Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342332 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 49 B


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:05:53

Hz.Abubakr (Hz. Abu Bakr - asl ismi Abdulloh ibn Abu Qaxxofa bo‘lib, Abu Bakr Siddiq  laqabi bilan mashhurdir. «Choryorlar» deb ataluvchi dastlabki to‘rt xalifadan birinchisi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning eng yaqin sahobalari va qaynotalari. Hz. Oyshaning otalari. Milodiy 572-634 yillarda yashab, 633- 634 yillarda xalifalik qilganlar.):
- Musulmon bo‘lganimdan beri Rabbimga ibodat zavqini olish uchun to‘yguncha ovqat yemadim. Yana Rabbimga yetishish ishtiyoqida qonguncha suv ichmadim. Chunki ko‘p yegan odam
ko‘p ibodat qilolmaydi. Inson bo‘g‘ziga tiqilguncha ovqat yesa vujudi og‘irlashadi, ko‘zini uyqu bosadi! A’zolari ovora bo‘lib qoladi, ko‘p ibodat qilishni niyat qilsa ham baja-
rolmaydi, qo‘lidan keladigani faqat uyqu bo‘ladi.
MINHOJUL-OBIDINda ham shundaydir.
Lukmoni Hakim: (Luqmoni Hakim - yana Luqmon alayhissalom ham deyilgan. Qur’oni karimda oti aytib o‘tilgan buyuk zotlardan biri bo‘lib, o‘gitlari va axloqii, tibbiy nasihat so‘zlari bilan tanilgandir. Payg‘ambar Dovud alayhissalom davrida yashagani rivoyat qilinadi. Payg‘ambarmi yoki valiy ekanligi xususida ixtilof bor. Qur’oni karimning 31-surasi «Luqmon surasi» deyiladi va u Makkada nozil bo‘lgandir) 
- (O’g‘liga o‘git beradi) Ey o‘g‘lim! Ko‘p uxlama, ko‘p yema! Kim ko‘p uxlab, ko‘p yesa, qiyomat kuni so‘roqqa xunuk holatda keladi, hech bir go‘zal amali bo‘lmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:06:09

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradilar:
- To‘yguncha yeb-ichib, qalblaringizni o‘ldirmang! Qalb bir niholga o‘xshaydi. Niholga oshiqcha suv berilganda qanday sarg‘ayib so‘lsa va o‘sishdan to‘xtasa, xuddi shunday qalb
ham ortiqcha suvdan o‘ladi, bunday odamda toza fikr va insoniy fe’l-atvorlar qolmaydi.
Olimlarning ba’zilari me’dani qalbning ostida qaynayotgan va bug‘larini qalbga qarata puflayotgan bir tanjaraga (kostryulkaga) o‘xshatadilar. Bug‘ qanchalik ko‘p bo‘lsa, bosgan joyni shunchalik bezovta-behuzur qiladi va qorong‘ilashtiradi. Shuningdek, me’da ham qay darajada ko‘p, to‘latilgan bo‘lsa, shu darajada ortiq qorayadi va kuchsizlanadi. Undan tashqari, ko‘p yegan odamning akli zaif bo‘ladi, ilm o‘rgana olmaydi. Chunki, doimiy to‘qlik va mechkaylik aqlni ko‘r qiladi.
Aqli bo‘lgan odam nafsning shahvoniy havaslarini ochlik yo‘li bilan mahv etadi. Alloh o‘rtaga qo‘ygan axloq asoslarini oyoq osti qilgan nafsni faqat ochlik tarbiyalay oladi. Chunki havoyi orzular, yeb-ichishlar kishini to‘g‘ri yo‘ldan chiqarish uchun shaytonning qo‘lidagi quroldir. Shuning uchun ham Allohning Rasuli (s.a.v.) buyuradi:
- Shayton insonning qon tomirlarida aylanib yuradi. Uning yo‘lini ochlik bilan to‘sib tashlang. Qiyomat kuni Allohga insonlarning eng yaqin bo‘lgani ko‘proq och va tashna yurganlardan iborat bo‘ladi (Bu hadis shunday sharhlanadi: kaloriyasi kuchli va ko‘p ovqat yeyuvchi kimsalar tez yo‘ldan ozadilar, chunki bu holda qon serharakat bo‘ladi. Nafs shunday holga yetadiki, endi u harom-halol, mashru’-g‘ayrimashru’ demay, har narsani uraveradi. Holbuki, ehtiyoj miqdoriga rioya qilgan holda ovqatlanilsa, nafs buzilmaydi, odam yo‘ldan ozmaydi.)

