Imom G'azzoliy. Mukoshafatul qulub  ( 342350 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 49 B


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:08:08

Ular yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan to‘xtatadilar va (Alloh yo‘lida infoq-ehson qilishdan) qo‘llarini tiyadilar. Ular Allohni unutishgach, Alloh ham ularni unutadi. Albatta, munofiqlar fosiq-itoatsizdirlar".
-   Alloh munofiq hamda iymonsizlarga ular abadiy qoladigan jahannam otashini va’da qildiki, o‘sha ular uchun yetarlidir. Alloh ularni rahmatidan chetga chiqardi. Ular uchun bitmas-tuganmas azob bordir (Tavba surasi, 68-oyat.).
-   Albatta, Alloh barcha munofiq va iymonsizlarni jahannamga jamlaguvchidir (Niso surasi, 140-oyatning so‘ngi).
Iymonsizlar va munofiqlar kufr qilayottanlarida yoki nifoq ko‘targan paytlarida o‘lsalar, ular uchun abadiy jahannam azobi bordir. Ko‘rilganidek, oyatda oldin «muno-fiqlar» kelgan. Chunki munofiqlar iymonsizlardan ham sharir (buzuqi) va xatarlidirlar.
Yana Rabbimiz buyuradi:
— Albatta, munofiqlar do‘zaxning eng tuban joyida bo‘lurlar. Va ular uchun biron madadkor topa olmaysiz! (Niso surasi, 145-oyat)
Hadisda shunday buyurilgan:
— Munofiq ikki begona suruv orasida qolib, bir u suruvga, bir bu suruvga qo‘shilmoqchi bo‘lgan, lekin har ikki suruvda ham begona bo‘lgani uchun ularning hech biriga kirolmagan qo‘yga o‘xshaydi.
Shunga o‘xshab, ikki yuzlama insonlar (munofiqlar) ham yot bo‘lib qoladilar: na iymonlilar yonida barqaror tura oladilar, na iymonsizlar yonida!..

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:08:16

Alloh jahannamni yotga qavat qilib yaratdi va shunday buyurdi:
— U kimsalarning barchalari uchun va’da qilingan joy, shak-shubhasiz jahannamdir. Uning yetti darvozasi bo‘lib, har bir darvozadan ularning bir to‘dasi kirur (Hijr surasi, 43-44-oyatlar)
Jahannamning temir darvozalari la’nat bilan yopilgandir. Usti misdan, osti qo‘rg‘oshindandir. Asoslarida azob bordir. Jahannam ahli pastdan-yuqoridan, o‘ngdan-so‘ldan, tabaqa-tabaqa alangai otashga duchor bo‘ladilar. Eng ostki tabaqa munofiqlar uchun hozirlangandir.
Bir kun Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimiz (s.a.v.) qoshiga keladi. Alloh Rasuli: «Ey Jabroil! Menga jahannam olovini va uning haroratini ta’riflay olasanmi?! -
deb so‘raganda, shu javobni oladilar.
—   Alloh jahannam otashini yaratdi va ming yil yoqdi, u qip-qizil holga keldi. So‘ngra ming yil yana yoqdi, oppoq holga keldi. Undan keyin ming yil yana yoqdi, qora holga keldi. U tim qorong‘ilikdir. Ey Muhammad, seni payg‘ambar etib yuborgan Allohga ont ichib aytamanki, agar jahannam ahlining kiyimlaridan bir libos yer yuziga chiqsa, butun insonlar o‘ladi; jahannam suvidan bir ko‘za suv yer yuzining suvlariga qo‘shilsa, undan ichgan halok bo‘ladi. Agar Allohning
—   So‘ngra uzunligi yetmish gaz bo‘lgan zanjirga solib bog‘langlar! (Al-Haaqqa surasi, 32-oyat) — oyatida aytgan zanjirlardan bir gazi (taxm. chorak kam bir metr) dunyo tog‘laridan birining ustiga tushsa, muqarrarki, tog‘ erirdi. Agar bir inson jahannamga tiqilib, keyin dunyoga chiqarilsa, yer yuzidagi barcha insonlar uning zaharli hididan o‘lardilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:08:27

