom G'azzoliy. Kimyoi saodat (Ruh haqiqati)

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 471
Ko'rilgan: 217903
So'nggi javob 16 Dekabr 2008, 10:04:30
muallifi AbdulAziz
Imom G'azzoliy. Qirq hadisi qudsiy

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 44
Ko'rilgan: 20759
So'nggi javob 27 Yanvar 2009, 08:51:14
muallifi AbdulAziz
Imom G'azzoliy. Ey, farzand

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 90
Ko'rilgan: 74705
So'nggi javob 09 Fevral 2009, 08:56:41
muallifi AbdulAziz
Imom G'azzoliy. Uylanish odobi

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 156
Ko'rilgan: 75818
So'nggi javob 21 Oktyabr 2009, 10:48:03
muallifi AbdulAziz
Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (1-jild)

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1274
Ko'rilgan: 560583
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 01:24:13
muallifi AbdulAziz