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:06:19

Ba’zi ahli hikmat deydiki:
- Kimning nafsi g‘alaba qilib, bo‘yniga minib olsa, u kimsa nafsining havoyi istaklariga asir hisoblanadi. U mag‘lublar zindonida qamoqdadir. Qalbi yaxshi va foydali, ezgu amallar o‘ylab topolmaydi. Kimki vujud shudgorini nafsning hoyu-havasi bilan so‘g‘orsa, qalbiga nadomat niholini ekkan bo‘ladi.
Alloh jonlilarni uch toifada yaratgan:
1   - MALAKLAR (FARIShTALAR): Alloh malaklarga faqat aql bergan, doimo hoyu havasga amal kiladigan nafs bermagan. Demak, malaklarda gunoh qilishga moyillik yo‘q.
2   - HAYVONLAR: Alloh hayvonlarga biz tushungan ma’noda aql bermagan, faqatgina nafs bergan.
3   - INSONLAR: Alloh insonlarga ham aql, ham nafs bergan. Shunday bo‘lgach:
Inson zoti uchun eng katta xatar me’dadan va yeyish-ichish hirsidan keladi. Odam ila Havo - ularga Allohning salomi bo‘lsin - me’daning hirsi tufayli jannatdan quvilib, xorlik va yo‘qlik maydoniga otilgandilar. Chunki Alloh ularga meva yeyishni takiqlagandi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:06:27

1.   Kimningki nafsi aqlidan g‘olib kelsa va shu nafsining havoyi istaklariga ko‘ra hayot kechirsa, u hayvondan ham tubanroq, ya’ni hayvonlar undan yaxshiroqdirlar;
2.   Kimniki, aqli nafsidan g‘olib kelsa va hayotini Alloh o‘rtaga qo‘ygan axloq asoslari doirasida o‘tkazsa, u malaklardan ham ustundir.
Nafsning havoyi istaklariga bo‘ysungan odam, agar u hukmdor bo‘lsa, qul ahvoliga tushadi. Nafsning havoyi havaslariga qarshr  borib, sabr qilgan odam esa, qul bo‘lsa hukmdor bo‘ladi.
Bir kun Abulhasan Roziy (Abulhasan Roziy - Hijriy P-Sh asrlarda yashagan avliyolardan biri.) ikki yil oldin vafot etgan otasini tushida ko‘radi. Egnida qatrondan bir kiyim bor edi. Otasiga dediki:-
-Ey otajonim, nima bo‘ldi? Nechun sizni jahannamlik kishilar qiyofasida ko‘rmoqdaman?
Otasi shu javobni beradi:
— Ey o‘g‘lim, nafsim meni jahannamga yetakladi. Ey o‘g‘lim, nafsingning hiylasidan saqlan!
Ishratga o‘chligim jabr jonimga -Mubtalo bo‘ldim-ku men to‘rt zolimga. Bular: shayton, dunyo, nafs, hoyu-havas.
Lekin kim iymonini qochirgan bo‘lsa, Allohning g‘azabiga uchraydi, yuzi qorayadi, qo‘li bo‘yniga bog‘lanadi, oyog‘iga olovdan kishan uriladi; yeydigani, ichadigani va kiyadigani olovdan bo‘ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:06:39

G’AFLAT

G’aflat nadomatni orttiradi. G’aflat ne’matning qo‘ldan ketishiga sabab bo‘ladi. G’aflat Alloh yo‘lini pardalaydi. G’aflat hasadning kuchayishiga, kishining ozorlanishiga sabab bo‘ladi.
Bir kishi tushida ustozini ko‘rib, so‘rabdi:
- Sizningcha, qanday pushaymon og‘irroq?
Ustozi:
— G’aflat sabab bo‘lgan pushaymon? — deb javob beribdi.
Yana bir kishi tushida Zunnun Misriyni (Zunnun Misriy — ma’rifat sultoni, o‘z davrining ma’naviyati sohasida eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan olim, Payg‘ambarimiz hadislaridagi «kambag‘alligim bilan faxrlanaman» g‘oyasini o‘z hayoti bilan isbotlagan, Misr xalqiga o‘zini yaramas qilib ko‘rsatgani tufayli dahriy laqabini olgan ulug‘ siymo edi (o‘limi 245/859 y.) ko‘radi va shunday savol beradi:   
-Alloh senga nima dedi?
Misriy javob ayladi:
— Meni o‘z huzurida tikka turg‘azib, shunday dedi: «Ey yolg‘onchi, meni sevganingni iddao qilarding, unday bo‘lsa keyin nega g‘aflatda yotding?!»
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam:
- Eng fazilatli jihod nafs tarbiyasi uchun qilingan jihoddir, - deb marhamat qilgandar.
NAFS insonni har on to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishi mumkin, shu bois u bilan tinimsiz kurashish kerakdir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:06:52

