JAHANNAM VA JAHANNAM AZOBI
Alloh bildirdi:
—
Uning yetti darvozasi bo‘lib, har bir darvozadan ularning bir to‘dasi kirur. (Hijr surasi, 44-oyat) Ibn Jurayx (Makkada hadis ishlarini tartibli yo‘lga qo‘ygan, ayniqsa, hadisdagi so‘zlarga aniqlik kiritishda katta xizmati bo‘lgan va o‘zi ham hadislar rivoyat qilgan odamlardan. Ibn Jurayh kitob ham yozgan. Vafoti h. 150 y) deydi:
— Jahannamning yetti qavati bor. Bular: Jahannam, Lazzo, Xutoma, Sayir, Saqar, Johim va Hoviyadir.
Oyatning tafsiri shunday:
— Alloh shaytonga va havoyi nafsiga ergashganlarni yetti guruhga ajratadi. Har bir guruhni jahannamning bir qavatiga joylaydi. Insonlarni bunday guruh-guruhlarga bo‘lishining sababi shu:
— Kufr va gunohlar darajalariga ko‘ra xilma-xildir. Kufr va gunohlar mana shunday turli darajalarga bo‘lingani kabi kofirlar va gunohkorlarning jahannamdagi darajalari ham turlichadir.
Insonning ko‘z, quloq, til, me’da, jinsiy a’zo, qo‘l va oyoqdan iborat yetti a’zosi bo‘lganiday, jahannamning yetti darvozasi borligi to‘g‘risida ham fikrlar aytilgan. Chunki butun gunoxlar shu yetti a’zo tomonidan yuzaga keltiriladi.
Hz. Ali — Alloh undan rozi bo‘lsin - shunday deydi:
— Jahannamning qavatlari yettita va ustma-ust. Oldin birinchisi to‘ldiriladi, keyin ikkinchisi, so‘ngra uchinchisi...
Buxoriy, undan tashqari, Termiziy ham, hadisning tarixini qayd etgan holda ibn Umardan rivoyat qiladilar: Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki:
— Jahannamning yetti eshigi bor. Bulardan biri — ummatimga qilich urganlar uchundir.
Tobaroniy «Avsat»da qayd etadi:
— Bir kun Jabroil alayhissalom avvalroq tashrif buyurib, zamon va makondan tashqarida Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ga duch keldi. Payg‘ambarimiz(s.a.v.) oyoqqa turdilar va:
— Ey Jabroil! — dedilar: — Menga nima bo‘layotir, seni ranging o‘zgargan holda ko‘rmokdaman!
Jabroil javob berdi:
— Alloh jahannam qo‘ruqlariga (puflagichlariga) buyruq bermaganida kelmasdim.
Rasul (s.a.v.) dedi:
— Ey Jabroil, menga jahannam nimaligini tushuntir!
Jabroil tushuntirdi:
- Alloh olov yoqilishini buyurdi. Ming yil yoqilib jahannam bo‘ldi. Ya’ni shundayki, olov oppoq holga keldi. So‘ngra yana buyurdi, yana ming yil yoqildi, olov qip-qizil bo‘ldi. So‘ngra tag‘in buyurdi, ming yil yana yoqiddi, qop-qora bo‘ldi. U endi tim qorong‘ilikdir. Endi yolqinlardan nur taralmaydi, ayni chog‘da olovlari ham aslo o‘chmaydi. Seni payg‘ambar qilib yuborganga qasamki, jahannamdan bir igna teshigichalik tuynuk ochilsaydi, butun yer yuzidagilar muqarrar o‘lardi. Seni haq-payg‘ambar qilib yuborganga qasamki, agar jahannam soqchilaridan bir nafari dunyodagilarga ko‘rinsaydi, butun yer yuzidagilar uning badbashara qiyofati va sassiq hidi tufayli o‘lardilar. Seni haq-payg‘ambar qilib yuborganga qasamki, agar jahannam ahlining kishanlaridan bir dona halqasi - bular qandayligi Allohning kitobi Qur’onda tavsiflangan - dunyo tog‘lari ustiga qo‘yilsa, ularni yer ostiga cho‘ktirib yuborardi. Tog‘lar uning og‘irligini aslo ko‘tara olmasdi. Gap shu yerga kelganda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilarki: —"Yetar, ey Jabroil! Yana gapirsang yuragim yorilib o‘laman!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Jabroil alayhissalomga qaradilar. U yig‘lar edi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
— Sen ham yig‘laysanmi, ey Jabroil! Holbuki, sen Allohning makonidasan, o‘sha yerda istiqomat qilasan!..