Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342189 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 49 B


Robiya  09 Fevral 2009, 11:02:06

                                 TAVOZU (KAMTARLIK, ODOB) VA QANOATNING FAZILATI

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin bildirdilarki:
-   Kim biron odamni afv etsa, Allohuni boshliq qiladi, kim Alloh uchun tavozu ko‘rsatsa, Alloh uning darajasini yuksaltiradi.

-   Hech bir kishi yo‘kdirki, uning bilan ikki farishta birga bo‘lmasa va u farishtalar qo‘lida u kishini tortib turadigan tizginli suvluq bo‘lmasa... Agar u kishi kibrlansa, farishtalar suvluqni tortadilar va keyin: «Allohim, buni pasaytir!» - deydilar. Agar tavozu ko‘rsatsa: «Allohim, buni yuksaltir!» - deydilar.

—   Notavon bo‘lmasdan burun tavozu ko‘rsatganlar, gunohkor bo‘lmasdan burun halolidan topib muhtojlarga yordam berganlar, yo‘qsullarga va holi zabunlarga ko‘maklashganlar naqadar baxtlidirlar!.. Naqadar baxtlidirlar fiqh va hikmat ahli bilan yoronlik qilganlar!..
Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin —   bir jamoa bilan sahobalaridan birining uyida bo‘lgan va hammalari birga ovqatlanib o‘girishgan edi. Eshikka bir tilanchi keldi. Unda kishini jirkantiruvchi bir falajlik bor edi. Uyga kirishiga ruxsat berildi. Kirganda Alloh Rasuli uni tizzasiga o‘tqazdi. So‘ngra taomga imo qilib: «Ye!» -dedi. Shu davrada o‘tirgan qurayshliklardan biri u falaj odamdan jirkanib, yuz o‘girdi. Bu hammani noqulay ahvolga soldi. Keyinchalik bu odamning o‘zi falaj bo‘ldi va o‘zi past nazar bilan qaragan kishi kabi to o‘lguncha falajligicha qoldi. Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bildirdilar:

—   Rabbim QUL-RASUL (oddiy banda va elchi) bo‘lasanmi yoki HUKMDOR-NABI (hukmdor va payg‘ambar)mi, deb so‘rab, menga ikkovidan birini tanlash ixtiyorini berdi. Men qay birini ustun ko‘rishni bilolmay dovdirab qoldim. Farishtalar orasida pok do‘stim Jabroil bor edi. Boshimni ko‘tarib unga qaradim. Menga: «Rabbingning qarshisida kamtarin bo‘l!» - dedi. Men ham QUL-RASUL bo‘lishni qabul etdim.

Alloh vahiy orqali Hz. Musoga buyurdiki:
—   Men ulug‘vorligim qarshisida tavozu ko‘rsatib, yaratgan bandalarimga nisbatan kibrlanmagan va yuragida mendan qo‘rqadigan kimsaning namozini qabul qilaman.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qildi:
—   Taqvo — karam. Tavozu — sharaf. Sog‘lom va qatiy ishonch - qalb boyligi.

Iso alayhissalom deydiki:

—   Naqadar baxtlidirlar dunyoda namoz o‘qiganlar, chunki ular qiyomat kuni YuKSAK MAQOM egasi bo‘ladilar. Naqadar baxtlidirdar dunyoda insonlar orasida ISLOHChILIK qilganlar, chunkp ular qiyomat kuni FIRDAVS-JANNATNING vorislari bo‘ladilar. Naqadar baxtlidirlar dunyoda qalblarini yomon fe’l-atvorlardan poklaganlar, chunki ular oxiratda Allohning jamoliga nazar tashlaydilar.Ba’zilar deydilarki:

—   Bizga kelgan xabarlarga ko‘ra, Rasul alayhissalom shunday deb buyurganlar:
—   Alloh bandasini hidoyatga yetkazganda, ko‘rinishini go‘zallashtirib, uning maqsudi bo‘lmagan darajaga yuksaltirganda va shuning bilan birga unga tavozu ham bergan paytda, bilingki, bu hol Allohning lutfidir.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:02:25

Yana Payg‘ambarimiz s.a.v. buyuradi:

—   To‘rt narsa borki, Alloh ularni faqat sevgan bandalariga beradi:
1.   O’rinsiz va yomon so‘z gapirmaslik. Bu birinchi ibodatdir.
2.   Allohga tavakkul.
3.   TAVOZU
4. Yemonliklardan qo‘lini tortish.