Allohni va uning buyukligini tanigan odam undan qattiq qo‘rqadi va kelgusida azobga duchor bo‘lmaslik uchun nafsini hozirdan tarbiyalab boradi va qilgan gunohlari ustidagi pardalar ochilib, Alloh huzuriga keltirib muhokama qilinishi natijasida jahannamga otilmasidan burun ilohiy axloq asoslariga rioya qiladi. Necha-necha mo‘ysafidlar borki jahannamda: «Voh keksaligim!» — deb baqiradi. Necha-necha yoshlar borki: «Oh, yoshligim!» — deya fig‘on qiladi. Necha-necha xotinlar borki: «Oh, razilliklarim!» — deya g‘ujanak bo‘ladi. U yerda hammasining yuzlari va vujudlari qop-qora, bellari siniq bo‘ladi. Na kattalarga izzat-ikrom, na yoshlarga marhamat qilinadi!.. Xotinlarga ham, shubhasiz, hech qanday shafqat bo‘lmaydi.
Allohim! Bizni otashdan, otashda yonishga sabab bo‘ladigan har turli amaldan o‘zing asra. Bizga marhamat qil! Ey afv etuvchi Allohim! Bizdan marhamatingny darig‘ tutma, bizni yaxshi kishilar yonida jannatingga qo‘y! Allohim, ayblarimizdan o‘t, bizni qo‘rquvlardan xalos et! Allohim, qabohatlarimizni nazarga ilma! Bizni o‘z huzuringda razil etma, rahmonlarning rahmoni! Payg‘ambarimiz Hz. Muhammad (s.a.v.)ga va uning go‘zal axloqiga ergashganlarni ikki dunyoda omon saqla!

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:08:37

TAVBA

Erkakmi, xotinmi, qatiy nazar har bir musulmonga tavba qilish vojibdir. Alloh buyuradi:
— Ey, mo‘minlar, xolis tavba qilib,  Allohga qaytinglar. Shoyadki Parvardigoringiz sizlarning yomonlik-gunohlaringizni o‘chirib, ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritur. U KUNda Alloh payg‘ambarni va u bilan birga iymon keltirgan zotlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va o‘ng tomonlarida yurur. Ular: «Parvardigoro, o‘zing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni mag‘firat qilgin: Albatta, Sen barcha narsaga qodirdirsan», - derlar (Niso surasi, 145-oyat. Maryam surasi, 71-oyat. Tahrim surasi, 8-oyat. Hashr surasi, 19-oyat.)
Bu oyatda aytiltan «QAYTINGLAR» amri vujib (zarurat) uchundir. Yana Alloh buyuradi:
— Sizlar Allohni unutib qo‘ygan bas (shundan keyin Alloh) ularga ham o‘zlarini unuttirib qo‘ygan kimsalar kabi bo‘lmangiz. Ular fosiq-itoatsiz kimsalardir (Hashr surasi, 19-oyat.).
Fosiqlar Allohning yo‘lidan chiqqan kishilardir va ikki qismdan ibortdirlar:
1.   Iymonsiz fosiqlar.
2.   Fojir fosiqlar.
Iymonsiz fosiqlar Allohga va payg‘ambarlariga inonmaydilar. Allohning to‘g‘ri yo‘lidan chiqadilar, buzuq yo‘llarga kiradilar. Bu borada Rabbimiz buyuradi;
— Faqat Iblis sajda qilmadi. U jinlardan edi. Bas, Parvardigorining amriga bo‘yinsunishdan bosh tortdi (Kahf surasi, 50-oyatning bir qismi).

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:08:59

Fojir fosiq ichkilik ichadi, harom yeydi, zino qiladi va boshqa xususlarda Allohga qarshi boradi. Ibodat yo‘lidan chiqadi, ma’siyat (gunoh) yo‘liga kiradi. Faqat Allohga sherik qilmaydi.
Iymonsiz fosiq bilan fojir fosiq orasidagi farq shudir:
Iymonsiz fosiqning o‘lmasdan oldin iymonga kelib, to tavba qilmaguncha afvga sazovor bo‘lishdan umidi yo‘qdir. Fojir fosiq esa o‘lmasdan oldin tavba qilsa, afv etilishdan umidi bordir. Chunki nafsning shahvoniy hoyu-havasidan yuzaga kelgan kichik gunohning afv etilishidan umid kilish mumkin. Kibr va g‘ururdan yuzaga kelgan katta gunohning esa afv etilishidan umid yo‘qdir. Iblis gunohining asli kibrdan edi.
Shunday bo‘lgach, ey musulmon, o‘lmasdan oldin yomon fe’l-atvorlarni tark etishing, yaxshi va go‘zal fe’l bilan naqshlanishing sening zimmangdagi vazifadir. Shuning uchun ham Alloh buyuradi:
— U bandalaridan tavba-tazarru qabul qiladigan, yomonliklarni afv etadigan va qilayotgan ishlaringizni biladigan zotdir (Sho‘ro surasi, 25-oyat).
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) buyuradi:
— Gunohlardan qaytib, yomon fe’l-atvorlarini yaxshi fe’l-atvorlar xirmoniga aylantirganlar gunoh qilmaganday bo‘lib ketadilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:09:08