NAFS va uni vasvasaga soluvchi shayton esa qo‘zga ko‘rinmaydi. Ko‘rinib turgan dushman bilan olishish ko‘rinmayotgan dushman bilan olishishga qaraganda osonroqki, buni aytib o‘tirishning hojati ham yo‘q. Yana, vasvasachi shayton insonda o‘ziga yordamchi topadi. Bu nafsning havoyi orzularidir.
Agar shayton va nafs insonni yo‘ldan ozdirsa, u kishi Allohning azobiga duchor bo‘ladi. Aynan shu borada bir hikmatli so‘z bor. Aytadilarki:
— Kimning jang maydonidan oti qochsa, dushmanning qo‘liga tushadi. Kimning o‘zidan iymoni qochsa, Allohning azobiga uchraydi. Iymonni qochirmaslik uchun Allohga sig‘inamiz.
G’aflatdasan, qalbing adashmoqda, Umring o‘tdi, gunohlaring qalashmoqda.
Solihlardan biri tushida otasini ko‘radi, ahvolini so‘raydi va olgan javobi shu bo‘ladi:
— Ey o‘g‘il, g‘aflat ichida yashadik, g‘aflat ichida o‘ldik. Yoqub alayhissalom (Yoqub alayhissalom - Qur’onda nomi keltirilgan payg‘ambarlardan. Yusuf alayhissalomning otasi va Ishoq alayhissalomning o‘g‘lidir. Yana bir oti Isroil bo‘lgani sababli bu suloladan tarqalganlarni Isroil o‘gillari yoki Bani Isroil deyiladi. Katta o‘g‘lining oti Yahud bo‘lganidan ular yahudiylar ham deyilgandir.) bilan o‘lim farishtasi Azroil birodarlardek uchrashib turishardi. Bir kuni Azroil ziyoratta kelganida, oralarida shunday suhbat bo‘lib o‘tdi: Hz.Yoqub:
— Ey o‘lim farishtasi, ziyoratga keldingmi yo jonimni olganimi?
O’lim farishtasi:
— Ziyoratga keldim.
Hz.Yoqub:
        -Sendan bir talabim bor. O’lim farishtasi:
  -Nima ekan u? Hz.Yoqub:
        -Ajalim yaqinlashib, jonimni olmoqchi bo‘lganingda menga sal oldinroq xabar bersang...
O’lim farishtasi:
- Juda soz. Senga ikki yo uch xabarchi yuboraman.
Bu suhbatdan birmuncha vaqt o‘tgach, Hz.Yoqubning ajali yaqinlashdi. O’lim farishtasi yana keldi. HzYoqub so‘radi:
— Ziyorat maqsadida keldingmi yo jonimni olganimi?
O’lim farishtasi:
- Joningni olgani!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:07:22