Bir vaqt Payg‘ambarimiz (s.a.v.) tamaddi qilayotgan edilar. Terisida allaqanday kasallik tufayli shishlar paydo bo‘lgan va yaralari kesilgan bir qora odam kirib keldi. Hech kimsaning yoniga o‘tirmay, Rasululloh(s.a.v.)ning yonida tikka-tik turaverdi, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni yonlariga o‘tqazdilar va:
—   Odamlarning oila mushkulini yengillashtiruvchi, lekin kibrni daf etishga yordamlashuvchi bir narsani qo‘llarida olib yurishlarini yaxshi ko‘raman, - dedilar.

Bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sahobalariga dedilarki:
—   Menga nima bo‘ldi, bilmayman, sizlarda ibodatning shirinligini ko‘rmayapman...
Sahoba so‘radi:
—   Ibodatning shirinligi nima, ey Allohning Rasuli? Rasul (s.a.v.) marhamat qildilar:
—   TAVOZU!..

Yana Payg‘ambarimiz shunday buyurdilar:
—   Ummatimning mutavozelarini ko‘rgan paytingizda siz ham ularga tavozu ko‘rsating. KIBRLILARNI ko‘rganingizda siz ham ularga kibrlaning. Mana shu narsa ularni (KIBRLILARNI) xor qiladi va zabun etadi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:02:57

Bu mavzuda she’riy yo‘lda aytilgan go‘zal fikrlardan biri mana shudir:

Mutavoze bo‘lki — yulduz bo‘lursan,
Yulduz samolarda - yuksakda.
Ammo pastga boqsang — yana ko‘rursan:
 Aksi suv yuzida titrakda.
Tutun kabi bo‘lma fazoga ketgan,
 Tutun o‘z makonin fazo deb bilar.
 Ammo fahmi borlar fahmlab yetgan:
Tutun pastda, jarda yerga qorilar.


QANOATLI bo‘lishning fazilatiga kelsak: Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilarki:

—   Mo‘minning olijanobligi ko‘ngil to‘kdigida va Allohdan boshqa hech kimsaning minnatiga qolmasligidadir. QANOATLI bo‘lishda - hurlik va o‘ziga-o‘zi beklik bor. Shuning uchun ham el og‘zida shunday gaplar yuradi:

-   Kimning minnatini olmasang, unga teng bo‘lursan. Istagan kishingga muhtoj bo‘l — uning asiri bo‘lursan. Xohlagan kishingga ehson et — amiri bo‘lursan. Kifoyat mikdori oz narsa, lekin u seni yo‘ldan ozdiruvchi ko‘p narsadan yaxshiroqdir.
Ba’zilar shunday deydilar:

-   QANOATDAY fazilatli boylikni, TA’MADAY ezgich qashshoqlikni ko‘rmadik.
—   Qanoat menga olijanoblik libosi bo‘lib ko‘rinadi. Qanoatdan ham azizroq boylik bormi? Qanoatni o‘zingizga temir boshli mol qilib oling. Undan keyin esa TAQVONI sarmoya qiling. Shunday qilsangiz ikki tarafdan daromad orttirgan bo‘lasiz:
1.   Allohdan boshqa kimsaning minnati bo‘yningizda bo‘lmaydi.
2.   Bir onlik sabr tufayli jannatlarda ne’matlanasiz.

