Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342337 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 49 B


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:00:54

«RAQOIQ UL-AXBOR» («Raqoiqul-Axbor» - «Nozik xabarlar» ma’nosini bildiruvchi bu kitobning muallifini aniqlashga muvaffaq bo‘lmalik.) degan kitobda shunday bir xabar bor:
—   Qiyomat kuni bir kishini olib kelishadi. Savoblari bilan gunohlari qiyoslanadi, lekin gunohlari og‘irroq chiqadi. Va shunga yarasha jazo tortish amri berilganda, kipriklaridan bir tolasi tilga kirib deydiki:
—   Ey Rabbim, sening Rasuling Hz.Muhammad,— unga saloming yog‘ilsin — «Kim Alloh qo‘rquvidan yig‘lasa, Alloh u ko‘zni jahannam otashiga harom qiladi» deb buyurgan edi. Men dunyodaligimda sendan qo‘rqib yig‘lagan edim-ku?!
Shunda Alloh o‘sha kishini afv etadi, dunyoda Rabbidan qo‘rqib yig‘lagan bir kiprik tolasidagi nam tufayli uni azobdan qutqaradi. Jabroil esa:
— Falon kishi Allohdan qo‘rqib yig‘lagan bir kiprik tolasi hurmati jazodan ozod qilindi — deb e’lon qiladi.
«BIDOYaT UL-HIDOYa»da («Bidoyatul-Hidoya» («To‘g‘ri yo‘lning boshlanishi») G’azzoliyning o‘z asarlari bo‘lib, o‘quvchi diqqatini unga qaratmoqchi bo‘lganlar) esa mana bunday xabar bor:
 — Qiyomat boshlanganda jahannam shunday bir o‘kiradiki, butun insonlar dahshatga tushib tiz cho‘kadilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:02:06

Shuning uchun ham Alloh buyuradi:
Va sen hamma ummatnitiz cho‘kkan holda ko‘rursan. Har bir ummat o‘z kitobi tepasiga chaqirilur, so‘ng ularga deyilur: «Bugun qilgan amallaringizning evazini olursizlar» ( Josiya surasi, 28-oyat.),
Insonlar jahannamga yaqinlashgan vaqtlarida jahannam g‘azabdan o‘kirayotgan bo‘ladi. Holbuki, bu o‘kirish, bu jazava besh yuz yillik uzoq masofaday eshitilayotgan bo‘ladi. Shu payt barcha insonlar, hatto payg‘ambarlar ham «VOY JONIM, VOY JONIM» deb o‘z dardlariga qovriladilar. Faqat payg‘ambarlarning eng sarasi Hz.Muhammad — unga Alloh ning salomi bo‘lsin - o‘z jonini unutadi. «VOY UMMATIM, VOY UMMATIM» deya nola qiladi. Shunda jahannamdan tog‘day mahobatli olov parchasi chiqadi, Hz.Muhammadning ummati bu olov parchasini daf qilmoqchi va o‘zlaridan yiroqlashtirmoqchi bo‘lib:
— Namoz o‘qiganlar, ro‘za tutganlar, haqiqatdan yuz o‘girmaganlar va ixlosli kishilar haqqi, qayt orqaga, ket!-deydilar. Lekin u ketmaydi. Shu payt Jabroilning ovozi
g‘ulduraydi:
— Olov parchasiga Muhammadning ummati qasd qilayotir!
So‘ngra Jabroil bir bordoq suv keltirib Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga uzatadi.
— Ey Allohning Rasuli, ol buni, olovning ustiga sep! —deydi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) suvni oladi va olovga sepadi. Odamlar olov darhol so‘nganini ko‘radilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Jabroildan so‘raydi:
— EY Jabroil, bu suv nima edi?   
Jabroil javob beradi:
- Ey Allohning Rasuli, bu ummating orasidagi osiylarning yolg‘iz Allohdan qo‘rqib oqizgan ko‘z yoshlari. Hozirgina menga olovga sochib o‘chirishing uchun, uni senga berimni amr etildi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday duo qilardi:
- Allohim, menga o‘lmasimdan oldin, sendan qo‘rqib yig‘laydigan ikki ko‘z ber!
Umr o‘tdi, kechirgaysan, Ilohim! Ko‘zim yoshli: axir, ko‘p-ku gunohim...

