Shuning uchun ham Alloh buyuradi:
— Va sen hamma ummatnitiz cho‘kkan holda ko‘rursan. Har bir ummat o‘z kitobi tepasiga chaqirilur, so‘ng ularga deyilur: «Bugun qilgan amallaringizning evazini olursizlar» ( Josiya surasi, 28-oyat.),
Insonlar jahannamga yaqinlashgan vaqtlarida jahannam g‘azabdan o‘kirayotgan bo‘ladi. Holbuki, bu o‘kirish, bu jazava besh yuz yillik uzoq masofaday eshitilayotgan bo‘ladi. Shu payt barcha insonlar, hatto payg‘ambarlar ham «VOY JONIM, VOY JONIM» deb o‘z dardlariga qovriladilar. Faqat payg‘ambarlarning eng sarasi Hz.Muhammad — unga Alloh ning salomi bo‘lsin - o‘z jonini unutadi. «VOY UMMATIM, VOY UMMATIM» deya nola qiladi. Shunda jahannamdan tog‘day mahobatli olov parchasi chiqadi, Hz.Muhammadning ummati bu olov parchasini daf qilmoqchi va o‘zlaridan yiroqlashtirmoqchi bo‘lib:
— Namoz o‘qiganlar, ro‘za tutganlar, haqiqatdan yuz o‘girmaganlar va ixlosli kishilar haqqi, qayt orqaga, ket!-deydilar. Lekin u ketmaydi. Shu payt Jabroilning ovozi
g‘ulduraydi:
— Olov parchasiga Muhammadning ummati qasd qilayotir!
So‘ngra Jabroil bir bordoq suv keltirib Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga uzatadi.
— Ey Allohning Rasuli, ol buni, olovning ustiga sep! —deydi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) suvni oladi va olovga sepadi. Odamlar olov darhol so‘nganini ko‘radilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Jabroildan so‘raydi:
— EY Jabroil, bu suv nima edi?
Jabroil javob beradi:
- Ey Allohning Rasuli, bu ummating orasidagi osiylarning yolg‘iz Allohdan qo‘rqib oqizgan ko‘z yoshlari. Hozirgina menga olovga sochib o‘chirishing uchun, uni senga berimni amr etildi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday duo qilardi:
- Allohim, menga o‘lmasimdan oldin, sendan qo‘rqib yig‘laydigan ikki ko‘z ber!
Umr o‘tdi, kechirgaysan, Ilohim! Ko‘zim yoshli: axir, ko‘p-ku gunohim...