— Nafsingni kifoyat miqdoriga ko‘niktir. Aks holda, u o‘ziga keragidan ortiqrog‘ini istaydi. Sen butun yashagan va yashaydigan umring davomida faqatgina o‘zingga tegishli zamon ichida yashaysan.

Rizq sendan qochgan paytlarda qiyinchilikka chida. Qo‘lingda boriga qanoat qil. «Ulsam ham, tirilsam ham, qo‘lga kiritaman» - deb mashaqkatga botma. Agar nasib bo‘lsa, qo‘lga kiradi.

Xasislarning xasisligi seni suvsatsa, to‘yish va chanqoqni qondirish jihatidan senga QANOATLI bo‘lish kifoyadir. Shunday bir inson bo‘lginki, oyog‘ing yerda, g‘ayrat va shijoating yulduzlarda bo‘lsin.

— Ey osonlik bilan topiladigan rizqqa bor vujudi bilan talabgor bo‘lgan kishi! Hayhotki, sen botilga (behuda ishga) oshiqsan. Kap-katta ilon katta kuchi bilan cho‘llardagi chirindi bilan qorin to‘yg‘azadi. Qora pashsha esa arzimas kuchi bilan bol yeydi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:03:21

Payg‘ambarimiz s.a.v. ro‘zg‘orda yetishmovchilik ortib ketgan paytlarda oila a’zolariga shunday derdilar:

-   Turinglar, namoz o‘qinglar!

Keyin yana shunday deb qo‘shimcha qilardilar:
-   Menga shunday buyurildi.

Undan so‘ng shu oyatni o‘qirdilar:

-   Ahli ummatingizni namoz o‘qishga buyuring va o‘zingiz ham (namoz o‘qishda) chidamli bo‘ling! Biz sizdan rizq so‘ramaymiz (bil’aks), O’zimiz sizga rizq berurmiz. Chiroyli oqibat-jannat ahli taqvonikidir. (Toha surasi, 132-oyat)

-   Tubanlikdan qoch, boylikning ko‘pligi va shiddatli hirs seni aldab qo‘ymasin. Allohning berganiga qanoat qil va uning taqsimotiga rozi bo‘l. Chunki qanoat shunday bir boylikdirki, hech qachon tugamaydi. Xudo xayringni bersin, axir ozgina bo‘lsa ham bir fikrlagin, ortiqcha yegan narsang foydasiz ekanligini ko‘rasan.

-   Qo‘lga kirita olgan rizqingga qanoat qil. Rabbimiz chumolini ham unutadiganlardan emas. Agar senga mo‘l-ko‘l rizq kelsa, shukur qilib kutib ol. Rizq sendan qochsa, xotirjam bo‘l, tashvishlanma.

Hikmat ahllari derlarki:

-   Olijanoblik - bashang kiyinish bilan bo‘lmaydi. Chunki aslida bashang kiyim bilan ne’matlanish va chiroyli pardoz-andoz bilan naqshlanish kishini ko‘p band qiladi. Hattoki, dunyoga mayl tufayli diniy hukmlarni ado etolmaydi. Ohangjamali kiyim-kechaklar ko‘pincha kishini kibr va g‘urur ko‘chasiga yetaklaydi.


Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:04:04

DUNYoGA MAG’RUR BO’LMOQ

Dunyoning ahvoli shundayki, undaga hamma narsalar yomonlikka va sevinchga sabab bo‘ladigan hodisalarga sarflanadi. Butun dunyo ahliga bunday hayotda yashash oson emas. Dunyo hayoti - Allohning hikmati taqozosiga muvofiq — g‘oyat murakkabdir. Shuning uchun Alloh o‘z Qur’onida buyuradi: — Agar Rabbingiz xohlaganida, barcha odamlarni bir dinga ergashuvchi yagona millat qilgan bo‘lur edi. Lekin u Zot bunday bo‘lishini istamadi. Shuning uchun odamlar mudom ixtilof qilurlar, faqat Rabbingiz rahm qilgan kishilargina haq yo‘lda ittifoq bo‘lib yasharlar. (Hud surasi, 118-119-oyatlar)