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:03:22

«ZAHAR UR-RIYOZ»da («Zaxarur-Riez» - «Bog‘lardagi zaxiralar» ma’nosini bildiruvchi bu kitobning muallifini, bizda manba yo‘qligi tufayli, aniqlay olmadik.) bir xabar bor, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan naql etiladi:
- Jannati kishilar jannatga kirgan vaqtlarida farishtalar ularni turli-tuman taomlar, rango-rang mevalar, go‘zal mehmonxonalar va yotoqlar, xullas, aqlga kelishi mumkin bo‘lmagan har turli ne’matlar bilan kutib oladilar. Shuning bilan birga, bu jannati kishilarning holida bir xayolchanlik, yuzlarida bir hayronlik alomatlari
seziladi. Alloh so‘raydi:
- Ey bandalarim, bu xayolchanlik va hayronlik nechun? Bu so‘ralgunday joymidiki?
Jannati bandalar:
- Bizga bir va’da bor edi. Uning vaqti kelmadimi? - deydilar.
Alloh farishtalarga amr beradi:
- Yuzlaridan pardalarni ko‘taring!
Lekin farishtalar deydilarki:
-   Ey Rabbimiz, ular sening jamolingga qanday qaraydilar?! Ular dunyoda sendan norozi bo‘lishgandi.
-   Ko‘taring pardalarni! Ular dunyoda men ko‘rsatgan axloq asoslariga rioya qildilar, sajdaga bosh qo‘ydilar, menga yetishish orzusi bilan ko‘z yoshlar to‘qdilar, - deb buyuradi Alloh.
Amr shunday bo‘lgach, pardalar ko‘tariladi. Jannati kishilar jamoli Ilohiyni ko‘rganda sajdaga tiz cho‘kadilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:03:34

- Ey bandalarim, boshingizni sajdadan ko‘taring! - deb buyuradi Alloh. — Bu yer ibodatgoh emas, izzatu ikromxonadir:
So‘ngra ularga yuzlanib, jilva qiladi va:
-   Salom sizga, ey bandalarim! Men sizdan roziman. Siz ham mendan rozimisiz? — deb so‘raydi.
-   Ey Rabbimiz, biz Sendan nega rozi bo‘lmaylik, Sen bizga ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va hech bir kimsa xayoliga keltirmagan ne’matlarni berding! - deydilar ular ham.
Mana, Allohning ikki oyati shu haqiqatdan dalolat berada:
Ularning Rabbilari huzuridagi mukofotlari - etagida daryolar oqadigan ADN JANNATLARIdir. Ular o‘sha joyda abad-abad qoladilar. Alloh ulardan rozi. Ular ham Allohdan rozidirlar. Bu baxtiyorlik Rabbidan qo‘rqqan kishilar uchundir (Bayyina surasi, 8-oyat).
Bu esa ko‘p marhamatli Rabbilaridan bir salomdir (Yosin surasi, 58-oyat) .