Abu Hurayra (Abu Hurayra — Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga jon-jahpi bilan xizmat qilgan va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ila butun janglarda ishtirok etgan. Ul zotdan 5374 ta hadisi sharif naql qilingan. Vafoti 75/678 y. Madina) hikoya qiladi:
— Bir kecha Alloh Rasuli (s.a.v.) bilan birga xufton namozini o‘qigandan keyin uyga qarab ketayotgan edim, ko‘chada qarshimdan bir xotin chiqib qoldi va menga dediki:
— Ey Abu Hurayra, men bir gunoh ish qilib qo‘ydim. Tavba kilsam, yana yo‘lin ochilarmikin?
Men:
— Nima gunoh qildingiz? — deb so‘radim.
—    G’ayri shar’iy munosabatda bo‘ldim va bu munosabatdan bo‘lgan bolani ham o‘ldirdim.
—   O’zing halok bo‘libsan, - dedim xotinga, - bolani ham o‘ldiribsan. Sen uchun tavba yo‘li berk
Bu gaplarimni eshitgan xotin aqldan ozayozdi.  Men esa jo‘nab ketdim. Faqat keyin o‘z-o‘zimga:
—   Men fatvo berdim. Holbuki, Rasululloh ichkarida. Balki, men yanglish fatvo bergandirman. Kirib Rasulullohga bu masala haqida arz qilay, - dedim va uning huzuriga bordim. Fatvomni aytganimda, Alloh Rasuli menga shunday dedi:
—   O’zingni ham halok qilibsan, xotinni ham!.. Mana bu oyatlardan xabaring yo‘qmi edi?
—   Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh o‘ldirishni harom qilgan biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu gunohlardan birontasini qilsa uqubatga duchor bo‘lur.
—   Qiyomat qunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur.
—   Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib, yaxshi amallar ila mashg‘ul bo‘lsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik-gunohlarini yaxshilik-savoblarga aylantirib qo‘yur. Alloh Mag‘firatli, mehribon zotdir
— Kim tavba qilib, yaxshi amallar qilsa, bas albatta u Allohning rizo-mag‘firatiga qaytgan bo‘lur (Furqon surasi, 68-71-oyatlar).

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:09:22

Shunda yanglish fatvo berganimni angladim. Rasulullohning yonidan chiqdim-u:
— E voh, mendan fatvo olgan xotinni endi kim menga topib beradi?! — deb faryod ko‘tardim.
Bolalar: «Abu Hurayra jinni bo‘lib qolibdi!» — deya pichirlashardi. Keyin zir yugurib ketdim va xotinni topib, masalani tushuntirdim. U sevinib chinqirib yubordi!
So‘ngra:
—Mening bir bog‘im bor, - dedi, - uni Alloh va uning Rasuli uchun sadaqaga beraman!
Utbat-ul-g‘ulom degan bir kishi bor edi. Fisqu fujur ahlidan edi. Buzg‘unchiliqda va sharobxo‘rlikda unga yetadigani yo‘q edi. Ana shu fasodchi. va mayxo‘r odam bir kun Hasan
Basriyning davrasiga kirdi. O’sha onda Hasan Basriy majlisdagilarga:
— Iymon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil bo‘lgan Haq-Qur’onga moyil bo‘lish vaqti kelmadimi? Ilgari kitob ato etilgan edi, so‘ng oradan shuncha vaqt o‘tdi, endi dillari qotib qolgan kimsalar kabi bo‘lib qolmasinlar! Ularning ko‘pchiligi fosiq-itoatsizdirlar! (Hadid surasi, 16-oyat) — mazmunidagi oyatni o‘qiyotgan edi. Oyatni bitirgandan keyin chiroyli bir suhbat qildi, shunday suhbatki, butun jamoatni yig‘latdi. Shu orada bir yoshgina yigit o‘rnidan turdi va Hasan Basriyga xitoban shunday dedi:
—   Ey mo‘minlarning eng go‘zal axloqlisi! Alloh, menday fisq-fujur sohibi gunohkorning tavbasini ham qabul qilishni bildiradimi?
—   Ha, azamatim, agar boshqa bunday qilmaslik sharti bilan yomon fe’l-atvorlaringni tark etsang va Allohdan avf tilasang, seni ham afv etadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:09:37