Agar bir kimsaning dunyoviy ahvoli yaxshi bo‘lsa, ya’ni kuni osonlik bilan o‘tsa, Alloh dunyoni unga xizmat qildirsa, u kimsa buni shukr bilan qarshi olishi va go‘zal amallar ila Allohga yuzlanishi va dunyoga mag‘rur bo‘lmasligi vojibdir. Go‘zal amallar bilan mashg‘ul bo‘lish degani, bu — yomon kurash maydonlaridan tiyilish deganidir. Bu xususda rag‘batlanish uchun Allohning shu oyati kifoya qiladi:

—   Ey insonlar, albatta Allohning (qayta tiriltirish va bu dunyoda qilib o‘tilgan yaxshi-yomon amallarning mukofotu jazosini berish to‘g‘risidagi) va’dasi haq (va’dadir). Bas, hargiz sizlarni dunyo hayoti aldab qo‘ymasin! Va hargiz sizlarni Alloh (barcha gunohlarni kechib yuboraveradi), deb aldaguvchi (shayton) aldab qo‘ymasin. (Fotir surasi, 5-oyat)

Lekin sizlar (munofiqlik bilan) o‘zlaringizni fitnaga duchor qildinglar va (bizlarga balo-ofatlar yetishiga) ko‘z tutdinglar hamda (Islomning haq din ekanligi to‘g‘risida) shubhalandinglar... Sizlarni xomxayollar aldadi... Sizlarni Alloh haqida (u Zotning karami keng, hech qachon O’zi yaratgan bandalarini azobga giriftor qilmaydi, deb) aldaguvchi (shayton) aldab qo‘ydi. Keyin Allohning amri keldi. (Hadid surasi, 14-oyat)

Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilarki:

— Aqlli kishilarning uyqulari va iftorlari naqadar go‘zaldir. Ikkiyuzlilar va ahmoqlarning ro‘zalari va ibodat yo‘lidagi g‘ayrat-shijoatlarini hech kim ikki chaqaga ham olmaydi. Ixlosli va taqvodor kishining eng kichkina ibodati ham ikkiyuzlilarning va ibodatiga mag‘rur bo‘lganlarning bir dunyo ibodatlaridan fazilatliroqdir.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:04:40

— Nafsini kichraytira olgan va o‘limdan keyingi hayot uchun, ya’ni u dunyo uchun amallar qilgan kimsalargina haqiqiy oqil kishilardir. Havoyi nafsiga ergashgani holda Alloxdan umid qilgan va behuda tilaklar tilagan kimsalar esa, ahmoq odamlardir.
Bu mavzudagi she’rlardan ayrim parchalar:

Kimni dunyo aysh-ishratga garq aylasa,
Shu bois u bu dunyoni madh aylasa,
Arzimagan narsa uchun xuddi shunday,
Hech shubhasiz, bu dunyoni qoralagay.
Kimningki ustidan kulmasa falak.
Murodi ushalmay qiynalar yurak.
Kim agar yashasa juda baxtiyor
Axiyri gam uni aylar toru mor.

***
Bizlarga butunlay qolsa bu dunyo,
Va dunyo rizqlari bo‘lsa bir dunyo.
Hur inson, qasamki, kechgaydir undan —
Rizq uchun hech qachon kechmas erkindan.
Hurlarga qaramlik yarashmas aslo:
Rizq degani - zavol ko‘rguzchi MATO.

***
Uff, bezdim dunyodan, bezdim kunlardan
Bunyod bo‘lgan ular g‘am-huzunlardan.
Bulardan bir chetda qolar na bir shoh,
Na oddiy fuqaro, na qul, na dralloh.
Dog‘man dunyosiga: yovdir beomon,
Inson esa unga oshiqdir hamon.