Hz.Yoqub:
- Axir, sen menga oldindan xabar bermoqchi eding-ku?!-
Ikki yo uch xabarchi yuboraman-deganding... Qani xabar berganing?
O’lim farishtasi:
- Men aytganimni kildim:
1. Sochlaring oldin qora edi, oqardi. 2: Vujuding oldin kuchli edi, keyin quvvatdan qoldi. 3. Qadding oldin tik edi, endi bukildi. Ey, Yoqub, mana sanga uch narsa, o‘limdan oldin insonlarga mening yuborgan xabarchilarimdir.
Oyu yillar o‘tadi, gunohlaring ortadi, Qalb Azroil kelganda, g‘aflat bosib yotadi. Dunbdagi ne’matlaring - kibru nadomat, Mangu qolmoqqa dunyoda yo‘q imkoniyat.     
Abu Ali Daqqoq (Abu Ali Daqqoq - hijriy N-Sh asr mutasavviflaridan biri. Uning
sabr, tavakkul, taqvo, Allohdan qo‘rqish - ko‘z yoshi, ma’yuslik mavzularidagi asarlari tasavvuf olamida mashhurdir) hikoya qiladi:
— Bir solih zot bor edi. Zamonasining buyuk olimi edi. bir payt xastalandi. Ko‘rgani bordim. Atrofida talabalari o‘tirgan edi. U zot esa yig‘lar edi.
Dedim: 
— Ey ustod, nega yig‘laysiz? Dunyodan ko‘chayapman debmi?
Dedi:
— Yo‘q, dunyodan ko‘chayotganimga emas, namozimni mazmunsiz o‘tkazganimga yig‘layman.
Dedim:
— Ya’ni qanday?  Siz namozingizni to‘la-to‘kis ado etardingiz-ku?!     Dedi:
- Ha, to‘kis namoz o‘qirdim. Faqat bugungacha doim g‘aflatda sajda qildim, g‘aflatda sajdadan boshimni ko‘tardim. Mana endi g‘aflatda o‘lyapman.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan naql etilgan bir xabar shundaydir: -Arshda shu shaklda yozuv bor:
- Men (Alloh) menga itoat etganning istaklarini beraman, ishini yo‘lga qo‘yaman. Meni sevganni sevaman. Meni chaqirganga javob beraman. Afv tilaganni afv etaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:07:37

Aqlli musulmon Allohdan qo‘rqadi, unga itoat etadi. Ibodatlarini yolg‘iz Alloh uchun qiladi. Uning hukmiga va taqdiriga rozi bo‘ladi. Boshiga tushgan musibatlarga sabr qiladi. Erishgan ne’matlarining shukrini qiladi. Allohning berganiga qanoat etadi. Harom va g‘ayriqonuniy yo‘l bilan topilgan foydalarga iltifot qilmaydi.
Alloh taolo qudsiy hadisda buyuradiki:
- Kim Mening hukmimga va taqdirimga rozi bo‘lmasa, balolarga sabr qilmasa, ne’matlarimga shukrona bildirmasa va berganimga qanoat qilmasa, u o‘ziga Mendan boshqa
iloh topib olsin!
Bir kishi Hasan Basriy (Xasan Basriy - eng atoqli tobeinlardan bo‘lib, hadis va fiqhda buyuk olimlardandir. Xijriy 21 yilda tug‘ilgan. O’limi 110/728 y. He. Alining qo‘l ostida tarbiyalangan. Sahobalardan 130 zot bilan uchrashgan. Basrada dafn etilgan) ga:
-   Men Alloh yo‘lida bo‘lishdan zavq olmayman! - deganida, Hasan Basriy:
-   Ehtimol, sen o‘zida Alloh qo‘rquvi bo‘lmagan bir odamning yuziga qaragan bo‘lsang kerak, - deb javob bergan ekan.
Boshqa bir kishi ayni so‘roqni Boyazid Bastomiy (Boyazid Bastomiy - zohidlik va tasavvufga yangi o‘lchov, yangi mezonlar olib kirgan so‘fiylardan biridir. Uning tasavvufiy hayotida sarxushlik, shiddatkorlik, yuksak hayajon, dunyoning o‘tkinchiligini yodda tutish hollari hukm suradi. Ana shu xususiyatlari bilan Halloj va ibn Arabiyga ta’sir o‘tkazgan. Vafoti 261/874 y.) ga berganida mana bu javobni olgan edi:
- Sen Allohga emas, itoatga ibodat kilasan. Ibodatdan zavq olmoqchi bo‘lsang, itoatga emas, Allohga ibodat et.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:07:48