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:03:55

SABR. XASTALIK

Kimki Allohning g‘azabiga duchor bo‘lmaslikni va rahmatiga erishib, jannatiga kirishni istasa, nafsini dunyoviy hoyu-havasdan tiysin va dunyoning qiyinchiliklariga hamda musibatlariga chidab, sabr qilsin! Bu borada Alloh buyuradi:
Alloh musibatlarga chidab sabr qilguvchilarni sevadi (Ol-i Imron surasi, 146-oyatning so‘ngi). Sabr bir qator hollarda zulumlidir.
1.  Allohga itoat qilishdagi sabr va sabot.
2   . Alloh harom qilgan narsalardan tiyilishdagi sabr va sabot.
3   . Musibatlarga va ayniqsa musibatga duchor bo‘lgan ilk onlaridagi sabr va sabot.
Kim Allohga itoat qilishda sabr va sabotli bo‘lsa, Alloh unga qiyomat kuni jannatda har biri yer bilan ko‘k orasicha keladigan uch yuz daraja beradi.
Yana, kim Alloh harom qilgan narsalardan tiyilishda sabr va sabot ko‘rsatsa, qiyomat kuni U, unga olti yuzdaraja beradi.
Kim dunyoning mashaqqat va musibatlariga chidab, Alloh o‘rtaga qo‘ygan axloq asoslariga rioya qilsa, U, jannatda unga yetti yuz daraja beradi.
-Aqlli musulmonga yarashadigan eng to‘g‘ri xarakat, bu — har ne suratda bo‘lsa ham dunyoda musibatlarga sabr qilmoq va o‘z holidan shikoyat qilmaslikdir. Chunki musibatlarning eng dahshatlisiga payg‘ambarlar va avliyolar ma’ruz qolganlar. Junayd Bag‘dodiy (Junayd Bag‘dodiy — Bag‘dodlik mashhur mutasavvif, vafoti hijriy 297, milodiy 909 yil (bundan keyin «hijriy», «milodiy» so‘zlarini tushirib qoldiramiz va 297/909 y. tarzida ishlatamiz) — unga Allohning rahmati bo‘lsin! - deydiki:
- Balo va musibat oriflar (donolar) uchun qandil, Alloh yo‘lini izlovchilar uchun omil, iymonlilar uchun bir islohchi, g‘ofillar uchun esa o‘lim xabarchisidir. Kishi musibatga duchor bo‘lganda roziligini namoyon etmaguncha va sabr qilmaguncha IYMONdan maza topmaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:04:28

Payg‘ambarchmiz (s.a.v.) buyuradilar:
- Kimki bir kecha xastalansayu, sabr qilsa va Allohga shikoyatchi bo‘lmasa, onasidan tug‘ilgan kundagiday gunohlaridan forig‘ bo‘ladi. Ey ummatim, xastalangan paytingizda
Allohga shikoyat qiluvchi bo‘lmang!
Maoz ibn Jabal (Maoz ibn Jabal - sahoba, to‘liq ismi Abu Abdurahmon Ansoriy
al-Hazrajiy al-Jashmiy, Muoz ham deydilar. Badr jangi g‘oziylaridan) dan naql etilgan bir xabar bundaydir:
- Allohning bir mo‘min bandasi xastalikka mubtalo bo‘lgan chog‘ida, Alloh gunohlarini yozib boruvchi farishtaga amr beradi:
-   Tort qalamni uning daftaridan! Savoblarni yozuvchi farishtaga shunday buyuradi:
-   Bandam qilgan amallarning eng chiroylilarini yoz! Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dan rivoyat qilingan boshqa bir xabar quyidagicha:
—   Biron iymonli banda xastalangan paytida Alloh unga ikki malak yuborib, «Qarab boqinglar-chi? Bandam nimalar deyapti!» - deydi. Agar banda: «Alhamdulilloh», - desa, Alloh o‘zi bundan voqif bo‘ladi, yana malaklar ham bu so‘zni Rabbiga yetkazadilar. Shunda Alloh buyuradi:
—   Agar bandamni shu xastalik holida o‘ldirsam jannatga qo‘yaman. Agar shifo bersam zotini va qonini pokizaroq et va qonga aylantirib, gunohlarini mag‘firat etaman!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:04:40