***
Kunlarini so‘ra, Kisrodan so‘ra,
Kunlarini so‘ra, Qaysardan so‘ra
Qayda qoldi saroy, orom bog‘lari
Madad beroldimi o‘lim chog‘lari
Na halim-salimi qoldi dunyoda,
Na yovuz-zolimi qoldi dunyoda...


Yana bu mavzuda dunyo donishmandlarining ba’zi fikrlari:

— A’robiylardan biri chodirli bir qabilaga mehmon bo‘ladi. Uni izzat-ikrom qilib, yediradilar, ichiradilar va chodirda yotqizadilar. A’robiy teran bir uyquga toladi. Qabila esa, saharlab yo‘lga chiqishi kerak edi, ketarkan, Mehmon yotgan chodirni ham so‘kib, yig‘ishtirib ketadi. Quyoshning issig‘i kuydirib uyg‘ongan a’robiy shunday deydi:
—   Dunyo hayoti qurgan chodiringning soyasiga o‘xshaydi! Bir kun kelib, shubhasiz, sening soyang ham zoil bo‘lishi turgan gap.
—   Dunyo hayoti bir yerdan oldi-sotdi qilib yo‘lga chiqqan va yo‘lda tush chog‘i dam olgan kimsaning dam olishi kabi bir narsadir.

Ibn Mas’ud derki:
—   Ilmda Alloh qo‘rqinchi kifoyadir. Jaholatda Allohning mulkida Unga qarshi g‘ururlanmoq kifoyadir.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilarki:
—   Kim dunyoni sevsa va uning bilan sururlansa, qalbidagi oxirat qo‘rquvi ketadi.

Ba’zilar derki:

—   Kishilar amalga oshirolmagan ishlari tufayli qayg‘ursalar, buning uchun hisob beradilar. Amalga oshirgan ishlari tufayli sevinsalar, buning uchun ham hisob beradilar.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:04:59

Qadimgi haqiqiy musulmonlar o‘zlariga halol bo‘lgan narsalardan ham, sizlar harom narsalardan tiyilganingizdan ko‘proq tiyilardilar. Sizningcha, zararsiz deb qabul qilingan ko‘p narsalar, ularningcha, halok qiluvchi yomonliklar qatorida sanalardi.

Xalifa Umar ibn Abdulaziz, Qidom o‘g‘li Mis’or(qadimgi arab shoiri)ga tegishli bo‘lgan mana bu baytlarni tez-tez takrorlab turardi:

Tunu kun uxlaysan, bosgancha g‘aflat,
Ey mag‘rur, bilmaysan: g‘aflat — falokat.
 Bo‘m-bo‘sh amallarga sevinma — aldar,
Mag‘rurlar tushdan ham mag‘rurlanarlar.
Nafrat uig‘otmasmi senda bu hayot.
Bunday hayot uchun bor-ku hayvonot?!


Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:05:37

DUNYoNING YoMONLIGI VA UNDAY TIYILISh

Abu Umoma Boxiliydan rivoyat qilinadi:

-   Xotib o‘g‘li Solaba, Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ga: «Ey Allohning Rasuli, menga ko‘p mol va boylik berishi uchun Allohga duo qil!» - dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdiki:
-   Ey Solaba, shukrini qilsa bo‘ladigan ozroq davlat mas’uliyat yuki bosib qo‘yadigan katta davlatdan yaxshiroqku!..

Solaba takrorladi:
-   Ey Allohning Rasuli, Allohga duo qil: menga ko‘p mol va boylik bersin!..
Alloh Rasuli (s.a.v.) javob berdi:
-   Ey Solaba, mendan o‘rnak olsang arziydigan narsa topmadingmi? Allohning payg‘ambariday go‘zal axloqli bo‘lishga rozi emasmisan? Borlig‘im qudrat qo‘lida bo‘lgan Allohga qasamki, agar men, tog‘larning oltin-kumush bo‘lib ketimdan yurishlarini tilasaydim, hech shubhasiz, shunday bo‘lardi. Solaba dedi:
-   Seni haq payg‘ambar qilib jo‘natganga qasam ichib aytamanki, agar menga ko‘p mol berishi uchun Atlohga duo qilsang, haq sohibiga haqqini beraman. Haqiqatan ham beraman, chindan ham beraman!..