Yigit bu so‘zlarni eshitganda rangi o‘chib, sap-sariq bo‘lib ketdi. Har hujayrasining tuklari tippa-tik bo‘ldi. Bir «oh» tortib, hushini yo‘qotdi. O’ziga kelganda Hasan Basriy unga yaqinlashdi va shu baytlarni o‘qidi:
Ey Allohga qarshi yigit, osiy sang‘i,
Gunohkorning jazosi ne, bilasanmi?
Osiylarning joyi - SAIR, Yonar o‘zi,
Shiddatli o‘t ichra pishar go‘zal yuzi.
 Malli, o‘tda yonay, desang haqni unut...
 YO o‘zingni gunohlardan uzokda tut.
Allohingga qarshi gunoh qilgan bo‘lsang,
Tavba qilki, garovdagi oddiy qulsan!

Sair — jahannamdagi yetti tabaqaning oltinchisi.
Shu payt Utbat-ul-g‘ulom ham bir «oh» ko‘tarib, hushidan ketdi. O’ziga kelganda Hasan Basriyga yuzlanib:
— Ey ustod, - dedi. — Ko‘p marhamatli bo‘lgan Alloh menday gunohkorning tavbasini ham qabul qiladimi?
Hasan Basriy:
— O’ziga jafo qilgan bandaning tavbasini afvi mo‘l bo‘lgan Allohdan boshqa kim ham qabul eta olardi? - dedi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:09:45

Shundan keyin Utbat-ul-g‘ulom boshini ko‘tarib, Allohga uch xil duo o‘qib yolvordi:
1. Allohim, agar tavbamni qabul qilib, gunohlarimni afv etgan bo‘lsang, menga tushunish-o‘rganish va o‘rganganimni muhofaza etish qobiliyatini berki, o‘zlashtirganim har ilmiy asosni aqlimda tutay.
2.    Allohim, menga shunday go‘zal bir ovoz berki, mening Qur’on o‘qishimni eshitgan har kimsaning — qalbi qayg‘uga cho‘mgan bo‘lsa ham — qalbida mehr ortsin!
3.    Allohim, menga halol rizq nasib et va o‘zim kutmagan joydan rizklantir.
 Alloh uning bu duolari qabul bo‘lishini bildirdi. Yigitning tushunish qobiliyati va zakosi ortdi, o‘rgangan ilmiy asoslarini hech unutmaydigan bo‘ldi. Uning Qur’on
o‘qishini eshitgan har kishi tavba qilar, yomon fe’llaridan voz kechar edi: Har kun uyiga bir kosa sho‘rva bilan ikki lochira kelardi. Bular kaerdan va kim tomonidan yuborilganini hech kimsa bilmas edi. Bu hol o‘limiga qadar davom etdi.
Binobarin, yolg‘iz Alloh uchun yomon fe’llaridan voz kechib, ilohiy axloq asoslariga rioya qilganlarning hayoti shundaydir. Chunki Alloh yomon fe’llarni tark etib, yaxshi fe’l-atvor bilan naqshlangan va go‘zal amallar ado etganlarning mukofotini bekor qilmaydi.
Bir olimdan so‘rabdilar:
- Bir kimsa tavba qilgan chog‘ida tavbasi qabul qilingan yo qilinmaganligini bilishi mumkinmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Sentyabr 2008, 01:09:54

Olim shunday javob berdi:
- Yo‘q, qabul qilingani yoki rad etilgani to‘g‘risida keskin bir hukm chiqarilishi mumkin emas. Lekin qabul etilganini ko‘rsatuvchi ba’zi bir alomatlar bor:
1.Kishi o‘zida gunoh qilishga mayl bo‘lmayotganini ko‘radi.
2.   Qalbidan xotirjamlik ketganini ko‘radi, har narsada Allohni hoziru nozir holda topadi.
3.   To‘g‘ri va yaxshi axloqli kishilar bilan birga yuradi, yomon fe’lli kishilardan o‘zini uzoq tutadi:
4.Ochko‘zlik qilmaydi. Oz bo‘lsa ham halol yo‘l bilan topganiga qanoat qiladi. O’zining ozgina bo‘lsa ham halol yo‘l bilan topgani uning ko‘ziga ko‘p ko‘rinadi, lekin qilgan xayrli va go‘zal amallari ko‘p bo‘lsa ham uning ko‘ziga oz ko‘rinadi.
5. Qalbi doimo Alloh farz kilgan narsalar bilan band bo‘ladi. .
6.   Dinini yomon-ko‘zlardan himoya qiladi.
7.   Davomiy tafakkur holida yuradi.
       8.O’tmishda qilgan gunohlari tufayli nadomat ichida yuradi.

Qayd etilgan