Bir odamning qopi yo‘qoladi, kimga berganini hech eslayolmaydi. Bir kun namoz o‘qiyotganda qopi kimdaligi esiga tushib qoladi. Namozni bitirganda quliga qarab baqiradi:
- Hoy, falon kishinikiga bor, qopimizni so‘ra!
Qul:
- Qop undaligini qachon esladingiz?
Xoja:
— Namozda!
Qul:
— U holda siz ibodat qilmay, qop qidiribsiz!..
Qulning bu go‘zal tanbehi va to‘g‘ri e’tiqodi tufayli xojasi uni ozod etadi.
Aqli bor odam qalbini dunyoga emas, Allohga beradi.
Oqibatni o‘ylaydi va oxirat uchun hozirlik ko‘radi. Shuning uchun ham Rabbimiz buyuradi:
— Kim oxirat ekinini istar ekan, biz unga ekinining hosilini mo‘l-ziyoda qilurmiz. Kim dunyo ekinini istar ekan, biz unga o‘shandan (dunyo matolaridan) berurmiz va uning uchun oxiratda biron nasiba bo‘lmas! (Sho‘ro surasi, 20-oyat.)
Mol-mulkiga mukkasidan ketgan insonning qalbida Alloh sevgisi va oxirat qayg‘usi bo‘lmaydi. Hz. Abubakr — Alloh undan rozi bo‘lsin! - qalbidagi Alloh sevgisiga xalal bermasin uchun mol-mulkidan qirq ming dinorini yashirincha, qirq ming dinorini oshkora sadaqaga bergandi. Shundayki, oxirida o‘zi hech nimasiz qolganda sevikli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hamda ul zotning oila a’zolari dunyo sevgisidan va dunyoga berilishdan (topinishdan) qat’iyan saqlanishardi, qalblarida yolg‘iz Allohning muhabbati hukmron edi. Ana shu sabablarga ko‘ra Allohning Rasuli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Hz.Fotimani turmushga chiqarganlarida sep sifatida faqatgina oshlangan bir qo‘chqor po‘stagi ila ichida xurmo daraxti po‘stlog‘ining tolalari bo‘lgan bir yostiq sovg‘a qilgandilar, xolos.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:08:01

OLLOHNI UNUTMOQ

Alloh buyuradiki:
— Sizlar Allohni unutib qo‘ygan (ya’ni, U zotning amr-farmonlariga itoat etmagan), bas (shundan keyyn, Alloh) ularga o‘zlarini ham unuttirib qo‘ygan kimsalar kabi bo‘lmangiz! Ana o‘shalar fosiq-itoatsiz kimsalardir (Hashr surasi, 19-oyat.)
  Bir kun Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan so‘rashdi:
— Mo‘min kim-u, munofiq kim?
Rasululloh buyurdilar:
— Mo‘min namoz o‘qiydi, ro‘za tutadi. Munofiq kimsa hayvonday yeb-ichadi, namoz o‘qimaydi va Allohning o‘rtaga qo‘ygan axloq asoslariga zid hayot kechiradi. Mo‘min muztarib (iztirobda qolgan) va qiynalayotganlarga yordam berish va Allohdan mag‘firat tilash bilan mashg‘uldir. Munofiq esa hoyu-havas ketida, ochko‘zliq bilan chor tarafga tashlanish bilan mashg‘uldir. Mo‘min yolg‘iz Allohga suyanadi, undan boshqasini haqiqiy xaloskor deb bilmaydi. Munofiq esa Allohdan boshqa har narsaga sig‘inadi, yolg‘iz Allohga tavakkul qilmaydi. Mo‘min dinini pulga va mol-mulkka sotmaydi, oldin din-iymon, so‘ngra mol-mulk va puldir. Munofiq esa dinini pulga sotadi, uning uchun pul va mol-mulk dindan ham, iymondan ham ustun turadi. Mo‘min Allohdan boshqa hech bir zotdan qo‘rqmaydi, munofiq esa, Allohdan boshqa har kimdan qo‘rqadi. Mo‘min gunoh qilishdan saqlanadi, Alloh uchun ko‘z yoshi to‘kadi. Munofiq esa, gunoh qilishdan toymaydi, doimo kuladi. Mo‘min yolg‘iz qolib, qalbida Alloh sevgisini kuchaytirishni yaxshi ko‘radi. Munofiq yolg‘izlikni sevmaydi, tinimsiz insonlar bilan aralashib o‘tirishdan rohatlanadi. Mo‘min tuzatishni, islohni sevadi, buzg‘unchilikdan tiyiladi, munofiq esa buzg‘unchilikni sevadi va bu buzg‘unchilikning oxirida xayriya to‘plamoqchi bo‘ladi. Mo‘min faqat Allohning amri bo‘lgani uchun yomonliklarga to‘sqinlik qiladi, ezgu amallar qilinishini istaydi. Munofiq esa o‘z manfaatini ko‘zlab to‘sqinlik qiladi yoki buyuradi. Hatto yomon narsalarni tashviq qiladi, yaxshi narsalar yo‘liga g‘ov bo‘ladi. Shuning uchun ham Alloh buyuradi:
- Munofiq erkaklar va munofiq ayollar bir-birlaridandirlar (bir-birlarini davom ettiradilar).

Qayd etilgan