Rasul (s.a.v.) iltijo qildi:
-   Allohim, Solabaga ko‘p mol ber!..

Solaba bir qo‘y oldi. Qo‘y urchib, ko‘paya boshladi. Shunday ko‘paydi, shunday ko‘paydiki, shahardagi joyi torlik qila boshladi. Shunda shahar yaqinidagi bir vodiyga chekildi. Va endi jamoat bilan namozga ham kelolmay qoddi. Faqatgina peshin va asr namozlariga arang yetib kelardi, boshqa vaqtlar kelishni tark etdi. Qo‘ylar ko‘payishda davom etar, borgan sari ishi ortib borardi. Bu orada Solaba peshin va asr namozlarini ham tark etdi. Faqatgina juma namoziga keladigan bo‘ldi. Lekin bora-bora unga ham kelmay qo‘ydi. Kelolmas edi. Juma kunlari shaharga borib kelganlarni kutib olar, shaharda bo‘layotgan hodisalarni ulardan so‘rab bilib olardi. Kunlardan bir kun Rasululloh (s.a.v.) uni surishtirdi:
-   Xotib o‘g‘li Solaba nima qilayotir, u qaerda?
—   Qo‘ylari ko‘payib ketdi. Shahar torlik qilib, shahardan tashqariga chiqib ketgan! - deyishdi va voqeani butun tafsiloti bilan so‘ylab berishdi.

Alloh Rasuli (s.a.v.):
-   Voh Solabaga, voh Solabaga, voh Solabaga!.. - deb qoldilar.
Shu asnoda Alloh quyidagi oyatni yo‘lladi:

—   (Ey Muhammad), siz ularning mollaridan bir qismini o‘zlarini poklab tozalaydigan sadaqa sifatida oling va ularning haqlariga duo qiling. Albatta, sizning duongiz ular uchun orom-osoyishtalik bo‘lur. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir. (Tavba surasi, 103-oyat)

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:05:51

Alloh zakotning farzligini bildiruvchi oyatlarni inzol qilishni iroda qildi. Oyatlar inzol bo‘lganda, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Juhayna qabilasi bilan Sulaym o‘g‘illari qabilasidan bittadan odam tanladi. Zakot ma’muri (zakotchi) ekanliklarini biddiruvchi bir varaq hujjat yozdi-rib, qo‘llariga berdi. Yurt oralab boy musulmonlardan zakotlar to‘plashlarini buyurdi. Va:

-   Xotib o‘g‘li Solaba va Sulaym o‘g‘illaridan falon-falon kishilarga uchrab zakotlarini oling! — dedi.
Ma’murlar yo‘lga chiqishdi. Solabaning oldiga borishdi. Alloh Rasulining zakot haqidagi nizomini o‘qib, Solabadan molining zakotini berishini talab qilishdi. Solaba ularga shu javobni berdi:
—   Bu - jizya (musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan soliq), bu — jizyadan boshqa narsa emas. Bu — jizyaning bir ko‘rinishi. Boring, ketinglar. Boshqa ishlaringizni qilinglar. Masalani aniqlab, takror kelinglar!..

Zakotchilar chiqib ketishdi. Sulaym o‘g‘lining huzuriga borishdi. Sulaym o‘g‘li ularni ko‘rishi bilan o‘rnidan turib peshvoz keldi. Tuyalarningeng yaxshilaridan ayirdi. Molimni zakot o‘rnida ko‘ringlar, deb ma’murlarni ochiq yuz bilan qarshi oldi. Ma’murlar zakot uchun molining eng yaxshilari tanlanganini ko‘rib: «Bunday qilish senga vojib emas. Biz buni olmaymiz!» - yeyishdi. (Zakot qilib molining na eng yaxshisi va na eng yomoni, faqatgina o‘rta holi olinadi).