Ibn Oto (Ibn Oto - arab faqihi va muhaddisi, asli yamanlik bo‘lib, Makkada voyaga yetgan. Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Abbos kabilardan tahsil olgan, keyinchalik, Makkada muftilik qilgan davrida katta shuhrat qozongan, 88 yil umr ko‘rgan. Vafoti taxminan 115/733 y.) deydi:
—   Kishining to‘g‘ri yo egriligi va mo‘min yo osiyliga sog‘lik chog‘ida va musibat onida ma’lum bo‘ladi. Agar sog‘-salomat kunlarida shukr qilsayu, musibatga duchor bo‘lganida Allohga qarshi zorlanaversa, u g‘irt yolg‘onchilardandir. Agar biron kimsa katta olim bo‘lsayu, boshiga anduh shamollari tushganda, duchor bo‘lgan shu balolar tufayli Allohga qarshi shikoyatlansa, unga na ilmi, na go‘zal amallari foyda beradi. Shuning uchun ham QUDSIY HADISda Alloh buyuradi:
—   Kimki mening taqdirimga rozi bo‘lmasa, boshiga tushgan kulfatlar tufayli shikoyatlansa, u o‘ziga Mendan boshqa iloh topib olsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:04:54

NAFS TARBIYASI

Alloh bir oyatda shunday ogohlantiradi:
— Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar va har bir jon erta — Qiyomat kuni uchun nimani (ya’ni qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo‘rqinglar! Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir (Hashr surasi, 18-oyat) .
Ey inson, bilib qo‘yki, doim yomonlikni xohlab turadigan NAFS senga shaytondan ham dushmanroqdir. Shayton nafsingning hoyu-havasi bilan bo‘yningga minib olib, seni Aldohning yo‘lidan chiqarishi mumkin. Nafsing esa seni behuda amallar va quruq xayollar bilan aldab qo‘yur! Chunki NAFS tabiatan tinchlik-osudalikni, loqaydlik, g‘aflat va beparvolikni yoqtiradi va umrni tanballik bilan o‘tkazishni istaydi. U doimo behuda va botil (buzuq) narsalarga o‘ralashadi. Behuda kibrga beriladi. Agar nafsingdan mamnun bo‘lib, uning xohishlariga yursang, manziling falokatdir, o‘limdir. Yanglish hisoblar va xom xayollaringdan xabardor bo‘lmasang, oxiri cho‘kishing muqarrardir. Agar , NAFSga «to‘xta!» deyishga ojizlik qilsang,u seni yong‘inga olib boradi. U holda aslo yaxshilikka qaytish umidi yo‘qdir. NAFS balolarning boshi, razolatlarning manbaidir. Shayton uchun gunoh xazinasi bo‘lgan NAFSni yaxshi ko‘rgan odam YaRATGANni taniy olmaydi.
Inson Alloh yo‘lida nimalar kilgani to‘g‘risida, umrining o‘tgan qismi ustida ana shunday mulohaza yuritsa, bu mulohaza bir navi o‘z qalbini yuvish bo‘ladi. Shuning uchun
ham Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradilar:
— Yaxshi mavzuda bir soat mulohaza qilmoq, o‘ylamoq bir yillik ibodatdan yaxshiroqdir.
Imom Abullaysning tafsirida ham shundaydir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:05:05

