QUR’ONNING, ILMNING VA OLIMLARNING FAZILATI
Qur’onning fazilati:
Payg‘ambarimiz — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin - dedilar:
- Kim QUR’ON TILOVAT QILSA-Yu, so‘ngra o‘zi noil bo‘lgan narsadan fazilatliroq bir narsaga kimdir birov noil bo‘ldi, deb o‘ylasa, u Allohning qudratini kamsitgan bo‘ladi.
- Alloh nazdida — daraja jihatidan - QUR’ONDAN yaxshiroq shafoatchi yo‘q.
- Ummatimning eng yaxshi ibodati QUR’ON O’QIMOQ (uning asoslariga amal qilmoq)dir.
- Sizlarning orangizda QUR’ONNI O’RGANUVChI VA O’RGATUVChILAR eng yaxshi kishilardir.
- Temir zanglagani kabi qalblar ham zanglaydi!
So‘radilar:
- Ey Allohning Rasuli, qalblarning zangini ketkazuvchi narsa nima?
Javob berdilar:
- QUR’ONNI O’QIMOQ va o‘limni xotirlamoq.
Fuzayl ibn I’yoz deydiki:
- Qur’on hofizi (qori) islomning bayroqdoridir. Uning Qur’oniing haqqiga hurmat yuzasidan — o‘ynaganlar bilan o‘ynashi, g‘ofillar qatorida g‘ofil bo‘lishi va hamma surbetlarday surbet bo‘lishi to‘g‘ri emas.
- Kim erta bilan «HAShR» SURAsining so‘nggi qismlarini o‘qisa va shu kuni vafot etsa, uning o‘limi «ShAHIDLAR MUHRI» bilan muhrlanadi. Kim kechqurun yotish oldidan bu suraning so‘nggi qismlarini o‘qisa va shu kecha vafot etsa, uning o‘limi «ShAHIDLAR MUHRI» bilan muhrlanadi.
ILMNING va OLIMLARNING FAZILATI:
— Bu mavzuda aytilgan hadislar juda ko‘p. Jumladan, bir nechasini qayd etaylik.
Alloh Rasuli (s.a.v.) bildirdilar:
— Alloh kimga xayr tilasa, uni dinning faqihi qiladi va unga komillik ato etadi.
— Olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir. Har birimizga ma’lumki, payg‘ambarlyak rutbasidan ustun rutba va bu rutbaga voris bo‘lish sharafidan ustun sharaf yo‘q
— Insonlarning eng fazilatlisi OLIMLARDIR. Ular jamiyatda biron narsaga ehtiyoj tug‘ilsa, bularni qondirishda foyda keltiradilar, ehtiyoj bo‘lmaganda ham ruhingizni boyitadilar.
— Payg‘ambarlik darajasiga eng yaqin bo‘lgan insonlar OLIMLAR va MUJOHIDLARDIR. Olimlar payg‘ambarlar xabar qilgan diniy asoslarni insonlarga o‘rgatish borasida yo‘lboshchilik qiladilar. Mujohidlar payg‘ambarlar xabar qilgan diniy ruknlarni asrash uchun qilichlari bilan jihod qiladilar.
— Butun bir qavmning o‘limi bir olimning o‘limidan kichikroq narsadir.
- Qiyomat kuni OLIMLARNING SIYoHI shahidlarning qoni bilan tortiladi.
— Olim oxiri jannati bo‘lmaguncha (to jannatga borib tushmaguncha) ilmga to‘ymaydi.
- Ummatim ikki narsadan halok bo‘lishi mumkin:
1. ILMNI TARK ETIShDAN.
2. MOL YIG’IShDAN.
- Yo OLIM BO’L, yo ilm o‘rganuvchi, yo tinglovchi, yo ilmni sevuvchi! Beshinchisi bo‘lma — mahv bo‘lursan!..
- Ilmning ofati KIBR va MANMANLIKdir.