Sulaym o‘g‘li: «Oling. Men bularni mehr bilan, joni-tanim bilan berayotirman. Molimning zakoti shular va siz-lar olib ketishingiz uchun ataylab ajratib oldim!» - deb olib ketishlarini iltimos qildi. Ma’murlar mollarni olib ketarkan, yo‘lakay takroran Solabaga uchradilar. Za-kotini so‘radilar. Solaba ularga: «Qani qo‘lingizdagi hujjatingiz? Menga ko‘rsatinglar!» - dedi. Ko‘rsatdilar. Qarab turdi-turdi-da: «Bu, bu bir navi jizya! Ketaveringlar. Men yana bir karra o‘ylab olay!» - dedi. Ma’murlar jo‘nab ketishdi. Rasululloh(s.a.v.)ning yoniga kelishdi. Alloh Rasuli (s.a.v.) ularni ko‘rganda, hali ular bilan savol-javob qilmasdan turib: «Voy, essizgina Solaba! O’ziga-o‘zi jabr qilibdi!» - deb buyurdi, Sulaym o‘g‘lini esa duo qildi.

Qayd etilgan


Robiya  09 Fevral 2009, 11:06:20

Ma’murlar Solaba va Sulaym o‘g‘li o‘zlariga qanday muomala qilganini so‘zlab berishdi! Shu asnoda Alloh Solaba to‘g‘risida shu oyatlarni inzol qildi:

—   Ularning orasida: «Qasamki, agar (Alloh) bizga o‘z fazlu karamidan (mol-davlat) ato qilsa, albatta, biz kambag‘allarga sadaqalar qilurmiz va solih bandalardan bo‘lurmiz», — deb Allohga ahd-paymon beradigan kimsalar ham bordir.

— Endi qachonki (Alloh) ularga o‘z fazlu karamidan (mol-davlat) ato qilganda, unga baxillik qilurlar va yuz o‘girgan holda keturlar.


—   Bas, (sadaqotlar berurmiz), deb Allohga bergan va’dalariga xilof qilganlari va (iymon keltirganmiz) deb yolg‘on gapiruvchi bo‘lganlari sababli (Alloh) ularga to Uning o‘ziga ro‘para bo‘ladigan Kungacha dillarida nifoq bo‘lishini oqibat qilib qo‘ydi. (Tavba surasi, 75-77-oyatlar)

Payg‘ambarimiz(s.a.v.)ning yonida Solabaning ulfatlaridan biri bor edi. Solaba borasida Alloh inzol qilgan oyatni eshitdi. Davradan chiqib ketib, Solabaning yoniga bordi va:
—   Holing parishon, ey Solaba! Alloh sening to‘g‘ringda shunday-shunday oyatlarni inzol qildi! — dedi.

Solaba sakrab turib ketdi. Rasululloh(s.a.v.)ning yoniga bordi. Va zakotining qabul qilinishini istadi. Lekin Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki:
—   Alloh menga sening zakotingni qabul qilishni taqiqladi.

Solaba boshiga tuproqlar sochardi. Payg‘ambarimiz unga shunday deb bildirdi:
—   Bu — sening amalingdir. Men senga aytgan edim. Lekin menga itoat qilmading.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.), uning zakotini sira qabul qilmagandan keyin o‘rnidan turdi, uyiga ketdi. Rasululloh (s.a.v.)ning vafotidan so‘ng, xalifa Hz. Abu Bakrga - Alloh undan rozi bo‘lsin — keldi. Zakotining qabul qilinishini so‘radi. Lekin xalifa uni rad etdi. Keyinroq Umar - Alloh undan rozi bo‘lsin — xalifa bo‘lganda, unga keldi. U ham qabul qilmadi. Rahmatli Hz. Usmonning — Alloh undan rozi bo‘lsin - xalifaligidan keyin armon bilan o‘lib ketdi.

Qayd etilgan