Aqlli musulmon bo‘laman degan odam o‘tmishda qilgan yo hozir qilayotgan xatolaridan va gunohlaridan voz kechsin, o‘zini Allohga yaqinlashtiradigan go‘zal fe’l-atvorlar to‘g‘risida o‘ylasin va ularga sohib bo‘lib, oxiratini qutqarsin, quruq va oxiri noma’lum amallar qilmasin, yomon fe’l va tuyg‘ularni tark etishga shoshilsin, doimo Allohni xotirada tutsin, harom va taqiqlangan narsalarga yaqinlashmasin, nafsining g‘ayri axloqiy va g‘ayri mashru’ istaklaridan qochib, sabru sabot ko‘rsatsin, nafsining axloqiy bo‘lmagan shahvoniy istaklariga tobe bo‘lmasin!
Nafs tarbiyasi borasida  buyuklarimizning so‘zlari:
Hz.Sulayman (Hz. Sulaymon — Sulaymon alayhissalom ismlari Qur’onda keltirilgan payg‘ambarlardan bo‘lib, Hz. Dovud alayhissalomning o‘g‘lidirlar. Ota vasiyati bilan Bayt-ul-Maqdisni yetti yilda insho qildirdilar. Quddusda mahobatli bir hukumat saroyi qurdirdilar. 40 yil ham shohlik, ham payg‘ambarlik qildilar) alayhissalom:
— Menimcha, nafsini sindirib, tarbiyalay olgan kimsa, yolg‘iz o‘zi bir shaharni bosib olgan jangchidan ham kuchliroqdir.
Hz.Ali (r.a):
 - Men va nafsim bir suruvning cho‘poniga o‘xshaymiz. Cho‘pon suruvni bir tomondan to‘playdi, bir tomondan suruv yoyilib ketaveradi. Kim nafsini o‘ldirib, uning istaklarini to‘xtatib qololsa, rahmat kafaniga o‘raladi va karomat tuprog‘iga dafn etiladi. Kimki qalbini o‘ldirib, undagi ilohiy va insoniy tuyg‘ularni halok etsa, la’nat kafaniga tikiladi va azob tuprog‘iga dafn etiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:05:34

Yahyo ibn Maoz (Yahyo ibn Muoz - mashhur avliyolardan biri. Shu qadarki, ulug‘ shayxlar
aytarkanlar: «Haq taoloning ikki Yahyosi bor: biri — payg‘ambar, biri —avliyo». «Payg‘ambar» deganda Hz. Yahyo alayhissalomni, «avliyo» deganda Yahyo ibn Muozni nazarda tutarkanlar. Mansabdorlarga hasad bilan emas, ibrat ko‘zi bilan, kambag‘allarga kibr bilan emas, shafqat ko‘zi bilan, ayollarga shahvat bilan emas, e’zoz ko‘zi bilan qarovchi kishilar solih insonlar ekanligini Yahyo ibn Muoz aytganlar.):
- Alloh o‘rtaga qo‘ygan axloq asoslariga moslashish va nafsning zavqu safo orzusini sindirish uchun nafsing bilan jihod qil! Oz uxla, oz so‘yla. Bema’ni gapirmaslik,
insonlarga va boshqa jonzotlarga aziyat bermaslik va oz yemak — bularning bari nafsning havoyi istaklariga g‘ov qo‘ymoq demakdir. Oz uxlagan odam to‘g‘ri tushunish malakasiga ega bo‘ladi. Kamgap odam bir qator ofatlardan omon qoladi. Insonlarga va boshqa jonzotlarga azob bermagan odam bir qator maqsadlariga yetishadi. Kam tomoq odam nafsning shahvoniy istaklarini qiynalmay bartaraf qila oladi. Tiqib-bosib yeyish qalbni ko‘r qiladi, unda insoniy fe’l atvorlarning yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Oz yemak qalbni nurlantiradi. Mechkaylik va davomli to‘qlik esa kishini Allohdan uzoqlashtiradi. Shuning uchun ham Rasululloh (sa.v.) buyuradi:
- Qalblaringizni ochlik bilan nurlantiringiz, nafsingiz bilan jihod qilib, uni tarbiyalay olmoq uchun ochlikni va tashnalikni qurol sifatida ishlating. Jannat eshigiga bosh urishlarni ochlik bilan davom ettiring! Nafsni tarbiyalash uchun uning bilan jang kilgan kishining mukofoti janggohda dushman bilan urishganning mukofoti singaridir. Allohning yonida bo‘lmoq uchun nafsni ochlik va tashnalik bilan tarbiyalashga intilishdan go‘zalroq amal yo‘q. Kimki me’dasini uzluksiz to‘latib yursa, ma’naviyat olamiga kirolmaydi. Ma’naviyatdan zavq ololmaydi va ibodatning totini ham his qilmaydi.

Qayd etilgan