OLLOHNI ZIKR ETIShNING FAZILATI
Alloh buyuradi:
—
Bas, meni eslangiz. Men ham sizlarni eslayman. (Baqara surasi, 152-oyat)
Sobit Bannoniy (hijriy P-Sh asrlarda yashagan valiylardan)— unga Allohning rahmati bo‘lsin — dediki:
— Men Rabbimning qay vaqtda meni esga olishini bilaman!
Yonidagilar uning bu so‘zidan seskanib ketishdi va:
— Qaerdan bilasan buni? — deya so‘radilar. Bannoniy dediki:
— Men uni esladimmi, u meni eslaydi!
Alloh buyuradi:
—
Ey mo‘minlar, Allohni ko‘p ZIKR qilinglar! (Ahzob surasi, 41-oyat)
—
Arafotdan tushganingizdan keyin Mash’ar-ul-haromda Allohni ZIKR qiling! U zot sizlarni haq yo‘lga hidoyat qilgani yanglig‘ sizlar ham u zotni ESLANG - zikr qiling! (Baqara surasi, 198-oyat)
—
Endi, marosimlaringizni ado qilib bo‘lgach, Allohni ajdodlaringizni eslagandek, hatto undanda qattiqroq ESLANG. (Baqara surasi, 200-oyat)
—
Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar. (Ol-i Imron surasi, 191-oyat)
—
Namozni ado qilib bo‘lganingizdan keyin ham tur-gan, o‘tirgan va yonboshlagan paytlaringizda doim Allohni YoD ETINGIZ. (Niso surasi, 103-oyat)
Ibn Abbos bu oyatni tafsirlab deydiki:
— Kunduzi ham, tunda ham, qora yerda — suvda ham, safarda ham, uyda ham, faqirlik-boylikda ham, kasallik-sog‘likda ham xoh ochiqchasiga, xoh ichingizda Allohni YoD ETING! — deganidir bu.
Alloh munofiqlarni yomonlab, bildiradiki:
—
(Munofiklar) Allohni kamdan-kam yodga oladilar. (Niso surasi, 142-oyat).
Yana Alloh buyurdi:
—
Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo‘rqib, dildan ertayu kech YoD QILING va g‘ofil kimsalardan bo‘lmang! (A’rof surasi, 205-oyat)
— Aniqki, Allohni ZIKR qilmoq (barcha narsadan) ulug‘roqdir. (Ankabut surasi, 45-oyat)
Ibn Abbos bu oyatni ikki shaklda tafsirlaydi:
1 - Allohning sizni ESLAShI, sizningUni eslashingizdan ulug‘rokdir.
2 — Allohni ESLASh (ZIKR) boshqa har turli ibodatdan ulug‘dir.